Eron AQSh va Isroilni dog‘da qoldirdimi? Video

Eronning Fordo yadroviy ob’ekti

Surat manbasi, maxar

Surat tagso‘zi, AQSh 22 iyun kuni Eronning eng muhim uchta yadroviy ob’ektiga zarba bergan, Isroil-Eron mojarosiga bevosita bosh qo‘shgan.
O'qilish vaqti: 9 daq

Yangi savollar o‘rtaga chiqmoqda – ammo nega?

Chetga sizgan ma’lumot

"Eronning yadroviy dasturi butkul yakson etilmagan".

Pentagonning AQShning hujumlari yuzasidan dastlabki xulosasi yuzaga chiqdi.

AQSh 22 iyun kuni Eronning eng muhim uchta yadroviy ob’ektiga zarba bergan, Isroil-Eron mojarosiga bevosita bosh qo‘shgan.

O‘zining "B-2" rusumidagi bombardimonchi uchoqlarini ishga solgan.

14 faqat o‘zlarida bo‘lgan bunker bombalari ilova 75 ta mo‘ljalni aniq nishonga oluvchi qurol-yarog‘ini qo‘llagandi.

Ammo AQSh Mudofaa vazirligi Josuslik boshqarmasining chetga sizgan dastlabki ma’lumotlariga tayanilsa, hujumlar "Eronning yadroviy dasturini yo‘q qilmagan, faqat yadroviy qurol yasash jarayonini bir necha oy ortga surgan, xolos".

AQSh prezidenti esa hujumlari "muvaffaqiyatli" bo‘lgani, Eronning eng yirik uranni boyitish ob’ektlari "butunlay yo‘q" qilinganini da’vo qilgan.

Donald Tramp AQShning Eronga hujumlarini "ajoyib harbiy yutuq", deb atagan, Qurolli kuchlari dunyodagi qolgan biror biri qila olmaydigan ishni uddalashgani bilan maqtangan.

Eron esa Amerika Qo‘shma Shtatlarining hujumlaridan keyin ham uranni boyitishda davom etishlarini va’da qilgan.

Isroil va AQSh hujumlari manzarasida Eronda borligi aytilayotgan 400 kilogramm boyitilgan uranning taqdiri noayon qolgan.

Xalqaro Atom Eneregiyasi Agentligi esa, o‘tgan oy Eronning hozir 60 foiz boyitilgan uranga ega ekanidan jiddiy xavotirda ekanliklarini bildirgan, buning fuqarolik maqsadlarida ishlatiladigan darajadan ancha yuqoriligini ta’kidlagandi.

AQSh kongressmenining aytishicha, agar Eron hali ham o‘zining yadroviy zaxirasini saqlab qolgan bo‘lsa, bu "to‘qqizta yadroviy qurol uchun yetarli bo‘ladi".

Oq Uy so‘nggi xabarlarni rad etdi.

Prezident Tramp Eronning yadroviy inshootlari "butkul vayron etildi", deb e’lon qildi.

U matbuotni "tarixdagi eng muvaffaqiyatli harbiy zarba ahamiyatini pasaytirib ko‘rsatish"da aybladi.

AQSh prezidenti "boshboshdoqlikka yetaklashi"izohida Eronda rejim o‘zgarishini istamasligi, mojaroning "tinchishi"ni xohlashini ham ta’kidladi.

Trampning Yaqin Sharqdagi maxsus vakili buni "xiyonat"ga tenglashtirdi, ma’lumotni sizdirishga kim aybdor bo‘lsa, uning javobgarlikka tortilishi kerak"ligini aytdi.

Keyin chiqajak josuslik ma’lumotlari Eronning yadroviy inshootlariga yetkazilgan zarar ko‘lamiga yanada oydinlik kiritishi mumkin.

Isroil Bosh vaziri ham kecha, seshanba kuni mamlakati Eronning yadroviy ambitsiyalarini muvaffaqiyatli jilovlashning uddasidan chiqqanligini bayon qilgandi.

Eron baribir yadro quroli yarata oladimi - videomizni tomosha qiling.

O‘tkazib yuboring YouTube post , 1
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post, 1

Ustma-ust hujum

Donald Tramp

Surat manbasi, Getty Images

Surat tagso‘zi, AQSh prezidenti esa hujumlari "muvaffaqiyatli" bo‘lgani, Eronning eng yirik uranni boyitish ob’ektlari "butunlay yo‘q" qilinganini da’vo qilgan.

Isroil va AQSh Eronning yadroviy dasturi uchun muhim bo‘lgan uchta yirik inshooti – Natanz, Isfahon va Fordaga zarba berishgan.

Yer ostida eng chuqur joylashgan Fordoga Isroilning kuchi yetmasligi, uni yakson etish uchun faqat Amerika Qo‘shma Shtatlarining ishtiroki lozimligi aytilgan.

AQSh bu inshootga faqat o‘zida bo‘lgan bunker bombalarini otgan, hujumlaridan keyin sun’iy yo‘ldosh orqali olingan tasvirlarda uning sathida oltita o‘yiq borligi ko‘rilgan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro Atom energiyasi agentligi esa, bungacha Eronning qolgan ikkita yadroviy ob’ekti Isroilning hujumlaridan "jiddiy zarar ko‘rganligi"ni aytib chiqqandi.

BBC muxbiri Jeyms Lendeylning aytishicha, rasmiylarni xavotirga solayotgan narsa faqat Eronning yadroviy uskunalariga yetkazilgan ziyon emas. Ular boyitib bo‘lingan uran qaerda va qanday ahvolda ekanidan ham tashvishda.

"Biz muzokaralar stoliga qaytishimiz shart. Buning uchun Yadro Qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma ijrosiga bosh-qosh MAGATE nazoratchilarining Eronning yadroviy sathlariga qaytib, 60 foizgacha boyitilgani ilova uran zaxiralarini hisobga olishlariga izn berilishi lozim", - deya bayon qilgan agentlik Bosh direktori Rafael Grossi.

Mutaxassislarga ko‘ra, uran gaz ko‘rinishida bitta yuk mashinasida bemalol tashish mumkin bo‘lgan o‘nga yaqin katta bosimli kanistrlarda saqlanayotgan bo‘lishi mumkin.

Ammo, muxbirimizning aytishicha, uni bomba yasashga yaroqli darajada boyitish uchun katta uskunalar lozim bo‘ladi.

Yadro qurollari bo‘yicha mutaxassis Aleks Bollfrasning ma’lum qilishicha, "Eronliklar 12 iyun kuni, Isroil hujumlaridan avval MAGATEga yaxshi himoyalangan, uranni boyitish imkoniyatiga ega yangi inshoot qurganliklarini aytishgan".

"Bu joyning qaerdaligi hozircha bizga noma’lum. Buni, ehtimol, amerikaliklar ham, isroilliklar ham bilishmas. Ammo bu zaxirani boyitishga oylar emas, hatto bir necha hafta ketishi mumkin", - deydi mutaxassis.

Daragi yo‘q uran istalgan joyda bo‘lishi mumkin.

Ular Amerika hujumidan avval har uch sathdan ham olib chiqilganiga oid xabarlar bor.

Bu uran noma’lum yangi ob’ektda saqlanayotgan yoki qismlarga bo‘linib, turli joylarda yashirilgan bo‘lishi mumkin.

Oq uy uranning asosiy qismi yo‘q qilinganiga ishonch bildirmoqda.

Isroil esa, bu haqda ochiqcha gapirmaslikni ma’qul ko‘rayapti.

"Bizda bu haqda qiziq ma’lumot bor, agar u bilan bo‘lishmasam, meni ma’zur tuting", - deb aytgan, jumladan, Isroil Bosh vaziri.

Yadro quroli

1945 yilda bo‘lgani kabi hozir ham bor-yo‘g‘i 60 foizga boyitilgan urandan bomba yasashda foydalanilishi mumkin.

Ammo, mutaxassislarga ko‘ra, u raketa yoki samolyotdan tashlashga juda og‘irlik qiladi.

Qanday bo‘lmasin, hatto hozir ham Eronning yadroviy istaklariga oid xavotirlar hanuz arimagan.

"Mening eng katta qo‘rquvim Eronning yadro quroliga ega bo‘lishi, undan foydalanishi va joylashtira bilishidir. Bu Isroil, butun mintaqa va dunyoning qolgan qismi uchun bo‘yindagi sirtmoq bo‘ladi", - deya orada bayon qilgan NATO Bosh kotibi.

NATOning Gaagadagi sammitida ham Eron masalasining kun tartibida bo‘lishi kutilayotir.

22 iyun: Amerika baribir Isroil-Eron mojarosiga qo‘shildi, Eronga zarba berdi - Tehron 'tuganmas' oqibatlar bilan ogohlantirdi, rasmiy Toshkent 'chuqur xavotirda'
Infografika

AQSh Eronning uchta eng yirik yadroviy ob’ektiga hujum qildi. Qarshisida Isroilning harbiy qudrati ojiz Fordoni ham nishonga oldi.

Isfahon va Natanzga esa bundan oldin Isroilning o‘zi ham zarba bergandi.

AQSh zarbasi

AQSh shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi Eronning uchta yirik yadroviy inshootiga hujum qildi, bevosita Isroil-Eron mojarosiga qo‘shildi, kutilganidek, "V-2" rusumidagi bombardimonchi samolyotlarini ham ishga soldi, faqat o‘zida bo‘lgan "bunker bomba"larini otdi.

14 ta shunday bomba ilova jami 75 ta "mo‘ljalni aniq oluvchi qurol" qo‘llaganini aytdi.

Hujumlari natijasida Eronning yadroviy dasturini "vayron qilganliklari"ni da’vo qildi.

BBC Verify sun’iy yo‘ldosh tasvirlariga qarab, Fordoda oltita yangi o‘yiq paydo bo‘lganligini aniqladi.

Donald Trampning bayon qilishicha, hujumlari "muvaffaqiyatli" bo‘lgan va Eronning eng yirik uranni boyitish ob’ektlari "butunlay yo‘q" qilingan.

Hujum haqida Donald Tramp Social Truth ijtimoiy tarmog‘idagi postida ma’lum qilgan.

U Kongressdan AQSh harbiy kuchini ishlatishga rasman rozilik so‘ramagan.

Eron tashqi ishlar vaziri hujumlarni xalqaro huquq va Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomani buzish, deb atagan, Amerika Qo‘shma Shtatlarini "xiyonat"da ayblagan.

Yakshanba kuni ertalab Eron yana Isroilga raketalar bilan hujum qilgan.

Shu soatlarda AQSh Mudofaa vazirining bayon qilishicha esa, o‘tgan tun tashlagan bunker bombalari tufayli Eronning uch yadroviy ob’ekti "jiddiy zarar ko‘rgan".

Pentagondagi brifing nihoyasiga yetarkan, Pit Xegset Eron uchun muzokaralar stoli hali ham ochiq ekanini aytgan, bunga rasmiy Tehronning munosabati hozircha noayon.

BMT nazoratchi idorasining ma’lum qilishicha, hozircha radiatsiya darajasi ko‘tarilgani aniqlanmagan.

AQSh prezidentining Tehronga "tinchishi" yoki kelajakda bundan ham kattaroq hujumlarga yuz tutishini aytgan.

Eron Tashqi ishlar vaziri esa, hujumlarni "zo‘ravon", deb atagan, "tuganmas oqibatlar" bilan ogohlantirgan, ammo aynan nima qilishlarini hozircha ochiqlamagan.

Isroil Trampga yordami uchun minnatdorchilik bildirgan, Eron esa Amerika hujum qilganini tasdiqlagan, ammo uranni boyitishda davom etishni va’da qilgan.

Hujumlariga qadar AQShning urushga kirish haqidagi qarori haqida rasman e’lon qilinmagan.

Kechayotgan haftada AQSh ham Eronga qarshi hujumlarda Isroilga qo‘shiladimi, degan xavotirlar yuzaga kelgan, bunga javoban Oq Uy prezident Trampning bu xususdagi bayonotini tarqatgan.

Unda AQSh prezidenti, "Eron bilan yaqin kelajakda amalga oshishi, oshmasligi ham mumkin bo‘lgan muzokaralarning salmoqli ehtimoli borligi faktidan kelib chiqib, bunga borish yoki bormaslik haqidagi qarorni ikki hafta ichida qabul qilishi"ni bildirgan.

Rasmiy Tehron esa Isroilning hujumlari to‘xtamaguncha, muzokaralarga qaytmasliklarini aytib, javob bergandi.

Hujumlari ortidan, Tramp, "Bu davom etishi mumkin emas. Bu Eron uchun tinchlik yoki fojea bo‘ladi", - deb aytgan. U Eron AQSh harakatlariga javob qaytarsa, undan ham kuchliroq zarba berishlari bilan tahdid qilgan.

Biroq Eron ob’ektlariga yetkazilgan zarar miqdori haqida hali ham ko‘p narsa ma’lum emas.

Eron manbalarining ta’kidlashicha, ular zarbani kutgan holda uranni xavfsiz yerga olib chiqishga muvaffaq bo‘lishgan.

BBC Fors xizmati muxbiri G‘uncha Habibiozodning aytishicha, Eron davlat televideniesi siyosiy direktori o‘rinbosari Hasan Abediniy jonli efirda Eron uchta yadroviy ob’ektini "bundan avval" ko‘chirishga muvaffaq bo‘lganliklarini bildirgan.

Muxbirimizga ko‘ra, Abediniy, shuningdek, Eron AQSh hujumlaridan "jiddiy zarar ko‘rmaganligi"ni ham ta’kidlagan.

Tramp esa, Qurolli kuchlari dunyodagi biror bir Armiya qila olmaydigan ishni uddalaganligini aytgan.

AQShning Eronga hujumlarini "ajoyib harbiy yutuq", deb atagan.

O‘zbekiston ogohlantirdi

O‘zbekistonning elchixonasi Isroildagi o‘zbekistonliklarga navbatdagi ogohlantirish bilan chiqdi.

Elchilik ularni Isroilda yangi cheklovlar joriy etilganidan ogohlantirgan.

Bu qaror Isroildagi vaziyatning keskinlashuvi munosabati bilan qabul qilinganini bildirdi.

Isroildagi O‘zbekiston fuqarolarini "yana bir bor xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishga, mamlakatda bo‘lish vaqtida ehtiyotkorlikni oshirishga va raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikka chaqirdi va rasmiy ma’lumotlardan xabardor bo‘lib borish"ni so‘radi.

Iqlimshunos olim Erkin Abdulahatov esa, kecha, 21 iyun kuni Erondagi qandaydir yadroviy halokatning O‘zbekistonga ham ta’siri bo‘lishi mumkinligi yoki yo‘qligi haqidagi savolga javob bergan.

Ma’lum bo‘lishicha, unga "Eron va Isroil o‘rtasidagi keskinliklar ortishi, Eronning yadroviy ob’ektlari, uran kon zaxiralariga raketa zarbalari fonida o‘sha ob’ektlardagi qandaydir radioktiv halokatlarning O‘zbekistonga ham ta’siri bormi", - degan savollar kelib tushgan.

Olim bunga, "Ha, ta’siri bor. Bordi-yu radioaktiv nurlanish faollashsa, muayyan ob-havo sharoitlarida ana o‘sha hududlardagi radioaktiv nur bizning O‘zbekistonga kirib kelishi mumkin. Bu, O‘zbekistonga kirib keluvchi va rivojlanuvchi 15 sinoptik jarayonning 2-3 tasida ro‘y beradi", - deb javob bergan.

Shu soatlarda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyatning shiddat bilan keskinlashayotgani o‘zlarida "chuqur xavotir" uyg‘otayotganligini bildirdi.

Vazirlik matbuot kotibiga ko‘ra, "O‘zbekiston doimo mintaqadagi barcha tomonlarni o‘zaro muzokaralar orqali tinchlik yo‘lida harakat qilishga chaqirib kelgan".

O‘z o‘rnida, vazirlik O‘zbekiston fuqarolaridan Isroil va Eronga safar qilishdan tiyilishlari, ushbu mamlakatlarda bo‘lganlaridan esa imkon qadar xavfsiz hududlarga chiqib ketishlarini ham so‘ragan.

Hushyorlikni saqlashlari va rasmiy e’lonlarni kuzatib borishlarini ham iltimos qilgan.

O‘zbekiston tomoniga ko‘ra, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida zarur choralar ko‘rilmoqda.

Isroil-Eron mojarosi bilan kechayotgan bir haftadan ko‘proq vaqt ichida O‘zbekiston Turkmaniston orqali o‘nlab fuqarosini Erondan olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

Joriy paytda Isroil va Eronda qolayotgan o‘zbekistonliklarning aniq soniga oid rasmiy ma’lumotlar hozircha ko‘zga tashlanmaydi.

Eron dunyoning Markaziy Osiyoga chegaradosh davlatlaridan biri bo‘ladi, chegarasi Turkmanistondan tashqari yana ikki postsovet davlati – Ozarbayjon va Armaniston bo‘ylab ham uzanadi.

Isroilning Eronga boshlagan hujumi mintaqada ham birdek aks-sado bergan.

Bungacha Markaziy Osiyo davlatlari hukumatlarining barchasi Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashishidan "chuqur", "jiddiy" va "o‘ta" xavotirda ekanliklarini bildirishgan.

Rasmiy Toshkent barcha tomonlarni "to‘liq vazminlikka, harbiy harakatlarni darhol to‘xtatishga", Tojikiston, "halokatli oqibatlarga olib keluvchi keyingi harbiy harakatlardan tiyilish", Qirg‘iziston "har ikki tomonni maksimal darajada og‘ir-bosiqlik, mintaqadagi vaziyatning yanada keskinlashishiga olib keladigan harakatlardan qochish", Qozog‘iston esa, "ishtirokchi tomonlarni maksimal darajada vazminlik"ka chaqirgandi.

Yaqin Sharq O‘zbekiston va prezidenti Shavkat Mirziyoyev diqqat-e’tiboridagi global muammolardan biri bo‘ladi.

Шавкат Мирзиёев
rasmiy
Barcha nizolar suverenitetni hurmat qilish, xalqaro huquq me’yorlari va BMT nizomi asosida faqat diplomatik sa’y-harakatlar yo‘li bilan — muzokaralar stolida hal etilisi shart.
Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti (batafsil: bbc.com/uzbek da).

O‘zbekiston Prezidenti 17 iyun kuni Qozog‘iston poytaxti Ostonadagi "Markaziy Osiyo+Xitoy" ikkinchi sammitida qilgan chiqishida xalqaro vaziyat sezilarli darajada yomonlashganiga alohida to‘xtalib o‘tgan.

Shavkat Mirziyoyev raqobatning ortishi keskinlikning zo‘rayishiga, xavfsizlik va barqaror taraqqiyotga yangi xavf va tahdidlar paydo bo‘lishiga olib kelayotganligini aytgan.

O‘zbekiston rahbari, "nizoli xalqaro masalalar va ziddiyatli muammolarni hal qilish uchun kuch ishlatish vositalaridan foydalanish o‘zini oqlamaydi va bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, deb hisoblashlari"ni ham bayon qilgan.

"Barcha nizo va ziddiyatlar suverenitetni hurmat qilish, xalqaro huquq me’yorlari va BMT nizomi asosida faqat diplomatik sa’y-harakatlar yo‘li bilan — muzokaralar stolida hal etilishi shart"ligini ta’kidlagandi.

Eronning Isroil yo‘q qilmay qo‘ymoqchi bo‘layotgan, ammo faqat AQSh zarba bera oladigan maxfiy yadroviy ob’ekti nima o‘zi?

Fordo ob’ekti

Surat manbasi, GoogleEarth/CNES/Airbus/maxattechnologies

O‘tkazib yuboring YouTube post , 2
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post, 2

Fordo qaerda joylashgan?

Eronning yadroviy ambitsiyalari uchun juda muhim va Isroil yo‘q qilishga urinayotgan o‘ranni boyitish korxonasi Tehron janubidagi tog‘ yonbag‘rida joylashgan.

Isroil Eron havo hududi ustidan to‘liq nazorat o‘rnatgan bo‘lishi mumkin, lekin Fordo yadroviy inshooti qarshisida Isroilning harbiy qudrati ojizlik qiladi.

Inshoot yer ostida, Buyuk Britaniya va Frantsiyani bir-biriga bog‘lovchi La-Mansh bo‘g‘ozidan ham chuqurroqda joylashgan.

Faqat Amerika Qo‘shma Shtatlaridagina uni yo‘q qilishga qodir kattalikdagi bomba bor, xolos.

Ammo bu kabi bir qadam Yaqin Sharqdagi urushni keskin o‘zgatirib yuborishi mumkin.

Фордо
googleearth/cnes/airbus/maxattechnolog
Eron havo hududi ustidan to‘liq nazorat o‘rnatgan bo‘lishi mumkin, lekin Fordo yadroviy inshooti qarshisida Isroilning harbiy qudrati ojizlik qiladi.
BBC Verify va Vizual jurnalistika jamoasi
Batafsil: bbc.com/uzbek da.

Fordo qanday inshoot?

Uranni boyitish korxonasi poytaxt Tehrondan 100 chaqirimcha uzoqlikda, Qum shahri yaqinidagi tog‘li hududda joylashgan.

Majmua dastlab Eron Islomiy Inqilob Gvardiyasining sara bo‘linmalari foydalangan qator yer osti yo‘llari yoki tunnellardan iborat bo‘lgan.

Eron u yerda uranni boyituvchi korxona borligini 2009 yilda, bu narsa G‘arb Josuslik xizmatlari tomonidan fosh qilinganidan keyin tan olgan.

Yer osti inshootining uranni boyitish uchun ishlatiladigan sentrifugalar joylashgan ikkita asosiy tunnel va yana shuningdek, bir qancha boshqa kichikroqlaridan iborat ekani taxmin qilinadi.

Fordo qo‘l yetmasmi?

Fordoning inshootlari juda chuqurlikda joylashgan, shu bois ham u Isroil harbiylari uchun o‘ziga xos qiyinchilik tug‘diradi.

Unga biror bir jiddiyroq ziyon yetkaza olish uchun yer ostiga chuqur kirib borishga qodir bomba lozim bo‘ladi.

Isroilda bunday qurol bor, deb taxmin qilinadi.

Biroq ular faqat 10 metrdan kamroq chuqurlikda ish beradi.

Ammo Amerika Qo‘shma Shtatlarida bu ishni uddalay olishi mumkin bo‘lgan bomba bor.

U og‘irligi 13 tonnadan ortuvchi GBU-57 rusumidagi ulkan bunker bombasi.

"Janes" mudofaa josuslik shirkati tahlilchilariga ko‘ra, sirti va vaznining og‘irligi bois, bu bomba beton ostiga 18 metr, tuproq ostiga esa 61 metrgacha yorib kira oladi.

Ammo, hatto, bu bomba ham Fordoni butkul yakson eta olmasligi mumkin.

Chunki tunnellar yer sathidan 80-90 metr chuqurlikda joylashgani taxmin qilinadi.

Ya’ni, ular Eronning Natanzdagi boshqa uranni boyitish inshootlariga qaraganda bir necha baravar pastda joylashgan.

Isroil Natanzdagi yadroviy ob’ektga allaqachon zarba bergan va mutaxassislar fikricha, "butkul yakson etmagan bo‘lsa-da, unga jiddiy ziyon yetkazgan".

Irlandiya Mudofaa kuchlarining sobiq rahbari vitse-admiral Mark Mellettning BBC Verify ga aytishicha, ayni rusumdagi bunker bombalarining Fordo kabi ob’ektlarni yo‘q qilish ehtimoli yer osti tunnellarining qanchalik mustahkam himoyalanganiga bog‘liq.

Isroilning AQShdagi elchisi ushbu ob’ektni yo‘q qilish muhim maqsad ekanligini aytgan.

"Ushbu operatsiya Fordoni yo‘q qilish bilan yakunlanishi shart", - degan.

Ekspertlar uni tashlash uchun ham Amerikaning "V-2" rusumidagi samolyotlari zarurligini ta’kidlashadi.

Shu sababdan ham, Isroil -Eron mojarosida AQShning aralashuvi hal qiluvchi ahamiyatga ega.