Rossiya Ukraina urushi: yana bir necha o‘zbekistonlik urushdagi ishtiroki uchun qamaldi

Rossiya harbiylari kiyimlarini kiygan erkaklar

Surat manbasi, EPA

O'qilish vaqti: 5 daq

So‘nggi kunlarda Ukraina urushida Rossiya tarafida jang qilgani fosh bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarining soni ortdi. Ularning ayrimlari O‘zbekiston qonunchiligiga binoan ozodlikdan mahrum etildilar. O‘zbekistonga qaytgan, biroq qamalishidan qo‘rqib Ukraina urushida qatnashganini yashirayotganlar yana topilishi mumkin.

So‘nggi sud hukmi bilan O‘zbekistondagi gazeta.uz veb-nashri tanishgan, Buxoro viloyati Romiton tuman sudi 5 yilga ozodlikdan mahrum etgan 1993 yili tug‘ilgan A.R. urushda qatnashgani uning mobil telefoni tekshirilganida ayon bo‘lgan.

Buxorolik 2024 yil iyulida Ukrainaning Lugansk viloyatidagi harbiy bazaga raketa hujumida jarohatlanganidan keyin O‘zbekistonga qaytishga qaror qilgan.

Aloqador mavzular

Toshkent viloyatilik 27 yashar erkakka esa 4 yilu bir oy ozodlikni cheklash sud qarori chiqarilgan.

Uning 2024 yil 15 iyunida Rossiyaga borgani, Moskvadagi urushga yollash agitatsiya bannerini ko‘rib, o‘z ixtiyori bilan urushga yollangani ma’lum bo‘lgan.

2024 yil avgustida u borayotgan avtomobil kolonnasiga dronlar hujumi ro‘y bergan, oqibatda toshkent viloyatilik ko‘p jarohatlar olgan, o‘ng ko‘zidan ayrilgan.

Andijon viloyatining Izboskan tuman sudi ham 40 yashar O‘zbekiston fuqarosini 3 yilu 1 oylik qamoq jazosiga hukm qilgani xabar qilindi.

2019 yili Rossiyaga pul ishlashga ketgan andijonlik 2023 yili o‘z ixtiyori bilan Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolagan, urushda "Vagner" guruhi tarkibida qatnashgan, yaralangan, so‘ng Rossiya chegarasini noqonuniy kesib o‘tib vataniga qaytgan.

U sudda Rossiya pasportini qo‘lga kiritganini olganini tan olgan.

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tuman sudi 5 yilga qamagan fuqaro ham ChVK "Vagner" yollanma jangchisi bo‘lgani oshkor bo‘lgan.

50 yashar erkak 2022 yil sentyabrida Rossiyaga mehnat muhojiri bo‘lib ketgani, "Vagner" safida jang qilib jarohatlangani, 2023 yili O‘zbekistonga qaytgani uning uyida o‘tkazilgan tintuv payti aniq bo‘lgan.

Tintuv payti "Vagner" a’zoligini tasdiqlaydigan hujjatlar ham topilgan.

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar sudi esa 20 yashar erkakka 4 yillik ozodlikni cheklash jazosi tayinlagani podrobno.uz veb-nashriga ma’lum bo‘lgan.

Qashqadaryolik yigit 2024 yil iyunida Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolagan.

Lugansk viloyatidagi poligonda harbiy tayyorgarlikdan o‘tayotgan vaqti oyog‘idan yaralangan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiy qo‘mondonlik uning davolanishi uchun pul to‘lashdan voz kechgan, u o‘zining yonidan pul to‘lab davolangan.

2025 yil fevralida O‘zbekistonga qaytgan va Davlat Xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyat boshqarmasiga o‘z ixtiyori bilan borib Ukraina urushiga qo‘shilganini tan olgan.

2022 yil 24 fevralida Rossiya Ukrainaga to‘laqonli bosqin e’lon qilganidan keyin O‘zbekiston rasmiylari Rossiya yoki boshqa mamlakatlarda bo‘lgan o‘zbekistonliklarni xorijiy davlat harbiy bo‘linmalari safida jangovar amaliyotlarda qatnashishdan qaytargan, O‘zbekiston qonunchiligiga binoan jinoiy javobgarlik ko‘zda tutilganini eslatgan, hozir ham eslatib keladi.

Iqtibos

Surat manbasi, .

Biroq Ukraina urushida Rossiya tarafida ishtirok etgan, halok bo‘lgan, asirga tushgan, qatnashganidan keyin vataniga qaytgan o‘zbekistonliklarning soni hamon ortib borayapti.

MDH mamlakatlari rahbariyatining o‘z fuqarolarini urushda qatnashmaslikka chaqiriqlari Rossiya siyosatchilariga yoqmayapti, kuzatuvchilarga ko‘ra, oxirgi vaqtda Rossiya tomonidan Ukraina urushida qatnashgan fuqarolarini jazolayotgan mamlakatlarga nisbatan bosimlar kuzatila boshlangan.

O‘zbekistonda urushda qatnashib qaytganlarga nisbatan chiqarilayotgan yengil sud jazolari boshqalarni ham urushda qatnashishga rag‘batlantirmaydimi degan savollar paydo bo‘lishiga olib kelgan.

May oyi boshida Ukraina Mudofaa vazirligi va Razvedka boshqarmasi qoshidagi "Xochu jit" loyihasi Rossiya harbiylari safida jang qilayotgan yoki qilgan 1110 nafar O‘zbekiston fuqarosining ro‘yxatini e’lon qilgan.

Loyiha bu ro‘yxat to‘liq emasligi va etnik o‘zbeklarni qo‘shib hisoblaganda ularning soni bir necha ming bo‘lishi mumkinligini ham da’vo qilgan.

Rasmiy Toshkent ushbu xabarni o‘rganishlarini bildirgan.

Ungacha loyiha Rossiya armiyasi saflarida jang qilayotgan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Belarus fuqarolarining ro‘yxatini chop qilgandi.

Rossiya tomonda jang qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari hozircha ushbu ro‘yxatlar ichida eng ko‘pi bo‘lgan.

1 iyul. Qozog‘iston va O‘zbekiston: Dipfeyk videolar uchun Rossiya ayblanayapti - Video

Soxta videolar

Surat manbasi, orda.kz

Qozog‘istonliklarni Rossiyaning Ukraina urushida qatnashishga rag‘batlantirayotgan Qozog‘iston hukumati rasmiylari, boshqa taniqli shaxslar nomidan tarqalayotgan dipfeyk videolar to‘lqini 2axborot makonida tarqaldi.

Soxta videolar yuqori mansabdagi amaldorlar, xususan, Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu, viloyat hokimlari, jurnalistlar va ishbilarmonlarni nishonga olgan.

Videolardan birida Murat Nurtleu Rossiya harbiy samolyotlarining Qozog‘iston havo hududidan uchib o‘tishi tabiiy narsa ekani haqida aytadi, bu videoni Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi soxta deb rad etdi.

Aloqador mavzular

Shuningdek, Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosari, Qo‘stanay va Shimoliy Qozog‘iston viloyatlari hokimlari, jurnalist Gaziza Raimbek va qo‘shiqchi Alisher Karimov nomlaridan ham soxta videolar tarqaldi.

"Men o‘zimning barcha muxlislarimni shartnoma imzolashga chaqiraman. U yerda chindan ham sharoit yaxshi, maoshlar yuqori va o‘zini haqiqiy erkak sifatidaa namoyon etish imkoniyati bor", degan dipfeyk videoda mashhur qo‘shiqchi Alisher Karimov.

O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

Qozog‘istondan oldin bunday soxta videolar O‘zbekistonda tarqalganiga e’tibor qaratdilar mediani kuzatib borayotgaan tashkilotlar.

Shunday videolardan birida O‘zbekiston Senati raisi Tanzila Norboevaning videosi va ovozidan foydalandilar, videoda o‘zbekistonliklarning Ukraina urushidagi ishtiroki oqlanadi.

O‘zbekiston Senati bu soxta videoni provokatsiya deb atab, yolg‘onligini fosh etdi.

O‘zbekiston rasmiylari bunday soxta videolar sun’iy idrokdan foydalanib yasalayotganini xabar qildilar.

Iqtibos

Surat manbasi, .

Bundan oldin mashhur o‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Ruslan Nuriddinovning soxta videosi tarqatilgan, unda shtangachining Ukraina urushida qatnashish uchun Rossiya Mudofaa vazirligi bilan kontrakt imzolagani yolg‘oni tarqatilgan edi.

Qozog‘istonlik mashhur jurnalist Gaziza Raimbek o‘zining yuzi va ovozini sui’stemol qilganlari haqida yozdi, "men jurnalist emas, ta’sirga ega xalqaro qaror qabul qiluvchi ekanman", deb soxta videoning ustidan kuldi.

Qozog‘istondagi "Chinovnik" Telegram kanali xabar qilishicha, Shyndyk.kz veb sayti axborot xurujining markazlashtirilgan tabiatini aniqlagan, bu axborot xurujlari ortida Rossiyadagi akkaunt va telefon raqamlariga bog‘langan insonlarning guruhi turipti.

Qozog‘iston parlamenti deputati aytishicha, endi Qozog‘istonda soxta, yolg‘on xabarlarni yaratish va tarqatish uchun jinoiy javobgarlikka tortish masalasi ko‘rib chiqilayapti.