O‘zbekiston: O‘qituvchilar baxtlimi? Video

Мактабга йўл олган ўқитувчилар

Сурат манбаси, BBC O'zbek

    • Author, Yulduz Abdurashitova
    • Role, Jurnalist
  • Ўқилиш вақти: 5 дақ

O'zbekistonda bayram. Gul do'konlarida ustozlarga atalgan gullar savdosi avjida. Ko'chada chiroyli kiyingan yigit-qizlar qo'lida sovg'asi, yuzida tabassum yugurgan holda o'qituvchisiga turli sovg'alar bilan ketmoqda. O'qituvchilar esa shu bugun darsga o'zgacha tayyorgarlik ko'rib kelishgan yoki umuman tayyorgarlik ko'rishmagan. Chunki bugungi ish kuni tadbirlar, tabriklar bilan nihoyasiga yetadi, odatda.

Алоқадор мавзулар:

Biroq, bugungi kun mamlakatda o'qituvchi har doim ham hurmat va izzatda ekanini anglatmaydi. Davlat maktablarida ustoz doimiy ravishda bir sinfda ko'p sonli bola bilan ishlashi, darsdan keyin daftar tekshirishi, jurnal to'ldirishi va boshqa shunga o'xshash ishlar uchun vaqt ajratishi, tadbirlar hamda ochiq darslar tashkillashtirishi kerak. Ya'ni uning zimmasida faqat dars o'tish yoki o'zlashtirishi qiyin o'quvchilar bilan ishlash turmaydi. Qolaversa, maoshining oshishi, maktab reytingi sabab maxsus attestatsiyadan ham o'tish uchun tayyorgarlik ko'rishi darkor. Bundan tashqari ro'zg'or tashvishlari ham uni kutmoqda.

O'zbekistonda o'qituvchilar baxtlimi?

Мактабга бораётган самарқандлик болалар

Сурат манбаси, BBC O'zbek

Bundan bir necha kun avval Facebook ijtimoiy tarmog'iga ayni savolni qoldirdim. Javoblar turfa xil, kimdir kasbi faxri ekanini, boshqa kimdir esa hali ishlayotganiga besh yil bo'lmasdan kasbidan afsuslanishini yozgan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining aksariyat qismi ustozlarga hurmat avvalgi yillarga nisbatan ancha pasaygan degan fikrda.

"Men o'qituvchiman. Bu yil summativ baholashga o'tdik. Qog'ozlar, BSB va ChSB lar orasida shunaqa baxtlimanki, baxtdan har kun boshim yorilay deydi", deya yozib qoldirdi Shahlo Saxatova.

Ijtimoiy tarmoqdagi Zuhra Mamayusupova degan foydalanuvchi esa ustozlar hamon qog'ozbozlikdan ortmayotganini aytgan.

"Yoshi o'tgan rahbarlar eski qog'ozli tizimdan voz kechgisi kelmaydi. Elektron shaklda qilsang yoqmaysan. Oylik past. 8:00 dan kech kelsang, 16:00 dan erta ketsang tushuntirish xati yozasan. Bir dunyo topshiriqni bajaraman deb, o'z ustingda ishlay olmaysan. Olimpiadachi bolang bilan ishlashga vaqting bo'lmay qoladi. Bosim ostida ishlab asabing chidamay, sochlaringga erta oq oralaydi. Oylik qarzingdan ortmaydi. Qo'shimcha ish qilay desang yaramay qolarkansan. O'qituvchi bo'lmasam bo'lar ekan", degan u.

Ўтказиб юборинг YouTube пост
Google YouTube контентига рухсат бериш

Айни мақолада Google YouTube томонидан тақдим қилинган контент мавжуд. Биз бу контент юкланмасидан аввал сизнинг розилигингизни сўраймиз, чунки улар куки ва бошқа технологиялардан фойдаланган бўлиши мумкин. Сиз Google YouTube ҳаволасида кукиларга доир ва шахсий маълумотларга оид қоидалар ҳақида аввал ўқиб, кейин қабул қилишга рози бўлишингиз мумкин. Кўриш учун “қабул қилиш ва давом этиш”ни танланг.

Огоҳлантириш:Учинчи манба материалида реклама бўлиши мумкин

Охири YouTube пост

O'qituvchilar qog'ozbozlikdan charchashganini, dars o'tishdan boshqa qo'shimcha topshiriqlar ularni vaqtini o'g'irlayotganini yozgan bir paytda ota-onalar ustozlar faoliyatidan qoniqamayotganini aytgan.

"Oldin ham oylik kam bo'lgan, lekin hurmat zo'r edi, o'quvchilarni kamsitish, urushishlar, ajratishlar bo'lmagan, shuning uchun hozirgacha ustozlarimizni bayramlarda eslab boramiz, yo'qlaymiz, hurmat qilib yaxshi ko'ramiz. Lekin hozirgi baʼzi o'qituvchilardan bolalarga qo'shilib o'zimiz qochamiz", deydi Zebunisobonu Abduqodirovna ismli foydalanuvchi.

"15 yilga yaqin davlat maktabida ishladim, davlat ta'lim standartlaridan chetga chiqmay dars berdik. Hujjatlarni rasmiylashtirishga ko'p vaqt sarflandi. Hujjatlar joyida bo'lmasa, sizni nima ish qilganingiz va o'quvchilaringizning natijalari hech kimni qiziqtirmaydi. Kategoriya va bonus uchun qog'ozbozlik bilan vaqtimni behuda o'tkazardim, ba'zida dars ham o'rgata olmasdim", degandi "Merit" xususiy maktabining oliy toifali boshlang'ich sinf o'qituvchisi Shaxnoza Mirzayuldosheva gazeta.uz bilan bo'lgan suhbatda.

Ijtimoiy tarmoqlar rivojlangan sayin, ta'lim tizimidagi muammo va kamchiliklar ham yaqqol ko'zga tashlana boshladi. Bir qarasa o'qituvchi o'quvchini kaltaklaydi, do'q qiladi, yana bir qarasa o'quvchining ota-onasi yoki o'quvchilar o'zlari ustozlarini uradi, zug'm qilmoqchi bo'ladi. Agar o'qituvchilar bilan bog'liq xabarlarni qidirsangiz:

•Toshkent shahridagi 213-maktabning informatika fani o'qituvchisi 9-sinf o'quvchisining akasi tomonidan kaltaklandi;

•Navoiyda o'qituvchi kaltaklandi;

•Kasbi tumanidagi 50-maktabning homilador o'qituvchisi kaltaklandi;

•Chiroqchi tumanidagi 134-umumiy o'rta ta'lim maktabining ingliz tili fani o'qituvchisi kaltaklandi…

sarlavhasidagi xabarlarga ham duch kelasiz.

Endigina maktabni tamomlagan o'quvchining fikricha, ustozlar ikkiga bo'lingan; o'z ishiga mas'uliyatli, 45 minut darsni shunchaki suhbat bilan o'tkazadigan.

Ўзбекистонлик ўқитувчи аёллар ўзларининг касб байрами кунида

Сурат манбаси, BBC O'zbek

"Maktabdagi bir-ikkita ustozgina jon kuydirib, bizlarni qiziqtirib, dars o'tardi. Qolganlari "11-sinfsilar dars qilmasalaring ham bo'ladi" deya dars o'tishmasdi, shaxsiy hayotini aytib berardi yoki biz kelajakdagi rejalarimizni aytib o'tirardik. Bunday o'qituvchilarni hurmat qilmasdik, mas'uliyat bilan dars o'tadiganlarini esa hamon yaxshi ko'ramiz, havas qilamiz. Ustozlar o'quvchilarni qiziqtirib, 45 minutni uvol qilmasdan ta'lim berishini istardim", deydi biz suhbatda Xumora O'rinboyeva

"Chin dildan o'z kasbiga fidoiy o'qituvchilar jamiyatimizga judayam ko'p kerak. Afsuski, bunday o'qituvchilar kamayib ketgan", ta'kidladi LC Khanna taxallusdagi Facebook foydalanuvchisi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining ayrimlari o'qituvchilarning muammolari ham iqtisodiy jihatga borib taqalishi, oylik kamligi, qolaversa bo'ynida krediti ham borligini ta'kidlagan.

Bugungi kunda o'qituvchilarning o'rtacha ish haqi 3,4 million so'mni tashkil etadi, ko'rsatkich 2023-yilga nisbatan 13,3 foizg ko'paygan. Biroq mamalakatda oyliklar eng sekin o'sgan soha ayni shu.

2022-yildan buyon saralash testlarida eng yuqori ball to'plagan o'qituvchilarga har oy qo'shimcha 5,7 million so'm miqdorida mukofot puli to'lanadi. Chekka hududlarda ishlashga rozi bo'lgan o'qituvchilarga esa 3,7 million so'mlik ish haqi qo'shiladi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarovaga ko'ra, qariyb 545 ming nafar o'qituvchining 6 ming nafardan ortig'i (1,1 foizi) 1000 dollardan ortiq maosh olmoqda.

Иқтибос

Сурат манбаси, .

"Ustoz va murabbiylar kunida ko'p davlat tashkilotlarida xodimlarga 5-10 mln so'mdan mukofot berildi. O'qituvchilarga esa 500 ming so'mdan…", dedi journalist Abror Zohidov.

Gulchehra Tohirova Buxoro viloyati G'ijduvon tumani 61-IDUM hamda xususiy maktabda o'qituvchisi:

Yoshim 43 da. 23 yillik pedagogik tajribaga egaman. Kasb yo'limni o'zim tanlaganman! Garchi, o'shanda maoshimga ikki qop un bersa ham, men baxtiyor edim! Kasbim — sharafli burchim! Men buni faxr bilan ayta olaman!

Biram mazza qilaman maktabda! Bolajonlarim, qorako'zlarim! Mening bor boyligim shular! Bilasizmi, azizam, men yoshligimdan ish faoliyatimni shaxsiy hayotimdan ustun qo'yganman! Va to'g'ri yo'ldaman!

Oliy toifali ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisiman! Hech qanday davlat tomonidan berilgan unvonim yo'q! Ammo yuzlab shogirdlarning nazdida maqtovga loyiq ustozman! Hozirda ixtisoslashgan davlat umumta'lim maktabi va xususiy maktabda faoliyat olib boraman. Maoshim ming dollarga yaqin!

Biroq erta sahar 5:30 dan kech 17:00 ga qadar tik oyoqda ishdaman. Qo'shimcha daromad topish oson emas! Bugungi kunda qo'shimcha kursda erkin tinglovchiman. Milliy sertifikat uchun o'z ustimda ishlayapman! 100 foizlik ustamaga da'vogarlik qilmoqchiman!

Jamiyatda o'qituvchining o'rni hali munosib nomga ega emas! O'rta qatlam vakillari bo'lgan o'qituvchilar tinmay mehnat qilishadi. Ilm o'rganadi, o'rgatadi, tarbiya bilan shug'ullanadi. Ammo, orzularini hal etmoq uchun qo'li kaltalik qiladi.

Alloh suygan banda ekanmanmi, yolg'iz ona bo'lsamda, ikki farzandimni oliy ma'lumotli qildim. Oilali qildim! Bugun buvijonlik taxtining sohibasi bo'lishga harakatdaman! Ancha yukimni yengillatganman! Biroq yasama tishlarga muhtoj bo'lib qoldim, qon bosimim qiynab qo'yadi ba'zan…

O'qituvchi sifatida baxtliman! Chunki baxtni kichik o'lcham bilan o'lchayman! Balki, o'lchamim boshqalar bilan solishtirganda farqlidir, ammo menga shunisi ma'qul!"

Toshkent viloyati Chirchiq shahri ko'chalarida o'tkazgan so'rovnomamiz shuni ko'rsatdiki, yaxshi ustoz bo'lish qiyin, o'zbek xalqi o'z kasbining fidoiy o'qituvchilarini hurmat qiladi. Ular o'qituvchilikni eng kerakli kasb deb bilishadi. Yoshi kattalar nevaralarini, farzandlarini o'qituvchi bo'lishini istaydi, biroq yoshlar kelajakda farzandlarining o'zlari xohlaydigan kasb egasi bo'lishi tarafdori.

https://t.me/bbcuzbek

BBC.COM/UZBEK

Telegramda bog'lanish raqami +44 7858860002