Dayjest: Yana davlat byudjeti pullari mavzusi dolzarb mavzuga aylandi

Мактабгача ва мактаб таълими вазири Ҳилола Умарова.

Сурат манбаси, O'zbekiston Maktabgacha va maktab ta'limi vazirlig

Ўқилиш вақти: 3 дақ

O'zbekistonda davlat puli sarf-xarajatlarining shaffofligi hali to'la ta'minlaganicha yo'q. Amaldorlarning katta pullarni xizmat mashinalariga sarflayotganlari, byudjet mablag'larini ortiqcha "sovurayotganlari" ham to'xtamadi, davlat ishidagi mansabdorlar xalq pulini qanday ishlatayotganlari borasida hisobdor ekanliklarini hali o'rganmadilar. Ammo davlat va xalq puli isrofidan gap ochganlar malomat qilingani kuzatildi.

Festival asfaltdan muhim

Samarqand shahrida "Sharq taronalari" festivali bo'lib o'tmoqda, festival doirasida „Sharq xalqlari musiqa madaniyati: globallashuv jarayonlarida ijodiy uyg'unlashuv tamoyillari" deb nomlangan ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

Ana shu konferentsiyada Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga, "Sharq taronalari" va shu kabi festivallarni o'tkazishdan maqsad nima, deb savol berishdi jurnalistlar.

Aloqador mavzular:

Ozodbek Nazarbekov aytishicha, hozir milliy madaniyatlarga tahdidlar mavjud va qadriyatlarni asrab qolish uchun festivallar muhimdir.

"Har qanday milliy madaniyatlarga qattiq tahdid bor. Aynan bugungi ilmiy-amaliy konferentsiya mavzusi („Sharq xalqlari musiqa madaniyati: globallashuv jarayonlarida ijodiy uyg'unlashuv tamoyillari" — tahr.) ham shunga qaratilgan, ya'ni bugungi kunda millatlarning o'zini yo'qotishi — bu inson madaniyatining oxir-oqibat yo'q bo'lishiga [sababchi bo'lar], ehtimol, globallashuv yo'riqnomalarida aynan shu narsalar maqsad qilingandir, biz buni ham bilmaymiz. Shuning uchun o'ta hushyor turishimiz kerak, xalqaro maydondagi beqarorliklar va boshqaruv imkoniyatlari qanaqadir qora kuchlarda ekani bugun ko'rinib turibdi, buni butun dunyo ko'ryapti. Biz mana shunday davrda o'zimizning qadriyatlarimiz, madaniyatimizni mahkam tutgan va butun dunyoni shu pozitsiyaga chorlagan holda bunday illatlar yoki tahdidlarga qarshi tura olamiz", dedi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov.

"Sizlar ko'p savol berasizlar bizga: „Maqom" festivali qilyapsizlar, „Baxshichilik", „Hunarmandlar" festivallari qilyapsizlar, bular kerakmi, kerakmasmi, undan ko'ra asfalьt qilgan yaxshimasmi, degan millionta xar hil fikrlar bildiriladi. Lekin hozir bu muammoga [qarshi kurashish], kechirasizlaru, bitta ko'chani asfalьt qilgandan ko'ra muhimroq. Chunki inson madaniyatiga tahdid bostirib kelyapti, shuning uchun bunaqa festivallarga 3−5 mlrd so'm ishlatish, menimcha, inson kelajagini asrab qolishda juda muhim. Madaniyat vaziri sifatida [bunday festivallar] asfalьtdan ham muhimroq, boshqa narsalardan ham o'ta muhim bo'lgan masala, deb o'ylayman», — deya Ozodbek Nazarbekovdan iqtibos keltridi gazeta.uz veb nashri.

Ўтказиб юборинг YouTube пост
Google YouTube контентига рухсат бериш

Айни мақолада Google YouTube томонидан тақдим қилинган контент мавжуд. Биз бу контент юкланмасидан аввал сизнинг розилигингизни сўраймиз, чунки улар куки ва бошқа технологиялардан фойдаланган бўлиши мумкин. Сиз Google YouTube ҳаволасида кукиларга доир ва шахсий маълумотларга оид қоидалар ҳақида аввал ўқиб, кейин қабул қилишга рози бўлишингиз мумкин. Кўриш учун “қабул қилиш ва давом этиш”ни танланг.

Огоҳлантириш:Учинчи манба материалида реклама бўлиши мумкин

Охири YouTube пост

O'qituvchilarning maoshi qachon 1000 dollarga yetadi?

Иқтибос

Сурат манбаси, .

O'zbekiston Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi rahbarlaridan mamlakatdagi o'qituvchilarning maoshi qachon 1000 AQSh dollari ekvivalentiga etishi haqida so'rashdi jurnalistlar.

"O'qituvchilar oyligi oshishi biz uchun ham juda muhim. Va bu bo'yicha hozirda [Iqtisodiyot va] moliya vazirligi bilan hamkorlikda ish olib boryapmiz. Bugungi kunda o'qituvchilarning o'rtacha ish haqi 3,4 million so'mni tashkil etadi, ko'rsatkich 2023 yilga nisbatan 13,3 foizga ko'paygan", dedi Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova.

Shu kecha-kunduzda O'zbekistonda AQSh dollari kursi 12625 so'mni tashkil etmoqda.

3,4 million so'm 269 AQSh dollari deganidir.

Vazir Hilola Umarova so'zlariga ko'ra, bugungi kunda O'zbekistonda qariyb 545 ming nafar o'qituvchi faoliyat yuritayapti, shundan 6000 nafardan ortig'i (1,1 foizi) 1000 dollardan ortiq maosh olayapti va bu raqam yildan-yilga ortib borayapti.

"Hozir alohida ish olib borilyapti. Lekin bir narsani aytishim kerak, 1000 dollardan oshiq olayotgan o'qituvchilarimiz ham bor… Har bir sohaning KPI'lari (asosiy faoliyat ko'rsatkichlari — tahr.) bor. Ya'ni bizda ham, mana, maktabgacha ta'lim tizimida, umuman, ustozlarimizga bir nechta yo'nalishlar qo'yilgan. Misol, agar toifasi yuqori bo'lsa, qo'shimcha oylik qo'shiladi… Olimpiadaga o'quvchi chiqargan bo'lsa, bunga ham ustama. Mana hozir sertifikatlash [til va boshqalar] uchun ham mablag'lar ajratilgan", dedi Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova.

Matbuot anjumanida o'qituvchilarning 1000 dollarlik maoshi haqidagi savolga javob bergan Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Temurjon Komilovning aytishicha, ayni damda barcha o'qituvchilarga birdek 1000 dollar berishning imkoni yo'q.

Temurjon Komilov so'zlariga ko'ra, Maktab va maktabgacha ta'lim vazirligining joriy yilgi byudjeti 46,6 trillion so'm bo'lib, uning 84,7 foizi yoki 36 trillion so'mi (oyiga 3 trillion so'm) ish haqi va unga tenglashtirilgan boshqa to'lovlar hissasiga to'g'ri keladi. Ularni 545 ming o'qituvchi va 200 ming nafar pedagog qabul qiladi.

"Bitta narsani inobatga olaylik, achchiq bo'lsa ham, balki ko'pchilikka yoqmasa ham, pedagoglarga. 434 ming pedagogik stavkaga 547 ming pedagog ishlab kelmoqda, bunisi ham bor. Buning orasida o'rta maxsuslar ham ishlab kelyapti, nafaqada bo'lganlar ham ishlab kelyapti… Hamma birdek 1000 dollar oladi, degan narsa bu — utopiya. Bitta o'qituvchining oyligini 1 million [so'm]ga bir oyga oshiradigan bo'lsak, bir yilga 7 trillion so'mdan (taxminan 553 million dollar — tahr.) ziyod mablag' degani", - deya Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining muovini Temurjon Komilovdan iqtibos keltirdi gazeta.uz.

Byudjet sarfini so'rab bo'lmaydimi?

O'zbekistondagi kun.uz veb nashri yozishicha, byudjet sarfi haqida gapirganlar radioefirda malomat qilinganlar.

Radioboshlovchi, vayner Akmal Mirzo va shoir Botir Ergashev "Oriat dono" radiosida efirga uzatilgan "Biz kim" tok shousida davlat tashkilotlaridan byudjet pulining qanday ishlatilayotganini so'rayotgan jurnalist va blogerlarni tanqid qilganlar.

kun.uzga ko'ra, ularga jurnalist va blogerlarning Madaniyat vazirligini tanqid qilgani yoqmagan.

Telegram kanalimiz: https://t.me/bbcuzbek

BBC.COM/UZBEK

Telegramda bog'lanish raqami +44 7858860002