Arktika uchun kurash: Bu yirik davlatlar o‘rtasidagi ziddiyatga aylanib ketishi mumkinmi? - Video

Norvegiyada milliy bayroq kuni. Savlbardda bayroqlari osilgan velosipedlarini yetaklab borayotgan erkak va ayol. Uzoqda suv va muzli cho‘qqi ko‘rinadi
    • Author, Katya Adler
    • Role, Bi-bi-sining Yevropa muharriri
  • O'qilish vaqti: 9 daq

Magnus Meland 2023 yil oxirida Norvegiyaning shimoliy chekkasidagi shaharcha meri bo‘lishi bilanoq, Xitoydan uchta delegatsiya uning eshigini taqillatdi.

"Ular qutb superqudratiga aylanishni istashayotgandi," deya tushuntirdi u menga.

Arktika haqida o‘ylaganingizda, Xitoy darhol xayolingizga kelmaydi, ammo u Arktikada katta o‘yinchi bo‘lishga qat’iy qaror qilgan. Mamlakat ko‘chmas mulk sotib olishga, infratuzilma loyihalarida ishtirok etishga va mintaqada doimiy hozirligini ta’minlashga intilmoqda.

Garchi uning eng shimoliy mintaqaviy poytaxti Xarbin Italiyaning Venetsiya shahri bilan deyarli bir xil kenglikda joylashgan bo‘lsa-da, Xitoy allaqachon o‘zini "Arktikaga yaqin davlat" deb ta’riflamoqda.

Biroq Arktika dunyodagi eng qizg‘in raqobat maydonlaridan biriga aylanmoqda. Pekin Rossiya, Yevropa, Hindiston va AQShning kuchli raqobatiga duch kelmoqda.

Arktika uchun poyga boshlandi.

Iqlimshunoslar Arktika boshqa joylarga nisbatan to‘rt barobar tezroq isiyotganini ta’kidlashmoqda. Bu ekotizimlar, yovvoyi tabiat va mahalliy aholiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Arktika yer sharining 4 foizini qamrab olgan ulkan hududdir.

Ammo global kuchlar Arktikada ekologik o‘zgarishlar ortida yangi imkoniyatlar dunyosi ochilayotganini ko‘rmoqda.

Arktikadagi muzlarning erishi mintaqaning ulkan tabiiy boyliklariga – muhim minerallar, neft va gazga kirishni osonlashtirmoqda. Foydalanilmagan tabiiy gazning taxminan 30 foizi Arktikada joylashgani aytiladi.

Bu yangi dengiz savdo yo‘llarini ochmoqda, Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi sayohat vaqtini keskin qisqartirmoqda. Eksport biznesida vaqt – bu pul. Xitoy Arktikada yuk tashish uchun "Qutb ipak yo‘li" rejasini ishlab chiqmoqda.

Kirkenes bandargohi
Surat tagso‘zi, Kirkenes kelajakda Xitoy yuk kemalarining Yevropadagi ilk bekati bo‘lishga umid qiladi, lekin bandargohga Pekinning ta’siri oshib ketishiga ruxsat bermaslik kerak deb hisoblashadi

Men borganimda, Kirkenes porti g‘oyat ovloq ko‘rinardi.

Shimoliy qutb doirasi ichida, Norvegiyaning eng shimoliy nuqtasida joylashgan bu sobiq konchilik shahri, uni o‘rab turgan qor bilan qoplangan tog‘lar va fьordlar manzarasidan keskin farq qiladi.

Yopiq do‘konlar va tashlandiq omborxonalar, siniq oynalar ko‘zga tashlanadi. Shahar unutilgan va ortda qolgandek go‘yo.

Qutb muzlari erishi qanchalik tez davom etishiga qarab, bu joy Osiyodan kelayotgan ko‘plab konteyner kemalarini qabul qiladigan Yevropadagi birinchi portga aylanishni istaydi.

Shahar porti direktori Terje Yorgensen butunlay yangi xalqaro port qurishni rejalashtirmoqda. U Yevropa shimolidagi Singapurga aylanish haqida gapirganda, ko‘zlari chaqnab ketadi.

"Biz Kirkenesda uchta qit’a: Shimoliy Amerika, Yevropa va Osiyo tutashadigan tranzit portini qurishga harakat qilyapmiz. Biz yuklarni qirg‘oqqa tushirib, keyingi eksport uchun boshqa kemalarga qayta yuklaymiz. Hech kimga yer sotishga hojat yo‘q. Na Britaniya kompaniyasiga, na Xitoy kompaniyasiga."

U Norvegiyadagi yangi qonunlar "Norvegiya xavfsizlik manfaatlariga" zarar yetkazishi mumkin bo‘lsa, mulk yoki biznesni sotishni taqiqlashini aytadi. Uning qo‘shimcha qilishicha, ular hukumatdan bu qanday muhim infratuzilmani qamrab olishi mumkinligi haqida aniq ko‘rsatmalarni kutmoqda.

Mer Meland, shubhasiz, Xitoyning niyatlaridan xavotirda. "Biz Xitoy bilan munosabat o‘rnatishni xohlaymiz, lekin Xitoyga qaram bo‘lishni istamaymiz," deydi u menga.

"Yevropa o‘ziga «Sen totalitar va avtoritar rejimlarga qanchalik qaram bo‘lishni xohlaysan?» deb savol berishi kerak."

Xitoyning "Arktikaga kirib borish uchun sotib olish" yondashuvi Yevropa Arktikasida tobora rad etilmoqda. Yaqinda Pekinning Norvegiya va Shvetsiyadagi dengiz portlari hamda Grenlandiyadagi aeroportni sotib olishga urinishlari muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

Bu holat qutbga chanqoq Xitoyni – dunyodagi eng yirik paydo bo‘layotgan superqudratni – Arktikadagi eng yirik o‘yinchi Rossiya quchog‘iga itarmoqda.

The town of Kirkenes - various one-storey buildings, streets and trees, with snow-topped hills in the background
Surat tagso‘zi, Chegara shahri Kirkenes Ukraina urushi ta’sirini o‘zida his qilayapti: rossiyalik mehmonlar kelmay qo‘ydi, chegara osha savdo to‘xtab qoldi

Rossiya Arktika qirg‘oqlarining yarmini nazorat qiladi va Xitoy investitsiyalarini faol jalb qilmoqda.

Ikki mamlakat Arktikada harbiy jihatdan ham hamkorlik qilmoqda. Xitoy qirg‘oq qo‘riqchilari birinchi marta o‘tgan yil oktyabr oyida Rossiya kuchlari bilan qo‘shma patrulda Arktikaga kirdi. Ikki davlat bir oy oldin bu yerda qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazgan edi. Iyul oyida ikkala mamlakatning uzoq masofali bombardimonchi samolyotlari AQShning Alyaskasi yaqinidagi Shimoliy Muz okeanida provokatsion patrullik ham qildi.

Go‘yo Pekin va Moskva Arktikada mashg‘ulotlarini kuchaytirgan NATOga qarab: "Biz ham buni qila olamiz," deyayotgandek.

Arktika bilan chegaradosh barcha davlatlar, Rossiyadan tashqari, NATO a’zolaridir. Finlyandiya va Shvetsiya Ukrainaga keng ko‘lamli bosqindan so‘ng tashkilotga qo‘shildi.

Mustaqil Fritьof Nansen instituti katta ilmiy xodimi Andreas Osthagen Arktikani Rossiya-Xitoy hamkorligi uchun "oson imkoniyat" deb ta’riflaydi.

"Rossiyaga Arktikani rivojlantirish – suyultirilgan tabiiy gaz zahiralari, neft konlari yoki shimoliy dengiz yo‘nalishini yuk tashish yo‘lagi sifatida o‘zlashtirish uchun investitsiyalar va tijorat sub’ektlari kerak".

Iqtibos

Surat manbasi, .

Xitoy ayni muddao. Ikki mamlakat siyosiy, iqtisodiy, hatto harbiy hamkorlikni kengaytirish yo‘llarini izlamoqda.

Biroq Xitoy Rossiya bilan haddan tashqari yaqinlashishdan o‘zini tiymoqda. U G‘arb sanksiyalaridan qochishni va G‘arb davlatlari bilan Arktika ichida ham, tashqarisida ham savdo-sotiqni davom ettirishni istaydi.

Rossiyaning ham o‘z xavotirlari bor.

"Rossiya-Xitoy munosabatlarini katta baholamang," deydi janob Osthagen. "Rossiya ham Xitoyni o‘z Arktikasiga chuqur kiritishdan ehtiyot bo‘lmoqda."

Moskva u yerdagi tabiiy boyliklariga qattiq tayanadi. Xabarlarga ko‘ra, u boshqa Arktika investorlariga, jumladan, AQShga ham murojaat qilmoqda.

Norvegiya va Rossiya ajratib turadigan Pasvik daryosining Norvegiya sohili
Surat tagso‘zi, Pasvik daryosining narigi sohili Rossiya. Bu yerda chegara qo‘riqlanmaydi, faqat sariq ustun bu hudud Norvegiya territoriyasi ekanini anglatib turadi

Rossiya, shuningdek, strategik qurollarini saqlash uchun Arktikadan foydalanadi – asosan, yadroviy salohiyatga ega bo‘lgan va afsonaviy Shimoliy floti joylashgan Kola yarim orolida.

Norvegiyada Kirkenes aholisi qo‘shnisi «rus ayig‘i» soyasida yashaydi. Bu hol doimo shunday bo‘lgan. Rossiya chegarasigacha atigi 10 daqiqalik masofada. Kola yarim oroli esa xavotirli darajada yaqin tuyuladi.

Sovuq urush davrida shahar josuslar uyasi – G‘arb va Sovet Ittifoqi o‘rtasidagi front chizig‘i sifatida tanilgan edi.

Norvegiya Rossiya Arktikadan yangi askarlarni jangga tayyorlash va Ukrainaga hujum qilish uchun bombalovchi samolyotlarni uchirishda foydalanayotganiga ishonadi.

Rossiya bilan bevosita urushda bo‘lmasa-da, Norvegiya, ayniqsa uning shimoliy hududlari taxminan 200 kilometrlik quruqlik chegarasi bo‘ylab hujum ostida ekanini his qiladi.

"Biz buni mahalliy darajada ko‘rayapmiz," deydi polkovnik Yorn Kviller men bilan Norvegiya va Rossiyani ajratib turadigan Pasvik daryosining tiniq suvlari bo‘yida suhbatlashar ekan. Oldimizda Norvegiyaning sap-sariq va Rossiyaning qizil-yashil chegara ustunlari ko‘rinib turibdi.

Ukrainaga keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan beri GPS ishlamay qolishi ko‘paygan, bu hatto tijorat uchuvchilarining navigatsiya tizimlarini o‘zgartirishiga sabab bo‘ldi. Polkovnik Kviller menga aytishicha, chegara yaqinida josuslik holatlari – "signal razvedkasidan tortib, Norvegiyaga yuborilayotgan agentlargacha" keskin ko‘paygan.

Norvegiya va uning NATOdagi ittifoqchilari Rossiyaning Arktikadagi josuslik suv osti kemalari va boshqa kemalarini ham kuzatadi.

O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

Sovuq urush davridagi qo‘shma harbiy qo‘mondonlikka kirish uchun yuqori darajadagi xavfsizlik ruxsatnomasini olgach, Norvegiyaning bu tahdidni qanday kuzatib borayotganini ko‘rish imkoniga ega bo‘ldim. Bu qo‘mondonlik qutb doirasidagi Bodo shahridagi kvarts tog‘i ichida joylashgan.

Biz Norvegiyaning Arktika suvlari va uning atrofidagi shubhali ko‘ringan kemalarni kuzatish uchun quruqlik, havo va dengizdan real vaqt rejimida razvedka ma’lumotlarini to‘playdigan tunnellar va kuzatuv xonalari labirintini topdik. Barcha ma’lumotlar NATO bilan darhol almashiladi.

Eng muhimi, Yevropaga kirmoqchi bo‘lgan har qanday rus kemasi avval Norvegiya suvlaridan o‘tishi shart.

Tog‘dagi shtab agentlari Kremlning G‘arbga qarshi gibrid urushining bir qismi sifatida rasmiylar "muhim suv osti infratuzilmasi" deb atagan ob’ektlar atrofida josuslik va buzg‘unchilik alomatlarini kuzatmoqda.

Bu maqsadlar qit’alarni bog‘laydigan va kuniga trillionlab dollarlik moliyaviy operatsiyalarga imkon beradigan suv osti aloqa kabellari, shuningdek, neft va gaz quvurlarini o‘z ichiga oladi.

Norvegiya, ayniqsa, Rossiya eksportiga qarshi sanksiyalar joriy etilganidan beri, Yevropaga, shu jumladan Buyuk Britaniyaga tabiiy gazning asosiy yetkazib beruvchisi hisoblanadi.

Moskva Arktikadagi harbiy salohiyatini zamonaviylashtirmoqda. U josus va yadro suv osti kemalarining kuchli flotiga ega. Agar ular sezilmay o‘tsa, butun Yevropa poytaxtlarini raketalar bilan nishonga olishi va AQShga ham tahdid solishi mumkin.

Tog‘ ichidagi harbiy qarorgohda josuslik zobitlari Rossiyaning Arktika suvlaridagi harakatlanishini kuzatib turishadi
Surat tagso‘zi, Tog‘ ichidagi harbiy qarorgohda josuslik zobitlari Rossiyaning Arktika suvlaridagi harakatlanishini kuzatib turishadi
Norvegiya harbiy qo‘mondonlari har haftada bir marta Rossiya harbiy qo‘mondonlari bilan qo‘ng‘iroqlashib turadilar.
Surat tagso‘zi, Norvegiya harbiy qo‘mondonlari har haftada bir marta Rossiya harbiy qo‘mondonlari bilan qo‘ng‘iroqlashib turadilar.

AQSh Prezidenti Donald Tramp Yevropaga o‘z mudofaasi uchun ko‘proq harakat qilishi kerakligini aytgan bo‘lsa-da, Arktika doirasida "manfaatlarning katta kesishuvi" mavjud, deydi Norvegiya qo‘shma shtabi rahbari vitse-admiral Rune Andersen.

"Bu shuningdek AQSh mudofaasi masalasidir... Rossiyaning yadro qurollarini to‘plashi, u joylashtirayotgan joylar nafaqat Yevropaga, balki AQShga ham qaratilgan," deydi u.

Vitse-admiral Andersenning fikricha, hech bir tomon Arktikada ochiq to‘qnashuvga intilmayapti, ammo boshqa joylarda, masalan, Ukraina tufayli global keskinlik kuchayib borayotgan bir paytda, Arktikada ham vaziyat keskinlashishi mumkin.

Vitse-admiralning jamoasi har chorshanba kuni tushdan keyin aloqa kanallarini ochiq saqlash uchun Rossiya Shimoliy flotiga muntazam qo‘ng‘iroq qilishni rejalashtiradi. Ehtiyot shart, deb o‘ylashadi ular.

Harbiy xizmatga chaqirilgan askarlar Norvegiyaning Otto Sverdrup kemasidan NATO harbi kemalarini kuzatadilar
Surat tagso‘zi, Harbiy xizmatga chaqirilgan askarlar Norvegiyaning Otto Sverdrup kemasidan NATO harbi kemalarini kuzatadilar
Vitse-Admiral Rune Andersenning Bi-bi-siga aytishicha, hozir NATO ittifoqchilari Rossiyaga Arktikada ishonchli tiyib turish omilini namoyish etayaptilar
Surat tagso‘zi, Vitse-Admiral Rune Andersenning Bi-bi-siga aytishicha, hozir NATO ittifoqchilari Rossiyaga Arktikada ishonchli tiyib turish omilini namoyish etayaptilar
Otto Sverdrup kemasida zobitlar va harbiy xizmatga chaqirilganlar o‘t ochish mashqlarini o‘tkazishayapti
Surat tagso‘zi, Otto Sverdrup kemasida zobitlar va harbiy xizmatga chaqirilganlar o‘t ochish mashqlarini o‘tkazishayapti

Agar siz Kirkenesdan chiqib, Shimoliy qutb tomon yo‘l olsangiz, taxminan yarim yo‘lda Svalbardning go‘zal Norvegiya arxipelagiga duch kelasiz. Bu yerda muz maydonlari, muzliklar va odamlardan ko‘ra ko‘proq oq ayiqlar bor.

Svalbard Arktika resurslari uchun global kuchlar o‘rtasidagi kurash markazida turibdi. Norvegiyaga qarashli bo‘lsa-da, arxipelag uni imzolagan barcha mamlakatlardan kelgan odamlarga u yerda vizasiz ishlashga ruxsat beruvchi shartnoma asosida boshqariladi. Ularning aksariyati konlarda, turizm va ilmiy tadqiqotlarda band.

Munosabatlar uyg‘undek ko‘rinishi mumkin, ammo Ukrainaga keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan beri bu yerdagi ba’zi jamoalarda millatchilik kayfiyati sezilarli darajada kuchaygan.

Bunga Ikkinchi Jahon urushi tugaganini nishonlash uchun rus aholi punkti tomonidan o‘tkazilgan harbiy paradlar, Rossiya infratuzilmasi ustida sovet bayrog‘ining hilpirashi va xitoyliklar Svalbarddagi tadqiqot stantsiyasidan harbiy josuslik uchun ham foydalanayotgani haqidagi shubhalar ortib bormoqda.

Bu haqiqatmi yoki yo‘qligidan qat’i nazar, mahalliy mer Terьe Aunevikning ta’kidlashicha, turli mamlakatlardagi tadqiqot markazlarida razvedka ma’lumotlari yig‘ilmayapti deb o‘ylash soddalik bo‘lardi.

"Albatta, bunday holat bor... Menimcha, dunyoni Arktikani boy berib qo‘yishdan qo‘rqish qamrab olgan."

Svalbardga kelgan kunim Norvegiyaning milliy bayrami edi. Ko‘chalarda norveg milliy kiyimidagi onalar, otalar va mahalliy maktab o‘quvchilari tantanali yurishda qatnashdilar.

Longьebьen dunyodagi eng shimoliy shahar hisoblanadi. Markaziy ko‘cha etagidagi Arktika suvlari, atrofdagi qor va muz bilan qoplangan tekis cho‘qqili tog‘lar yorqin quyosh nurida yaltiraydi.

Qayerga qaramay, do‘kon vitrinalarida, bolalar aravachalarida va ayollar sochlari uzra hilpirayotgan ko‘k, oq va qizil rangli Norvegiya bayroqlari bezab turibdi. Ehtimol, men yanglishayotgandirman, lekin o‘sha kungi quvnoqlik orasida yana bir so‘zsiz tuyg‘u bor edi: "Svalbard bizniki!"

Arktikada milliy raqobat kayfiyati kuchayishi oqibatsiz qolmayapti.

Svalbardda odamlar Norvegiya milliy kunini milliy liboslarni kiyib nishonladilar
Surat tagso‘zi, Svalbardda odamlar Norvegiya milliy kunini milliy liboslarni kiyib nishonladilar
Snow-topped mountains and cracked ice over the sea
Surat tagso‘zi, Arktika muzlari erib borayotgani Osiyo bilan Yevropa o‘rtasidagi eng tez yo‘l imkoniyatlarini ochayapti

Mintaqadagi mahalliy jamoalar – ularning yarmidan ko‘pi Rossiya Arktikasida yashaydi – ko‘pincha hokimiyat vakillari tomonidan bu hududni uzoq vaqtdan beri o‘z vatani deb bilgan xalqlar huquqlari tan olinmayotganini his qilishadi.

Inuguit tubjoy aholisi vakili bo‘lgan grenlandiyalik yoshlar faoli Miyuki Daorananing aytishicha, Donald Tramp o‘zining birinchi prezidentligi davrida mamlakatni sotib olmoqchi bo‘lganini aytganida, ular buni hazil deb qabul qilishgan. Ammo bu safar vaziyat jiddiyroq, deydi u.

"Hozirgi global siyosiy vaziyat, kuchlar o‘yini va resurslar uchun raqobat tufayli bu ancha jiddiy masalaga aylandi."

U va mahalliy jamoalardagi boshqalar Yevropa davlatlarini "mahalliy yerlarni o‘zlashtirish va bosib olish" uchun "iqlim inqirozi"dan bahona sifatida foydalanishda ayblashmoqda.

A woman smiles at the camera, wearing a scarf and a blue jumper

"Bu biz yashil mustamlakachilik yoki rivojlanish tajovuzi deb ataydigan holat. Ular haqiqatan ham yerlardan tobora ko‘proq foyda olishni xohlashmoqda," deydi u.

"Arktika biz uchun shunchaki mavzu emas. Bu shunchaki qiziqish yoki tadqiqot ham emas. Bu bizning hayotimiz, haqiqiy kurashlarimiz, his-tuyg‘ularimiz va juda adolatsiz munosabatlardir.

Hukumat va siyosatchilar xalq uchun ishlashlari kerak. Ammo men buni ko‘rmayapman. Bu asosan quruq diplomatik so‘zlar, xolos."

Yaqinda Arktikaga chegaradosh sakkizta davlat – Kanada, Rossiya, AQSh, Finlyandiya, Shvetsiya, Norvegiya, Daniya va Islandiya, shuningdek, oltita mahalliy Arktika jamoalari va boshqa kuzatuvchi davlatlar, jumladan, Xitoy va Buyuk Britaniya vakillari dunyoning bu ajoyib qismini himoya qilish va boshqarish uchun birgalikda ishlash maqsadida siyosiy kelishmovchiliklarni chetga surib qo‘ygan Arktika istisnolari haqidagi gapirishdi.

Ammo hozir yirik davlatlar siyosati davri. Mamlakatlar tobora ko‘proq o‘z manfaatlari yo‘lida harakat qilayaptilar.

Hozirda Arktikada raqobatchi davlatlar ko‘p bo‘lgani sababli, vaziyatni noto‘g‘ri talqin qilish yoki noto‘g‘ri baholash xavfi ham yuqori.