Ilm-fan: O‘layotganda miyamizda nimalar sodir bo‘ladi? Video

A scientist looking at MRI tests

Surat manbasi, Getty Images

    • Author, Margarita Rodriges
    • Role, Bi-bi-si Mundo xizmati
  • O'qilish vaqti: 5 daq

Neyrobiolog Jimo Borjigin, "o‘lim hayotimizning ajralmas qismi" bo‘lsa ham, biz o‘layotganimizda miyada nima sodir bo‘lishi haqida "deyarli hech narsa" bilmasligimizdan hayratda edim, deydi.

Neyrobiolog Jimo Borjigin "o‘lim hayotmizning ajralmas qismi" bo‘lsa ham, biz o‘layotganimizda miyada nima sodir bo‘lishi haqida "deyarli hech narsa" bilmasligimizdan hayratda edim deydi.

U bunga o‘n yilcha avval «tasodifan» e’tibor berib qolgan.

O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

Aloqador mavzular

"Biz kalamushlar ustida tajriba o‘tkazdik va operatsiyadan keyin ularning miyasidagi neyrokimyoviy sekretsiyani kuzatdik", deydi u BBC News Mundo'ga.

To‘satdan ulardan ikkitasi o‘ldi.

Bu Borjiginga ularning miyasi o‘limi jarayonini kuzatish imkonini berdi.

"Kalamushlardan birida serotonin miqdori keskin ortdi. Bu kalamush gallyutsinatsiya holatida edimi? – deb hayron bo‘ladi u. – Serotonin gallyutsinatsiyalar bilan bog‘liq".

Kayfiyatni tartibga soluvchi kimyoviy modda bo‘lmish serotoninning bu tarzda portlashi uni qiziqtirib qo‘ydi.

Iqtibos

Surat manbasi, .

"Shunday qilib, buning sababini bilish uchun dam olish kunlari ilmiy nashrlarni ko‘rib chiqa boshladim, biror tushuntirish chiqib qolar deb o‘yladim. O‘lim jarayoni haqida juda oz narsa bilishimizni ko‘rib hayron bo‘ldim».

Shundan so‘ng Michigan universitetining molekulyar va integrativ fiziologiya va nevrologiya kafedrasi dotsenti doktor Borjigin o‘lim jarayonida miyada nima sodir bo‘lishini o‘rganishga bel bog‘ladi.

Uning aytishicha, u kashf qilgan narsalar o‘lim haqidagi ko‘plab tasavvurlarimizga teskaridir.

O‘lim ta’rifi

illustration of a brain and an heart

Surat manbasi, Getty Images

Uning tushuntirishicha, agar kimdadir uzoq vaqt davomida yurak to‘xtashidan keyin puls bo‘lmasa, u klinik jihatdan o‘lik hisoblanadi.

Bu jarayonda e’tibor yurakka qaratiladi: "Buni yurak to‘xtashi deb atashadi, lekin bu miya ham to‘xtadi degani emas».

"Ilmiy tushuncha shundan iboratki, hech qanday reaktsiya kuzatilmasa, miya ishlamayapti deymiz, ya’ni odam gapira olmaydi, turolmaydi, o‘tira olmaydi."

Miya ishlashi uchun juda ko‘p kislorod talab qiladi. Agar yurak qonni yurgizmasa, kislorod miyaga yetib bormaydi.

"Shunday qilib, barcha tashqi belgilar miya ishlamayotgani yoki hech bo‘lmaganda u giperfaol emas, balki gipofaol ekanligini ko‘rsatadi", deb tushuntiradi u.

Uning jamoasi o‘tkazgan tadqiqotlar boshqa narsani ko‘rsatadi.

Giperfaol miya

2013 yili kalamushlarda o‘tkazilgan tadqiqotda olimlar hayvonlarning yuragi to‘xtaganidan keyin ham bir nechta neyrotransmitterlar qizg‘in faollashganini kuzatishgan.

"Serotonin 60 baravar, o‘zingizni yaxshi his qilganingizda ko‘payadigan dofamin esa sezilarli darajada, taxminan 40-60 barobar oshgan. Sergaklik va hushyorlikni keskin oshiradigan norepinefrin 100 barobarga ko‘paygan."

Uning aytishicha, hayvon tirikligida bu moddalar bu qadar ko‘paymaydi.

2015 yilda jamoa o‘layotgan kalamushlar miyasiga oid yana bir tadqiqotni e’lon qildi.

"Ikkala holatda ham hayvonlarning barchasida miyaning sezilarli funktsional faollashuvi kuzatilgan", deydi u.

"Miya bunday yuqori qo‘zg‘alganda giperfaol holatda bo‘ladi."

Gamma to‘lqinlar

drawing of neurons

Surat manbasi, Getty Images

2023 yili ular o‘z tadqiqotidan bir parcha e’lon qildilar, unda ular komadagi to‘rt nafar bemor miyasiga uning faoliyatini skanerlaydigan elektroansefalografiya elektrodlarini o‘rnatishdi.

To‘rtala bemor ham o‘layotgan edi. Shifokorlar va oilalar yig‘ilib, "ularga yordam berish imkonsizligi uchun ularni o‘z holiga qo‘yishga qaror qildik".

Qarindoshlari roziligi bilan ularni tirik ushlab turgan apparatlar o‘chirildi.

Keyin tadqiqotchilar bemorlarning ikkitasida miya yuqori darajada faollashganini aniqladilar, bu esa miya ishlayotganidan dalolat beradi.

Miyalarida gamma to‘lqinlari aniqlandi. Bu to‘lqinlar murakkab axborotni qayta ishlash va xotira faoliyatida ishtirok etadi.

Bemorlardan birining har ikki bosh miya yarimsharlari yuqori darajada faol edi.

Doktor Borjiginning ta’kidlashicha, o‘ng yarimsharlar empatiya uchun juda muhim ahamiyatga ega:

"Yurak tutilishidan aziyat chekkan [va o‘limoldi tajribasini boshdan kechirgan] ko‘plab bemorlar keyinchalik yaxshiroq odamlarga aylanib, boshqalarga hamdardroq bo‘lib qolganini aytishadi."

O‘lim oldidan kuzatiladigan tajribalar

illustration of an out-of-body experience

Surat manbasi, Getty Images

O‘limga yaqin bo‘lgan ba’zi odamlar hayotlari ko‘z o‘nglaridan bir zumda o‘tgani yoki muhim daqiqalarni eslaganlarini aytishadi.

Ko‘pchilik yorqin nurni ko‘rganini aytadi, boshqalari esa tanasidan tashqariga chiqqanini tasvirlaydi.

Doktor Borjigin o‘z tadqiqotida kuzatgan o‘ta faol miya nima uchun ba’zi odamlar o‘limoldi tajribani boshdan kechirishini tushuntira oladimi?

"Ha, men shunday deb o‘ylayman", deydi u.

"Yurak tutilishidan omon qolgan odamlarning kamida 20-25 foizi oq yorug‘likni yoki biror narsani ko‘rganini aytishadi. Bu ko‘rish markazlari faollashganini bildiradi."

Hayotni saqlab turuvchi qurilmalar o‘chirilganda yuqori miya faolligini boshdan kechirgan ikki bemorda, tadqiqotchining aytishicha, ko‘rish markazi intensiv faollashgan.

Yangi tushuncha

Dr Jimo Borjigin in her lab coat

Surat manbasi, UNIVERSITY OF MICHIGAN

Surat tagso‘zi, Doktor Jimo Borjigin Michigan Universitetida o‘zining nomiga qo‘yilgan laboratoriyada saboq beradi

Doktor Borjigin tadqiqoti keng qamrovli bo‘lmaganini va o‘layotganimizda miyada nima sodir bo‘lishini ko‘proq o‘rganish zarurligini aytadi.

Biroq, bu sohadagi 10 yildan ortiq izlanishlardan so‘ng, unga bir narsa aniq bo‘ldi: "Menimcha, yurak to‘xtab qolganda miya sust emas, balki o‘ta faol bo‘ladi".

Ammo miyaga kislorod kamaysa, nima bo‘ladi?

"Biz buni tushunishga harakat qilyapmiz. Demak, bu borada ilmiy adabiyotlar kam. Haqiqatan ham hech narsa ma’lum emas", deydi u.

U quyidagi farazni ilgari suradi: Hayvonlar, jumladan, kalamushlar va odamlarda kislorod yetishmasligini yengillatish uchun endogen mexanizm mavjud.

"Hozirgacha yurak to‘xtab qolganda, miya shunchaki o‘lib ketadi deb ishonilardi.

Ammo, uning ta’kidlashicha, bu haqiqatan shundaymi yoki yo‘q, bilmaymiz.

Uning fikricha, miya shunchaki taslim bo‘lmaydi. Boshqa inqirozlarda bo‘lgani kabi, u ham kurashadi:

"Menimcha, miya kislorod yetishmasligidan omon qolish mexanizmi bilan qurollangan. Ammo bu hali tekshirilishi kerak."

O‘rganiladigan narsalar ko‘p

Doktor Borjiginning fikricha, u va uning jamoasi o‘z tadqiqotlarida kashf etgan narsa ulkan aysbergning uchi xolos va hali ko‘p narsa kashf etilishi kerak:

"Men miyada gipoksiya (kislorod tanqisligi) bilan kurashish uchun endogen mexanizmlar borligiga ishonaman.

Shunday qilib, biz yuzaki bo‘lsa ham bilamizki, yurak xurujiga uchragan odamlar bu ajoyib sub’ektiv tajribani boshdan kechiradi. Bu tajriba esa miya faolligi ortishi bilan bog‘liq.

Endi savol tug‘iladi: nega o‘layotgan miya faollashadi?

"Biz tushunish, o‘rganish, tadqiq qilish, aniqlash uchun birlashishimiz kerak, chunki o‘lim aslida nima ekanini tushunmaganimiz uchun millionlab odamlarga erta o‘lim tashxisini qo‘yishimiz ehtimoli bor".