"Rus askarlarini o‘ldir, yutuq ol" – Ukrainada urush o‘yinlari (Video)

Surat manbasi, BBC/Xavier Vanpevenaege
- Author, Pol Adams
- Role, BBC News
- O'qilish vaqti: 5 daq
Suratlar har kuni keladi. Minglab.
Ukrainaning uzoq va bahsli front chiziqlari bo‘ylab odamlar va harbiy texnika ovlanmoqda. Hammasi tasvirga olinmoqda, qayd etilmoqda va hisobga kiritilmoqda.
Endilikda esa bu tasvirlar ishga solinmoqda – Ukraina armiyasi kuchliroq raqibiga qarshi har qanday fursat va imkoniyatdan foydalanishga tayyor.
O‘tgan yili sinovdan o‘tkazilgan "Dronlar armiyasi: bonus" dasturi (yoki "elektron ballar" – e-points) doirasida har bir yo‘q qilingan rossiyalik askar yoki texnika uchun bo‘linmalarga ball beriladi.
Bu Call of Duty o‘yinidagi "killstreak" yoki 1970-yillardagi televizion o‘yinlardagi kabi yig‘ilgan ball sovringa aylanadi.
"Nishon qanchalik strategik jihatdan muhim va yirik bo‘lsa, bo‘linma shuncha ko‘proq ball oladi", deyiladi Brave 1 jamoasi bayonotida. Bu jamoa hukumat vakillari va harbiy mutaxassislarni birlashtirgan.
"Masalan, dushmanning ko‘p og‘izli raketa tizimini yo‘q qilish – 50 ball, tankni yo‘q qilish – 40 ball, uni shikastlash – 20 ball".
Buni "urishni o‘yinga aylantirish" deb atash mumkin.
Yuklangan har bir video Kievda sinchiklab tahlil qilinadi. Ball miqdori doim o‘zgarib turuvchi harbiy prioritetlarga ko‘ra beriladi.
"Menimcha, eng avvalo bu – sifatli ma’lumot, urushda matematik hisob-kitob va cheklangan resurslardan samarali foydalanishdir", deydi elektron ball tizimi muallifi, Ukraina raqamli transformatsiya vaziri Mixaylo Fedorov.

Surat manbasi, BBC/Xavier Vanpevenaege
Biroq uch yarim yillik to‘xtovsiz va keng qamrovli urushdan so‘ng, bu tizim yana bir muhim vazifani bajara boshladi.
"Bu yana motivatsiya masalasi hamdir, – deydi Fedorov. – Ball qiymatlarini o‘zgartirsak, odamlar motivatsiyasi qay tarzda o‘zgarishini ko‘ramiz".
Fedorov ofisidagi ulkan ekranda front chiziqlari ustida uchayotgan dronlardan jonli efir namoyish etib turiladi.
Bu translyatsiyalar Ukrainadagi dron urushi haqida teran tasavvur uyg‘otadi. Qo‘mondonlar ta’kidlashicha, dronlar Rossiya yo‘qotishlarining taxminan 70 foiziga sabab bo‘lmoqda.
Yigitlar juda charchagan – ularni hech narsa ruhlantirmaydi. Lekin bu tizim yordam beradi. Dronlar ham shu dastur doirasida beriladi, yigitlar mukofot oladi. Bu yaxshi motivatsiya.
Rossiyaning to‘liq masshtabli bosqini boshlangan ilk kunlaridanoq ijtimoiy tarmoqlarda dron videolari tarqala boshlagan.
Olovli shar hosil qilib portlayotgan tank minorasi. Dronga avtomat yoki kaltak bilan qarshi chiqayotgan yolg‘iz askar...
Bunday tasvirlar dahshatli bo‘lishi mumkin. Har bir video dushman o‘limi bilan yakunlanadi. Dron portlaganda tasvir ekranda titraydi.
Biroq bu videolar beradigan qoniqishdan tashqari, frontdagi bo‘linmalar endi o‘z muvaffaqiyati tasdiqlansa, mukofot olishini biladi.

Surat manbasi, BBC/Xavier Vanpevenaege
Bi-bi-si frontdagi askarlardan bu tizim haqida fikrlarini so‘radi. Javoblar turlicha bo‘ldi.
"Men va quroldoshlarim, umuman olganda, buni ijobiy baholaymiz", deydi 108-hududiy mudofaa brigadasi askari Vladimir. U familiyasini oshkor qilmaslikni so‘radi.
Frontda texnika, ayniqsa hujumchi dronlar katta tezlikda yo‘qotilayotgan bir paytda, Vladimirga ko‘ra, e-points dasturi juda qo‘l kelmoqda.
Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.
Oxiri YouTube post
"Bu – yo‘qotishlarimizni qoplash va dushmanga imkon qadar samarali zarar yetkazish usuli", deydi u.
Ayni paytda shimol-sharqda jang qilayotgan 22-mexanizatsiyalashgan brigada bu tizimga uch oy davomida moslashib ulgurgan.
"Qanday ishlashini tushunib olgandan so‘ng, aslida juda oqilona tizim ekanini angladik", deydi o‘zini "Jek" laqabi bilan tanishtirgan askar.
"Yigitlar juda charchagan – ularni hech narsa ruhlantirmaydi. Lekin bu tizim yordam beradi. Dronlar ham shu dastur doirasida beriladi, yigitlar mukofot oladi. Bu yaxshi motivatsiya".
Biroq boshqalar bunga shubha bilan qaraydi.

Surat manbasi, Getty Images
"Motivatsiya muammosini bu tizim hal qilolmaydi, – deydi "Sneyk" laqabli askar. – Ball odamlarni armiyadan qochishdan to‘xtatmaydi".
O‘zini "Dimitro" deb tanishtirgan yana bir askar esa uzun javob yo‘lladi. Unga ko‘ra, ba’zi bo‘linmalar ko‘proq ball to‘plash maqsadida bir-birining "nishon"ini talashmoqda yoki allaqachon zararsizlantirilgan dushman texnikasiga qayta hujum qilmoqda.
Dimitroga butun tizim axloqiy jihatdan shubhali tuyuladi.
«Bu tizim bizning hamma narsani foyda manbaiga aylantirishga maylimiz oqibati, – deb shikoyat qildi Dimitro, – hatto o‘limimizni ham».
Ammo e-points sxemasi Ukrainaning urushish usulini ko‘rsatadi: kreativ va nostandart – mamlakat o‘zining innovatsion qobiliyatlarini oxirigacha ishga solish va raqam borasidagi zaifliklikni qoplashga intilmoqda.
Fyodorovning aytishicha, hozirda jangovar bo‘linmalarning 90–95 foizi mazkur dasturda ishtirok etmoqda va bu ma’lumotlarning barqaror oqimini ta’minlamoqda.
«Biz sifatli ma’lumotni qabul qilishni boshladik va aynan shu ma’lumot asosida qaror qabul qilyapmiz, – deydi u. – Ma’lumot to‘plash orqali takliflar ishlab chiqamiz, ammo asos har doim harbiy strategiyaga tayanadi».

Surat manbasi, BBC/Xavier Vanpevenaege
Kievdagi anonim ofis binolaridan birida biz ushbu videolarni tahlil qilish, har bir zarbani tasdiqlash va tegishli bo‘linmaga ball berish bilan shug‘ullanadigan tahlilchilar bilan uchrashdik. Ular lokatsiya oshkor etilmasligi va haqiqiy ismlar ishlatilmasligini so‘rashdi.
«Bizda ikki toifa bor: zarba berilgan va yo‘q qilingan, – deydi Volodya. – Shu bois har ikki holat uchun e-points'lar soni farq qiladi».
Ma’lum bo‘lishicha, rossiyalik askarni taslim bo‘lishga ko‘ndirish uni o‘ldirishdan ko‘ra ko‘proq ball beradi – asirga tushgan jangchi keyingi asirlar almashinuvida asqatishi mumkin.
«Agar bir rus askarini o‘ldirish bir ball olib kelsa, – deydi Volodya, – uni asir olish – buni o‘n baravarga ko‘paytirish demakdir».
Volodyaning guruhi har kuni minglab zarbalarni tahlil qiladi.
«Eng qiyini – artilleriya», deydi u, bir dronning daraxtlar orasidan ustalik bilan o‘tib, transheyaga kirayotgan videosini ko‘rsatar ekan. U yerda to‘p yashirilgan edi. «Ruslar yashirish va kovlashda juda mahoratli».
Rossiya taktikalari rivojlana borishi bilan e-points tizimi ham shunga mos ravishda o‘zgarib bormoqda.
Moskva piyoda yoki mototsiklda harakatlanuvchi kichik guruhlardan ko‘proq foydalana boshlagani bois, alohida jangchining qiymati tank yoki boshqa zirhli texnikaga nisbatan oshgan.
«Ilgari dushman askarini yo‘q qilish 2 ballga teng bo‘lsa, – deyiladi Brave 1 bayonotida, – hozir bu 6 ball beradi».
Dushman dron operatorlari hamisha dronning o‘zidan ko‘ra qimmatliroq hisoblanadi.
Mukofotlash tizimi ham takomillashtirilmoqda.
Hozirgacha bo‘linmalar o‘z to‘plagan ballini naqd pulga almashtira olardi va bu mablag‘lar ko‘pincha kerakli uskunalarni xarid qilishga sarflangan.
End of Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:
Endi esa e-points tizimi Brave 1 Market deb atalgan yangi tizimga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘lanmoqda. Ishlab chiquvchilar buni «urush uchun Amazon» deb tavsiflashadi.
Askarlar 1600 dan ortiq mahsulotlarni ko‘zdan kechirishlari, to‘plangan ball orqali ularni ishlab chiqaruvchilardan bevosita xarid qilishlari va sharh qoldirishlari mumkin, hisob-kitob esa keyinroq Mudofaa vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Brave 1 Market an’anaviy va ko‘p marotali harbiy xarid jarayoni o‘rnini bosish uchun emas, balki unga yordamchi bo‘lish uchun mo‘ljallangan. Harbiy bo‘linmalar dronlardan tortib, ehtiyot qismlar va yaradorlarni xavfli joylardan olib chiqib ketishga mo‘ljallangan robotlar kabi muhim mahsulotlarga tezroq ega bo‘lishiga umid qilishmoqda.
O‘ldirganlik uchun ball. Urush uchun Amazon. Bular quloqqa shafqatsizlikdek tuyulishi mumkin.
Ammo bu – urush. Ukraina qarshilik ko‘rsatishga qat’iy bel bog‘lagan. U imkoni boricha samarali va tejamkor urushishga intilayapti.












