O‘zbekistonlik migrant sevgilisini o‘ldirib, chamadonga joyladi, migrantlar ustidan shikoyatni tergov qo‘mitasi nazoratga oldi, muhojirlar asossiz shubha ostidami?

So‘nggi yillarda Rossiyadagi migrantlarga munosabat keskin o‘zgargani aytiladi (Ilyustrativ surat)

Surat manbasi, Taqdim

Surat tagso‘zi, So‘nggi yillarda Rossiyadagi migrantlarga munosabat keskin o‘zgargani aytiladi (Ilyustrativ surat)
O'qilish vaqti: 3 daq

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida mehnat qilgan muhojir sevgilisini o‘ldirib, jasadni chamadonga solgan va o‘zi O‘zbekistonga ketib yuborgan. Mitishi shahrida migrantlar jinsiy tegajoqlik qildi, degan qiz ishini Rossiya tergov qo‘mitasi rahbari o‘z nazoratiga oldi. Krasnoyarsk o‘lkasi muftiysi migrantlar asossiz shubha va cheklovlar tufayli jabr ko‘rayotganini aytdi. Migrantlarga oid haftaning muhim xabarlari.

Aloqador mavzular:

Sankt-Peterburgda sevgilisi tomonidan bo‘g‘ib o‘ldirib, jasadi chamadonga tiqilgan 30 yashar ayol topildi.

Ayolning tanasi qotillikdan 12 kun o‘tib topilgan. Peterburg Tergov qo‘mitasi jasad topilgan yerto‘la videosini chop qilgan.

Jinoyat joyini tezkor xodimlar O‘zbekistondagi hamkasblaridan olgan ma’lumotlar asosida topishgan.

"Ichki ishlar idoralari xodimlari Abbos bilan suhbatlashishgan va undan ko‘rsatma olishgan", deya aniqlik kiritadi Fontanka nashri.

Hammasi 24 yashar O‘zbekiston fuqarosi Abbosning vataniga qaytganidan so‘ng boshlangan. U Peterburgda asli Markaziy osiyolik bo‘lgan 30 yashar sevgilisi bilan yashagan. Ammo u vataniga yolg‘iz qaytadi.

Qiz aloqaga chiqmay qo‘ygach, uning yaqinlari xavotirga tushib, militsiyaga murojaat qilishadi.

So‘roq davomida Abbos 9 dekabr kuni janjallashib qolgach, sevgilisini bo‘g‘ib o‘ldirgani, tanasini chamadonga solib, yerto‘laga tashlab kelganini tan oladi. Keyin 10 dekabr kuni Rossiyani tark etadi.

O‘zbekiston militsiya xodimlari zudlik bilan Sank Peterburgdagi hamkasblari bilan bog‘lanadi va jasad qoldirilgan yerto‘laning aniq manzilini aytishadi. 21 dekabr kuni chamadonga solingan jasad topiladi.

Jinoiy ish O‘zbekistonga berilishi va gumondor qotillik uchun sud qilinishi aytilmoqda.

Rossiya tergov qo‘mitasi rahbari migrantlar ishini nazoratiga oldi

Rossiya tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin Mitishdagi migrantlarga qarshi qo‘zg‘atilgan jinoiy ishni o‘z nazoratiga oldi.

Sudlanuvchilar saralash markazlaridan birining xodimlari ekani aniqlangan. Ular o‘zlari bilan ishlaydigan ayollarni qo‘rqitishgani va ularni jinsiy yaqinlik qilishga majburlamoqchi bo‘lishgani aytilmoqda.

Tergov qo‘mitasining aytishicha, avvalroq kompaniya xodimlari rahbariyatga shikoyat qilgan, biroq hech qanday chora ko‘rilmagan.

Migrantlar asossiz shubha va cheklovlar tufayli jabr ko‘rmoqdami?

Reuters
Migrantlar vatanga yuborayotgan pullar hajmi O'zbekiston oltin eksporti tushumlaridan ham ko‘proq, YIMning naq 14 foizidan oshadi.
kun.uz
Batafsil: BBC.COM/UZBEK

Krasnoyarsk o‘lkasi musulmonlari birlashgan diniy boshqarmasi raisi Gayaz Fatkullin so‘nggi cheklovlar va politsiya reydlari tufayli muhojirlar bilan bog‘liq vaziyat haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Bu haqda migrant.uz sayti yozmoqda.

Muftiyning ta’kidlashicha, muhojirlar qonunga bo‘ysunuvchi xatti-harakatlariga qaramay, ko‘pincha ularga shubha bilan qarashadi.

"Krasnoyarsk o‘lkasida mahalliy aholi tomonidan sodir etilgan har 99 jinoyatga migrantlar tomonidan bittadan kam jinoyat to‘g‘ri keladi – atigi 0,8%», degan Fatkullin.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:

Uning qo‘shimcha qilishicha, bunday munosabat, ayniqsa, migrantlarning mintaqa iqtisodiyoti va madaniyatiga qo‘shgan hissasi hisobga olinsa, adolatsiz ko‘rinadi.

Fatkullin muhojirlar hatto namozxonalarda ham ushlangan holatlar haqida gapirgan.

Misol uchun, Ramazon oyida politsiya bolalar va homilador ayollar bo‘lgan kafelarda reyd uyushtirgan.

"Ular hammani yerga yotqizishdi va keyinroq ma’lum bo‘lishicha, bunga qurol borligi haqidagi xabar sabab bo‘lgan. Lekin nega begunoh odamlar azob chekmoqda?

Muftiy fikricha, bu kabi choralar muhojirlar uchun noxush sharoitlar yaratib, ular o‘zlarini xo‘rlangandek his qiladi.

Oldinroq Kun.uz sayti taxminan 2,5 million o‘zbekistonlik xorijda mehnat qilyotgani yozdi.

"Ular vatanga yuborayotgan pullar hajmi oltin eksporti tushumlaridan ham ko‘proq, YaIMning naq 14 foizidan oshadi", deyiladi maqolada.