'Samoviy nazokat': Putinning 'yo‘ldoshi', asli toshkentlik Alina Kabaeva yana e’tiborga qaytmoqda - podkast

Surat manbasi, Getty Images
- Author, Yelizaveta Foxt
- Role, Bi-bi-si Rus xizmati
- O'qilish vaqti: 6 daq
Sobiq gimnastikachi Alina Kabaevani mustaqil Rossiya matbuoti "Putinning yo‘ldoshi" deb ataydi, u G‘arb sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilgan. U mamlakatning yarqiroq elitasi orasida jamiyatdan eng yopiq shaxs sifatida ko‘rib kelingan.
Biroq so‘nggi oylarda o‘zining badiiy gimnastika bo‘yicha akademiyasi - "Samoviy nazokat"ni targ‘ib qilish bilan Kabaeva xonim keng omma markaziga qaytdi.
Xo‘sh, nega Alina Kabaeva shu vaqtga kelib omma e’tiboriga qaytishga qaror qildi?
Uning bu qarori Vladimir Putinga yaqinlik va bog‘liqlik haqida nimalarni anglatishi mumkin?
Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.
Oxiri YouTube post
Soyadan chiqish
O‘tgan yili Qozon shahrida BRICS O‘yinlari o‘tkazildi, bu musobaqalarda BRIKSga a’zo mamlakatlardan tashqari Belarus, Qozog‘iston, Tailand, Serbiya va boshqa mamlakatlar sportchilari bilan bir safda "Samoviy nazokat" klubi gimnastikachilari ham qatnashdilar. Ular Rossiya terma jamoasidan alohida jamoa sifatida ishtirok etdilar.
Klub ikki yilcha ilgari tashkil etilgan - lekin "Samoviy nazokat"ga ko‘rsatilayotgan alohida imtiyoz boisini anglash qiyin emas, chunki asoschisi va rahbari Alina Kabaeva bo‘ladi.
Alina Kabaeva Rossiyaning eng ulug‘lanadigan sportchilaridan biri, u badiiy gimnastika bo‘yicha qator olimpiadalar va jahon chempionatlari g‘olibasi bo‘lgan. Ammo so‘nggi yillardagi uning mashhurligi sportdagi muvaffaqiyatlari emas, balki Vladimir Putinga yaqinligi haqidagi da’volar bilan bog‘liq bo‘ldi. Bu iddaolarga ko‘ra, u Putinning ikki yosh bolasi onasidir. O‘tkazilgan bir jurnalistik surishtiruv da’vosicha, ularning ikki o‘g‘li bor.
Ushbu "yaqin munosabatlar" 2022 yili AQSh, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi Kabaeva xonimni sanksiyalar joriy etilgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilishiga asos bo‘lgan edi.
Putinning o‘zi gimnastikachi bilan munosabatini hech qachon tan olmagan, 2008 yili to‘ylari bo‘lgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirish so‘ralganida, "boshqalarning shaxsiy hayotiga o‘zining grippli burni va erotikali fantaziyasi bilan suqilib kiradiganlarga doimo yomon munosabatda bo‘lgan"ini aytgan.

Surat manbasi, Getty Images
Putinning shaxsiy hayoti Rossiyada qattiq tabu mavzusi hisoblanadi. Uning qizlari deb ko‘riladigan Mariya Vorontsova va Katerina Tixonova daromadi juda baland meditsina kontserni va Moskva Davlat Universitetining 1,7 milliard dollarlik loyihasi rahbarlari hisoblanadilar.
Prezident amakivachchasining qizi deb ko‘riladigan Anna Sivilyova Mudofaa vaziri o‘rinbosari lavozimiga ko‘tarilgan. U mutaxassisligi bo‘yicha psixiatr.
Na Putin, na bu ayollar qarindosh ekanliklarini tasdiqlaganlar. Uch ayolga nisbatan ham sanksiyalar kiritilgan, uch ayol boshqa oddiy rossiyaliklar orzu qilolmaydigan mansab pillapoyalaridan shiddat bilan ko‘tarilganlar, alohida imtiyozlar va katta byudjetli "hotamtoylik" taqdim etilgan.
Shuning uchun ham 2015 yili Kabaeva xonim Putindan ikkinchi farzandiga ko‘zi yoripti degan xabar rad etilgani bejiz emas.
Alinva Kabaevaning 2007 yili sportdagi ishtirokini tark etganidan keyin Rossiya elitasi pillapoyalaridan ko‘tarilishi bu qadar tez kechgani sababi ham shunda bo‘lishi mumkin.
U yetti yil mobaynida Davlat Dumasi deputati bo‘ldi. So‘ng Putinga eng yaqin odamlardan biri deb ko‘rilgan Yuriy Kovalchukka tegishli Milliy Media Xolding direktorlar kengashi raisasi lavozimini egalladi.

Surat manbasi, Getty Images
Taniqli lavozimlarni egallaganiga qaramasdan, Alina Kabaeva keng omma ko‘zi oldida ko‘rinmay keldi, ko‘p yillar mobaynida soyada qolish va matbuot bilan muloqotdan o‘zini "olib qochish"ni afzal ko‘rdi. Yaltiroq jurnallar uni "Virtual qo‘l yetmas" qahramon deya ta’rifladilar.
Ushbu vaziyat kutilmaganda 2022 yil kuzida, Rossiya Ukrainaga qarshi boshlagan to‘laqonli bosqin davom etayotgan vaqtda o‘zgardi. Alina Kabaeva "Samoviy nazokat" deb nom berilgan badiiy gimnastika klublari xalqaro assotsiatsiyasi tashkil etilgani haqida e’lon qildi.
Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, Qora dengiz sohilidagi Sochi shahridagi Putin tashabbusi bilan tuzilgan Sirius maorif markazida "Samoviy nazokat" akademiyasi ochilgani xabar qilindi. 2023 yil martida davlat nazoratidagi "Gazprom" kontserni ikki million Rossiya rubli ($20.4m)ga baholangan yangi gimnastika maktabini hadya qilgani xabarlari tarqaldi.
Kabaeva xonimning yangi qanot yoygan klubi Rossiyadagi biror bir spor tashkiloti muyassar bo‘lolmaydigan maqomga erishdi. Klub o‘zi xohlagan kalendarni o‘zi tanlash huquqiga ega, o‘zi o‘tkazadigan musobaqalarda o‘zi qonun-qoidalarni tanlashi mumkin. Bu tartiblar Rossiyaning o‘zida yoki xorijda uzoq yillar oldin joriy etilgan tartib-qoidalardan farq qilishi mumkin. Va klubning unvon berish tizimi ham butkul o‘zining ixtiyorida. Mana shu jihatlari bilan ham "Samoviy nazokat" Rossiya sport klublari orasida noyobidir.
"Samoviy nazokat" o‘z tartib-qoidalariga ega alohida sport turi sifatida faoliyat yuritadi. Musobaqalarini o‘z tartib-qoidalariga muvofiq tashkillashtiradi va ushbu "sport" turiga asoslanib mukofotlaydi", dedi Kabaeva ishtirokidagi gimnastikachilar tadbirlarini yoritgan va o‘z ismi-sharifi anonim qolishini istagan jurnalist.
"Boshqacha aytganda, Kabaeva o‘ylab topgan bu sport turi badiiy gimnastika bilan parallel ravishda barcha hujjatlarda mavjud", deydi jurnalist.

Surat manbasi, Getty Images
Bundan tashqari, Kabaeva shogirdlari o‘tgan yili Yevropada o‘tkazilgan musobaqalarda ham qatnashib qaytishdi. Ular neytral maqomda ishtirok etishdi, bu Rossiya sportchilari xalqaro musobaqalardan chetlatilganidan keyingi ilk chetga chiqish bo‘ldi, Rossiya klublaridan boshqa biror sportchiga bunga ruxsat berilgani yo‘q.
G‘arb sanksiyasiga uchragan Kabaevaning o‘ziga birdaniga Rossiya ommaviy axborot vositalari e’tibori kuchaydi, uning faoliyatini nafaqat o‘zi oldin raislik qilgan Kovalchuk kompaniyasi, boshqalar ham keng yoritishga kirishdilar.
Chiroq, kamera... boshladik
"Samoviy nazokat" ijtimoiy tarmoqlarda juda faollashib bormoqda. Akademiyaning Telegram kanalida o‘nlab videolar e’lon qilingan, bu videolarda Kabaeva go‘yo tasvirga olinayotganidan bexabar murabbiy sifatida shogirdlarini o‘rgatayotgani aks etgan. Lekin biz suhbatlashgan jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, Kabaevaning video tasvirga olinayotganini bilmasligi mumkin emas, bu narsa ipidan-ignasigacha puxta o‘rganib tayyorlanadi.
"Birorta foto yoki video Alina Kabaevaning xabarisiz va rusaxtisiz onlayn e’lon qilinmaydi. Kimdir haqiqiy maxfiy foto yoki video tasvirga olishi va e’lon qilishi mumkin emas. Alina hamma narsani o‘zi ma’qullovdan o‘tkazadi, kamerani qaysi nuqtadan qo‘yish, yorug‘lik qaysi tarafdan bo‘lishi, yuziga upa-elik surishi kerak yoki yo‘qligi ham", dedi biz bilan suhbatlashgan jurnalist.
Xo‘sh, nega o‘tmishdan voz kechib, "media zulmati"ni tark etishga birdan qaror qilindi? Bu savolga aniq javob berish mushkul, biroq Kabaevaning omma e’tiboriga qaytishi Ukrainadagi urush va uning o‘ziga qarshi joriy etilgan sanksiyalar vaqtiga to‘g‘ri keldi.

Surat manbasi, Getty Images
Ayni paytda Putinning qizlari deb ko‘riladigan Mariya Vorontsova va Katerina Tixonova ham jamoatchilik ko‘zi oldida ko‘proq ko‘rinish bera boshladilar, ikkisi ham o‘tgan yilgi Sankt-Peterburg Iqtisodiy Investitsiya forumida qatnashdilar. Ushbu tadbirga nisbatan xorijiy mehmonlarning qiziqishi yo‘qoldi, bunga Ukraina urushi sabab bo‘ldi. Ammo bu forum hamon Vladimir Putin hukmdorligining hamda undan manfaat ko‘rarlarning tomoshasi bo‘lib qolayotir.
Mustaqil ommaviy axborot vositalarining bu shaxslarning kimligini oshkor etish bo‘yicha olib borayotgan ishlari hamda ular sanksiyalarga uchragani fakti shundan dalolat beradiki, ular o‘zlarining kimligini ortiq yashirishdan ma’ni ko‘rmayaptilar.

Surat manbasi, Getty Images
Ukraina urushi ta’sirlaridan biri qarindosh-urug‘chilik pardasini ko‘targani va Rossiya elitasidagi tiyish-tizginlash tartibini "supurib tashlagani" bo‘ldi. Ortiq maxfiylik saqlanmayapti, balki bu imkonsizdir, balki istalmayotgandir. Boshqa Putinning qarindoshlari deb ko‘rilgan shaxslar singari Kabaevaning ham, hoynahoy, o‘z shaxsiy ambitsiyalari bor.
Ularning Rossiya prezidentiga yaqinligi muqarrar ravishda mana shunday ambitsiyalari boshqalarning e’tiborini o‘ziga jalb qiladi.
Kabaeva o‘z diqqat-e’tiborini akademiyasini rivojlantirishga qaratgan. "Samoviy nazokat"ni endi xalqaro assotsiatsiya sifatida targ‘ib etish boshlangan. O‘tgan yil noyabrida Qatarda yirik turnir o‘tkazildi, unda Alina Kabaeva mezbon sifatida namoyon bo‘ldi. Bu tadbirni Rossiya ommaviy axborot vositalari keng yoritdilar. Hatto Rossiyaning asosiy sport kanali o‘zining bosh sharhlovchisini ushbu musobaqani yoritishga yubordi.












