Rossiya hozircha jim, O‘zbekiston, Markaziy Osiyo xavfsizligiga tahdid kuchayadimi? Video

Kollaj

Surat manbasi, EPA/GETTY/BBC

Surat tagso‘zi, Ayrim Markaziy Osiyo davlatlarining Afg‘oniston bilan o‘zaro chegarasining qanchalik mustahkamligi, yillarki, Rossiya va Xitoy qolib, hatto Yevropa Ittifoqining e’tibori, xavotiriga molik masalaligicha qolib kelayotgani ham bor gap.
    • Author, Feruza Rahmon
    • Role, bbc.com/uzbek
  • O'qilish vaqti: 13 daq

Shu kunlarda yana yangi xavotir va savollar bo‘y ko‘rsatdi...

Mintaqa yangi bo‘hron qarshisida qoladimi?

Markaziy Osiyoga Afg‘oniston tahdidi qayta kuchayadimi?

Shu yilning o‘zida Afg‘onistonga ikki millionga yaqin qochqinning qaytarilishi yangi savollarni paydo qildi.

Bu Afg‘onistonni yangi inqiroz xavfi ostida qoldiradi, mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni izdan chiqaradi, degan qo‘rquvlarni yanada kuchaytirdi.

Markaziy Osiyo davlatlari esa bu kabi bir ehtimoldan shundoq ham allaqachon xavotirda.

Bu ular aksariyatining Tolibon boshqaruvi ostidagi Afg‘oniston bilan nega faol muloqotda ekanliklarining bosh sababi va izohlaridan biri o‘laroq ham taqdim va talqin etiladi.

Nima gap - tafsilotlari uchun videomizni ham ko‘ring:

O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

Yangi inqiroz xavfi...

Afg‘onistonga qaytarilayotgan qochqinlar

Surat manbasi, Getty Images

Sanoqli oylarning ichida bir milliondan ortiq qochqin birgina Eronning o‘zidan ortga qaytarilarkan, yordam idoralari allaqachon tashvishda.

Ular endi Afg‘onistonda favqulodda vaziyat kuchayadi, degan xavotirda.

Erondan millionlab afg‘on boshpana topgan, ulardan aksariyati noqonuniy mavqe’da.

Odamlar Tolibon qudratga qaytgan paytda ham Eronga qochishgan.

Shu yil yanvar oyidan buyon Erondan Afg‘onistonga qaytarilgan afg‘on qochqinlarining umumiy soni bir milliondan ortgan.

Xalqaro Migratsiya Tashkilotiga ko‘ra, ulardan 70% foizi majburan ortga qaytarilgan.

Xalqaro Qizil Xoch tashkiloti shu yil oxirigacha yana bir million odam Erondan Afg‘onistonga qaytadi, degan fikrda.

Bu Afg‘onistonning shundoq ham abgor ko‘mak tizimiga og‘ir yuk bo‘lishi mumkin.

Eron Isroil bilan so‘nggi qurolli nizodan keyin afg‘on qochqinlarini ortga qaytarishga yanada zo‘r bergan, qisqa vaqtning ichida juda katta sondagisini ortga qaytargan, rasmiy Tehron bu ishni xavfsizlik maqsadida qilayotganliklarini aytgan.

Xalqaro Migratsiya Tashkilotining bildirishicha, bu afg‘on qochqinlaridan aksariyati ortga majburan qaytarilgan.

Tolibon Eronning afg‘on qochqinlariga munosabatini "noinsoniy", deb atagan.

Tolibon mas’uli buni "xalqaro tamoyillar, insoniy va Islomiy qadriyatlarga zid", "xavotir, tashvishga molik ish", deb atagan, bunaqasi Afg‘oniston tarixida bo‘lmaganini aytgan.

Eron tomoni esa, o‘zlaridan 6 millionga yaqin afg‘on boshpana topib turgan bo‘lsa, ulardan noqonuniy mavqe’da bo‘lgan ikki millioni ortga qaytarilishi lozimligi, bundan ortig‘ini qabul qilishga qurblari yetmasligini ma’lum qilgan.

Voqealarning so‘nggi rivoji manzarasida tomonlar bu masalani Tashqi ishlar vazirlari darajasida muhokama etib olishgani xabar qilingan.

Shu kunlarda Tolibon qudratga qaytganidan buyon Eron prezidentining ilk bor Afg‘onistonga safar qilishi ehtimoliga oid xabarlar ham bo‘y ko‘rsatgan, ammo rasmiy Tehron ularni hozircha rasman tasdiqlamagan.

Eron qochqinlar masalasida Tolibon tomoni va BMT Qochqinlar ishlari bo‘yicha Oliy komissarligi ishtirokidagi uch tomonlama texnik uchrashuvga hozir ekaniga oid xabarlarga ham halicha o‘zining munosabatini bildirmagan.

Eron Tolibon boshqaruvi ostidagi Afg‘oniston bilan faol diplomatik muloqotda bo‘lgan sanoqli davlatlardan biri bo‘ladi, ammo muhojirlar oqimi bo‘ladimi va yoki suvdan foydalanish huquqi – chegaralarida o‘zaro to‘qnashuvlarga ham borib turishadi, munosabatlari silliq emas.

Aloqador mavzular:

Yangidan yangi xavotirlar

Erondan Afg‘onistonga majburan qaytarilayotgan afg‘onlar

Surat manbasi, Getty Images

Surat tagso‘zi, Shu yil oxirigacha bu kabi afg‘on qochqinlarining soni yana millionlarga ortishi mumkin, degan xavotirlar ham bor...

Yordam guruhlari bu hali hammasi emasligini aytishmoqda.

Ularga ko‘ra, shu yil oxirigacha bu kabi afg‘on qochqinlarining soni yana millionlarga ortishi mumkin.

Eron va Pokiston barobarida Turkiya va Tojikiston ham hozir shuning harakatida.

Voqealarning so‘nggi rivoji, ustiga ustak, eng yirik donori AQSh Afg‘onistonga yordamini to‘xtatib qo‘ygan bir paytga to‘g‘ri kelgan.

Vashington Tolibonni "xorijiy terrorchi tashkilot deb topish-topmaslik" masalasini qayta ko‘rib chiqayotgan vaziyatda bo‘y ko‘rsatgan.

Tolibon hukumati turli xalqaro sanksiyalar ostida. Ular sabab, Afg‘onistonning chetdagi milliardlab dollarlik aktivlari ham muzlatilgan.

Xalqaro hamjamiyatning inklyuziv hukumati ilova qator muhim shartlarini bejavob qoldirib kelayotgani bois, Afg‘onistonga berib kelinayotgan yirik miqdordagi yillik moliyaviy ko‘maklar hanuz tiklanmagan.

Shundoq ham, Afg‘onistonga favqulodda yordam berilmasa, millionlab sondagi aholisi ochlikka yuz tutishi mumkin, degan xavotirlar bor.

Tolibonning amaldagi hukumatini esa, faqat xalqaro sahnada Eronning eng yaqin ittifoqchilaridan biri sifatida ko‘riluvchi Rossiya tan olgan, xolos, ammo voqealarning so‘nggi rivoji borasida rasmiy Moskva hozircha jim.

Qisqacha ma’lumot o‘rnida:

  • O‘tgan yetti oydan ko‘proq vaqt ichida Afg‘onistonga 1,9 milliondan ortiq qochqin qaytarilgan.
  • Bu qochqinlardan ko‘pchiligi Erondan qaytarilganlar hisobiga to‘g‘ri keladi.
  • Pokiston xuddi shu vaqt oralig‘ida yana 300 000 dan ziyon afg‘onni qaytargan.

Manba: BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissarligi

  • Tojikiston hozircha bu xususdagi yakuniy raqamlarini ochiqlamagan

Manba: BBC O‘zbek xizmati.

Da’vat

Qaytarilayotgan afg‘on qochqinlarini qarshi olayotgan Tolibon mas’ullari

Surat manbasi, Getty Images

Surat tagso‘zi, So‘nggi oylarda bu kabi deportatsiyalar ko‘lami va sur’atining keskin ortgani Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson Huquqlari bo‘yicha Oliy komissarligining ham e’tiborini o‘ziga tortgan.

So‘nggi oylarda bu kabi deportatsiyalar ko‘lami va sur’atining keskin ortgani Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson Huquqlari bo‘yicha Oliy komissarligining ham e’tiborini o‘ziga tortgan.

BMT Oliy komissari barcha afg‘onlar va boshpana izlovchilarni majburan ortga qaytarishni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirgan.

"BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari barcha afg‘on qochqinlari va boshpana izlovchilarni, xususan, qaytganlarida ta’qib, o‘zboshimcha hibs yoki qiynoqlarga duchor bo‘lish xavfi ostida bo‘lganlarni majburan ortga qaytarishni zudlik bilan to‘xtatishga chaqiradi", - deya bayon qilgan komissarlik matbuot kotibi.

Ravina Shamdasaniyning aytishicha, "joriy yilda Afg‘onistonga qaytishga majbur bo‘lgan yoki majburlangan afg‘onlar sonining ko‘payishi xalqaro hamjamiyatning shoshilinch e’tiborini talab qiladigan ko‘p qatlamli inson huquqlari inqirozini keltirib chiqarmoqda.

BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissarligi bu xususda maxsus hisobot bilan ham chiqqan, unda ham "Tolibon qudratga qaytishi ortidan inson huquqlari bilan bog‘liq ahvolning izchil ravishda yomonlashib borayotgani nazarda tutilganida, Afg‘oniston qaytayotganlar uchun xavfsiz davlat emasligi" alohida ta’kidlangan.

Komissarlik, ayni o‘rinda, Xalqaro Jinoyat mahkamasi xotin-qizlarni ta’qib qilish bilan insoniyatga qarshi jinoyat sodir etishda ayblab, Oliy rahbari ilova ikki yuqori martabali Tolibon vakilini hibsga olishga order berganini ham alohida eslatib, tilga olib o‘tgan.

Erondan majburan ortga qaytarilayotganlar orasida hujjatlilarining ham borliklariga o‘zining diqqati, e’tiborini qaratgan.

Tolibon esa BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissarligining xavotirga molik hisobotiga javoban qaytarilgan qochqinlarga nomaqbul munosabatda bo‘lganini rad etgan.

Yaqinda BMT Bosh kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili ham chegaraga borgan.

Roza Otunboeva qochqinlar oqimini ko‘rib, vaziyatni hal qilish uchun jadal va muvofiqlashtirilgan javob choralarini ko‘rishga chaqirgan.

U bunga tezda aralashilmasa, pul o‘tkazish kamayishi, mehnat bozoridagi bosimlar va oxiri ko‘rinmaydigan migratsiya - bari birgalikda halokatli oqibatlarga yetaklashi bilan ogohlantirgan.

Ham qaytib kelganlar va ham u yerda oldindan yashayotgan aholi turmush sharoitlari izdan chiqishi, odamlar yana uy-joylarini tashlab ketishga majbur bo‘lishi, aholi ko‘chishi ommaviy tus olishi va mintaqaviy barqarorlik xavf ostida qolishini aytgan.

Ayni o‘rinda Eron tomonining hujjatsiz afg‘on qochqinlariga chiqib ketishlari uchun bergan yakuniy muhlatni qariyb ikki oyga uzaytirishga qaror qilganiga oid yangilik ham bu xavotirlarni arita olmagan.

Afg‘onistonning Markaziy Osiyoga chegaradosh mintaqalarida azal-azaldan mahalliy o‘zbeklar, turkmanlar, qirg‘izlar, qozoqlar va tojiklar ham yashab kelishadi.

Afg‘oniston dunyoning O‘zbekistondan keyin eng katta sondagi o‘zbeklar yashovchi ikkinchi davlati sifatida ko‘riladi, ularning sonlari turli manbalarda millionlarga nisbat beriladi.

Qochqinlarning qaytarilishi bilan bog‘liq Afg‘oniston shimolidagi vaziyatni ham o‘rgangan Bi-bi-si O‘zbek xizmati xodimi Fozil Ahmad Yolg‘uzning aytishicha, hozir ularga yuzlab faollar va ko‘ngillilar ham yordam berishmoqda.

Unga ko‘ra, joriy paytda Tolibon qarshisidagi eng og‘ir vazifa aksariyati uy-joy, mol-mulk va ishsiz bo‘lgan shuncha katta sondagi odamni viloyatlarga joylashtirish, boshpana va ish bilan ta’minlash bo‘ladi.

Yangi tahdid xavfi?

Mintaqa xaritasi
Surat tagso‘zi, Uzoq yillik jangarilik muamosidan tashqari, Afg‘oniston iqtisodining tanazzulga uchrashi va u yerdagi ijtimoiy, iqtisodiy vaziyatning izdan chiqishi katta sondagi qochqinlar oqimining paydo qilishi ehtimolida shundoq ham Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqa xavfsizligi bilan bog‘liq jiddiy tashvishlariga sabab bo‘lib keladi.

Afg‘onistondagi voqealarning so‘nggi rivojiga Markaziy Osiyo davlatlari hukumatlarining munosabati hozircha ko‘zga tashlanmaydi.

Ammo shu kunlarda O‘zbekiston tomoni vakillarining poytaxt Kobulda Tolibon muvaqqat hukumati Ichki ishlar va Mudofaa vazirlari bilan uchrashganiga oid xabarlar olingan.

Jumladan, O‘zbekiston Davlat Xavfsizlik xizmati raisining Muhammad Yoqub Mujohid bilan xavfsizlik, chegara sohasidagi hamkorlik va ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashni muhokama qilganliklari aytilgan.

O‘zbekiston ilova aksariyat Markaziy Osiyo davlatlari Afg‘onistonga chegaradosh.

Uzoq yillik jangarilik muamosidan tashqari, Afg‘oniston iqtisodining tanazzulga uchrashi va u yerdagi ijtimoiy, iqtisodiy vaziyatning izdan chiqishi katta sondagi qochqinlar oqimining paydo qilishi ehtimolida shundoq hamaksariyat Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqa xavfsizligi bilan bog‘liq jiddiy tashvishlariga sabab bo‘lib keladi.

Bu Tolibon boshqaruvi ostidagi Afg‘oniston bilan nega faol muloqotda ekanliklarining bosh sababi va izohlaridan biri o‘laroq talqin etiladi.

Aynan ular hozir ham Afg‘onistonga ham eng ko‘p insonparvarlik yordamlari berib kelayotgan va bugungi Kobul bilan savdo-iqtisodiy aloqalarini kuchaytirayotgan, yirik mintaqaviy iqtisodiy loyihalarga bosh qo‘shayotgan sanoqli davlatlar sirasiga kirishadi.

Mintaqaviy qudratlar va o‘yinchilar aksariyati Afg‘onistonda o‘z elchixonalarini ham saqlab turishibdi, diplomatik jabhada ham o‘z sa’y-harakatlariga zo‘r berishgan, Tolibon hokimiyatga qaytgan qisqa vaqtning ichida Afg‘oniston masalasida Tehronu, Islomobod, buyog‘i Dehliyu Moskva va yana Toshkent qadar ustma-ust mintaqaviy anjumanlarga mezbonlik qilishgan, ayrimlariga Tolibon muvaqqat hukumati vakillarini taklif etishgacha borishgan.

Siyosiysi bo‘ladimi, xavfsizlik yoki maxsusi, Afg‘onistonga qo‘shni va yaqin davlatlar vakillarini qayta-qayta bir joyga yig‘ishgan, Afg‘oniston iqtisodi qulasa, bundan butun mintaqa jabr chekishi bilan ogohlantirishgan.

Afg‘onistondagi voqealarning so‘nggi rivojini yaqindan kuzatib turishgani, butun mintaqa bu mamlakatda xavfsizlik va barqarorlikni istashini aytishgan, amaldagi rahbariyati bilan qay yo‘sin muloqotga kirishish masalasini muhokama etishgan.

Ularning bu mamlakatdagi mavjud insonparvarlik, inson, ayniqsa, xotin-qizlar huquqlari bilan bog‘liq vaziyat, terrorchi guruhlar va narkotiklar tahdididan jiddiy xavotirda ekanliklari ko‘rilgan.

Mintaqadagi yadroviy, geosiyosiy, geoiqtisodiy qudratlar va yirik mintaqaviy o‘yinchi davlatlarning bugungi Afg‘oniston masalasidagi bu yaqin o‘n yilliklarda kuzatilmagan bu qadar faolliklari aksariyat xalqaro tahlilchilarning ham e’tiborlaridan chetga qolmagan, ularning xos tahlilu talqinlariga ham sabab bo‘lib ulgurgan.

Muhim tranzit yo‘lida joylashgan, tabiiy zaxiralarga boy, ammo iqtisodi tanazzulga yuz tutish yoqasida qolgan va aksar aholisi qashshoq Afg‘oniston O‘zbekiston ilova aksariyat Markaziy Osiyo davlatlari barobarida bir tomondan, dunyoning yadroviy qudratlari sanaluvchi Xitoyu Pokiston, boshqa tomondan, geosiyosiy muhim Eronga chegaradosh, Rossiya va Hindistonga esa, yaqin joylashgan, mintaqaning aksariyati o‘zaro adovatda bo‘lgan bu o‘yinchi davlatlari, yillarki, o‘z ta’sirlari ostiga olish, o‘z manfaatlarini parvarishlash ilinjida bo‘lgan mamlakat.

Xitoy esa, yana dunyoning eng yirik harbiy va iqtisodiy qudratlaridan biri ham bo‘ladi, mintaqadagi eng yirik geoiqtisodiy o‘yinchi sifatida ko‘riladi, so‘nggi yillarda jahonning hech bir davlati qilmagan ishni qilgan, Afg‘oniston ilova butun mintaqani o‘z ichiga oluvchi yirik iqtisodiy loyihalar tashabbusi bilan ham chiqqan.

O‘zining asosiy yadroviy, geosiyosiy va geoiqtisodiy raqiblarining Afg‘onistondagi faollashuviga qarshi hatto G‘arbning ham keskin bayonot bilan chiqqani ko‘rilmaydi.

Uzoq yillik urushlardan chiqqan Afg‘oniston O‘zbeklarniki ilova dunyoning turli jangari guruhlar boshpana topgan va yaqin-yaqingacha afyun ishlab chiqarishda dunyoda peshqadam mavqe’larni egallagan davlatlaridan biri bo‘ladi.

Oxirgi paytlarda hozir Yaqin Sharqdagi IShID guruhining eng jangari va halokatli qanoti, deb e’tirof etiluvchi Xuroson bo‘limi ham qayta kuchaygan, yaqinda hatto Eronning o‘zida uyushtirilgan qo‘shaloq hujumlarga ham aynan ular mas’ul ko‘rilgan.

Agar, ayrim yetakchi G‘arb nashrlaridagi tahlillarga tayanilsa, Amerika Qo‘shma Shtatlaridan qolgan harbiy aslaha Afg‘onistonni jangari guruhlar uchun qurol-yarog‘ omboriga aylantirgan.

Ular chiqib ketishi ortidan Afg‘onistonda paydo bo‘lgan xavfsizlik bo‘shlig‘i isyonchilik, chegaraosha terrorizm va Janubiy Osiyo hanuz iskanjasida bo‘lgan mintaqaviy qudratlar o‘rtasidagi o‘yinni kuchaytirgan.

"Qayta sotilgan bu qurol-aslahalardan ayrimlari Kashmirdagisidan tortib, Yaqin Sharqdagi mojarolarga qadar kirib borgan".

Ayrim Markaziy Osiyo davlatlarining Afg‘oniston bilan o‘zaro chegarasining qanchalik mustahkamligi, yillarki, Rossiya va Xitoy qolib, hatto Yevropa Ittifoqining e’tibori, xavotiriga molik masalaligicha qolib kelayotgani ham bor gap.

Afg‘oniston yana, yillarki, ishsizlik, kambag‘allik chuqur ildiz otgan va global iqlim o‘zgarishlaridan jiddiy ziyon chekishi allaqachon xalqaro miqyosda xavotirlarga sabab bo‘lib ulgurgan davlat.

Shunday ekan, yangi bo‘hron qarshisida Tolibon nima qila oladi? Afg‘oniston iqtisodi-chi, bunga dosh bera oladimi? Umid kim yoki nimadan? Markaziy Osiyo davlatlari barobarida, yillarki, Afg‘onistondagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatga o‘ta sergak bo‘lgan Rossiyayu Xitoy uchun voqealarning so‘nggi rivoji nimani anglatadi?

Doktor Dovud A’zamiy

Bi-bi-si Jahon xizmati muharriri

Xalqaro siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha ekspert

Dawood Azami
taqdim
Buning faqat Afg‘oniston emas, butun mintaqa xavfsizligi va barqarorligiga ta’siri bo‘ladi.
Doktor Dawood Azami
Bi-bi-si Jahon xizmati muharriri. Xalqaro siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha ekspert (batafsil: bbc.com/uzbek da).

Doktor Dovud A’zamiy: Qochqinlarning Eron, Pokiston va Tojikistondan majburiy deportatsiyasi Afg‘onistondagi insoniy bo‘hronni yanada yomonlashtiradi. Afg‘onlar esa, shundoq ham og‘ir gumanitar vaziyatga yuz tutib turishibdi. Shu yil boshidan Afg‘onistonga bevosita qo‘shni bu uch davlatdan bir yarim milliondan ortiq afg‘on majburan ortga qaytarilgan. Bu Afg‘onistondagi insoniy inqiroz yanada chuqurlashadi, deganidir. Chunki buning natijasida shundoq ham yuqori bo‘lgan ishsizlik darajasi ortadi. Yanada ko‘proq odamga oziq-ovqat va boshpana lozim bo‘ladi. Ta’lim va tibbiy xizmat imkoniyatlarini yaratish taqozo etiladi. Afg‘oniston shundoq ham qattiq qurg‘oqchilikdan azob chekib turibdi. Afg‘oniston iqtisodi qishloq xo‘jaligiga asoslangan davlat. Agar, qurg‘oqchilik bo‘lsa, hatto, qishloq xo‘jaligi sohasida ham ish bo‘lmaydi. Buning ustiga, Pokiston va Hindiston o‘rtasidagi tanglik bois, Afg‘onistondan ho‘l va quruq meva eksporti ham deyarli to‘xtagan. Bu qishloq xo‘jaligida band odamlarning hayotini yanada qiyinlashtiradi. Bularning barchasi birga qo‘shilib, Afg‘onistondagi insoniy inqirozni battar qiladi.

Savol: Shunday ekan, yangi bo‘hron qarshisida Tolibon nima qila oladi? Afg‘oniston iqtisodi-chi, bunga dosh bera oladimi? Umid kim yoki nimadan?

Doktor Dovud A’zamiy: Tolibonning yakka o‘zi mavjud vaziyatni hal eta olmaydi. Buning bir qancha sababi bor. Birinchidan, u turli xalqaro sanksiyalar ostida. Ikkinchidan, 2021 yilda Afg‘onistonda qudratga qaytgan bo‘lsa, hukumati hozirgacha xalqaro hamjamiyat tomonidan rasman tan olinmagan. Dunyoda Tolibon boshqaruvini faqat Rossiya tan olgan. U ham bor-yo‘g‘i bir necha hafta oldin, xolos. Uchinchidan, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar qoshida vakili, o‘rni yo‘q. Shu bois ham, Tolibon hukumatining boshqa davlatlar bilan odatiy usulda ish olib borishi qiyin. Bundan tashqari, Tramp qudratga qaytgach, Amerikaning Afg‘onistonga yordami keskin qisqardi. So‘z aynan insonparvarlik yordamlari haqida ketganda, AQSh o‘nlab yillar davomida Afg‘onistonning eng yirik donori bo‘lib kelgan. Tramp ma’muriyati yana Afg‘onistonda faoliyat olib borayotgan ko‘mak tashkilotlarini moliyalashni ham to‘xtatib qo‘ydi. Minglab mahalliy aholini ishga yollab, millionlab afg‘onlarga yordam berib kelayotgan ushbu ko‘mak tashkilotlarining aksariyati mablag‘ yo‘qligi bois yopilib ketdi. Shunday ekan, buning ham ta’siri juda katta. Boshqa tomondan, Afg‘oniston iqtisodi qishloq xo‘jaligiga asoslangan davlat. So‘nggi bir necha yil ichida kuzatilgan kuchli qurg‘oqchilik esa, ham qishloq xo‘jaligi va ham chorvachilik uchun halokatli bo‘ldi. Buning natijasida ishsizlik kuchayadi, insoniy inqiroz og‘irlashadi. Tibbiy xizmat, ta’lim, oziq-ovqat va boshpanaga imkonsizlar soni ortadi. Afg‘onistonga bosimni yengillatish uchun xalqaro hamjamiyat faollashishi, birgina qaytarilayotganlar emas, mamlakat ichkarisidagi allaqachon insoniy bo‘hron qarshisida qolgan afg‘onlarga ham yordam berishi lozim. Afg‘onistonga majburan qaytarilayotgan odamlarga esa, faqat favqulodda insonparvarlik yordami emas, boshpana, tibbiy xizmat va ta’limga ham imkoniyat yaratilishi kerak. Tolibon hukumatining hatto mamlakatning o‘zida bo‘lgan qashshoq afg‘onlarni boqishga qurbi yetmaydi. Afg‘onistonga qaytarilayotgan millionlab afg‘onlarning ham ko‘pchiligi nochor. Bu ham umumiyatla mamlakat resurslari va aholisiga bosimni oshiradi. Ayni o‘rinda shuni ham aytish joizki, Afg‘oniston aholisining yarmidan ko‘pi shundoq ham o‘ta qashshoqlikda yashaydi. Tolibon hukumati bu xususda ko‘mak so‘rab Afg‘onistonning o‘zi va tashqarisidagi badavlat afg‘onlar, yordam idoralar hamda xalqaro hamjamiyatga murojaat qilmoqda. Ammo mavjud inqirozni bartaraf etishda yordam agentliklari, xalqaro hamjamiyat, ayniqsa, G‘arbdagi an’anaviy donorlari va musulmon davlatlari deyarli hech bir ish qilishayotgani yo‘q. Donorlar ortiq u qadar saxiy emas, charchoq bor. So‘nggi bir necha yil ichida ular Afg‘oniston va boshqa davlatlarga berib kelayotgan yordamlar bosqichma-bosqich kamaygan. Boshqa tomondan, Eron va Pokiston afg‘onlarni qisqa vaqtning ichida Afg‘onistonga qaytishlariga majburlamasligi kerak. Chunki ulardan ko‘pchiligi bu ikki davlatda ancha paytdan beri yashab kelishgan. Tirikchiliklari, ishlari va tijoratlarini bir yoqlik qilib, Afg‘onistonga iloji boricha ko‘ngildagidek qaytishlari uchun bu odamlarga ko‘proq vaqt lozim.

Savol: Bu kabi bir gumanitar vaziyat Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun xavfsizlik muammolariga sabab bo‘lishi mumkinmi, agar bo‘lsa, u aynan nimalarda namoyon bo‘lishi ehtimoli bor, sizningcha?

Dovud A’zamiy: Xavfsizlik uchun nimani anglatishi masalasiga kelsak, buning faqat Afg‘oniston emas, butun mintaqa xavfsizligi va barqarorligiga ta’siri bo‘ladi. Chunki ishsizlik yuqori bo‘lsa, insoniy inqiroz bo‘lsa, iqtisodiy faoliyat bo‘lmasa, mamlakatda qashshoqlik kuchayadi. Agar vaziyat ehtiyotkorlik bilan hal qilinmasa, Afg‘oniston iqtisodi qulashi xavfi bor. Agar, Afg‘oniston iqtisodi tanazzulga uchrasa, bu eng avvalo qo‘shni, keyin esa, Yevropadagi ilova boshqa davlatlarga ommaviy migratsiyaga olib keladi. Buncha katta sondagi qochqinlar bilan shug‘ullanish mezbon davlatlarga ularga Afg‘onistonning o‘zida yordam berishdan ko‘ra ancha qimmatga tushadi. Bundan tashqari, iqtisodiy tanazzul Tolibon 2022 yilda taqiqlaganiga qaramay, Afg‘onistondagi ko‘plab dehqonlarning yana ko‘knori yetishtirishga qaytishlariga sabab bo‘ladi. Bu ham mintaqaning o‘zi va ham tashqarisidagilar xavfsizligi hamda farovonligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan narsa. Ayni paytda ekstremistik guruhlar va uyushgan jinoyatchilikka aloqador shaxslar ham odamlarning og‘ir iqtisodiy ahvolidan foydalanib qolishga urinib ko‘rishlari ehtimoli bor. Ular tushib qolgan vaziyatlaridan chiqib ketishlarining yo‘li sifatida odamlarga o‘z saflariga yollanishni taklif qilishlari mumkin. Shu bois, oddiy afg‘onlar hayotlarini yaxshilash masalasida hamkorlik qilish va sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish Afg‘oniston barobarida kengroq mintaqa uchun birdek foydali bo‘ladi.

Savol: Rossiya Tolibonning Afg‘onistondagi hukumatini rasman tan olgan birinchi davlat. Xitoy Tolibon boshqaruvi ostidagi Afg‘oniston bilan iqtisodiy aloqalarga zo‘r berayotgan mintaqa va dunyodagi eng yirik geoiqtisodiy qudratlardan. O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston va Qirg‘iziston ham Afg‘onistonga, uning buguni va ertasiga befarq bo‘lmagan sanoqli davlatlar safida. Shunday ekan, ular bu kabi vaziyat va ehtimoliy bo‘hron qarshisida nima qila olishadi?

Doktor Dovud A’zamiy: Markaziy Osiyo davlatlari, Xitoy va Rossiya Afg‘onistondagi voqealar rivojini yaqindan kuzatib turishibdi. Chunki Afg‘onistondagi vaziyatning yomonlashishi ularga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘ylaymanki, bu davlatlar millionlab afg‘onlar o‘z Vatanlaridagi urush va vayronagarchiliklar tufayli Eron, Pokiston va boshqa mamlakatlarda yashab kelishayotganini bilishadi. Ular o‘z mamlakatlarini jon va ish ilinjida tark etishgan. Ortga qaytarilayotgan afg‘onlarning birlamchi maqsadi hozir ish topish. Ammo iqlim o‘zgarishi, ayniqsa, qurg‘oqchilik bois, iqtisodiy ahvol og‘irlashgan. Ichki sektor yetarli ish o‘rinlari bilan ta’minlashga qodir emas. Rossiya va Xitoy o‘ziga to‘q davlatlar sanalishadi. Ammo ularda G‘arb mamlakatlari kabi kambag‘al davlatlarga katta miqdorda yordam berish madaniyati yo‘q. Mintaqa davlatlari uchun tanlovlardan biri nafaqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordam ko‘rsatish, balki Afg‘onistonda mahalliy ish o‘rinlari yaratadigan turli sohalarga sarmoya kiritish bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, ular afg‘onlarga qonuniy yo‘l bilan borib, ishlashlari uchun o‘z mehnat bozorlari eshiklarini ham ocha olishadi. Bu ish ham har ikki tomonga foyda keltira oladi.

Erondan ortga qaytarilayotgan afg‘on qochqinlari

Surat manbasi, Getty Images

Eron, Pokiston, Turkiya, Tojikiston,.. hozircha jim

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson Huquqlari bo‘yicha Oliy komissarligi, "Afg‘onistondagi vaziyatning abgorligini nazarda tutgan holda, barcha davlatlarni afg‘onlarga yashash uchun xavfsiz joy topishda qonuniy imkoniyatlarni kengaytirish"ga chaqirgan.

Eron Pokiston bilan birga dunyoning so‘nggi bir necha o‘n yillikda eng katta sondagi afg‘on qochqinlariga boshpana berib kelayotgan ikkita davlatidan bittasi bo‘ladi.

Afg‘onistonga chegaradosh bu ikki davlatdagi afg‘onlarning umumiy miqdori millionlarga nisbat berilgan.

Afg‘onistonda Tolibonning qudratga qaytishi ham bu raqamlarning qayta ortishiga xizmat qilgan.

Ammo so‘nggi paytlarda har ikki qo‘shnisi ham , ayniqsa, noqonuniy maqomdagi afg‘on qochqinlari masalasida o‘zining mavqe’ini keskinlashtirgan, ularni majburan ortga qaytirish yo‘liga o‘tishgan.

Voqealarning so‘nggi rivojiga rasmiy Vashingtonning munosabati hozircha imkonsiz.

Ammo shu kunlarda Amerikaning o‘zida Shikoyat mahkamasi Tramp ma’muriyatining minglab afg‘onning vaqtincha himoyalanganlik maqomini bekor qilishini vaqtincha taqiqlab qo‘ydi.

Bu davlatlarni o‘z siyosatlarini qayta ko‘rib chiqishga chaqirib, xalqaro miqyosda yangrayotgan da’vatlar esa, halicha o‘zining samarasini bermagan.

Aynan Amerika Qo‘shma Shtatlari so‘nggi ikki o‘n yillikda Afg‘onistonda eng katta sondagi harbiysi va yetakchi so‘zga ega davlat mavqe’ida bo‘lgan.

Aynan ular boshchiligidagi harbiy koalitsiya Afg‘onistonda Tolibonning tuzumini qulatgan, ammo harakat bilan uning yana qudratga qaytishiga yo‘l ochgan "tarixiy" bitimni ham Amerika Qo‘shma Shtatlari imzolagan.

AQSh yaqin-yaqingacha Tolibon boshqaruvi ostidagi Afg‘onistonning eng yirik donori ham bo‘lib kelgan, Afg‘onistonni, ta’bir joiz, hanuz ko‘zdan qochirmay kelayotgan mamlakat.

Aynan xavfsizlik masalasi muhim o‘rin tutgan xuddi shu bitim shartlariga muvofiq, qariyb to‘rt yildirki, Afg‘onistonda AQSh va NATO boshchiligidagi ittifoq kuchlarining hozirligi yo‘q, so‘nggi harbiysi 2021 yilning 31 avgustida mamlakatni tark etgan, rasmiy Vashingtonning orada Afg‘onistonga qo‘shni aksariyat davlatlarga yana o‘zining harbiy bazalarini qaytarish urinishlari samara bermagan.

Eron esa, uch Markaziy Osiyo davlati, Xitoy va Pokiston barobarida mintaqaning Afg‘onistonga bevosita chegaradosh oltita davlatidan bittasi bo‘ladi.

Tarixcha o‘rnida:

Eron bayrog‘i va raketasi

Surat manbasi, Getty Images

BBC: Isroil va Eron shu yilning iyun oyida qisqa qurolli nizoga kirishgan.

13 iyun kuni Isroil kutilmaganda Eronning harbiy, eng yirik va muhim yadroviy sathlariga zarba bergan, Eron buni bejavob qoldirmagan, mojaroga AQSh ham aralashgan.

Yaqin Sharqdagi voqealarning so‘nggi rivoji xususida aksariyat Markaziy Osiyo davlatlari hukumatlari Isroil Eronga hujum qilgan kunning o‘zidayoq birdek rasmiy bayonot bilan chiqishgan.

Ular bundan "o‘ta", "jiddiy" va "chuqur" xavotirda ekanliklarini bildirishgan.

O‘zbekiston va Tojikiston harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishga ham chaqirishgan.

Ular barchasi keskinlashib borayotgan qurolli mojaroni tinch, siyosiy va diplomatik yo‘lda, muloqot va muzokaralar bilan yechishga tarafdorlik qilishgan.

Besh Markaziy Osiyo davlatlari hukumatlarining ayni mazmundagi da’vatlariga Isroil va Eronning rasmiy munosabati noyoan qolgan.

12 kunlik urush manzarasida Eron Oliy rahbari Trampni AQSh Isroil hujumlariga qo‘shilsa, "o‘nglab bo‘lmas ziyon yetkazishlari" bilan ham ogohlantirgandi.