O‘zbekistonga chetdan $17,3 mlrd yuborilgan, O‘zbeklarga Shengen vizasi yengillashadimi? Dayjest

Moskvada kassa apparatidan naqd pul chiqarib olayotgan o‘zbekistonlik migrantlar

Surat manbasi, BBC O'zbek

O'qilish vaqti: 6 daq

O‘zbekiston Markaziy Banki hisobotiga ko‘ra, 2025 yilning boshidan noyabr oyigacha xorijdan O‘zbekistonga 17,3 milliard dollarlik pul o‘tkazmalari yuborilgan.

Hisobot ichki valyuta bozoridagi vaziyatga bag‘ishlangan.

O‘n bir oy davomida pul o‘tkazmalari 25% oshgan.

O‘z hisobotida Markaziy Bank O‘zbekistonga qaysi mamlakatlardan qancha pul yuborilgani haqidagi ma’lumotni taqdim etmagan.

Jurnalistlar shu munosabat Markaziy Bankning oldingi rasmiy hisobotlariga nazar tashlaydilar.

Yanvar—iyunь oylarida xorijdan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi $8,2 mlrd ni tashkil etgan.

O‘shanda O‘zbekiston Markaziy Banki tranzaktsiyalar summasining oshishiga ta’sir ko‘rsatgan omillardan biri sifatida markaziy osiyolik migrantlar ko‘p sonda mehnat qiladigan davlatlar valyutalari kursining mustahkamlanishini qayd etgan.

Masalan, Rossiya rubli 2025 yil boshidan AQSh dollariga nisbatan deyarli 30% ga qimmatlashgan. Shuningdek, ko‘plab davlatlarda mehnat kuchiga talab yuqori va ish haqlari ham ancha yaxshi darajada saqlanib qolgan.

O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari

Surat manbasi, O'zbekiston Markaziy Banki

Ma’lum qilinishicha, hisobot davridagi tushumlarning asosiy qismi an’anaviy ravishda Rossiya hissasiga to‘g‘ri kelgan — $6,4 mlrd yoki barcha pul o‘tkazmalarining 78 foizi. Ro‘yxatda keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston, AQSh, Janubiy Koreya, Turkiya, Buyuk Britaniya, Qirg‘iziston turgan.

Yilning ikkinchi chorak yakuni bo‘yicha Markaziy Bank Rossiya, AQSh va Yevropa mamlakatlaridan kelayotgan pul o‘tkazmalari o‘sishi sekinlashganini qayd etgan.

Biroq Boltiqbo‘yi davlatlari — Litva, Latviya va Estoniyadan kelayotgan tranzaktsiyalar ko‘paygan.

Joriy yilning 11 oyi davomida O‘zbekistondan boshqa davlatlarga jami $2,4 mlrd chiqarilgan, bu esa 2024 yilning shu davriga nisbatan $157 mln kam.

Hisobotda shuningdek ta’kidlanishicha, 2025 yil yanvar—noyabr oylarida aholi banklarga jami $19,4 mlrd miqdorida valyuta sotgan, bu o‘tgan yilning 11 oyi bilan solishtirganda 32,8% ko‘p.

O‘zbekistonliklarning naqd valyuta sotib olishlari 24,7% ga oshib, taxminan $10,6 mlrd ga yetgan.

O‘zbekiston va Yevrokomissiya vizalar tartibini yengillashtirishni muhokama qildi

Bryusseldagi Yevropa Ittifoqi qarorgohi yonida YeI bayroqlari

Surat manbasi, Reuters

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mehnat migrantlari, talabalar, yuk avtomobillari haydovchilari va turistik guruhlar uchun vizalar tartibini soddalashtirish masalalari bo‘yicha Yevrokomissiya ekspertlari bilan konsultatsiyalarning birinchi bosqichini o‘tkazgan.

Konsultatsiyalarning birinchi bosqichi Toshkentda bo‘lib o‘tgani haqida xaabar berdi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining "Dunyo" axborot agentligi.

Xabarda ta’kidlanishicha, Yevropa tomoni O‘zbekiston fuqarolari uchun vizalar tartibini yengillashtirish masalasini Yevrokomissiya yig‘ilishlari kun tartibiga kiritish uchun bajarilishi lozim bo‘lgan qator shartlarni belgilab bergan.

Vizalar tartibini yengillashtirish maqsadiga tezroq erishish uchun shunga o‘xshash maslahatlashuvlarni o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi, — deyiladi xabarda.

Iqtibos

Surat manbasi, .

2025 yil oktyabrida O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolagandi. O‘shanda bu ikki tomon o‘rtasida readmissiya va vizalar tartibini yengillashtirish masalalari bo‘yicha muzokaralarni boshlash imkonini yaratishi aytilib o‘tilgan edi.

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Toyvo Klaar gazeta.uz veb-nashriga intervyusida vizalar rejimini yengillashtirish borasida ilgarilash O‘zbekiston va YeI munosabatlarining mustahkamlanishi hamda o‘zbekistonliklarning Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida vizalar qoidalariga rioya qilishiga bog‘liqligini eslatgan.

"Agar fuqarolar vizalar qoidalari va bo‘lish muddatlariga rioya qilsalar, bu keyingi qadamlar uchun yaxshi zamin yaratadi", — deb aytgan YeIning Toshkentdagi elchisi Toyvo Klaar.

17 dekabr. Tojikiston O‘zbekistondan elektr ola boshladi, O‘zbekiston sayyohlar oqimi bo‘yicha dunyo yetakchilari qatorida, maktabda hujum - Dushanbe Moskvadan tergovni nazoratga olishni so‘radi

maktab

Surat manbasi, Vitaly Smolnikov/TASS

Moskvadagi maktabda hujum qurboni bo‘lgan bola Tojikiston fuqarosi ekanligi tasdiqlandi. Tojikiston energiya tanqisligini yumshatish uchun O‘zbekistondan elektr ola boshladi. O‘zbekiston sayyohlar oqimi o‘sishi bo‘yicha dunyoda yetakchilardan

Rossiya maktabida hujum: Dushanbe Moskvadan tergovni nazoratga olishni so‘radi

Tojikistonning Rossiyadagi elchixonasi Moskva viloyatining Odintsovo tumanida maktabda o‘quvchi tojik bolaning o‘ldirilishi ortidan Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga rasmiy murojaat yo‘lladi.

Tojikiston TIVning "Aziya-Plyus" agentligiga ma’lum qilishicha, elchixona 10 yoshli o‘quvchi halok bo‘lgan holatni nazoratga olgan va Rossiya rasmiy idoralari bilan aloqada.

Vazirlikning tasdiqlashicha, halok bo‘lgan bola — Qobiljon Aliev — Tojikiston fuqarosi bo‘lgan.

"Bu masala Rossiyadagi Tojikiston elchixonasi nazoratida. Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga rasmiy xat yuborildi. Elchixona halok bo‘lgan bolaning onasi bilan doimiy aloqada", — deyiladi Tojikiston TIV bayonotida.

Aloqador mavzular:

Vazirlik marhumning yaqinlariga hamdardlik bildirib, Rossiya tomonidan hodisa xolisona tergov qilinishi va aybdorlar qonun oldida javobgarlikka tortilishiga umid bildirdi.

Hodisa 16 dekabr kuni taxminan soat 09:00 larda Moskva viloyati Odintsovo tumanidagi Gorki-2 aholi maskanida joylashgan Uspenskaya maktabida sodir bo‘lgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 15 yoshli rossiyalik o‘quvchi maktab qo‘riqchisiga va o‘quvchilardan biriga hujum qilgan. 10 yoshli Qobiljon Aliev olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan.

Rossiya Tergov qo‘mitasining rasmiy xabarlarida halok bo‘lgan bolaning shaxsi va fuqaroligi haqida ma’lumot berilmagan.

Hujum tafsilotlari

Rossiyaning Mash telegram-kanali e’lon qilgan videolarda hujumchi o‘quvchilar guruhi oldiga kelib, «Qaysi millatdansan?» deya so‘ragani aks etgan. Qo‘riqchi uni to‘xtatishga uringan, ammo gumonlanuvchi gaz ballonchasini ishlatib, uni pichoq bilan yaralagan. Keyin u bolalarga qayta hujum qilib, o‘quvchilardan biriga pichoq bilan zarba bergan.

"112" kanali ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lgan bolaning onasi o‘sha maktabda farrosh bo‘lib ishlagan.

Hujumdan so‘ng gumonlanuvchi maktab sinflaridan birida berkinib olgan va huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Tergov paytida u jinoyatni sodir etganini tan olgani aytilmoqda.

Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tojikiston energiya tanqisligini yumshatish uchun O‘zbekistondan elektr ola boshladi

Elektr va simlar

Surat manbasi, Energetika vazirligi

Tojikiston qish mavsumi kirib kelishi bilan kuchaygan elektr energiyasi tanqisligini yumshatish maqsadida O‘zbekistondan elektr olishni boshladi. Bu haqda 15 dekabr kuni Tojikistonning mustaqil Pamir Inside nashri xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, Tojikiston, shuningdek, 16 yil oldin qarzlar, elektr uzilishlari va siyosiy kelishmovchiliklar sabab tark etgan Markaziy Osiyo Yagona energetika tizimiga qayta ulanishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Tojikiston Energetika va suv resurslari vazirligi 15 dekabr kuni O‘zbekistondan import qilinayotgan elektr energiyasi ichki bozordagi taqchillikni kamaytirishga yordam berayotganini tasdiqladi. Vazirlikning ma’lum qilishicha, Qozog‘iston va Turkmanistondan ham elektr yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishilgan.

Ayni paytda Tojikiston uchun elektr import qilishning amaldagi yagona yo‘li — O‘zbekiston elektr tarmog‘i, xususan 500 kilovoltli Regar–G‘uzor uzatish liniyasi hisoblanadi.

Energiya ta’minotidagi muammolar mamlakatda so‘nggi yillarda, ayniqsa qish oylarida, keng ko‘lamli elektr uzilishlari bilan namoyon bo‘lib kelmoqda.

Ayni damda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon parlamentga qilgan yillik murojaatida mamlakatdagi elektr tanqisligini tan oldi va vaziyat yaxshilanishini va’da qildi. Uning aytishicha, 2027 yilga borib, Rog‘un gidroelektrostantsiyasining uchinchi turbinasi ishga tushiriladi va shundan so‘ng tojikistonliklar "elektr uzilishlarini unutadi".

O‘zbekiston turizm o‘sishi bo‘yicha dunyoda yetakchilar qatorida

Samarqand

Surat manbasi, VYACHESLAV OSELEDKO/AFP via Getty Images

O‘zbekiston xorijiy sayyohlarni jalb qilish sur’atlari bo‘yicha jahon miqyosida yetakchi davlatlar qatoriga kirdi. BMTning Turizm tashkiloti tomonidan e’lon qilingan World Tourism Barometer hisobotiga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekistonga kelgan xalqaro sayyohlar soni 2019 yilga nisbatan 73 foizga oshgan.

Bu natija bilan O‘zbekiston dunyo bo‘yicha xorijiy sayyohlar oqimi eng tez o‘sgan TOP–7 mamlakat qatoriga kirdi.

Hisobotda qayd etilishicha, O‘zbekiston Yevropa mintaqasida ham yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan. 2019 yilga nisbatan turistlar soni o‘sishi bo‘yicha mamlakat Yevropa mintaqasida 2-o‘rinni egallagan. 2025 yilning dastlabki 9 oyida xorijiy sayyohlar soni 2024 yilga nisbatan 13 foizga ko‘paygan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Getty Images
O‘zbekiston yuqori 7 likda

2025-yilning yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekistonga kelgan xalqaro sayyohlar soni 2019-yilga nisbatan 73 foizga oshgan. Bu natija bilan mamlakat dunyoda

  • TOP 7 mamlakat qatoriga kirdi.

    Manba: World Tourism Barometer hisoboti. (Batafsil: bbc.co.uk/uzbek

    Shu orqali O‘zbekiston Yevropa mintaqasida turistlar oqimi eng tez o‘sgan TOP–4 yo‘nalishdan biriga aylangan.

    BMT Turizm tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–sentyabr oylarida butun dunyo bo‘ylab xalqaro sayohatlar o‘rtacha 5 foizga oshgan. Bu pandemiyadan keyin global turizmning barqaror tiklanayotganini ko‘rsatadi.

    O‘zbekistonda esa o‘sish sur’atlari jahon o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan ancha yuqori. 2025 yilning dastlabki 11 oyida mamlakatga 10,7 milliondan ortiq xorijiy sayyoh kelgan. Aprel oyidan boshlab esa oylik sayyohlar oqimi ilk bor 1 million kishidan oshgan.

    Turistik xizmatlar eksportidan tushgan daromad 4,4 milliard dollardan oshgani aytilgan.