Niqobli yahudiy kelgindi kaltaklagan falastinlik ayol shifoxonaga yotqizildi

Kaltaklash onlari

Surat manbasi, Jasper Nathaniel

O'qilish vaqti: 15 daq

Niqobli yahudiy kelgindi boshiga tayoq bilan urgan 55 yoshli falastinlik ayol shifoxonaga yotqizildi. Hujum falastinlik ayol zaytun terayotgan paytda sodir bo‘lgan.

Yakshanba kuni ertalab bosib olingan G‘arbiy sohildagi Turmus Ayya qishlog‘ida yuz bergan bu asossiz hujumni AQShlik jurnalist Jasper Nataniel videoga olgan.

Natanielning aytishicha, kelgindi ayolni hushidan ketgunicha tayoq bilan urgan. Ayol yerda yotgan paytda u yana urishda davom etgan. Jabrlanuvchi Afof Abu Aliya, mahalliy aholi orasida Umm Solih nomi bilan tanilgan.

Isroil mudofaa kuchlari BBCga qarama-qarshilik ularning bo‘linmasi yetib kelgach tarqatilganini va armiya "kelgindilarning har qanday zo‘ravonligini qattiq qoralaydi", dedi.

Biroq jurnalist Nataniel bu gapni rad etdi va "Isroil kuchlari hujum joyiga umuman kelmaganini" aytdi.

U isroillik askarlar hodisa joyida hujumdan oldin bo‘lganini va uni hamda boshqalarni bir "pistirma"ga "aldab tortgani" ta’kidladi. Askarlar aynan kelgindilar hujumni boshlashidan oldin "tezlash"ganini aytdi. BBC bu da’volarni Isroil mudofaa kuchlariga yo‘lladi.

Isroil matbuotining ma’lum qilishicha, Turmus Ayya aholisining kamida 80 foizi AQSh fuqaroligi yoki rezidentligiga ega. Jurnalist Nataniel ham AQSh fuqarosi.

U ijtimoiy tarmoqlarda AQSh elchixonasi xodimi bilan bo‘lgan yozishmasini bo‘lishdi. Unda ayni damda Natanielni va hududdagi boshqa AQSh fuqarolarini himoya qila olmasligini aytilgan.

BBC yuborgan savollarga AQSh Davlat departamenti javob berishdan bosh tortdi va buni "maxfiylik va boshqa sabablar" bilan izohladi. Shunga qaramay, departament "AQSh fuqarolarining xavfsizligi va muhofazasidan ustuvor narsa yo‘q"ligi va ularga xalqaro miqyosda yordam berish majburiyatiga jiddiy munosabatda bo‘lishini bildirdi.

Videoda hujumchi yosh erkak uchi to‘qmoqli katta yog‘och kaltakni ushlab turgani va uni Abu Aliya xonimning boshi uzra siltab, urgani ko‘rinadi.

"Bu manzara mening xotiramda abadiy muhrlanib qoldi", dedi NatanielBBC bilan suhbatda.

"U tayoqni bir siltadi va men uning tanasi shalvirab qolganini ko‘rdim. Keyin u uning ustida turib, yana ikki marta urdi."

Tasvirlarda besh farzandning onasi qonga belangan Abu Aliyani shifoxonaga yetkazish uchun mashinaga ko‘tarib ketishayotganini ko‘rish mumkin. O‘sha vaqti uni jonlantirish bo‘limiga yotqizishgan, ammo shifokorlar hozirda uning ahvoli barqaror ekani aytishmoqda.

Abu Aliyaning jiyani Hamdiy Abu Aliya BBCga shifokorlar ayolning boshiga ikki marta zarba berilganini aniqlaganini aytdi. Qo‘shni Al-Mug‘ayyir qishlog‘ining meri Amin Abu Aliya ham hujum tafsilotlarini tasdiqladi.

Hujum kamida 15 nafar niqobli yahudiy kelgindi ishtirok etgan kengroq zo‘ravonlik hodisasining bir qismi bo‘lgan. Ular zaytun terib yurgan falastinliklar va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan faollar, jumladan, Natanielning o‘ziga ham hujum qilishgan.

Kamida bir avtomobil yoqib yuborilgan, boshqalarining oynalari sindirilgan.

Hodisa 9 oktyabrda boshlangan zaytun yig‘im-terimi mavsumi davomida ro‘y bergan ko‘plab yahudiy kelgindi hujumlaridan biri bo‘ldi.

Zaytun terimi falastinlik madaniyatning qadimiy va muqaddas qismi bo‘lib, ko‘pchilik uchun iqtisodiy ehtiyoj ham hisoblanadi. Biroq bu faoliyat yil sayin tobora xavfli tus olmoqda.

G‘arbiy sohildagi — xalqaro miqyosda Isroil bosib olgan Falastin yerlari sifatida tan olingan hududda — dehqonlar har yili hosil mavsumida yahudiy kelgindilarning hujumlari va Isroil xavfsizlik kuchlari tomonidan yo‘llar yopilishi yoki falastinliklarning o‘z yerlariga kirishi to‘silishi kabi xavf-xatarlarga duch keladilar.

BMTning insonparvarlik ishlari bo‘yicha idorasi ma’lumotlariga ko‘ra, 7–13 oktyabrь kunlari G‘arbiy sohilda qayd etilgan 71 ta yahudiy kelgindi hujumlarining yarmi aynan zaytun yig‘im-terimi mavsumi bilan bog‘liq bo‘lgan.

Bu hujumlar 27 ta Falastin qishlog‘i aholisiga ta’sir qilgan.

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil davomida G‘arbiy sohil bo‘ylab 3 200 dan ortiq falastinlik yahudiy kelgindilar hujumlaridan jarohat olgan.

Kuzatuvchilarning ta’kidlashicha, bu hujumlar falastinliklarni qo‘rqitish va ularni o‘z yerlaridan siqib chiqarish orqali yahudiy kelgindilarning hududni bosib olishini ta’minlashga qaratilgan.

2005 yildan 2023 yilgacha bo‘lgan davrda kelgindilar zo‘ravonligi bo‘yicha ochilgan rasmiy tergovlardan atigi 3 foizi jazo bilan yakunlangan, deydi isroillik inson huquqlari tashkiloti "Yesh Din". Ko‘plab hodisalar umuman tekshirilmagan.

AQSh prezidenti Donald Tramp hokimiyatga kelgach, o‘zidan oldingi prezident Jo Bayden joriy etgan yahudiy kelgindilarga qarshi bir qator sanksiyalarni bekor qildi.

20 oktyabr: G‘azo: Isroil va Hamas sulhni buzishda bir-birini ayblayapti

Yakshanba kuni Xon Yunusdan qora tutun burqsib chiqayotgandi.

Surat manbasi, Reuters

Surat tagso‘zi, Yakshanba kuni Xon Yunusdan qora tutun burqsib chiqayotgandi.

Isroil armiyasi Hamasga qarshi qator hujumlarni amalga oshirganidan bir necha soat o‘tib, AQSh Prezidenti Donald Trampning aytishicha, otashkesim hanuz amalda qolyapti.

Ham Isroil, ham Hamas sulhning buzishda bir-birini ayblashdi. Isroil endilikda otashkesimga qaytganini aytmoqda.

Yakshanba kuni G‘azo janubida Isroil armiyasi o‘zining Rafahdagi qo‘shinlariga "terrorchilar aksil-tank zambaraklari bilan hujum qildi", deya G‘azoga zarbalar bergandi. Isroil o‘zining ikki askari o‘lganini aytgan.

Hamas Isroil nazorati ostida bo‘lgan bu yerlarda biron to‘qnashuv bo‘lganidan bexabar ekanini bildirgan.

Kechga borib, Isroil G‘azo bo‘ylab bir nechta Hamas nuqtalariga zarba berganini aytdi. Kasalxonadagi manbalar 44 kishi o‘lganini xabar qilmoqda.

Hamas otashkesimga sodiq qolayotganini aytar ekan, Isroilni sulhni buzishda aybladi. Unga ko‘ra, Isroil amallari o‘zaro kelishuvni jar yoqasiga keltirib qo‘ygan.

Isroil xalqaro matbuot vositalari, xususan Bi-bi-sini, mustaqil axborot uzatish uchun G‘azoga kiritmayapti.

Hala Obaid
Reuters
Har lahzada o‘limga yuz tutamiz, chunki o‘zim yo bolalarim tashqariga chiqsak, o‘qlar keladi, oyoqlarimiz ostidan, yo chodir ustidan. Sulh desalar-da, qo‘rquv ichra uxlayapmiz.
Hala Obaid
G'azo shahri yashovchisi (bbc.com/uzbek)

Yakshanba kungi harbiy to‘qnashuvlar ortidan Isroil insonparvarlik yordamlari ortilgan yuk mashinalarning G‘azoga kirishini to‘xtatib qo‘ygandi.

Dushanbada esa u G‘azo bo‘lgasining janubi-sharqidagi Kerem Shalom va G‘azo markazidagi Kissufim chegara postlarini qayta ochishini aytdi.

Ayni damda, Trampning kuyovi va maslahatchisi Jared Kushner prezidentning Yaqin Sharq elchisi Stiv Uitkoff bilan Quddusga yetib keldi. Ular Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu bilan uchrashishlari kutiladi.

Ular Netanyahudan Trampning "20 nuqtali tinchlik bitimi"ni buzmaslikni so‘rashlari aytilmoqda.

Bitimning shartlaridan biri shuki, Hamas barcha isroillik asirlar va asir jasadlarini Isroilga qaytarishi kerak.

Hamas hozirda yana bir asirning jasadini topganini aytmoqda.

G‘azoda o‘lgani ishonilgan 28 isroillikdan hozircha 16 nafari qaytarilmagan. Isroilning bosimi ortar ekan, Hamas ularni topishga qiynalayotganini aytadi.

Hamas Isroilni G‘azodagi "jinoiy guruhlar"ni qurollash va moliyalashda aybladi.

14 oktyabrь, 2025 yil - Tinchlik sulhi imzolandi, endi nima bo‘ladi? Video

G‘azoda bayram

Surat manbasi, Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp va Misr, Qatar hamda Turkiya rahbarlari Misrning kurort shahri Sharm-ash-Shayxda bo‘lib o‘tgan sammitda G‘azoda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha deklaratsiyani imzoladilar.

"Yangi va ajoyib kun boshlanmoqda, endi tiklanish boshlanadi", dedi Tramp Isroil va Hamas o‘rtasidagi otashkesimni mustahkamlashda yordam bergan mintaqaviy rahbarlarni maqtar ekan.

Misrda Tramp prezident Abdul Fattoh as-Sisiy hamda dunyoning turli burchaklaridan kelgan 20 dan ortiq rahbarlar bilan birga quvnoq holda ko‘rindi.

"Hammaning kayfiyati yaxshi. Men ilgari ham katta bitimlar qilganman, lekin bunisi raketa kabi tez uchdi", dedi Tramp.

"Bu nuqtaga kelish uchun 3 ming yil kerak bo‘ldi, ishonasizmi? Va bu endi davomiy bo‘ladi", dedi u.

Marosimdan so‘ng prezident Sisiy Trampni Misrning eng oliy mukofoti, toza oltindan yasalgan "Nil ordeni" bilan taqdirladi.

Misr prezidenti bu kunni "alamli bobni yopuvchi tarixiy bosqich" deb atadi.

Sammitda Tramp bilan birgalikda rasmga tushgan ko‘plab dunyo rahbarlari orasida Falastin ma’muriyati prezidenti Mahmud Abbos ham bor edi. Bir hafta avval AQSh uni Nyu-Yorkdagi BMT Bosh Assambleyasiga kirishdan to‘sgan edi.

Otashkesim kelishuvining dastlabki bosqichi amalga oshirilgan bo‘lsa-da, Falastin ma’muriyati kelgusida G‘azoda qay darajada rol o‘ynashi mumkinligi hali ham noaniq.

Tramp tinchlik bitimining ikkinchi bosqich muzokaralari boshlanganini ma’lum qildi.

"G‘azo urushi tugadi": Dunyo rahbarlari G‘azo otashkesim bitimini imzoladilar - quyidagi linkni bosib, videosini ham tomosha qiling.

O‘tkazib yuboring YouTube post , 1
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post, 1

Falastinlik tutqunlar ozod - tomosha qiling:

O‘tkazib yuboring YouTube post , 2
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post, 2

Isroillik garovdagilar oilasi bag‘riga tirik qaytdi - tomosha qiling:

O‘tkazib yuboring YouTube post , 3
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post, 3

Endi nima bo‘ladi?

Putin umidbaxsh, Ozarbayjon, Qozog‘iston qo‘lladi, Toshkent olqishladi - G‘azo endi tinchiydimi - videomiz linki quyida ilova qilingan.

O‘tkazib yuboring YouTube post , 4
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post, 4

Qamoqdan ozod qilingan falastinliklar Xon Yunusga keldi

Surat manbasi, AFP via Getty Images

Surat tagso‘zi, Qamoqdan ozod qilingan falastinliklar Xon Yunusga keldi

Garovdagi shaxslar ozod qilinishidan oldin Isroil qo‘shinlari G‘azoning 53 foizini nazorat ostiga olgan chiziqqa chekindi — bu Tramp rejasiga ko‘ra Isroil armiyasining uch bosqichli chiqib ketish jarayonining ilk bosqichidir.

AQShning yuqori martabali mulozimiga ko‘ra, AQSh harbiylari nazoratidagi taxminan 200 nafar askardan iborat ko‘p millatli kuch otashkesimni kuzatib boradi. Bu kuch tarkibiga Misr, Qatar, Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklari askarlari ham kirishi aytilmoqda.

AQSh rasmiylari G‘azoda amerikalik harbiylar bo‘lmasligini aytdi.

20 banddan iborat rejaga ko‘ra, agar ikki tomon kelishsa, urush "darhol tugaydi".

Hujjatda aytilishicha, G‘azo qurolsizlantiriladi va barcha "harbiy, terror va hujum infratuzilmalari" yo‘q qilinadi.

Shuningdek, dastlab G‘azo hududini falastinlik mutaxassislardan iborat vaqtinchalik o‘tish qo‘mitasi boshqaradi — bu qo‘mita "Tinchlik kengashi" tomonidan nazorat qilinadi va uning raisi Donald Tramp bo‘ladi; Britaniya sobiq Bosh vaziri Toni Bler ham uning tarkibiga kiradi.

Keyinchalik boshqaruv G‘arbiy sohilni boshqarayotgan Falastin ma’muriyatiga topshiriladi — lekin avval islohotlar o‘tkazilishi kerak bo‘ladi.

Rejaga ko‘ra, 2007 yildan buyon hududni boshqarib kelayotgan Hamasning kelgusida bevosita yoki bilvosita siyosiy roli bo‘lmaydi.

Hamas a’zolari tinch-totuv yashashga rozi bo‘lsa, ularga amnistiya beriladi yoki boshqa davlatga xavfsiz chiqib ketish imkoni yaratiladi.

Hech bir falastinlik G‘azodan chiqib ketishga majburlanmaydi; ketishni xohlaganlar esa keyin yana qaytib kelish huquqiga ega bo‘ladi.

"G‘azoni qayta qurish va rivojlantirish bo‘yicha Trampning iqtisodiy rivojlanish rejasi" mutaxassislar hay’ati tomonidan ishlab chiqiladi.

Nozik nuqtalar

Tramp kelishuvni 3 ming yil kutilganini aytgan bo‘lsa-da, uning nozik tomonlari bor

Surat manbasi, Getty Images

Surat tagso‘zi, Tramp kelishuvni 3 ming yil kutilganini aytgan bo‘lsa-da, uning nozik tomonlari bor

Bitimning keyingi bosqichlari bo‘yicha muzokaralar vaqtida bir necha tortishuvli masalalar yuzaga chiqishi ehtimoldan xoli emas.

Hamas shu paytgacha qurollarini topshirishdan bosh tortib kelgan va faqat Falastin davlati tuzilgandan keyingina bu amalga oshishi mumkinligini aytgan.

Guruh o‘tgan haftada rejaga bildirgan dastlabki munosabatida ham qurolsizlanish haqida hech qanday so‘z aytmagan — bu esa uning pozitsiyasi o‘zgarmagani haqidagi taxminlarni kuchaytiradi.

Isroil Tramp rejasini to‘liq qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa-da, Bosh vazir Benyamin Netanyahu o‘tgan hafta Falastin ma’muriyati prezidenti bilan minbarda yonma-yon turgan holda, urushdan keyingi G‘azo boshqaruviga Falastin ma’muriyatini qo‘shish g‘oyasiga qarshi fikr bildirdi.

Hamas esa "yagona Falastin harakati" doirasida G‘azo kelajagida muayyan rolga ega bo‘lishini kutmoqda.

Yana bir nozik nuqta — Isroil qo‘shinlarining qay darajada chiqib ketishidir. Isroilga ko‘ra, ilk bosqichda u G‘azoning taxminan 53 foizi ustidan nazoratni saqlab qoladi. Oq uy rejasiga ko‘ra, keyingi bosqichlarda bu ulush 40 foizga, so‘ngra 15 foizgacha qisqarishi kerak.

Oxirgi bosqichda "xavfsizlik perimetri" qoladi va u "G‘azo terroristik tahdiddan to‘liq xavfsiz bo‘lmaguncha" saqlanadi.

Bu joydagi ifoda ancha noaniq bo‘lib, Isroilning to‘liq chiqib ketish vaqtiga oid aniq muddat ko‘rsatilmagan. Hamas bu masalaga aniqlik kiritishni talab qilishi mumkin.

13 oktyabr: Hamas garovga olingan 20 isroillikni ozod qildi, Tramp Quddusga bordi

2023 yil 7 oktyabrida garovga olingan 48 yoshli Omri Miran rafiqasi bilan ko‘rishdi

Surat manbasi, Israel Defense Forces

Surat tagso‘zi, 2023 yil 7 oktyabrida garovga olingan 48 yoshli Omri Miran rafiqasi bilan ko‘rishdi

G‘azo bo‘lgasida Hamas harakati garovda tutib turgan barcha tirik isroilliklar ozod qilindilar.

20 isroillik Falastin hududida Hamas tomonidan Qizil Xoch xalqaro qo‘mitasiga topshirildi.

Qizil Xoch ularni Isroil Mudofaa kuchlariga topshirdi.

Harbiy bazada salomatliklari tekshirilganidan keyin isroilliklar o‘zlarining qarindoshlari bilan uchrashganlar.

Tel-Aviv shahridagi garovga olinganlar xiyobonida ko‘p sonli odamlar to‘plandilar, ular ozod isroilliklarni olqishlar bilan kutib oldilar.

G‘azoda olamdan o‘tgan 28 isroillikning jasadi kelayotgan kunlari Isroilga topshirilishi xabar qilindi.

Isroil qamoqxonalarida saqlangan falastinliklar o‘tirgan avtobuslar Ramallohga yetib bordi

Surat manbasi, Reuters

Surat tagso‘zi, Isroil qamoqxonalarida saqlangan falastinliklar o‘tirgan avtobuslar Ramallohga yetib bordi

G‘azo tinchlik kelishuviga ko‘ra, Isroil qamoqxonalarida ushlab turilgan 1700 g‘azolik, 250 falastinlik ham shu kuni ozod etildi.

Falastinliklar o‘tirgan avtobuslar Ramalloh shahriga yetib bordi.

Qarindoshlari va do‘stlari ularni xursandchilik bilan kutib oldilar.

Tutqunlarning ayrimlari umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan falastinliklar.

Shifokorlar bundan oldin Isroil qamoqxonasida chiqib kelgan mahkumlarning salomatligi juda abgor ahvolda bo‘lganini aytadilar.

Avtobusdan tushib kelayotgan ayrimlarning yuzida jarohat izlarini ko‘rish mumkin edi, ayrimlari yurishga qiynalardi.

AQSh Prezidenti Donald Tramp Quddusga yetib bordi.

Isroil parlamenti Knesset binosiga kirib kelgan Prezident Tramp, AQSh Davlat kotibi Marko Rubio, Mudofaa vaziri Pit Hegset, AQShning Isroildagi elchisi Mayk Hakabini parlament deputatlari olqishlari bilan kutib oldilar.

Zalda to‘planganlar Prezident Tramp sharafiga uzoq qarsak chalib turdilar.

"Biz bu lahzalarni qanchalar uzoq kutdik? Va men sizga butun xalq nomidan minnatdorlik bildirmoqchiman", dedi Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu.

Men ishonamanki, Tramp rahbarligi Isroilning Arab mamlakatlari bilan munosabatlari normallashishiga yordam beradi, dedi Netanyahu.

Isroil parlament a’zolari Prezident Tramp sharafiga uzoq qarsak chaldilar.

Surat manbasi, Reuters

Surat tagso‘zi, Isroil parlament a’zolari Prezident Tramp sharafiga uzoq qarsak chaldilar.

Isroil Knesseti qarshisida ma’ruza qilgan Prezident Tramp, 2023 yil 7 oktyabr hujumlarini "yahudiylarni Holokostdan keyingi eng dahshatli tahqirlanishi" deb atadi.

AQShning Isroilga qo‘llab-quvvatlovini men yangilayman, dedi u.

"Ham Isroil, ham falastinliklar uchun "uzoq va og‘riqli dahshatli tush" endi oxiriga yetdi. Mana endi Isroil va butun Yaqin Sharq uchun juda hayajonli vaqt. Butun Yaqin Sharq bo‘ylab mintaqani o‘nlab yillar davomida boshboshdoqlik, terror va vayronagarchilikka solib kelgan kuchlar bugunga kelib kuchsizlandi, yakkalandi va butkul mag‘lub etildi. Biz tufayli sivilizatsiyaning barcha dushmanlari chekinayaptilar", dedi Prezident Tramp.

G‘azo shahrida Hamas qurollilari va Hamasga dushman bo‘lgan Dug‘mash oilasi qurollilari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv ro‘y bergan.

Otishma Iordan shifoxonasida ro‘y bergan.

G‘azo tibbiyot rasmiylariga ko‘ra, Dug‘mash oilasining 19 a’zosi va sakkiz Hamas jangchisi halok bo‘lgan.

Iqtibos

Surat manbasi, .

13 oktyabr kuni AQSh Prezidenti Donald Tramp Misrning Sharm ash-Shayx kurort shahriga borishi rejalangan.

Sharm ash-Shayxda Arab sammiti mo‘ljallangan.

Bu sammitga Falastin ma’muriyati rahbari Mahmud Abbos, Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer, yana 20 davlat rahbarlari ishtiroki kutilayapti.

Bu sammit Isroil bilan Hamas o‘rtasida uzoq muddatli tinchlikka erishish masalasini muhokama etish maqsadini ko‘zlagan.

Hozircha Hamas bilan o‘t ochishni to‘xtatishga kelishilgan, sulhga emas.

10 oktyabr. Hamas bilan tuzilgan otashkesim kuchga kirdi - Isroil qo‘shinlarini G‘azo bufer hududiga olib chiqmoqda

G‘azoliklar

Surat manbasi, Getty Images

Isroil mudofaa kuchlari juma kuni tushdan so‘ng mahalliy vaqt bilan "qo‘shinlar yangilangan joylashuv chiziqlari bo‘ylab pozitsiyalarni egallay boshlaganini" ma’lum qildi. Bu esa Hamas va Isroil o‘rtasida tuzilgan kelishuvga muvofiq otashkesim rejimi kuchga kirganini anglatadi.

Payshanba kuni Isroil hukumati AQSh prezidenti Donald Tramp vositachiligida qabul qilingan tinchlik rejasini ma’qulladi. Hujjatga ko‘ra, Isroil armiyasi belgilangan pozitsiyalarni egallagan paytdan boshlab, Hamasga garovdagi Isroil fuqarolarni ozod etish uchun 72 soat muhlat beriladi.

Isroil armiyasi G‘azo aholisini faqat ruxsat etilgan yo‘nalishlar bo‘ylab harakatlanishga chaqirdi va isroillik harbiylar joylashgan hududlarga yaqinlashmaslik haqida ogohlantirdi.

Ayni paytda Isroil Mudofaa kuchlari G‘azo bo‘lgasining taxminan 53 foizini nazorat qilmoqda, nazoratning katta qismi shahar markazlaridan tashqarida joylashgan.

Isroil qo‘shinlari chekinarkan G‘azoda Xamasning qurolli a’zolari ko‘rinish bergan
Surat tagso‘zi, Isroil qo‘shinlari chekinarkan G‘azoda Xamasning qurolli a’zolari ko‘rinish bergan

Bu hududga G‘azo sektori chegarasi bo‘ylab to‘liq bufer hudud, shu jumladan Filadelfiya yo‘lagi (Misr va G‘azo chegarasi), Beyt-Hanun va Beyt-Lahiya (sektorning shimolida), G‘azo shahrining sharqiy tog‘li qismi, shuningdek Rafah va Xan-Yunusning katta qismi kiradi.

Isroil armiyasining arab tilidagi ogohlantirishida shunday deyiladi:

"Kelishuvga ko‘ra, Isroil qo‘shinlari G‘azo sektorining ma’lum hududlarida joylashgan holda qoladi. Bu yerdagi harbiylarga yaqinlashmang. Bu sizni xavf ostiga qo‘yadi".

Isroil Mudofaa kuchlari Janubiy qo‘mondonlikning harbiylari belgilangan pozitsiyalarda ekanini va "har qanday bevosita tahdidni bartaraf etishni davom ettirayotganini" ma’lum qildi.

AQSh Markaziy qo‘mondonligi Isroil qo‘shinlarining yangi kelishilgan chiziqlar bo‘ylab joylashtirilganini tasdiqladi.

"Garovdagilarni ozod qilish uchun belgilangan 72 soatlik muddat boshlandi," — deb yozdi AQShning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff "X" platformasida.

Hozircha Isroil qo‘shinlari aynan qaysi hududlardan chiqarilayotgani haqida to‘liq ma’lumot yo‘q.

AFP agentligi G‘azo fuqarolik mudofaa xizmatidagi manbasiga tayanib xabar berishicha, harbiy texnika Xan-Yunusning ayrim qismlaridan va G‘azoning shimoliy-sharqiy chekkalaridan chiqarilgan.

Sektor bo‘ylab aholi o‘z hududlariga qaytishga ruxsat berilishini kutib turibdi.

Isroil matbuotining yozishicha, kechadan beri G‘azo sohili bo‘ylab al-Rashid yo‘lida to‘planib turgan yuzlab falastinliklar so‘nggi daqiqalarda shimol tomon harakatlana boshlagan.

Ayni vaqtda juma kuni sahardan Isroil va G‘azo chegarasida tutun o‘rlayotgani kuzatilgan.

Xabarlarga ko‘ra, juma kuni Xan-Yunus artilleriya o‘qiga tutilgan, shuningdek, G‘azoning shimolida joylashgan Netsarim koridori atrofida otishma tovushlari eshitilgan.

9 oktyabr: Hamas va Isroil kelishdimi – Tramp xursand

Falastinliklar

Surat manbasi, Reuters

Surat tagso‘zi, Uzoq kutilgan yutuq ikki yilu ikki kun davom etgan va o‘n minglab insonlarning hayotiga zomin bo‘lgan mojaroda mustahkam tinchlik o‘rnatilishiga umid uyg‘otmay qolmagan.

AQSh prezidenti "bu arab va musulmon olami uchun ham BUYuK kun" ekanini aytmoqda.

G‘azoliklar bayram qilishmoqda, urush tugadimi - videosi quyida ilova qilingan, ko‘rish uchun linkni bosing:

Tramp va AQSh Davlat kotibi

Surat manbasi, EPA/SHUTTERSTOCK

Surat tagso‘zi, AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Oq uyda bo‘lib o‘tgan tadbirda Trampga kelishuv haqida ma’lum qildi.
O‘tkazib yuboring YouTube post , 5
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post, 5

Dastlabki kelishuv

Donald Tramp

Surat manbasi, AFP via Getty Images

Donald Trampning ma’lum qilishicha, Isroil va Hamas o‘zining G‘azo bo‘lgasi bo‘yicha tinchlik rejasining birinchi qismini amalga oshirishga kelishib olishgan.

AQSh prezidentiga ko‘ra, bunga Misrda kechgan bilvosita muzokaralar natijasida erishilgan.

"Men Isroil va Hamas tinchlik rejamizning birinchi bosqichini imzolashganini g‘urur bilan e’lon qilaman. Bu – BARChA garovga olinganlar tez orada ozod qilinishi, uzoq muddatli, mustahkam va doimiy tinchlik sari ilk qadamlar sifatida Isroil o‘zining kuchlarini kelishilgan chiziqqacha olib chiqishi deganidir", - deb yozdi u Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Donald Trampning bayon qilishicha, "bu arab va musulmon olami, Isroil, barcha qo‘shni davlatlar va AQSh uchun BUYuK kun".

AQSh prezidenti shunday derkan, "ushbu tarixiy va misli ko‘rilmagan voqeani amalga oshirishda o‘zlari bilan birga ishlagan Qatar, Misr va turkiyalik vositachilarga ham minnatdorlik bildirgan".

Kecha, chorshanba kuni Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff va AQSh prezidentining kuyovi Jared Kushner ham G‘azo bo‘lgasi bo‘yicha Misrdagi tinchlik muzokaralariga qo‘shilgan.

Maslahatlashuvlarda Qatar Bosh vaziri va Turkiya razvedka boshqarmasi rahbari ham ishtirok etgandi.

Trampning tinchlik rejasiga Rossiya Prezidenti Vladimir Putin umid bildirgan, Ozarbayjon va Qozog‘iston ham uni qo‘llab-quvvatlagan.

O‘zbekiston ilova aksariyat Markaziy Osiyo davlatlari Isroil-Falastin mojarosi, G‘azo bo‘lgasidagi so‘nggi vaziyatga befarq emas.

Jumladan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham, yillarki, o‘zining xalqaro minbarlardagi chiqishlarida mintaqadagi holatga e’tibor tortib keladi.

O‘zbekiston rahbari 7 oktyabr kuni Turkiy davlatlar tashkilotining Gabaladagi sammitida qilgan chiqishida ham "G‘azo fojiasi"ni alohida tilga olib o‘tgan.

Shavkat Mirziyoyev, "dunyodagi eng og‘riqli muammolar, Yevroosiyo mintaqasida avj olayotgan va oxiri ko‘rinmayotgan nizo va urushlar, albatta, o‘zlariga ham salbiy ta’sirini ko‘rsatayotganligi"ni aytgan.

O‘zbekiston prezidenti, "G‘azo sektoridagi fojia, Ukraina atrofidagi vaziyat, Eronning yadro dasturi muammosi, Afg‘onistonning barqarorligi masalalari barchalarini jiddiy tashvishga solayotganligi"ni bildirgan.

Olinayotgan xabarlarga ko‘ra, Qozog‘iston prezidenti Misrdagi kelishuvni ham mintaqadan birinchilardan bo‘lib dastaklab chiqqan.

Prezident Qasim-Jomart Toqaev Misrdagi bilvosita muzokaralar chog‘ida G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha erishilgan kelishuvni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

Bu haqda Qozog‘iston prezidentining matbuot kotibi o‘zining Telegramdagi kanalida ma’lum qilgan.

Uning postidan ma’lum bo‘lishicha, Qozog‘iston prezidenti, "Misr, Qatar va Turkiyaning vositachilik sa’y-harakatlari samarali bo‘lgani, shuningdek, Prezident Donald Tramp boshchiligidagi AQShning Yaqin Sharqda mustahkam tinchlikka erishish bo‘yicha muzokaralar jarayoniga qo‘shgan alohida hissasini ham qayd etgan".

Bugun, 9 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ham bu xususda bayonot bergan.

"O‘zbekiston Respublikasi AQSh Prezidenti Donald Trampning bevosita ko‘magida G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod etish bo‘yicha erishilgan kelishuvni olqishlashi"ni bildirgan.

"O‘zbekiston Respublikasi Yaqin Sharqda tinchlik, barqarorlik va gumanitar yengillikni ta’minlashga qaratilgan xalqaro sa’y-harakatlarga konstruktiv hissa qo‘shishga tayyorligini yana bir bor tasdiqlashi"ni bayon qilgan.

Bundan avval O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi Abdulaziz Komilov ham AQShning G‘azodagi urushni to‘xtatish rejasini qo‘llab-quvvatlashini aytganiga oid xabarlar olingan.

Ma’lum bo‘lishicha, Abdulaziz Komilov "O‘zbekiston 24" telekanalining "Davra" podkastida, "Toshkent va Vashingtonning qator mintaqaviy va global masalalar bo‘yicha qarashlari tobora yaqinlashib borayotganligi"ni ta’kidlagan.

Xabarlarga ko‘ra, O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi prezident Shavkat Mirziyoyevning G‘azodagi vaziyat bo‘yicha mavqeini misol qilib keltirgan.

"Hurmatli prezident G‘azoda sodir bo‘layotgan voqealar masalasini juda keskin ko‘tardi. U muammoga yechim topish, bu qarama-qarshilik va zo‘ravonlikni to‘xtatish zarurligi haqida takliflar bilan chiqdi. Chindan ham, boshqa davlatlar ta’kidlaganidek, u yerda ochiqdan-ochiq genotsid sodir bo‘lmoqda," — deb aytgan.

Ўзбекистон президенти
rasmiy
G‘azo sektoridagi fojia, Ukraina atrofidagi vaziyat, Eronning yadro dasturi muammosi, Afg‘onistonning barqarorligi masalalari barchamizni jiddiy tashvishga soladi...
Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston Prezidenti (batafsil: bbc.com/uzbek da)

Aks-sadolar

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu Hamas tomonidan garovga olinganlarning tez orada uylariga qaytishlarini aytgan.

Uning bu xususdagi bayonotida, "Xudoning ko‘magi bilan biz ular barchasini uylariga qaytaramiz", deyilgan.

Isroil Bosh vaziri keyinroq yana bir bayonot bilan chiqqan.

Binyamin Netanyahu G‘azo bo‘yicha kelishuvning birinchi bosqichini ma’qullash uchun hukumat yig‘inini chaqirishga ham va’da bergan.

Isroil Vazirlar Mahkamasi yig‘inining bugun, payshanba kuni bo‘lib o‘tishi kutilayotir.

Oq uyda esa jurnalistlarga garovdagilarning kelayotgan dushanba kunidan boshlab qo‘yib yuborilishlari mumkinligi aytildi.

Muzokaralarga vositachilik qilgan tomonlarning aytishlaricha, Isroil va Hamas G‘azoga insonparvarlik yordamini kiritish masalasida ham kelishib olishgan.

Hamas vakillari, o‘z navbatida, "G‘azodagi urushni tugatish bo‘yicha kelishuv"ga erishilganini e’lon qilishgan va Trampni Isroilni unga to‘liq rioya qilishga majburlashga chaqirganlar.

Birinchi bosqichda jangarilar garovdagi qolgan 20 kishini ozod qiladi, deya xabar bermoqda "Frans-Press" axborot agentligi muzokaralarga yaqin bo‘lgan falastinlik manbaga tayanib.

BBC ning AQSh Davlat departamenti qoshidagi muxbiri Tom Beytmanning aytishicha, Donald Tramp kecha, chorshanba kuni kechqurun shu dam olish kunlari Misrga uchishni rejalashtirayotganini bildirgan.

Keyinroq uning ma’muriyati xodimlari bu ishning, hattoki, ertaga, juma kuni amalga oshishi mumkinligini ham aytishgan.

Dunyo yetakchilari, falastinliklar va isroilliklar so‘nggi yangilikni olqishlashgan.

Ammo kelishuv tafsilotlari kam va G‘azoni kim boshqarishi kabi muhim keyingi qadamlar hali muhokama qilinishi kerak.

Uzoq kutilgan yutuq ikki yilu ikki kun davom etgan va o‘n minglab insonlarning hayotiga zomin bo‘lgan mojaroda mustahkam tinchlik o‘rnatilishiga umid uyg‘otmay qolmagan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
8 oktyabr. Misr: Nega Isroil va Hamas muzokaralari natija bermayapti?
Jared Kushner va Stiv Vitkoff muzokaralarga qo‘shilishi kutiladi.

Surat manbasi, Reuters

Surat tagso‘zi, Jared Kushner va Stiv Vitkoff muzokaralarga qo‘shilishi kutiladi.

Misrda Isroil va Hamas o‘rtasida o‘tayotgan tinchlik muzokaralariga bugun AQShning maxsus vakili Stiv Vitkoff va Prezident Donald Trampning kuyovi Jared Kushner borib qo‘shiladi.

Bilvosita muzokaralarning ikkinchi kuni seshanba kuni sezilarli natijalarsiz yakun topdi, dedi jarayondan xabardor bo‘lgan Falastin rasmiysi Bi-bi-siga.

Isroilliklar 7 oktyabrь hujumlarining ikkinchi yilligini xotirlashar ekan, Tramp ko‘tarinki kayfiyatda ko‘rindi va «Yaqin Sharqda tinchlikka erishish imkoniyatimiz bor», dedi.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu muzokaralar qanday ketayotgani bo‘yicha fikr bildirmadi, lekin bu kunlar isroilliklar uchun o‘ta muhimligini aytdi.

X dagi postida u isrolliklar o‘zlarining urushdagi maqsadlari ortidan harakat qilishda davom etishlarini bildirdi: «Barcha asirlarni qaytarish, Hamas rejimini yo‘q qilish va G‘azo endi hech qachon Isroilga havf tug‘dirmasligi va’dasiga erishish».

Bi-bi-siga gapirgan manbaga ko‘ra, Vitkoff va Kushner seshanba kuni AQShdan uchib ketishgan va chorshanba Misrga qo‘nishlari kutiladi.

Muzokaralarning asosiy vositachisi deb ko‘rilgan Qatar Bosh vaziri Shayx Muhammad bin Abdul Rahmon Al Tani ham muzokaralarga qo‘shilishi mo‘ljallangan.

Shuningdek, Turkiya xavfsizlik xizmati rahbari muzokaralarda ishtirok etadi.

Jarayondan xabardor bo‘lgan yuqori darajali Falastin rasmiysining Bi-bi-siga aytishicha, bilvosita muzokaralarning kechki raundi seshanba kuni mahalliy vaqt bilan 19:00 da boshlangan.

Muzokaralarda Hamas tomonidan qatnashayotgan Halil al-Hayyani o‘tgan oy Isroil Qatarda o‘ldirishga uringandi.

Surat manbasi, Reuters

Surat tagso‘zi, Muzokaralarda Hamas tomonidan qatnashayotgan Halil al-Hayyani o‘tgan oy Isroil Qatarda o‘ldirishga uringandi.

Unga ko‘ra, ertalabki raund Isroilning G‘azodan chiqib ketishiga oid taklif qilgan xaritalari va kelishuvdan so‘ng Isroil yana janglarni boshlamasligi bo‘yicha Hamas istayotgan kafolatlar borasidagi kelishmovchiliklar sabab sezilarli natijalarsiz tugadi.

Unga ko‘ra, muzokaralar qiyin kechyapti va hali aniq burilish yasamadi, lekin vositachilar ikki tomon o‘rtasidagi tafovutlarni qisqartirish yo‘lida qattiq ishlashyapti.

Avvalroq, Falastin rasmiysi muzokaralar beshta muhim nuqtaga diqqatni qaratayotganini bildirgan: doimiy otashkesim, Hamas qo‘lidagi asirlarning falastinlik mahkumlar va g‘azolik mahbuslarga almashish, Isroil kuchlarining G‘azodan chiqib ketishi, insonparvarlik yordamlarining kiritilishi va urushdan so‘nggi G‘azo boshqaruvi.

Aloqador mavzular:

O‘tgan oy Qatar poytaxtida Isroil tomonidan nishonga olingan Hamas bosh muzokarachisi Halil al-Hayya Misrga bog‘liq Al Qahera Nyus TV kanaliga aytishicha, Hamas "jiddiy va mas’uliyatli muzokaralar" o‘tkazish uchun kelgan.

Uning aytishicha, Hamas kelishuvga erishishga tayyor, lekin Tramp va xalqaro hamjamiyatdan urush tugashi va yana qayta boshlanmasligiga "aniq kafolatlar"ni istaydi.

Isroilda o‘tkazilgan so‘rovlarga ko‘ra, 70 foiz isroilliklar asirlar qaytarilishi evaziga urush yakun topishini istashadi.

Isroil harbiylari 2023 yil 7 oktyabrida Isroil janubiga Hamas boshchiligida qilingan hujumiga javoban G‘azoga bostirib kirdi. Hamas uyushtirgan hujumda 1200 ga yaqin odam halok bo‘lgan va 251 kishi garovga olingandi.

Hududning Hamas tomonidan boshqariladigan sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘shandan beri G‘azoda Isroil harbiy amaliyotlari natijasida kamida 67 173 kishi halok bo‘lgan, ulardan 20 179 nafari bolalar.

Uning raqamlari BMT va boshqa xalqaro idoralar tomonidan ishonchli deb hisoblanadi.

Vazirlikning bildirishicha, urush boshlanganidan beri yana 460 kishi to‘yib ovqatlanmaslik oqibatlaridan halok bo‘lgan.

BMT qo‘llab-quvvatlovchi tashkilot G‘azo bo‘ylab yarim milliondan ortiq odam "ochlik, qashshoqlik va o‘lim" shaklidagi "halokatli" sharoitlarga duch kelganini aytdi.

Netanyaxu bir necha bor G‘azoda ocharchilik ro‘y berayotganini rad etgan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining tergov komissiyasi o‘tgan oy Isroilning G‘azoda falastinliklarga qarshi genotsid qilganini aytdi, Isroil tashqi ishlar vazirligi o‘z hisobotida buni "yolg‘on" deya qat’iyan rad etdi.