Yangiliklar: Dunyo uygʻurlarni unutdimi? Xitoy hukumati tarafida boʻlish musulmon davlatlar uchun sharmandalikmi?

Uyg'urlar
Ўқилиш вақти: 2 дақ

Faollar dunyo uygʻurlar masalasida jim turmasligi kerakligini urgʻulashadi. Bu borada Xitoy hukumatiga koʻproq bosim oʻtkazish chaqiriqlari boʻlayotgan bir manzarada aholisini aksarini musulmonlar tashkil qiluvchi davlatlarning sukut saqlashi yoki Xitoyni qoʻllashi "sharmandalik" deyilmoqda.

Oʻtgan oy HRW tashkiloti vaqtincha ijrochi direktori Tirana Hasan musulmon davlatlarining Xitoydagi uygʻurlar huquqi toptalishi borasida Xitoy hukumati pozitsiyasi tarafida boʻlishini qoralab chiqdi.

"Pekinni Shinjondagi zoʻravonliklarni bahs qilishga chaqirish qarorini qabul qilishga bir bahya qolgandi. U musulmonlar koʻpchilikni tashkil qiladigan Indoneziya, Pokiston va Qatar kabi davlatlarning sharmandali "yoʻq" degan ovozlarini va Argentina, Braziliya hamda Meksika kabi davlatlarning zaifona ovoz bermasligini koʻrsatib qoʻydi", degan Tirana Hasan.

Oʻtgan yilning oktyabr oyida BMTda Shinjondagi musulmonlar huquqi toptalishi boʻyicha Xitoyni bahslarga chorlash qarori kichik farq bilan qabul qilinmay qolgandi.

Faollari maxsus lagerlarda qolayotgan millionlab uygʻurlar taqdiri borasida xalqaro jamoatchilik yetarli ish qilmayotganini aytishadi.

Oʻtgan oy deputatlar ham ishtirok etgan namoyishlar ortidan Shinjon boʻlgasi rahbari Erkin Tuniyozning Buyuk Britaniyaga tashrifi bekor qilindi.

Britaniya parlamenti deputati Baronessa Helena Kennedi Xitoyda uygʻurlar huquqining toptalishiga sababchi boʻlayotganlar Britaniyaga taklif qilinmasligi kerakligini aytadi.

Фолкер

"1 milliondan 3 milliongacha boʻlgan odamning ushbu lagerlarda ushlab turilishining ortida majburiy mehnat, qiynoq va ayollarni zoʻrlashni koʻryapmiz. Lagerdan tashqaridagi ayollarni esa majburlab bichishgan. Chunki ularning tugʻishini istashmagan. Ular oʻgʻil bolalarni olib, qayta tarbiyalash maktablariga yuborishgan, shu yoʻl bilan ularning madaniyati va dinidan uzishni va tilini unuttirishni rejalashgan", deydi u.

Britaniya parlamentining yana bir deputati Ien Dunkan Smit Britaniya Xitoydagi inson huquqlarini toptashga sababchi boʻlayotganlarga nisbatan yetarli ish qilmayotganini va hech boʻlmasa sanksiyalar qoʻllamayotganidan norozi ekanini aytadi.

Ўтказиб юборинг YouTube пост
Google YouTube контентига рухсат бериш

Айни мақолада Google YouTube томонидан тақдим қилинган контент мавжуд. Биз бу контент юкланмасидан аввал сизнинг розилигингизни сўраймиз, чунки улар куки ва бошқа технологиялардан фойдаланган бўлиши мумкин. Сиз Google YouTube ҳаволасида кукиларга доир ва шахсий маълумотларга оид қоидалар ҳақида аввал ўқиб, кейин қабул қилишга рози бўлишингиз мумкин. Кўриш учун “қабул қилиш ва давом этиш”ни танланг.

Огоҳлантириш:Учинчи манба материалида реклама бўлиши мумкин

Охири YouTube пост

Deputat uygʻurlar masalasini muntazam koʻtarganligi uchun Xitoy hukumati sanksiyasiga tushgan, nimaga biz jim oʻtiribmiz, deydi u.

"Xitoyda boʻlayotgan narsalarni umuman qabul qilib boʻlmaydi. Biz biznes birinchi oʻrinda deyapmiz. Muammo shundaki, Xitoyda ishlab chiqarilib, bizning bozorda sotilayotgan mahsulotlar qullar mehnati evaziga boʻlmoqda. Lagerlardagi juda koʻp erkaklar hozir fabrikalarda va quldek ishlatilmoqda. Britaniyadagi koʻplab shirkatlar majburiy mehnatdan foydalanish hollarini tekshira olmayapti. Biz kuchimizni koʻrsatib, buni toʻxtatishimiz kerak. Aks holda 1930-yillarda paydo boʻlgan qoidalar va saboqlarni takrorlashdan nariga oʻtolmaymiz".

BMTning inson huquqlari boʻyicha oliy komissari Folker Turk Shinjon boʻlgasida inson huquqlari boʻyicha vaziyat abgorligicha qolayotganini urgʻulagan.

"Shinjon boʻlgasida mening idoram jiddiy xavotirlarni, xususan, keng yoyilgan oʻzboshimcha hibsga olishlar va oilalarni ajratish davom etayotganini hujjatlashtirdi. Aniq qadamlar qoʻyishni talab qiladigan muhim tavsiyalarni berdi".

BMT Inson huquqlari boʻyicha Oliy Komissarligi oʻtgan yili avgust oyida Shinjondagi vaziyat haqidagi hisobotini eʼlon qildi va Xitoy hukumatining Uygʻur va boshqa musulmonlarga nisbatan yuritayotgan siyosati insoniyatga qarshi jinoyat deb koʻrilishi mumkinligini bildirdi.

"Qiynoq yoki majburiy tibbiy muolaja va ogʻir hibsda tutib turish sharoiti singari yomon munosabat daʼvolari, shuningdek, jinsiy va jinsga asoslangan zoʻravonliklarning individual holatlari iddaolari ham ishonchlidir", deyiladi BMT hisobotida.

Bi-bi-si eʼlon qilgan sizdirilgan hujjatlar esa Xitoy lagerlari haqidagi daʼvolar, shuningdek, jinsiy zoʻrlash, qiynoq va ayollarni majburiy sterilizatsiyalash daʼvolari rostligini isbotlagan.

Rasmiy Pekin uzoq yillardan buyon Uygʻurlarga qarshi bosim siyosatini yuritayotganini rad etib keladi.

Xitoy hukumati lagerlarning ushbu katta tarmogʻini "qayta oʻqitish markazlari" deb ataydi, ularning qamoqxonaga qiyoslanishini rad etadi.

Markaziy telekanallar esa, uygʻurlarning boshqa millatlar qatori baxtli hayot kechirayotganini koʻrsatadi.

Telegram kanalimiz: https://t.me/bbcuzbek

BBC.COM/UZBEK

Telegramda bog'lanish raqami +44 7858860002