O'zbekiston qishloqlari bu yil boshqacha qishlamoqda - Nima o'zgarganini o'rgandik Yangiliklar

Qishloq ko'chasi
    • Author, Yulduz Abdurashidova
    • Role, Samarqand viloyati

Qishda O'zbekiston qishloqlarini birlashtiruvchi jihatlar ko'payadi: Gaz yo'q, elektr uzilishilari kuchayadi, erta-kech havoni yo'qilgan tappi yo ko'mir hidi tutadi.

Qishloqdagilarning koʻpchiligi qishni xush koʻrmaydi, ularning aytishicha, ish koʻp boʻlsa ham yoz yaxshi.

O'tgan qishdagi anomal sovuq ortidan O'zbekiston shahar-qishloqlari bu yil hadik bilan qishni qarshilashdi.

Samarqand viloyatidagi qishloqlardan biriga borib, qishki hayot bilan tanishishga qaror qildik.

Lotin alifbosida o'qing:

Egarchining qishi

O'choqboshida

Samarqand viloyati Ishtixon tumani Egarchi qishlogʻi tuman markazidan atigi 4 kilometr uzoqda joylashgan.

Biroq shart-sharoiti juda olis qishloqlarniki kabi.

Qishloq uylari asosan bir qavatli. Ayrimlar deraza oynalarini qishda bo'z yo sellofan bilan qoplashadi.

Egarchining katta ko'chasiga shag'al aralash tosh to'kilgan, kichik ko'chalar esa loy.

Mustaqillikning ilk yillari, taxminan 20 yilcha oldin bu qishloqqa gaz kelgan, biroq bir necha yildan keyin gaz uzilgan.

Shundan soʻng odamlar gazdan umidlairni uzib, quvurlarni kesib olishgan.

Biroq qishloq yonidan oʻtadigan katta yoʻlda bir qancha yirik gaz quvurlari bor.

gaz

Imkoni ko'taradigan oilalar ovqat pishirish uchun suyultiradigan gaz sotib olishadi.

Ammo uy isitish qimmat. Elektr tokiga ishonch yo'q, Shu bois bir qishdan chiqish uchun bir necha yuz dollarga ko'mir yo o'tin sotib olish zarur.

Kamxarj oilalar yozda tappi-tezak g'amlashadi.

Bir xonada bir xonadon

Uy
Pechka
Сурат тагсўзи, Bir xona qishda ham oshxona, ham mehmonxona va ham yotoqxonaga aylanadi.

Qishloqdagilar qishni odatda "hamma bir uyga tiqilgan palla" deb ta'riflashadi.

Bu kunlarda bahordan boshlab kuzga qadar qilgan tappilari, tergan shox-shabbalari ko'pchilikning joniga oro kiradi.

Egarchining qishki loy ko'chalaridan yurarkansiz, tappi va koʻmirning tutun hidi dimoqqa urilib turadi.

Lekin odamlar ikki oyda bir keladigan suyiltirilgan gaz sabab sovuq paytlari oʻchoqda ovqat qilish kamayganini aytishadi.

"Agar pechkaga oʻtinni uzmay solib turmasak, uy tez sovib ketadi. Yozda bittagina molimiz bor edi, Xudoga shukr, mollarimiz goʻngidan ham ancha tappi qildik. Uy issiq boʻlishida tappi-tezakning oʻrni katta" - deydi qishloq ayollaridan biri.

Uning bildirishicha, tunda tinmay oʻtin yoqib turishning iloji yoʻqligi sabab hatto paypoqlarni yechmasdan, ayrim kunlari ustiga ikki qavat koʻrpa yopib uxlashiga ham toʻgʻri kelgan.

"Yaxshiyam chaqaloqlar beshikda yotishadi. Beshikni adyol va koʻrpalar bilan oʻrab tashlaymiz. Shunaqa qilib qishdan chiqamiz" - deydi yaqinda nabirali boʻlgan opa.

Odamlar oʻtgan yili anomal sovuqda sandal qilishgan, bu yil qish iliq boʻlgani bois sandalga ehtiyoj qolmaganini aytishdi.

Qishloqdagilar hamon jurnalistlarga hadiksirab qarashadi. Ular yuzlarini ko'rsatib rasm tushishni ham, ismlarini berishni ham istashmaydi. Uzoq yillik cheklovlar va tanqid qilishdan qo'rquv ketmagan.

Biz borgan yana bir xonadon sohibi ham bu yilgi qishdan nolimasligini aytdi.

Zokir aka oilasi bu yil qishdan ob-havo iliqligi bois qiynalmay chiqayotgan ekan.

"Qish biz juda qiyin kechadi. Bu yil ob-havo iliq boʻlgani uchun qiyinchilik biroz kam. Lekin oʻtgan yili qiynaldik sovuqda. Koʻmir olish qiyin, shunda ham olyapmiz qiynalsak ham. Gaz kelmaydi, oldimizdan bir-qancha quvur oʻtgan, ammo bizda gaz yoʻq" - deydi suhbatdoshimiz.

Bu yil qish halicha iliq kelgan esa-da, odamlarning qishdan xavotirlari tugamaydigan ko'rinadi.

"Bu yil qishning yarmi ortda qoldi, ammo kelasi yil-chi? Pulimiz ortsa, koʻmir olib qoʻyamiz, boʻlmasa yoʻq" - deydi Zokir aka.

Mollarimdan qo'ymasin...

buzoq
Iqtibos
Qishloqlik ayol

Mol-holi ko'p oilalar yoqilg'i muammosi bo'lmasligini aytishadi.

Egarchilik Sanobar opa qish uni qo'rqitmasligini urg'ulaydi.

Uning aytishicha, chorva mollari koʻp, tappi qilib, quritib, qoplab tashlaydi. Shuning uchun qishdan tashvishi kam.

"Bizda hayot qishin-yozin bir xil. Yozda tappi, tezak qilamiz, qishda yoqamiz. Molimiz koʻp, kunlar isiy boshlashi bilan, kelinim ikkimiz tappi qilishga tushamiz. Koʻmir bor, ammo u biroz xavfli, chunki oʻzidan is gazi chiqaradi. Tappi esa tabiiy, sassiq hididan boshqa hech qanday ziyoni yoʻq" - deydi u.

O'tin - bir million

O'tin
Сурат тагсўзи, Qishda o'tin va ko'mirni hamma ham ololmaydi.

Bu qishloqlik yosh oila sohibi - Doston yaqinda farzandli boʻlgan.

"Dostonning aytishicha, ular uyni elektr pech bilan isitishadi. Kun iliq boʻlsa, uy iliq boʻladi, ammo qor, yomgʻirli kunlar uyni elektr pech bilan isitish imkonsiz".

"Bu yil qish uchun rostini aytsam, zaxira yigʻmadik. Oʻtin olmoqchi edik, bir telejkasini bir million dedi. U qish qattiq kelgan mahal bir oyga yetadi, xolos".

"Koʻmirni ikki kun yoqishga yetadiganini 22 ming soʻm dedi. U ham qimmat, ham uning hidiga ayamning boshi aylanadi. Yaxshiyam baxtimizga qish qattiq kelmadi. Hozir tok pechkada isinyapmiz" - deydi Doston.

Iliq qish yaxshi emasmi?

Qishloqda
Сурат тагсўзи, Qishloqda ko'pchilik bog'bon va odamlar yil bo'yi shox-shabba ham to'plashadi.

Bu qishloq ahli azaldan bog'dorchilik bilan shug'ullangan.

Hozir ham mevali daraxtlarini ham sovuqdan himoya qilishadi: anor-anjir koʻmiladi, xurrmo daraxtini yem-hashak bilan oʻrab qoʻyishadi.

Iloji boricha mevali daraxtlarni kesmalikka intiladilar. Ko'q xonadonlarda qurigan shox-shabba yoqishayotganini ko'rasiz.

Iliq qishda qishloqda tashvish oz bo'lsa ham, bahor va yozda boshqa muammolar chiqadi, degan xavotirlar bor.

Xususan, qishloq dehqonlari bu yil qishning iliqroq boʻlganidan xavotirda.

Ular oʻtgan yil yog'in yaxshi bo'lib, yer yetarlicha muzlagani sabab hosil yaxshi boʻlganini aytishadi.

Biz uchratgan bog'bon Komil aka uzumzoridan aynan anomal sovuq sabab oʻtgan yili yaxshi hosil olganini qayd etadi.

"Bizning kunimiz asosan uzum bog'imizni ortidan o'tadi. 2-3 yil yaxshi hosil ololmagandik, o'tgan qattiq qish sabab hosilimiz yaxshi bo'ldi. Shuni ortidan to'y qildik, texnika oldik, kunlik xarajatlarimiz ham shuning hisobidan qoplanyapti. Bu yil qishda kuzatilayotgan ob-havo sabab dehqonchiligimizdan biroz xavotirdamiz" - deydi suhbatdoshimiz.

https://t.me/bbcuzbek

BBC.COM/UZBEK

Telegramda bog'lanish raqami +44 7858860002