O‘zbekiston LGBT targ‘ibotini taqiqlash qonunini tayyorlayapti

O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi

Surat manbasi, parliament.gov.uz

O'qilish vaqti: 2 daq

O‘zbekiston "Milliy tiklanish" partiyasi rahbari Alisher Qodirov ma’lum qilishicha, mamlakatda LGBT mavzularini muhokama etishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasi tayyorlanmoqda.

Bu haqda parlament quyi palatasi spikeri o‘rinbosari o‘zining Telegram kanalida xabar qildi.

Bu xabarga AQShning yana saylangan prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka Tramp ijtimoiy tarmoqda joylagan posti turtki bergan.

Alisher Qodirov bo‘lashgan postida Ivanka Tramp otasi maktablarda "nomaqbul jinsiy material" targ‘iboti uchun hukumat pullarini qisqartirmoqchi ekani haqida yozgan.

Alisher Qodirov Telegram kanalida shunday sharh yozadi:

“Federal fondlardan maktablarda bolalarimizga nomaqbul aloqalar va transgender jinniliklarni o‘qitish uchun sarf qilinayotgan mablag‘lar to‘xtatiladi”

D. Tramp

"Xastalikni o‘chog‘ida o‘zgarish. Bu juda yaxshi.

O‘zbekistonda bu masalada har qanday targ‘ibotni taqiqlash bo‘yicha qonun qabul qilish ustida ishlayapmiz".

"Milliy tiklanish" partiyasi lideri bundan oldin O‘zbekistonda Sovet mafkurasi va ramzlarini taqiqlash g‘oyasini ilgari surgan.

Sentyabr oyida 74 yoshli samarqandlik pensioner SSSRni qayta tiklash targ‘ibotini yuritgani uchun uch yillik qamoq jazosiga hukm etildi.

Shu kunlarda O‘zbekistonda davlat siyosatiga va ma’naviy-axloqiy mezonlarga zid mediamahsulotlar “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazilishi va to‘xtatish bo‘yicha taklif berilishi mavzusi muhokama etilmoqda.

Ayrim kuzatuvchilar ushbu qadamni senzura deb talqin qilmoqdalar, "ma’naviy ekspertiza" tashkilotchilari nega O‘zbekistonda Rossiyaning muntazam urush targ‘iboti to‘xtatilmayapti degan savolga javob berishga qiynalib qolganlar.

Telegram kanalimiz: https://t.me/bbcuzbek

BBC.COM/UZBEK

Telegramda bog'lanish raqami +44 7858860002