1400 yil oldin Arab musulmon zabtidan qochgan porsiy zardushtiylar qanday yashamoqda?

A an exhibit displaying furniture, a portrait, vases and other items of famous Parsis at a newly renovated Parsi museum in Mumbai.
Surat tagso‘zi, Muzeyda osori-atiqalar va mashhur porsiy oilalarga tegishli mebellar bor
    • Author, Cherilan Mollan
    • Role, BBC News, Mumbay
  • O'qilish vaqti: 4 daq

Musulmonlar kelganida bugungi Eron, Afg‘oniston va O‘zbekiston kabi mamlakatlar hududlarida yashagan ayrim zardushtiylar Islomga kirmaslik uchun Hindistonga qochishgandi. Ularning avlodlari hozir qanday yashayaptilar?

Hindistonning moliyaviy poytaxti Mumbay(Bombey)ning janubiy chekkasidagi tor ko‘chada dunyodagi eng qadimiy dinlardan biri – zardushtiylikka e’tiqod qiluvchilarga bag‘ishlangan muzey joylashgan.

Framji Dadabhoy Alpayvalla muzeyi tez kamayib borayotgan va asosan Hindistonda yashovchi kichik etnik guruh – qadimgi porsiy jamoasining tarixi va merosini namoyish etadi.

Hozirda atigi 50 000 dan 60 000 gacha bo‘lgan porsiylar asrlarcha ilgari Islom hukmdorlaridan, diniy ta’qiblardan qochgan forslarning avlodlari deb taxmin qilinadi.

Hindistonning iqtisodiy va madaniy rivojiga katta hissa qo‘shgan bo‘lishlariga qaramay, porsiy jamoasi haqida ko‘p narsa asosiy aholi va keng dunyoga ma’lum emas.

Muzey kuratori Kerman Fatakia shunday deydi: "Yangi ta’mirlangan muzey namoyish etilayotgan noyob tarixiy ashyolar orqali odamlarni porsiy jamoasining tarixi, madaniyati va an’analarini o‘rganishga taklif qilish orqali bu noma’lumlikni bartaraf etishga umid qiladi."

An exhibit showcasing Parsi garments with embroidery inspired by Chinese and European prints at a newly renovated Parsi museum in Mumbai.
Surat tagso‘zi, Porsiy kiyimlarida Xitoy va Yevropadagi naqshlardan ilhom kuzatiladi
A mannequin draped in a blue traditional Parsi Ghara saree with floral motifs and pearl necklaces stands in a museum backdrop.
Surat tagso‘zi, Porsi Gara sarisi va taqinchog‘i taqilgan maneken

Bu ashyolar orasida Bobil, Mesopotamiya, Suza va Erondan keltirilgan miloddan avvalgi 4000-5000 yillarga oid mixxat lavhalar, sopol idishlar, tangalar va boshqa narsalar mavjud.

Bular bir paytlar zardushtiy Eron podshohlari – Ahamoniylar, Parfiya va Sosoniylar sulolalari hukmronlik qilgan joylardir.

Shuningdek, milodiy VII asrda arablar zabtidan keyin Eronning boshqa hududlaridan qochib, ko‘plab zardushtiylar joylashgan Yazd shahridan keltirilgan ashyolar ham bor.

Ko‘rgazmadagi e’tiborga loyiq ashyolardan biri Ahamoniylar imperiyasi asoschisi bo‘lgan Fors shohi Buyuk Kirning sopol silindri nusxasidir.

Fatakianing aytishicha, "Kir yorlig‘i" yoki "Kir silindri" deb ham ataladigan bu sopol silindr qadimgi dunyoning eng muhim topilmalaridan biridir.

Mixxat bilan bitilgan bu silindrda Kirning Bobildagi fuqarolariga bergan huquqlari bayon etilgan. Inson huquqlari bo‘yicha birinchi hujjat sifatida tan olingan bu silindrning nusxasi Birlashgan Millatlar Tashkilotida ham namoyish etiladi.

Bundan tashqari, VIII-X asrlarda va yana XIX asrda ta’qiblardan qo‘rqib o‘z vatanidan qochib, Hindistonga ko‘chib kelgan minglab eronlik zardushtiylarning migratsiya yo‘llarini ko‘rsatuvchi xaritalar ham mavjud.

To‘plamda mebel, qo‘lyozmalar, rasmlar va taniqli porsiylarning portretlari ham bor. Ular orasida Jaguar Land Rover va Tetley Tea kabi brendlarga egalik qiluvchi mashhur Tata Group asoschisi Jamsetji Nusservanji Tata ham bor.

Yana bir diqqatga sazovor qismda XIX asr boshlarida Xitoy bilan choy, ipak, paxta va ayniqsa, afyun savdosi orqali boyib ketgan porsiylar tomonidan to‘plangan ashyolar namoyish etilgan.

Eksponatlar orasida Xitoy, Frantsiya va ushbu global savdo aloqalari natijasida shakllangan boshqa mintaqalar dizaynlari ta’sirida yaratilgan an’anaviy porsiy sarilari mavjud.

A photo of the fire temple replica in the museum. It is modelled on a prominent Mumbai temple and features sacred motifs inspired by ancient Persian architecture in Iran.
Surat tagso‘zi, Muzeyda olov ibodatxonasi nusxasi bor, bu ibodatxonaga noporsiylarning kirishlariga ruxsat berilmaydi
An installation that depicts the living conditions of Iranian Zoroastrians in Yazd shows a mannequin draped with a traditional Parsi shawl sitting outside a mud house, with a wooden door behind her.
Surat tagso‘zi, Muzeyda Eronning Yazd viloyatida yashayotgan porsiylarning yashash sharoitini aks ettiradigan sahnalar ham bor

Muzeyning eng diqqatga sazovor eksponatlaridan ikkitasi Sukunat minorasi va Porsiy olov ibodatxonasi nusxalaridir.

Sukunat minorasi yoki daxma – bu porsiylar o‘z marhumlarini tabiatga qaytarish uchun qoldiradigan joy – na ko‘milgan, na yoqilgan.

Fatakia shunday deydi: "Bu nusxada jasad u yerga joylashtirilgach, unga nima bo‘lishi aniq ko‘rsatilgan." U haqiqiy minoralarga kirish faqat ayrim kishilargagina ruxsat etilishini ta’kidlaydi.

Olov ibodatxonasining haqiqiy o‘lchamdagi nusxasi ham xuddi shunday qiziqarli bo‘lib, odatda porsiy bo‘lmaganlar uchun taqiqlangan muqaddas makonga nigoh tashlash imkonini beradi.

U Mumbaydagi mashhur ibodatxonadan andaza olgan bo‘lib, Erondagi qadimgi fors me’morchiligidan ilhomlangan muqaddas naqshlar bilan bezatilgan.

Iqtibos

Surat manbasi, .

A photo of a cuneiform tablet that depicts people dressed in Persian attire greeting each other displayed at Mumbai's newly renovated Parsi museum.
Surat tagso‘zi, Muzeydan mixxat lavhalar va bir necha ming yillik osori-atiqalar o‘rin olgan.
A replica of the Cyrus Cylinder in the Parsi museum covered by cuneiform script, displayed in a glass case.
Surat tagso‘zi, Muzeydagi "Kir silindri" nusxasi

1952 yilda o‘sha paytdagi Bombeyda tashkil etilgan Alpayvala muzeyi shaharning eng qadimgi muassasalaridan biridir.

Yaqinda ta’mirlangan muzeyda zamonaviy ko‘rgazmalar va shisha vitrinalar ichidagi batafsil yozuvli eksponatlar mavjud.

Har bir tashrif buyuruvchiga ekskursiya taklif etiladi.

"Bu kichik muzey, lekin tarix bilan to‘la," deydi Fatakia.

"Bu nafaqat Mumbay yoki Hindiston aholisi, balki butun dunyo uchun Porsiy jamoasi haqida ko‘proq ma’lumot beradigan ajoyib joy."