Amerika O‘zbekistonga ajratilgan grantni bekor qildi, Tramp siyosati O‘zbekiston va dunyo demokratiyasiga qanday ta’sir qiladi?

AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir PutinNamoyishchi Tesla elektr avtomobil ishlab chiqaruvchisining Sietldagi (Vashington, AQSh) ko‘rgazma zalida norozilik namoyishi paytida demokratiya va Ilon Maskga ishora qiluvchi belgilarni ushlab turibdi.

Surat manbasi, Reuters

Surat tagso‘zi, AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Namoyishchi Tesla elektr avtomobil ishlab chiqaruvchisining Sietldagi (Vashington, AQSh) ko‘rgazma zalida norozilik namoyishi paytida demokratiya va Ilon Maskga ishora qiluvchi belgilarni ushlab turibdi.
O'qilish vaqti: 4 daq

Vashington 215 million dollarlik grantlarni bekor qilar ekan, ular orasida O‘zbekistonga ajratilgan 2 yarim million dollar ham bor.

Ayni grant O‘zbekistonda "fuqarolik ishtirokini rivojlantirish" loyihalariga sarflanishi rejalangan edi.

Jami 139 ta grant prezident Trampning "samaradorlik" yo‘lida qo‘ygan navbatdagi qadami sifatida ko‘rilmoqda.

Amerika Qo‘shma Shtatlarining dunyo davlatlarini turfa tariflar bilan "siylab" turgani jahon moliya bozorida jiddiy tebranishlarni yuzaga keltirmoqda.

Oq uyga qaytgan Donald Trampning rejalari hamda qarorlari AQShning o‘zida ham, xorijda ham demokratiyaning kelajagi borasida bahslarga ham sabab bo‘lmoqda.

Ayni jarayonlar Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun qanday ahamiyatga ega bo‘lishi borasida ham turli fikrlar va hatto xavotirlar bildirilmoqda.

Xususan, butun dunyodagi demokratiya yalovbardori sifatida ko‘rilgan AQShdagi o‘zgarishlar O‘zbekiston va mintaqaga qanday ta’sir qiladi?

Prezident Tramp o‘z lavozimiga kirishgan birinchi kundayoq 200 dan ortiq farmonga imzo chekdi va ayni qadam AQSh va dunyoga ta’sir qiluvchi o‘zgarishlarni boshlab yubordi.

Xalqaro miqyosda Amerika xalqining yordamini yetkazuvchi USAID tashkiloti faoliyati falajlandi. Tahlilchilar aynan shu tashkilot rivojlanayotgan davlatlarda inson huquqlari va so‘z erkinligini himoya qilishda sezilarli o‘rin tutganini aytishadi. Shu vaqtgacha o‘zini dunyoda demokratiya targ‘ibotchisi va qo‘riqchisi sifatida tanitgan Amerikaning tashqi dunyodan ihotalanadigan siyosatga qarab og‘ishi esa butun dunyoda demokratik rivojlanishga putur yetkazishi mumkinligi haqida qo‘rquvlarni paydo qildi.

"Postmodernist demokratiya"

O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

Prezident Trampning hatti-harakatlari Markaziy Osiyoda ham e’tibordan chetda emas va bu borada muayyan qarashlar mavjud.

Odatda tahlilchilar yangi prezidentlarning siyosatiga baho berish uchun 100 kuncha vaqt kerak deb aytishadi.

O‘zbekistonlik siyosatshunos Farxod Tolipov fikriga ko‘ra, Tramp siyosati borasi xulosalar chiqarish uchun 10-15 kun yetarli bo‘lgan.

Aslida Tramp o‘z hatti harakatlarini demokratiyaga zid emas deb ta’kidlab kelayapti. Uning davlat tepasiga saylovlar natijasida kelaganing o‘zi demakratiya natijasidir deydi.

"Hozirda turli muhokamalarga sabab bo‘layotgan qarorlarini ham demokratiyaga zid emas deb baholayapti."

"Lekin biz bilgan klassik, fundamental demokratiyaga jid deb ta’kidlashimiz mumkin", - deydi Tolipov.

Tolipov Trampning harakatlarini "postmodernistik demokratiya" doirasida deb ta’riflaydi.

BBC
Demokratiyaning susayishi, avtokratiyaga "yashil chiroq"
Farhod Tolipov
Siyosatshunos

Tolipov, shuningdek, AQShning global mavqei, tarixan uning ichki demokratiyasini qo‘llab-quvvatlab kelganini, hozirda Trampning siyosati tufayli u xavf ostida ekanligini ta’kidlaydi.

O‘zbek siyosatshunosi fikriga tayanilsa, xorijda demokratiyani targ‘ib qilishdan chekinish AQShning o‘zida ham demokratik qadriyatlarni zaiflashtirishi mumkin.

Fundamental siyosat nazariyasida "davlatning tashqi siyosati, uning ichki siyosatining davomidir" degan tushuncha bor. Agar shu nazariyadan kelib chiqib gapiradigan bo‘lsak,

Trampning xalqaro sahnada xavotirlar uyg‘otgan siyosati, uning ichki siyosaning davomi ekan. Xalqaro siyosatda demokratiyadan yuz o‘girishi, ichki siyosatida ham demokratiyadan chekinishini bildirishi mumkin degan xavotirlar mavjud deydi siyosatshunos.

U, shuningdek, AQSh to‘rt yildan keyin o‘z oldingi global kun tartibiga qaytadimi yoki hozirgi "izolyatsiyalangan siyosiy kun tartibida" qoladimi, degan savolni qo‘yadi. Bu noaniqlik Tramp siyosatining uzoq muddatli oqibatlarini va ularning xalqaro tartiblarni o‘zgartirish salohiyatini ta’kidlaydi.

Aloqador mavzular:

Tramp va Markaziy Osiyo

AQSh O‘zbekiston kabi rivojlanayotgan davlatlardagi demokratik jarayonlarni yaqindan kuzatib, o‘z ta’sirini o‘tkazishga harakat qilardi. AQShdagi so‘nggi siyosiy tendentsiya rivojlanayotgan davlatlarda avtokratiyaning kuchayishiga sabab bo‘lishi mumkinmi degan xavotirlar ham mavjud.

Tolipov Trampning siyosati avtokratik rejimlarga "yashil chiroq" berishi mumkinligi, bu esa Markaziy Osiyo kabi mintaqalarda demokratiyaning rivojlanishini orqaga qaytarishi mumkinligidan ogohlantiradi.

U mazkur o‘zgarishlarning O‘zbekistonga qanday ta’sir qilishi borasida noaniqlik mavjudligini bildiradi.

Shu qator O‘zbekkistondagi demokratik o‘zgarishlar yaqinda boshlanganini ta’kidlab, hamon unga qarshi kuchlar ham borligini ta’kidlaydi.

Ayni paytda, suhbatdoshimiz O‘zbekistondagi demokratik islohotlar AQShdagi siyosiy iqlimdan qat’i nazar davom etishiga umid bildiradi.

AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin

Surat manbasi, Reuters

Surat tagso‘zi, AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin

Ba’zi tahlilchilar kuchli avtoritar davlat hisoblanmish Rossiya mintaqada ta’sirini yanada yoyish uchun Tramp olib borayotgan siyosatdan unumli foydalanishini ta’kidlashmoqda. Tahlilchi Arkadiy Dubnovning aytishicha, Qozog‘iston Tramp chiqishlaridan so‘ng yo‘nalishni Rossiya tomon ola boshlagani kuzatilgan.

Amerikada bo‘layotgan o‘zgarishlar Markaziy Osiyo davlatlaridagi demokratik jarayonlarga qanday ta’sir qiladi degan savolimizga tahlilchi Alisher Ilhomov quyidagicha javob berdi:

BBC
Trampning harakatlari nafaqat O‘zbekistondagi, balki butun dunyodagi demokratik jarayonlarga salbiy ta’sir qiladi. Bu vaziyatdan Moskva katta ehtimol bilan foydalanadi
Alisher Ihomov
Tahlilchi

Alisher Ilhomov:

"Dunyo bo‘ylab nafaqat gumanitar dasturlarni, balki sezilarli darajada huquq himoyasi sohasi hamda so‘z erkinligini moliyalashtirib kelgan USAID dasturining yopilishi yoki radikal qisqartirilishi nodavlat tashkilotlarining imkoniyatlariga zarba bo‘ladi. Hukumat vakolatining suiiste’mol qilinishini savol tarzida ko‘taradigan va jamoatga olib chiqadigan va hukumatni qaysidir ma’noda tiyib turgan erkin matbuot kuchi yo‘qoladi. Boshqa davlatlar, masalan Yevropa tomonidan uning o‘rni to‘ldiriladimi, yo‘q noma’lum. Rossiya federatsiyasining ham Ukrainadagi harbiy jinoyatlarini tergov qilayotgan Xalqaro jinoyat sudiga sanksiya kiritish haqidagi qaror ham demokratlashtirish va demokratiya me’yorlariga, inson huquqlariga rioya qilishni savol ostiga oladi. Agar Tramp ushbu sudning faoliyatini to‘xtatishga erishsa, bu xalqlarni va butun dunyoni insoniyatga qarshi jiddiy jinoyat qiladigan shaxslarni jazoga tortish dastagidan mahrum qiladi. Donald Trampning so‘nggi harakatlari nafaqat O‘zbekistondagi balki butun dunyodagi demokratik jarayonlarga salbiy ta’sir qiladi. Bu vaziyatdan Moskva katta ehtimol bilan foydalanadi. Bizning davlatlarga bosimni kuchaytiradi. Bu demokratlashtirish borasida vaziyatni keskinlashtirib, O‘zbekiston va boshqa sobiq sovet o‘lkalarining mustaqilligini tahdid ostiga qo‘yadi."

Tahlilchining fikricha, Donald Trampning harakatlari nafaqat O‘zbekistondagi, balki butun dunyodagi demokratik jarayonlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Dunyo bo‘ylab demokratiyaga yetkaziladigan zarar esa prezident Tramp qarorlarining ehtimoliy oqibatlaridan biri va balki, eng muhimi sifatida ko‘rilishi mumkin.