Amerika va saylov: Kim prezident bo‘ladi? Video

Respublikachi nomzod, ko‘chmas mulk magnati, realiti shou yulduzi va Qo‘shma Shtatlarning 45-prezidenti Donald Tramp AQSh siyosiy tarixidagi eng ziddiyatli shaxslardan biri. Prokurordan siyosatchigacha yo‘l bosib o‘tgan AQSh prezidentligiga Demokratchi nomzod Kamala Harris esa, kasbiy faoliyatida ko‘plab “ilk”larga imzo otgan. Har ikki nomzod tarjimai holiga yaqindan bir nazar.
Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.
Oxiri YouTube post
Respublikachi nomzod

Tramp kim?
Donald Tramp yana bir bor Amerika siyosatini larzaga keltirmoqda.
1946 yilda Nyu York, Kvinsda tug‘ilgan Tramp ko‘chmas mulk biznesi dunyosida katta bo‘lgan. Uning otasisi Fred Tramp binolar qurdirib, ulardan daromad olish ishini yo‘lga qo‘ygan.
Harbiy maktabni bitirgach, Tramp imperiyasini ko‘tarish va kuchaytirish yo‘lida bel bog‘lab, oila biznesida faoliyat yurita boshlaydi.
Golf maydonlari, kazinolar, lyuks mehmonxonalar, mashhur Trump Tower boylik va qudratning ramziga aylandi.
Trampning ambitsiyalari o‘sgan sari, o‘sib boraverdi.
2004 yilda, u , yangi avlodga “The Apprentice” – “Nomzod” televizion shousining boshlovchisi sifatida tanildi.
Trampning shoudagi “you are fired” – “siz haydaldingiz” jumlasi uni mashhur qildi.
O‘n yildan ko‘proq vaqt o‘tgach, u o‘z maqsadini ancha kattaroq qo‘ydi: bu safar - AQSh prezidentligi.
Siyosiy autsayder sifatida o‘z nomzodini qo‘ygan Tramp "Amerikani yanada buyuk qilishga" va’da berdi va 2016 yilgi saylovda Hillari Klintonga ajoyib zarba berib, g‘alaba qozondi.
Siz haydaldingiz!
Ziddiyatlarga boy prezidentlik davri
Bu davrda u yirik iqlim va savdo kelishuvlaridan voz kechdi, aholisining aksariyati musulmonlar bo‘lgan etti mamlakatdan Amerikaga sayohat qilishni taqiqladi, Xitoy bilan savdo urushi boshladi, Kim Chen In bilan qo‘l siqishdi va Yaqin Sharq munosabatlarini qayta shakllantirdi.
U 2020 yilgi saylovlarda Jo Baydenning g‘alabasini qabul qilishdan bosh tortdi. Shundan so‘ng uning tarafdorlari AQSh Kongressi binosiga bostirib kirishdi va unga prezident sifatida ikkinchi marta impichment e’lon qilindi.
“Agar qonuniy ovozlarni hisoblasangiz, osonlikcha g‘alaba qozonaman. Noqonuniy ovozlarni hisoblasangiz, g‘alabamizni bizdan o‘g‘irlashlariga imkon began bo‘lasiz”, degan edi Tramp o‘shanda.
O‘shandan beri Tramp biznesidagi munosabatlaridan tortib, saylovlardagi noqonuniy harakatlari sabab, bir nechta yuqori darajadagi sud ayblovlariga tortilgan.
Porno yulduzlarning "og‘zini yopish"

Surat manbasi, Getty Images
May oyida esa, porno yulduzlarni og‘zini yopish uchun to‘lovlar qilib, jinoyat sodir etganlikda ayblangan birinchi sobiq prezidentga aylandi.
Respublikachilar partiyasidan nomzodlikni qo‘lga kiritgan va saylov kampaniyasi davomida ikki marta suiqasddan omon qolgan Donald Tramp, qiyinchiliklarga qaramay, tarafdorlari oldida prezidentlikka qaytishga va’da berdi.
Muxlislari uning sarkashligiga qoyil qolishadi... Bu xususiyati uni Oq uyga qaytarish uchun etarli bo‘ladimi?
Demokratchi nomzod

Kamala Harris kim?
Kamala Harris prezidentlik saylovlari poygasiga qadam qo‘yishi bilan, AQSh saylovlari o‘zgacha yo‘nalish oldi.
Amerika siyosatidagi eng nufuzli ayollardan biri bo‘lgan bu xonim kasbiy faoliyati davomida bir qancha sohalarda birinchi bo‘lgan.
1964 yilda Kaliforniya, Oklandda muhojirlar oilasida dunyoga kelgan Harrisning onasi - hindistonlik, otasi esa Yamaykadan.
Yillar davomida asosan qora tanlilar o‘qib kelgan Houvard Universitetini tamomlagach, huquqshunoslik yo‘nalishida faoliyat yurita boshlaydi.
Prokurorlikdan, Kaliforniyaning ilk: ayol, qora tanli, Janubiy osiyolik bosh prokurori maqomiga erishadi.
Jinoyatga nisbatan keskin pozitsiyasi bilan tanilgan Harris adliya tizimidagi irqiy tengsizlikni bartaraf etish bo‘yicha islohotlarni ham olib brogan.

Surat manbasi, Getty Images
Ayollarga yo‘l ochildi
2016 yilda AQSh senatiga saylanishi uni yana ham diqqat-markazda bo‘lishiga xizmat qildi.
Shov-shuvli sud tinglovlari davomida o‘tkir savollari va ilg‘or siyosat tarafdoriligi uni Demokratik partiyadagi taniqli shaxsga aylantirdi.
2019 yilda Harris diqqatini Oq uyga qaratdi. Bu Barak Obama prezidentlik kampaniyasiga o‘xshab ketadigan, istiqbolli saylov kampaniyasi edi.
Muvaffaqiyatsiz bo‘lsa-da, u Jo Bayden davrida birinchi ayol vitse-prezident bo‘ldi.
“Men bu lavozimdagi birinchi ayol bo‘lishim mukin, lekin aniq oxirgisi bo‘lib qolmayman” deydi u.
Men bu lavozimdagi birinchi ayol bo‘lishim mukin, lekin aniq oxirgisi bo‘lib qolmayman
Yulduzlar kuchi - ovozlar soniga tengmi?
Harrisga AQSh-Meksika chegarasini kesib o‘tgan hujjatsiz muhojirlar ko‘payib borayotgan bir paytda immigratsiya bilan kurashish vazifasi yuklangan edi. Tanqidchilari u etarlicha harakat qilmaganini aytishadi.
Global sahnada u Ukraina tinchlik muzokaralarida ma’muriyat vakili bo‘lgan va G‘azodagi gumanitar inqirozni hal qilish zarurligi haqida gapirgan.
Jo Bayden poygadan chiqib ketganidan so‘ng, Harris Demokratik partiyadan Donald Trampga qarshi nomzod bo‘ldi.
Harris siyosiy kampaniyasida mablag‘ yig‘ish bo‘yicha rekord o‘rnatganini aytadi. Nufuzli mashhurlar, jumladan Beyonse va Teylor Svift tomonidan ma’qullanganini ham bildiradi.
Harrisni qo‘llovchi yulduzlar kuchi, ovozlar sonini ta’minlaydimi yo‘qmi buni - endi saylovlardan keyin bilamiz.
















