Netanyahuni hibsga olish qarori adolatlimi yoki antisemit?

Surat manbasi, Reuters
- Author, Frenk Gardner
- Role, BBC, Quddus
- O'qilish vaqti: 3 daq
Xalqaro Jinoyat Sudi (XJS) tomonidan Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Gallantga nisbatan hibsga olish buyrug‘i chiqarilgani Isroil siyosiy doiralari bo‘ylab qattiq norozilikka sabab bo‘ldi.
Boshqa tomondan esa, ushbu qaror HAMAS, Falastin Islomiy jihod harakati va G‘azodagi oddiy fuqarolar tomonidan olqishlandi.
Isroil Prezidenti Ishoq Gertsog buni “adolat va insoniyat uchun qorong‘u kun” deb atadi va qaror “demokratiya va erkinlik o‘rniga terror va yomonlik tomonni tanladi”, deya munosabat bildirdi.
Ushbu qadamni “antisemit qaror” deb baholagan Netanьyahu idorasi Isroil “noto‘g‘ri va absurd ayblovlarni to‘liq rad etishini” ta’kidlab, XJSni “tarafkash va siyosiy tomonlarni qo‘llaydigan organ” deb atadi.
Knessetning Tashqi ishlar va mudofaa qo‘mitasi raisi Yuliy Edelshteyn esa bunga “islomiy manfaatlar asiri bo‘lgan siyosiy organning sharmandali qarori” deb baho berdi. Isroil tashqi ishlar vaziri esa XJS o‘z legitimligini yo‘qotganini aytdi.
HAMAS bu qarorni, o‘zining harbiy qo‘mondoni Muhammad Deyfga nisbatan buyruq chiqarilganiga izoh bermasdan, qo‘llab-quvvatladi.
Bayonotda shunday deyiladi: “Biz dunyodagi barcha davlatlarni sionistik jangovor jinoyatchilar – Netanьyahu va Gallantni javobgarlikka tortishda Xalqaro Jinoyat Sudi bilan hamkorlik qilishga va G‘azo sektorida himoyasiz fuqarolarga qarshi genotsidni darhol to‘xtatish uchun harakat qilishga chaqiramiz”.

Surat manbasi, Reuters
G‘azodagi oddiy falastinliklar ham ushbu qarorni ochiq yuz bilan kutib oldilar. G‘azoni tashlab chiqishga majbur bo‘lgan va hozirda Dayr al-Balaxda istiqomat qilayotgan 40 yoshli Muhammad Ali shunday deydi:
“Biz qo‘rqitildik, och qoldirildik, uylarimiz vayron qilindi, bolalarimiz, o‘g‘illarimiz va yaqinlarimizni yo‘qotdik. Biz bu qarorni olqishlaymiz va, albatta, XJS qarorlari amalga oshishiga umid qilamiz”.
End of Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:
Opasi o‘tgan oy Isroil qo‘shinlari tomonidan o‘ldirilgan Munira al-Shami XJS qarorini “tengsiz qurbonlar uchun, jumladan, mening opam Vafo uchun ham adolat” deb atadi.
Shuningdek, ayrim isroillik fuqarolar hibsga olish buyruqlari Isroilning o‘zini himoya qilish huquqiga qarshi ekanini aytishdi.
“Men ushbu qarordan unchalik ham ajablanmadim”, deydi Ron Akkerman, XJSni “to‘liq antisemitik organ” deya ta’riflar ekan. Uning so‘zlariga ko‘ra, sud faqat Isroilga nisbatan haqoratli yondashuv qiladi.
Ierusalimlik Helen Kariv esa “Buni birinchi marta eshitganimda, ‘Xudoyim, ular Isroil davlati bosh vaziri va uning bosh qo‘mondonlarini hibsga olish g‘oyasini qayerdan olishdi ekan?’ dedim... Biz axir omon qolish uchun kurashayotgan edik”, deydi.
Hibsga olish buyruqlari qanday ishlaydi?
Biz qo‘rqitildik, och qoldirildik, uylarimiz vayron qilindi, bolalarimiz, o‘g‘illarimiz va yaqinlarimizni yo‘qotdik. Biz bu qarorni olqishlaymiz.
XJSga umumiy 124 mamlakat a’zo bo‘lgan, jumladan, Buyuk Britaniya ham, lekin AQSh, Rossiya, Xitoy va Isroil unga a’zo emas.
Shuning uchun, texnik jihatdan, agar Netanьyahu yoki Gallant ushbu a’zo mamlakatlardan birida bo‘lsa, ular hibsga olinib, sudga topshirilishi shart.
Biroq xalqaro huquqshunoslar bu shaxslarning Gaagadagi sudga olib kelinishi ehtimoliga shubha bilan qaramoqda.
Netanьyahu oxirgi marta Isroildan tashqariga iyul oyida AQShga safar qilgan.
U o‘tgan yil mart oyida Britaniyaga, shuningdek, boshqa bir nechta mamlakatlarga tashrif buyurgan edi. Biroq kelgusida bu mamlakatlarga rejalashtiriluvchi tashriflar bilan tavakkal qilishi ehtimoldan ancha yiroq.

Surat manbasi, EPA-EFE/REX/Shutterstock
HAMAS esa Ibrohim al-Masriyga nisbatan chiqarilgan buyruqdan endi kamroq qo‘rqishi mumkin. Isroil uning o‘tgan yili o‘ldirilganini taxmin qilgan bo‘lsa-da, HAMAS tomonidan bu hali ham tasdiqlanmagan.
XJS qo‘lga olishni e’lon qilgan HAMASning yana ikki shaxsi – Yahyo Sinvar va Ismoil Haniya esa allaqachon vafot etgan.
Shubhasiz, XJSning ushbu qarori Isroilning xalqaro mavqeiga, qayd etib o‘tilgan ikki shaxsga, ayniqsa, Isroilning G‘azodagi harbiy hujumlarini “yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi kurash” sifatida talqin etish harakatlariga qarshi kuchli zarba bo‘ldi.
Isroilliklar uchun dunyo HAMASning o‘tgan yil 7 oktyabrida sodir etgan buzg‘unchiligi va vahshiyliklarini allaqachon unutib yuborgandek yoki ko‘rmaslikka olayotgandek tuyulmoqda.
Falastinliklar, ayniqsa, g‘azoliklar esa dunyo ularning ovozlarini eshitishni boshlayotganidan mamnunlikni his qilmoqdalar.












