O‘zbekiston: Odamlar umid va xavotir orasida qolishganmi?

O‘zbekistonlik ayollar

Surat manbasi, BBC.COM/UZBEK

Surat tagso‘zi, O‘zbekiston fuqarolari ertangi kunlarini qanday ko‘rishadi?
    • Author, Yulduz Abdurashidova
    • Role, Mustaqil jurnalist, O‘zbekiston
  • O'qilish vaqti: 3 daq

O‘zbekiston bir guruh insonlar fikri ijtimoiy tarmoqda yuzlab izohlarga sabab bo‘lmoqda.

Asosiy gap, O‘zbekiston fuqarolari ertangi kunlarini qanday ko‘rishadi?

Aloqador mavzular:

Ham umid va ham umidsizlik...

O‘zbekistonlik ayrim odamlar bilan olib borgan so‘rovnomamiz ularning hozirgi hayot va kelajak haqidagi fikrlarini haqida edi.

Ham umid va ham umidsizlik ifoda qilingan turfa javoblarga munosabatlar esa yangidan-yangi fikrlarga yetakladi.

Toshkentda biz gaplashgan insonlar nima deyishgandi? Videoni ko‘ring:

O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

"Karimov davri yaxshi edi" kabi javoblardan tortib, O‘zbekistonda ijobiy o‘zgarishlar ko‘pligi ham qayd etilgan javoblar ijtimoiy tarmoqda e’tibor tortdi.

Tanqidiy fikrlar orasida gaz-elektr narxlari balandligi, maoshlar kamligi, ta’lim sifati pastligi, korruptsiya mavjudligi va ish topish qiyinligi ta’kidlangandi.

Ayni paytda, ayrim suhbatdoshlar yoshlarning zamonaviy ilm olishayotgani, yurtdagi tinchlik va o‘zgarishlar davom etayotgani kelajakka umid uyg‘otishini ham urg‘ulashgandi.

Tarmoqdagi munosabat

Ижтимоий тармоқ
gettyimages
Noshukur emasmizu, lekin rostdan ham qimmatchilik, mehr-oqibat ko‘tarildi, pul topish talvasasida yashayapmiz-da, essiz qadr-qimmatimiz...
ZilolaToshmatova-r2t
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi(batafsil: bbc.com/uzbek da).

Facebook tarmog‘ida Shamsiddin Husniddin Őgli Ahmadhonov marhum Prezident Karimovning avgust kelsa, ahvol yaxshilanishi haqidagi bir necha yillik gapiga hazilnamo ishora qiladi.

"Avgust kelsa, yaxshi bo‘lib ketamiz", yozadi u.

"Oldin hamma paxta uchun ishlashi majburiy edi, hozir hamma kommunal to‘lovlar uchun ishlayapti. Odamlar go‘sht yemayapti, topgan pul kommunal to‘lovlardan ortmaydi. Bir yil oldin kommunal uchun o‘rtacha 500 ming (so‘m) to‘lov qilgan edik, bu yil 500 ming (so‘m) 10 kunga yetmaydi. Oyliklar oshmagan, xarajatlar katta, daromad tushib ketgan savdo yo‘q, odamlar katta xarajat qilmay qo‘ydi" – deb davom etadi Izzatilla Jaloliddinov .

Dilfuza Yusupova ismli foydalanuvchi esa, "Odamlar non topish uchun ishlashyapti. Bu nimasi. Hatto farzandlarining ehtiyojini qondirishga imkoniyat yo‘q!!!", – deb fikr qoldirgan.

BBC Uzbek Instagram sahifasidagi izohlarda ham tanqidiy qarashlar yetakchilik qiladi.

"Prezident yurmaydigan yo‘llar yama (o‘ra) bo‘lib o‘yilib yotibdi, yurib bo‘lmaydi. Qachon Prezident kelarkan, desa bir kechada remont qilib, qiyshayib qolgan binoni ham ertalabgacha to‘ppa-to‘g‘ri qilib qo‘yishadi. Ko‘zbo‘yamachilik, yolg‘on" – deydi lady_.dii: laqabli foydalanuvchi.

Ammo ijobiy o‘zgarishlarni ta’kidlagan fikrlar ham bor.

"Karimov davrida qishloqda svet yo‘q edi, hozir bor qimmat bo‘lsayam" – yozadi Stroy_camin_fort laqabli foydalanuvchi.

Ayrimlar, kamchiliklarni va tanqidiy fikrlarni ayta olish imkoniyati paydo bo‘lganini bildirishgan.

"Karimov paytida shunday gapira olarmidilaring. Odamlar hatto o‘zini fikrini ayta olmagan Karimov prezidentligida", – degan otamurod.maxmudov.

abdullohqorjovov_1997 ismli foydalanuvchi esa kelajak va yosh avlod o‘rtasidagi bog‘liqlikni shunday ifoydalagan:

"Davlat kelajagini yoshlarda ko‘ryapti, yoshlar qanaqa qilib shu davlatdan chiqib ketsam degan fikr bilan katta bo‘lyapti".

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:

"Hozir Karimov davridan yuz marta yaxshi, Karimov davrida metanda navbat 3 kilometr bo‘lib ketardi, Toshkentga borib, erkin yurolmasdik. Bankdan dollar sotib olib bo‘lmas edi. Qariyalar 3 kunlab borib, pensiya kutardi. Machitga borib erkin namoz o‘qiyolmas edik", – yozadi Bahrom Saparov-w9s.

Ammo bu kabi nekbin qarashlar aksariyatni tashkil etmaydi.

"Qornimizga yesak, gaz-svetga pulimiz yetmaydi, noshukur emasmizu, lekin rostdan ham qimmatchilik, mehr-oqibat ko‘tarildi, pul topish talvasasida yashayapmiz-da, essiz qadr-qimmatimiz" – deydi ZilolaToshmatova-r2t.

kakhramoniy7797 laqabli foydalanuvchi esa hammaning dardi kommunal to‘lovlarni to‘lash, kredit yopish bulayotgani haqida yozadi.

"O‘zbekistonda ilmli, qobiliyatli bolalar juda ko‘p, ular oliy uquv yurtlarini tugatgani bilan ertaga ish topisholmaydi, yaxshi ishga joylashish uchun pul kerak, shuning uchun ular baxtini xorijdan qidirishmoqda", – deya fikrlaydi SuperUcer-o9z.

Isom-e2d esa O‘zbekistonda yashash yildan yilga qiyinlashib ketyapti, narxlar qimmat, oyliklar, pensiya past, oziq-ovqatlar Moskvadan xam qimmat, deya fikr qoldirgan.

Shokirov-pubgm-mobil laqabli foydalanuvchi o‘z oilasi misolida vaziyatni tushuntirishga intiladi.

"Uyda o‘tiraman, 4 ta bolam bor. Uchtasi maktabda o‘qiydi bittasi bog‘chaga boradi. 12 million pul yetmaydi vaqti kelsa. Gaz-svet, suv, chiqindi shirkat, yer-mulk solig‘i to‘lash kerak. To‘lamasangiz, sudga oshiradi penya bilan to‘lash kerak. Bechora erimga rahmim keladi, yillab musofirchilikda ishlashadi. Remont ishini qilishadi. O‘qitaylik desak, repititorlar falon pul".

Eslatma: Ayrim izohlar imloviy jihatdan tahrir etildi.