Hindiston G‘arbiy Afrikadagi inqiroz sababchisi bo‘lgan ikki dorini taqiqladi

Tafrodol paketining orqa tomoni - u qora rangda, oq rangda "Tafrodol caps 120 mg" yozuvi bor va tana rentgeniga o‘xshash rasm mavjud.
Surat tagso‘zi, Mumbayda joylashgan Aveo G‘arbiy Afrikada giyohvandlik keltirib chiqaruvchi birikmani sotgan edi.
O'qilish vaqti: 3 daq

Hindiston rasmiylari BBC surishtiruviga javoban, kuchli darajada ruju qo‘yishni keltirib chiqaruvchi ikki xil opioidni taqiqladi. Curishtiruv natijasida bu dorilarning G‘arbiy Afrikaning ayrim qismlarida omma salomatligi inqirozini keltirib chiqarayotgani aniqlandi.

O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

Hindistonning Dori vositalari nazorati bosh direktori doktor Rajeev Singx Ragxuvanshin BBC ga bergan javobida bu dorilarni ishlab chiqarish va eksport qilishga ruxsat bekor qilingani aytilgan.

BBC Eye surishtiruvi natijasida "Aveo" nomli bir farmatsevtika kompaniyasi Gana, Nigeriya va Kot-d’Ivuar kabi mamlakatlarga tapentadol va karisoprodolning zararli aralashmasini noqonuniy ravishda eksport qilgani aniqlandi.

Hindistonning Oziq-ovqat va Dori-darmon ma’muriyati kompaniyaning Mumbaydagi zavodi reyd qilinganini va butun zaxirasi musodara etilganini ma’lum qildi.

Aloqador mavzular:

Doktor Ragxuvanshining juma kuniga tegishli bayonotida tapentadol va karisoprodolning barcha birikmalarini taqiqlash qaroriga BBC surishtiruvi asos bo‘lganligi va bu qaror darhol amalga oshirilishi kerakligi ta’kidlangan.

U shuningdek, rasmiylar "narkotik moddalarni suiiste’mol qilish ehtimoli va uning aholiga zararli ta’sirini" o‘rganib chiqqandan keyin ham bu qaror qabul qilinganini qo‘shimcha qildi.

Tapentadol kuchli opioid, karisoprodol esa mushaklarni bo‘shashtiruvchi vosita bo‘lib, kuchli o‘rganib qolishga sabab bo‘lganidan, Yevropada taqiqlangan.

Karisoprodol AQSda faqat uch haftagacha bo‘lgan qisqa muddatda foydalanishga ruxsat etilgan. Bu dorini qabul qilishni to‘xtatish xavotir, uyqusizlik va gallyutsinatsiyalarni keltirib chiqarishi mumkin.

Ikki dorining kombinatsiyasi dunyoning hech bir joyida foydalanish uchun litsenziyalanmagan, chunki ular nafas olish qiyinlishuvi va tutqanoqlarga sabab bo‘lishi mumkin. Dozani oshirib yuborish o‘limga olib keladi.

Xavflarga qaramay, bu opioidlar ko‘plab G‘arbiy Afrika mamlakatlarida mashhur ko‘cha narkotik moddalari hisoblanadi, chunki ular juda arzon va keng tarqalgan.

Nigeriya hukumati noqonuniy giyohvand moddalarni - asosan opioidlarni - Lagosdagi omborda saqlaydi.
Surat tagso‘zi, Nigeriya hukumati noqonuniy giyohvand moddalarni - asosan opioidlarni - Lagosdagi omborda saqlaydi.

Ommaga ochiq eksport ma’lumotlari Aveo Pharmaceuticals va Westfin International deb nomlangan qardosh kompaniya Gana va boshqa G‘arbiy Afrika mamlakatlariga ushbu tabletkalarni millionlab miqdroda yetkazib berganini ko‘rsatadi.

BBC Jahon xizmati, Nigeriya ko‘chalari, Kot-d’Ivuar shaharlari va qishloqlarida sotiladigan Aveo logotipi tushirilgan ushbu tabletka paketlarini topdi.

Aholisi 225 million bo‘lgan Nigeriya bu tur tabletkalar uchun eng katta bozor hisoblanadi. Milliy statistika byurosining ma’lumotlariga ko‘ra, taxminan to‘rt million nigeriyalik opioidning qandaydir bir turini suiiste’mol qiladi.

Surishtiruv doirasida BBC, Nigeriyaga opioid yetkazib berishni istagan afrikalik tadbirkor ko‘rinishidagi agentni Hindistondagi Aveo zavodlaridan biriga yubordi. Zavodda Ave direktorlaridan biri Vinod Sharma, G‘arbiy Afrikada sotilayotgan xavfli mahsulotlarni namoyish etayotganini tasvirga olishdi.

Quote
Surat tagso‘zi, Hindiston dori-darmonlarni tartibga soluvchi tashkilot

Surishtiruv doirasida BBC, Nigeriyaga opioid yetkazib berishni istagan afrikalik tadbirkor ko‘rinishidagi agentni Hindistondagi Aveo zavodlaridan biriga yubordi. Zavodda Aveo direktorlaridan biri Vinod Sharma, G‘arbiy Afrikada sotilayotgan xavfli mahsulotlarni namoyish etayotganini tasvirga olishdi.

Yashirin tarzda yozib olingan videoda agent Sharmaga, rejasi tabletkalarni "bu mahsulotni yaxshi ko‘radigan" Nigeriyadagi o‘smirlarga sotish ekanligini aytadi.

Xaridorlar kimligini bilgan Sharma shunchali "durust" deb qo‘yadi. Foydalanuvchilar ikki yoki uchta tabletkani birdaniga qabul qilsalar, "dam olishlari" mumkinligini aytadi. O‘spirinlar "kayf qilish"ni istashsa, bu ularning tanlovi deydi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:

Uchrashuv oxirida Sharma, bu sog‘liq uchun juda zararligini, lekin "hozir bu biznes" ekanligini qo‘shimcha qiladi.

Sharma va Aveo Pharmaceuticals BBCning dastlabki surishtiruvi chop etilganida, ayblovlarga nisbatan hech qanday izoh bermadi.

Hindistonning Oziq-ovqat va Dori-darmon nazorati ma’muriyati juma kuni bayonotida Aveo butun zaxirasi musodara qilingani va bundan keyingi ishlab chiqarish faoliyati to‘xtatilganini ma’lum qildi. Kompaniyaga qarshi qo‘shimcha qonuniy choralar ko‘riladi, dedi u.

Agentlik "mamlakat obro‘yiga putur yetkazadigan noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullanadigan har qanday shaxsga qarshi choralar ko‘rishga to‘liq tayyor" ekanligini aytdi.

Shuningdek, dorilarning tarqatilishini oldini olish uchun qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazishni buyurganini bildirdi