Jarrohlikda musiqa nega kerak? Amaliyot oson kechadi, kasal tez tuzaladi

Jarrohlik vaqtida musiqa eshitayotgan bemor.
Surat tagso‘zi, Shifokorlarga ko‘ra, jarrohlik vaqtida musiqa eshitishning foydasi bor.
    • Author, Soutik Bisvas
    • Role, VVS, Dehli
  • O'qilish vaqti: 6 daq

Hindiston poytaxti Dehlidagi operatsiya xonasining yorqin chiroqlari ostida bir ayol qimirlamay yotibdi. Jarrohlar uning o‘t pufagini olib tashlashga hozirlanmoqda.

U chuqur uyqu chaqiruvchi, xotirani to‘xtatuvchi, og‘riqni yo‘qotuvchi, mushaklarni vaqtincha falajlovchi dorilar aralashmasi – umumiy narkoz ta’sirida butkul harakatsiz, hushsiz yotibdi.

Biroq atrofdagi monitorlarning guvillashi va jarrohlik guruhining bir maromdagi harakatlari shovqini ichida uning quloqlaridagi quloqchinlarda mayin nay musiqasi yangraydi.

Dorilar uning miyasining ko‘p qismini falajlagan bo‘lsa-da, eshitish qobiliyati qisman faol qolgan. U uyg‘ongach, tezroq hushiga keladi, chunki u propofol va opioid kabi og‘riq qoldiruvchi dorilar bo‘lgan anestetik moddalarni musiqa eshitmagan boshqa bemorlarga nisbatan kamroq miqdorda olgan.

Har holda, Dehlidagi Mavlono Ozod tibbiyot kolleji va Lok Nayak shifoxonasining yangi tadqiqoti shuni ko‘rsatmoqda. "Music and Medicine" jurnalida chop etilgan tadqiqot umumiy narkoz paytida ijro etilgan musiqa doriga bo‘lgan ehtiyojni ozgina bo‘lsa ham, ammo sezilarli kamaytirishi va tiklanishni yaxshilashi mumkinligini tasdiqlovchi kuchli dalillarni taqdim etadi.

GETTY
Maqsadimiz operatsiyadan keyin bemorni tez oyoqqa turg‘izish. Bemorlar hushi joyida, eng muhimi og‘riqsiz uyg‘onishi kerak.
Doktor Farah Husayn
Dehlidagi shifoxona jarrohi

Tadqiqot o‘t pufagini olib tashlash uchun standart laparoskopik operatsiya – xoletsistektomiya qilingan bemorlarda o‘tkazildi. Amaliyot qisqa – odatda bir soatdan kam davom etadi va tez tiklanishni talab qiladi.

Tadqiqotchilar nima uchun musiqadan foydalanganini tushunish uchun zamonaviy narkoz amaliyotini tushunib olish darkor.

"Maqsadimiz operatsiyadan keyin bemorni tez oyoqqa turg‘izishdir," deydi narkoz bo‘yicha katta mutaxassis va tadqiqot uchun sertifikatlangan musiqa terapevti doktor Farah Husayn. "Bemorlar hushi joyida, eng muhimi og‘riqsiz uyg‘onishi kerak."

Bunga erishish uchun bemorni uxlatadigan, og‘riqni to‘xtatadigan, operatsiyani eslab qolishga to‘sqinlik qiladigan va mushaklarni bo‘shashtiradigan besh yoki oltita dorining murakkab muvozanatli aralashmasi talab etiladi.

Dehlidagi shifoxonada jarrohlik amaliyotini o‘tkazayotgan shifokorlar.

Surat manbasi, Getty Images

Surat tagso‘zi, Bemor amaliyotdan so‘ng og‘riqsiz va faol miya bilan hushiga kelishiga harakat qilinadi.

O‘t pufagini laparoskopik usulda olib tashlash kabi muolajalarda anesteziologlar hozirda ko‘pincha ushbu dori sxemasiga qorin devoridagi nervlarni falajlovchi ultratovush yordamida boshqariladigan in’ektsiyalarni ham qo‘shgan.

"Umumiy narkoz va bloklar odatiy hol," deydi doktor Tanvi Goel, asosiy tadqiqotchi va Mavlono Ozod tibbiyot kollejining sobiq mutaxassisi. "Biz bu ishni o‘n yillardan beri qilamiz."

Lekin tana operatsiyani oson qabul qilmaydi. Narkoz holatida ham reaktsiya beradi: yurak urishi tezlashadi, gormonlar ko‘payadi, qon bosimi oshadi. Ana shunday reaktsiyalarni kamaytirish va boshqarish zamonaviy jarrohlik yordamining asosiy maqsadlaridan biridir. Doktor Husayn stress tiklanishni sekinlashtirishi va yallig‘lanishni kuchaytirishi mumkinligini, jarayonni ehtiyotkorlik bilan boshqarish nima uchun muhimligini ta’kidlaydi.

Stress jarrohlik tig‘i badanga teshmasidan avval intubatsiya – nafas olish naychasini havo yo‘liga kiritish bilan boshlanadi.

Buning uchun anesteziolog laringoskop yordamida tilni va tomoq tubidagi yumshoq to‘qimalarni ko‘tarib, ovoz boylamlarining aniq ko‘rinishini oladi va naychani traxeyaga yo‘naltiradi. Bu umumiy narkozning odatiy bosqichi bo‘lib, nafas yo‘llarini ochiq tutadi va bemor hushsiz holatda bo‘lganida uning nafas olishini aniq nazorat qilish imkonini beradi.

"Laringoskopiya va intubatsiya umumiy narkoz berish jarayonida eng kuchli stress qo‘zg‘atuvchi amal hisoblanadi," deydi Mavlono Ozod tibbiyot kollejining narkoz va intensiv terapiya bo‘yicha direktor-professori va tadqiqot rahbari doktor Sonya Vadhavan.

"Bemor hushsiz bo‘ladi, hech narsani eslay olmaydi, ammo uning tanasi baribir stressga yurak urishi, qon bosimi va stress gormonlarining o‘zgarishi bilan javob beradi."

To‘g‘ri, hozir dorilar rivojlangan. Eski efir niqoblari ishlatilmay qo‘ydi. Ularning o‘rniga venaga yuboriladigan vositalar – ayniqsa operatsiya xonalarida tez ta’sir qilishi va bemor tez o‘ziga kelishiga qulay propofol bu ishda ancha afzal vosita hisoblanadi.

"Propofol taxminan 12 soniyada ta’sir qiladi, – deydi doktor Goel. – Biz uni laparoskopik xoletsistektomiya kabi qisqa operatsiyalar uchun qo‘llaymiz, chunki u ingalyatsion gazlar keltirib chiqaradigan davomli lanjlik va boshog‘riqqa sabab bo‘lmaydi."

Tadqiqotchilar musiqa bemorlarga beriladigan propofol va fentanil (og‘riq qoldiruvchi opioid) miqdorini qanchaga kamaytirishga imkon berishini bilmoqchi edi. Dorilar qancha kam bo‘lsa, bemor tezroq uyg‘onadi, hayotiy ko‘rsatkichlar barqarorlashadi va nojo‘ya ta’sirlar kamayadi.

Sakkiz nafar bemor ishtirok etgan dastlabki sinovdan so‘ng taxminan 20 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan 56 nafar katta yoshli bemor tasodifiy ravishda ikki guruhga bo‘lingan holda 11 oy davomida to‘liq sinovdan o‘tkazildi. Ularning barchasiga bir xilda besh dori rejimi qo‘llangan: ko‘ngil aynishi va qayd qilish oldini oluvchi dori, tinchlantiruvchi, fentanil, propofol va mushak bo‘shashtiruvchi. Ikkala guruh ham shovqinni bosuvchi quloqchin taqdi, lekin musiqani faqat bittasi eshitdi.

"Biz bemorlardan tinchlantiruvchi ikkita cholg‘u – mayin ovozli nay yoki fortepianoni tanlashni so‘radik, – deydi doktor Husayn.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

"Biz bemorlardan tinchlantiruvchi ikkita cholg‘u – mayin ovozli nay yoki pianinoni tanlashni so‘radik, – deydi doktor Husayn.

«Hushsiz holatda ham miyaning faol bo‘lgan qismlari mavjud. Musiqa yodda qolmasa ham, bilvosita ta’siri foydali natija berishi mumkin."

Jarrohlik xonasida musiqaning ta’siri sinovdan o‘tkazilmoqda.
Surat tagso‘zi, 56 bemor 2 guruhga bo‘linib, jarrohlik vaqtida musiqaning ta’siri borasida sinovdan o‘tkazildi.

Natija esa hayratlanarli edi.

Musiqa qo‘yilgan bemorlarga propofol va fentanilning kamroq dozalari kerak bo‘ldi. Ularda operatsiyadan keyingi tiklanish tezroq, kortizol yoki stress gormonlari darajasi pastroq bo‘ldi. Operatsiya paytida qon bosimi ancha maromida turdi. "Anesteziya paytida eshitish qobiliyati saqlanib qolgani uchun, musiqa hamon miyaning ichki holatiga ta’sir qilib turishi mumkin", deyishadi tadqiqotchilar.

Ko‘rinib turibdiki, musiqa miyadagi «g‘alayonni»ni pasaytirdi. "Eshitish qobiliyati hushsiz holatda ham faol bo‘ladi. Siz musiqani eslab qolmasligingiz mumkin, lekin miya uni qayd etadi", deydi doktor Vadxavan.

Anestetik dori ta’siri ostida ong butkul sukutga cho‘mmasligi haqidagi fikr olimlarni uzoq vaqtdan beri qiziqtirib kelgan. Operatsiya vaqtidagi hushyorlik kabi kam uchraydigan holatlar bemorlarning operatsiya xonasidagi ayrim suhbatlarni eslashini ko‘rsatadi.

Agar miya jarrohlik paytida stressli tajribalarni qayd eta olsa, hatto bemor hushsiz bo‘lsa ham, eslay olmasa ham, musiqa kabi ijobiy yoki taskin beruvchi tajribalarni ham qayd etishi mumkin.

"Biz ongosti miyaning musiqa kabi nofarmakologik ta’sirlarga qanday javob berishini endi o‘rganishni boshlayapmiz", deydi doktor Husayn.

Musiqa terapiyasi tibbiyot uchun yangilik emas. U uzoq vaqtdan beri psixiatriya, insultdan keyingi reabilitatsiya va palliativ yordamda qo‘llanadi. Ammo uning yuqori texnologiyali, mashinalar boshqaradigan anesteziya dunyosiga ham tatbiq etilishi sekin, lekin muhim o‘zgarishni ko‘rsatadi.

Agar shunday oddiy ta’sir doriga talabni kamaytirib, tuzalishni tezlashtirsa – hatto oz bo‘lsa ham – bu shifoxonalarning jarrohlik haqidagi qarashlarini o‘zgartirishi mumkin.

Tadqiqotchilar oldingi natijalarga asoslanib, musiqa yordamida tinchlantirish bo‘yicha navbatdagi tadqiqotini tayyorlayotganda, bir haqiqat ayonga o‘xshaydi: hatto tana harakatsiz va ong uyquda bo‘lsa ham, bir necha mayin nota davolovchi ta’sirga ega bo‘lishi mumkin.