Dunyo yangi muammoga duch keldi: Global informatsion texnologiyalar o‘chishi sababi nimada?

Сурат манбаси, Reuters
19 iyulda tong otishi bilan uyg'ongan mamlakatlar yoppasiga IT o'chishiga duch keldilar.
AQSh Alyaska shtati rasmiylari favqulodda xizmatlar kompyuter tizimlari ishdan to'xtaganini xabar qildilar.
Avstraliyada yirik banklar, telekanallar, avia shirkatlarning kompyuter tizimi ishlamay qoldi.
Aloqador mavzular:
Supermarketlarda tovar xarid qilish qiyinlashdi.
Yangi Zelandiyadagi Krayschyorch Xalqaro aeroporti IT muammoga duch kelgani, bu esa samolyotlar uchishi va qo'nishiga ta'sir ko'rsatganini aytdi, mamlakat parlamenti ham kompyuter muammosiga ro'para kelgan.

Сурат манбаси, .
Yaponiya va Hindistondagi aeroportlar va avia kompaniyalar ham o'z faoliyatlarida muammoga duch kelganlarini xabar qildilar.
Dehli aeroprti reyslar haqidagi ma'lumotni qo'lda yozishiga to'g'ri keldi.
Buyuk Britaniyada dastlab London Fond birjasi kompyuter tizimi ishlamay qoldi, so'ng temir yo'l shirkatlari "keng miqyosdagi IT muammoga" duch kelganini xabar qildilar.
Londondagi Sky News telekanali ertalab ko'rsatuvlarini namoyish qilolmay qoldi, birozdan keyin ko'rsatuvlar efirga chiqa boshladi.
Germaniyadagi Berlin, Shotlandiyadagi Edinburg, Amsterdamdagi Sxipxol aeroportlari, Ryanair avia shirkati kompyuter tizimlari ishlamay qolganini xabar qildilar.

Oqibatda uchoqlarni qo'ndirishga to'g'ri kelgan, aeroportlarda navbatlar hosil bo'ldi.
Britaniya tibbiyot tizimi, ayrim to'lovlarni o'tkazish amaliyotlari to'xtab qoldi.
Parij - 2024 olimpiadasi ma'muriyati ham kompyuter tizimi ishlamay qolganini xabar qildi.
Ma'lum bo'lishicha, dastlabki IT muammolari 18 iyul Grinvich vaqti bilan soat 22:00 da kuzatilgan.
Qozog'istondagi Ostona va Almati aeroportlari odatiy tartibda faoliyat yuritayotganlarini xabar qildi.
Bishkekdagi "Manas" aeroportida faqat bir reys - "Bishkek - Abu Dabi" reysini ro'yxatdan o'tkazish vaqti kompyuterlar 5-10 daqiqa ishlamay qolgani haqida xabar berdi "Manas" aeroporti ma'muriyati.
O'zbekiston aeroportlarida biror muammo yuzaga kelgani xabar qilingani yo'q.
Nega yoppasiga kompyuter tizimlari to'xtab qoldi?

Сурат манбаси, Reuters
Qaysi tashkilot kompyuterlari ishlamay qolgan bo'lsa, ular kompyuterlariga Microsoft operatsion tizimi o'rnatilganini xabar qildilar.
Microsoft shirkati X(sobiq Tvitter) ijtimoiy tarmog'ida e'lon qilgan postida "bir necha Microsoft 365 ilovalari va xizmatlariga ulanishga ta'sir qilgan masalani tekshirayotgan"larini ma'lum qildi.
Ammo oradan ko'p o'tmay Microsoft ning rasmiy vakili aksar xizmatlar qayta tiklangan"ini xabar qildi.
Dunyoning eng ko'p yo'lovchi, kuniga 578000 pasajjir tashiydigan avia kompaniyasi American Airlines ushbu muammoda Crowdstrike kiber xavfsizlik shirkatini ayblab chiqdi.
"Crowdstrike bilan bog'liq texnik muammo bir necha avia tashuvchi ishiga ta'sir qilayapti", American Airlines.
BBC tahlilchilariga ko'ra, Crowdstrike antivirus dasturlarini ishlab chiqaradi va shu kunlarda shirkat o'zining aksilvirus dasturini yangilagan.
Yangilangan softveya Microsoftning Windows operatsion tizimlarini to'xtatib qo'ygani aytilayapti.
Kompyuter ekranlarida "ko'k o'lim ekrani" (BSOD) chiqib qolgan.
Crowdstrike bayonot bilan chiqdi, muammoga "kontent yangilashdagi nosozlik" sabab bo'lganini tan oldi.
"Muammo aniqlandi, ixotalandi va tuzatildi", deyiladi shirkat bayonotida.
Crowdstrike kompyuterlarga o'rnatilgan antivirusni yana bir bor yangilashni maslahat berdi, ana o'shanda muammo hal bo'lishini bildirdi.
Crowdstrike ning jahon bo'ylab 24000 mijozi bor.
Har bir mijoz minglab kompyuterlarga ega yirik tashkilotlardir.
Telegram kanalimiz: https://t.me/bbcuzbek
BBC.COM/UZBEK
Telegramda bog'lanish raqami +44 7858860002















