Dubay,Birlashgan Arab Amirliklari: O‘zbekiston fuqarolariga vizasiz tartib bekor qilinishi mumkinmi?

Surat manbasi, БАА Ташқи ишлар вазирлиги
Abu-Dabida yahudiy ruhoniy qotilligida gumonlanib uch o‘zbekistonlik qo‘lga olinganidan keyin Birlashgan Arab Amirliklari Ichki ishlar vazirligi qattiq choralar ko‘rishga va’da berdi, bu O‘zbekiston fuqarolari uchun BAAga vizasiz rejim bekor qilinishiga olib kelishi ham mumkin.
26 noyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Isroilning O‘zbekistondagi elchisi Gideon Lustig bilan uchrashgan, Isroil-Moldovan ravvinining BAAdagi o‘limi munosabati bilan ta’ziya izhor etdi.
Bir kun oldin Birlashgan Arab Amirliklari rasmiylari ravvin qotilligida gumon qilingan uch O‘zbekiston fuqarosini aniqlaganlari va hibsga olganlari haqida xabar tarqatdilar, qotillik motivini aniqlash ustida ishlayotganlarini bildirdilar.
Abu Dabidagi "Xabad" ultra ortodoks yahudiy tashkiloti ravvini 28 yoshli Tsvi Koganning jasadi g‘oyib bo‘lganidan uch kun o‘tib, yakshanba kuni topilgan edi.
"Bugun Tashqi ishlar vazirligida Isroilning O‘zbekistondagi Elchisi Gideon Lustig janoblari bilan uchrashdik. Tsvi Koganning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdik", deb yozdi O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram kanalida.
"O‘zbekiston xalqi barcha din va elat vakillariga azaldan do‘stona munosabatda bo‘lib kelgan. Biz millatchilikning hech qanday ko‘rinishiga toqat qilmaganmiz va bundan keyin ham toqat qilmaymiz. Terrorizm va ekstremizmning chegarasi va millati yo‘q.
Tashqi ishlar vaziri yozishicha, O‘zbekiston hukumati tergov jarayonlarida BAA va Isroil idoralari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.
Hodisani sharhlar ekan, Dubaydagi O‘zbekiston konsulligi Abu Dabidagi O‘zbekiston elchiligi va bosh konsulligi BAA Tashqi ishlar vazirligi rasmiylari bilan muntazam muloqotda" ekanliklarini, ular ham "tergovda ishtirok etayotganlari"ni xabar qilgan.
Xususiy Nova24 veb-sayti xabar berishicha, Birlashgan Arab Amirliklari Ichki ishlar vazirligi ijtimoiy hamohanglikni himoya qilish, qonunlarga itoat etilishi, ijtimoiy tahdidlarga qat’iy va shafqatsiz chora ko‘rishga barcha vakolatlarini ishga solish bilan po‘pisa qilgan.
"Bu O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz tartib bekor qilinishiga olib kelishi mumkin", deb yozdi veb nashr.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yili BAAga 130 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tashrif buyurgan.
2024 yil 16 fevralidan rasman o‘zbekistonliklarga vizasiz rejim joriy etilgan.
O‘zbekistonliklar BAAda vizasiz 30 kun bo‘lishlari mumkin.
O‘zbekistonliklar Birlashgan Arab Amirliklariga turizm, biznes va mehnat muhojirligiga borishadi.
Telegram kanalimiz:












