O‘zbekiston: Afg‘onistonning 50 millionlik bozoridan foydalanib qoling - Video

O‘zbekistonni Afg‘oniston bilan bog‘laydigan, Amudaryo ustida qurilgan "Hayraton" ko‘prigidan o‘tib borayotgan odamlar

Surat manbasi, BBC.com/uzbek

O'qilish vaqti: 3 daq

O‘zbekiston hukumati o‘zbekistonliklarni Afg‘oniston bozoridan foydalanishga undamoqda.

Sababi, dunyoning ko‘p mamlakatlari Tolibonni Afg‘onistonning rasmiy hukumati deb tan olishni xohlamayapti, aksar G‘arb shirkatlari xavfsizlik vaziyatini birinchi o‘ringa qo‘yayotganlari hamda o‘z hukumatlarining Afg‘oniston bilan biznesni rag‘batlantirmayotgani tufayli yirik bozorga kirishdan o‘zlarini tiyib turibdilar.

O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

Ayni vaqtda Afg‘onistonga kirib boradigan tovarlarning salmoqli qismini tashkil etadigan Pokiston yo‘llari oxirgi oylardagi Afg‘oniston-Pokiston o‘rtasidagi halokatli qurolli hodisalar tufayli yopildi.

Va Tolibon hukumati ham afg‘onistonliklarni Pokistondan o‘tib-qaytmaslik, import yoki tranzit yo‘li sifatida foydalanmaslikka chaqirdi.

Bu esa o‘zbekistonlik tadbirkorlar uchun yanada jozibali vaziyatni yuzaga keltirdi deb ko‘rilayapti.

Aloqador mavzular

2025 yil dekabri boshidan O‘zbekiston hukumati mamlakatni Afg‘oniston bilan bog‘laydigan, 1980 yillar boshida O‘zbekistonning buyuk rahbari Sharof Rashidov Amudaryo ustida qurilganidan so‘ng ochgan "Hayraton" ko‘prigi orqali fuqarolarni o‘tkazish punktlarini qayta ochdi.

Fuqarolarni o‘tkazish chegara punktlari 2021 yili 15 avgustida Tolibon harakati Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olganidan keyin O‘zbekiston rahbariyati tomonidan yopilgan edi.

"Ma’lumki, 2021 yilda fuqarolar harakati cheklangan, bu esa tadbirkorlarning Afg‘onistonga borishini sezilarli darajada qiyinlashtirgan edi: Ayritomdan 75 km masofada joylashgan (1 soatlik yo‘l) Mazori Sharifga yetib borish uchun tadbirkorlar Tojikiston orqali bir kunlik aylanma yo‘ldan foydalanishga majbur bo‘lgan. Endilikda bu cheklovlar bekor qilindi va yo‘l yana ochildi", deya bildirdi O‘zbekiston Savdo-Sanoat palatasi.

"Chegaradan o‘tish tartibining tiklanishi eksport qiluvchi korxonalar uchun katta qulaylik yaratadi. Afg‘onistonga eksport hajmi oxirgi yillarda barqaror o‘smoqda va ayniqsa bu yo‘lning ochilishi bilan 2026 yilda eksport hajmini 2,5 mlrd dollarga yetkazish uchun barcha imkoniyatlar mavjud", deydi O‘zbekiston Savdo-Sanoat palatasi.

Tashqi iqtisodiy foliyat Termiz bojxona posti boshlig‘i Muhiddin Normatov

Surat manbasi, BBC.com/uzbek

Surat tagso‘zi, Termiz bojxona posti rahbari Muhiddin Normatov, o‘zbekistonlik tadbirkorlarning Afg‘onistonga mahsuloti eksporti jarayoni elektronlantirilgan, deydi

O‘zbekiston hukumati o‘z fuqarolarining Afg‘onistonga o‘tishini yengillashtirish bilan birga Afg‘onistonda biznes yuritishlari uchun qulaylik yaratishga qaror qildi.

Endi Afg‘onistonning Hayraton yoki Mozori Sharif shaharlarida ombor ochgan o‘zbekistonlik tadbirkorning omborni saqlash bilan bog‘liq xarajatlari 100% davlat tomonidan qoplab beriladi.

Agar o‘zbekistonlik tadbirkor o‘z mahsulotini Afg‘oniston ommaviy axborot vositalari yoki billbordlarda reklama qilishni istasa, Afg‘onistonning 34 viloyatida reklama qilish xarajatlari ham to‘liq O‘zbekiston hukumati tomonidan qoplab beriladi.

2024 yil avgustida Termiz xalqaro savdo markazi faoliyatini boshladi.

Bu markazning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov, Afg‘oniston Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Abdul G‘ani Barodar, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va Qozog‘iston hukumatlari rasmiylari ishtirok etdilar.

Bu markaz ichida savdo do‘konlari, banklar filiallari, xizmat ko‘rsatish va ovqatlanish muassasalari, mehmonxonalar barpo etilgan, aksar Afg‘on tijoratchilari o‘z do‘konlarini ochganlar.

Iqtibos

Surat manbasi, .

Termiz xalqaro savdo markazida chet el fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekistonga kirish vizasini rasmiylashtirmasdan, chegara va bojxona nazoratidan o‘tgan holda maxsus yo‘lak orqali kirishi (chiqishi) hamda 15 kun muddatgacha markaz hududida bo‘lishi tartibi joriy etilgan.

Shuningdek, 2022 yili "Termez Cargo Centre" ochilgan, unga xalqaro ko‘p funktsiyali transport-logistika xabi maqomi berildi.

Termiz Kargo markazida bo‘lgan muxbirimiz Feruz Rahimiyga gapirgan Termiz Tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti boshlig‘i Muhiddin Normatovning aytishicha, o‘zbekistonlik tadbirkorlarning tovarini Afg‘onistonga olib chiqish jarayoni eng sodda shaklga tushirilgan.

"Bugungi kundagi tadbirkorga eng qulayliklaridan biri - hujjatlar hammasi elektron shaklda amalga oshiriladi. Ya’ni, tadbirkorning o‘zi bizga kelib, uchrashib, bu yerga kelib vaqt sarflamaydi. Mahsulotini turgan joyidan - o‘zining omboridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklab, elektron tarzda murojaat qiladi. Ya’ni, ombordan yuklangan yuk to‘g‘ridan-to‘g‘ri chegaraga ketadi", dedi.

O‘zbekiston 2021 yil avgustida Tolibon Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga kiritganidan buyon yaxshi qo‘shnichilikni yo‘lga qo‘ygan.

Rasman Tolibonni Afg‘onistonning qonuniy hukumati deb tan olmagan bo‘lsa ham Tolibon hukumati rasmiylari bilan muloqot qilib keladi.

O‘zbekiston rasmiylari muntazam Kobulga safar qiladilar, Tolibon rahbariyati Toshkentda eng oliy maqomda qabul qilingan.

2025 yil fevralida Toshkentdagi Afg‘oniston elchixonasi binosi Tolibon diplomatlariga topshirildi.

Shu kunlarda Qozog‘iston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus elchisi Erkin Tukumov Kobulda bo‘lib, qator Tolibon rasmiylari bilan uchrashgan, muhokama qilingan masalalar orasida Torg‘undi-Hirot-Qandahor-Spin Boldak temir yo‘lini barpo etish ham muhokama qilingan.

Tolibon rahbariyati Prezident Toqaevga Afg‘onistondagi vaziyatga shaxsan e’tibor qaratgani uchun minnatdorlik bildirgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating