So‘z sizga: "O‘zbeklarning uyg‘ongani rost bo‘lsin" – Yo‘l yopilishiga munosabat

Yo‘l yopib qo‘yilgach, Toshkent viloyatidagi metan zapravkalar ochila boshlangandi

Surat manbasi, Ijtimoiy tarmoq

Surat tagso‘zi, Yo‘l yopib qo‘yilgach, Toshkent viloyatidagi metan zapravkalar ochila boshlangandi
O'qilish vaqti: 3 daq

Chinozda katta trassa yopib qo‘yilgach, metan zapravkalar ochila boshlangani haqidagi BBC O‘zbek xizmatining qisqa videosi Instagram da 2 milliondan ko‘proq tomosha qilindi. 3 mingga yaqin izoh yozildi.

Alibekovning "O‘zbeklarning uyg‘ongani rost bo‘lsin", deb yozgan izohi 6 mingga yaqin foydalanuvchiga yoqqan.

Turon Group narx-navo qimmatlab ketayotganini aytgan.

"Demak, miting ta’sir qilyapti. Bu degani, bu ketishta janjal miting kelib chiqishi yaqin shekilli. Oddiy xalqning jon jonidan o‘tib ketyapti, narx navola vapshe patalok", deydi u.

Shoira "Odamlar rosa" xo‘rlanayotganini aytgan.

"Xalq birlashishining natijasi, 1 soatda ochib beribdi gazni. Talab qilinsa hamma muammolar hal qilinadi vaqtida! FAQAT talab qilishni o‘rganish kerak!" deydi Xusniddin.

Aloqador mavzular:

Otaqulov Rustam ham "Agar xalqimiz birlashsa hamma narsani hal qilsa bo‘ladi", degan fikrda.

Facebook izoh qoldirgan Botir Temirov hukumat xalq bilan hisoblashishishi kerakligini urg‘ulagan.

"Har qanday hukumat xalqi bilan hisoblashishga majbur. Chunki uni shu xalq saylagan. Jamoatchilik faollarining murojaatlari tinglanmasa bu murojaatlar ko‘chalarda baqirish, bo‘kirish, g‘alayon ovoziga do‘nadi. Shuning uchun har doim murosa yo‘li tanlanib, sivilizatsion muloqotlardan qochmasdan, har qanday masalani tinch yo‘l bilan hal qilish kerak. Tashqarida esa dushman poylab turibdi".

Ijtimoiy tarmoq
Xalq uyg‘onyapti. Tepadagilar endi ehtiyot bo‘lib qaror chiqaringlar, kosalaring oqarmay qolmasin.
Mohinur
Batafsil: BBC.COM/UZBEK

"Sababsiz gaz zapravkalar yopilishini siri nimada ekan-a? Xalq ko‘tarilgandan keyin ochyapti. Demak gaz bor. Bu yerda boshqa bir sirli siyosatmikin? Prezident va’da bergandi. Bu yil qishda nima ish qilganimizni xalq sezadi deb. Xalq qattiq sezdi nima bo‘ganini" , deydi Temur.

Leyla Guseinova "O‘lgunimizcha yashab tursak maylimi", degan

Nurbek Rahimov endi "Elektr Energetika vazirligi binosi oldida ham qilish kerak ekan" degan fikrda.

Xojiakbar "O‘z vataningda xorlanib yashasang alam qiladi-da" degan.

Mohinur rasmiylarni ogohlikka chaqirgan.

"Xalq uyg‘onyapti tepadagilar endi ehtiyot bo‘lib qaror chiqaringlar, kosalaring oqarmay qolmasin".

Narx navo oshdimi?

O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

BBC o‘quvchilaridan Ramazon vaqti narx navolar haqida ham so‘radi.

Tojikistonning Dushanbesida rasmiylar Ramazon oyida qimmatchilik bo‘lib ketmasligi uchun maxsus guruhlar tuzdi. Endi militsiya bozordagi sotuvchilarni nazorat qilib yuradi.

Siz yashab turgan joyda Ramazon narxlarga ta’sir qilmadimi, degan savolga

"Ha, go‘sht 130 mingga chiqdi", deydi muxtorov.

Bobon ham "Mol go‘shti, lahm chorsu bozorida 1 kilosi 130.000 so‘m", degan.

Urolboy Ibodullayev: "Men bilganim go‘sht va piyoz narxi oshdi bizning Qo‘shrabotda".

"Ro‘za demaydi bular, qimmat hamma narsa, bir dona anorni 15 ming so‘mga oldim, ro‘zadorlar yaxshi yeb ichmayapti🥺. Kommunal oshgan, svet oshgan", deydi Milana.

Shaxnoza Axmedova "Juda qimmat oziq-ovqat, insof darajasidan chiqib ketgan"inini aytgan.

"Hurmatli BBC Uzbek. Bizda narx-navo qimmatlashdi mart oyining boshidan. Narx navolar kutarildi. Hamma oziq-ovqatlarni narxi ko‘tarildi", deydi Adolat Adolat.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:

"Yangi O‘zbekistonni Aholisini quyi qatlamini eng katta orzusi moshina olishdan endi bir yilda bir marta go‘sht yeyishga o‘zgaradi", deydi Oybek Ibrohimov.

Surxondaryodan yozgan @OlimjonSaidov ham mol go‘shti oshganini aytgan.

"Surxondaryoda Ramazongacha mol gusht narxi 95 ming so‘m edi. 110 ming sum qilib qo‘yishibdi. 1 korobka tuxum o‘rtachasi 90 ming so‘m edi. 105 ming so‘m qilib qo‘yishibdi. 1 kilolik snikers, mars, tviks, bounti shokoladlarni 105 ming so‘mdan olar edim. 125 ming so‘m qilib qo‘yishibdi. Arab xurmosi katta sifatlisi 125 ming so‘m olar edim, 150 ming, 145 mingdan berishyapdi".

O‘quvchilarimizning ko‘pchiligi yashab turgan joyda go‘sht narxi oshganinini bildirgan.

@azamaturinov4486: "Qashqadaryoda 85 minglik qoramol go‘shti 100 ming bo‘ldi".

"Xorazmda go‘sht 90 mingdan 110 mingga ko‘tarildi. Ming afsus boshqa narsalarni aytmasak-da bo‘ladi", deydi @norbekquryazov5466

"Men Qashkadaryodan. Ramazonda go‘sht 5% oshdi. Yongok, mayiz, saryog 30% oshdi", deydi @John-hh9dv.

@bekzodmakhamatjonov6691 narx-navolarni organ xodimlari nazorat qilmasligi kerakligini aytadi.

"Muhimi milisa aralashmayapti, narxni bozor belgilaydi sun’iy aralashish to‘g‘rimas".