AQSh o‘ta muhim minerallarga boy O‘zbekistonga kirib kelmoqdami? O‘zbekiston oltin zaxirasini boyitmoqda

mineral

Surat manbasi, uzgeolcom.uz

O'qilish vaqti: 3 daq

Geopoliticalmonitor.com nashrining yozishicha, AQSh Markaziy Osiyoning o‘ta muhim minerallarga boy davlati O‘zbekiston bilan hamkorlik qilish borasida ma’lum natijalarga erishgan.

Nashrga ko‘ra, 2024 yil Vashington va Toshkent o‘rtasida bu borada bir qancha oliy darajadagi uchrashuvlar va kelishuvlar bo‘lib o‘tdi. Ular muhokamaga loyiq, deyiladi unda.

AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik va O‘zbekiston Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari Omonullo Nasritdinxodjaev o‘tgan yilning 16 sentyabr kuni AQSh va O‘zbekistonning mineral resurslarni yetkazib berish bo‘yicha global zanjirlarni diversifikatsiya qilish va toza energiyaga o‘tish jarayonini ilgari surish maqsadida "o‘zaro anglashuv memorandumi"ni imzoladilar. U Markaziy Osiyoning noyob ekotizimlarini himoya qilishni ham nazarda tutadi.

Aloqador mavzular:

O‘zbekiston Kon sanoati va geologiya vazirligi ushbu uchrashuvni yuqori baholab, AQSh – O‘zbekiston muloqotining davom etishida, "qidiruv, konchilik va yuqori qiymatli mahsulotlar zanjirini rivojlantirish" yo‘lida "muhim qadam" ekanini qayd qildi.

Ikki oy o‘tgach, noyabrda Vashington va Toshkent Strategik hamkorlik bo‘yicha muloqot o‘tkazdi. Unda o‘ta muhim minerallar muhokama markazida bo‘ldi.

AQSh Davlat departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, tomonlar "o‘ta muhim minerallarni qazib olish va O‘zbekistonning tabiiy gaz infratuzilmasini modernizatsiya qilish kabi hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini nishonlashdi".

Nashr bundan tashqari AQShning o‘ta muhim minerallar bo‘yicha Markaziy Osiyoning 5 davlati va AQSh boshchiligida o‘tgan yilning fevral oyida bo‘lib o‘tgan Muloqotga e’tibor qaratgan.

O‘zbekistondagi ushbu tabiiy boyliklarga faqat AQSh qiziqish bildirmayapti. Amerikaning muloqotidan ikki oy o‘tib Toshkentga Yevropa Ittifoqi vakillari kelishgan va o‘ta muhim minerallar bo‘yicha strategik hamkorlik memorandumini imzolagan.

Maqolada O‘zbekiston allaqachon neft va gaz konlari bilan mashhurligi aytiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:
Getty Images
O‘zbekistonda o‘ta muhim minerallar va kamyob yer elementlari, jumladan germaniy va kremniyning katta zaxirasi mavjud.
Geopoliticalmonitor nashri
Batafsil: BBC.COM/UZBEK

"Shu bilan birga, mamlakatda o‘ta muhim minerallar va kamyob yer elementlari, jumladan germaniy va kremniyning katta zaxirasi mavjud. Mamlakat, shuningdek, uran, reniy va tellur qazib olish bo‘yicha dunyodagi yetakchi o‘ntalikka kiradi; mis zahiralari bo‘yicha dunyoning 15 davlatidan biri; va molibden va kadmiy zahiralari bo‘yicha dunyodagi eng yaxshi 20 talikka kiradi", deb yozadi nashr.

AQSh Geologik xizmati tomonidan 2018 yil chiqarilgan hisobotda O‘zbekistondagi noyob yer elementlari va o‘ta muhim minerallarga boy 87 ta ob’ekt keltirilgan.

O‘zbekiston geologiya sanoati 2023 yilda qariyb 11 milliard dollarni tashkil qilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev "muhim xomashyo konlarini o‘zlashtirish va yangilarini qidirishni kengaytirish zarurligi"ni ta’kidlagan.

O‘zbekiston eng ko‘p oltin sotib olgan ikkinchi davlat

sof oltin

Surat manbasi, Reuters

O‘ta muhim minerallar bo‘yicha zaxiralarga sarmoya kiritishda G‘arb bilan hamkorlik qilayotgan O‘zbekiston noyabr oyida eng ko‘p oltin sotib olgan ikkinchi davlat bo‘lgan.

Jahon oltin kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy banki noyabr oyida oltin zahiralarini sezilarli darajada oshirgan. Mamlakat 2024 yil iyulidan keyin ilk bor oltin xarid qilgan.

Noyabr oyida dunyoning markaziy banklari 53 tonna sof oltin xarid qilishdi.

2024 yil davomida kuzatilgan kuchli xarid tendentsiyasi davom etgan.

Oltin sotib oluvchilar ro‘yxatida Polsha Milliy banki yetakchilik qilgan.

U o‘z zahiralariga 21 tonna oltin qo‘shib, jami 448 tonnaga yetkazgan.

O‘zbekiston Markaziy banki noyabrь oyida 9 tonna oltin sotib olib, jahon miqyosida ikkinchi o‘rinni egalladi. Yozdan beri O‘zbekiston oltin zahiralari birinchi marta o‘sgan va yillik 11 tonna sof oltin sotib olgan.

Noyabr oyi holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning umumiy oltin zaxirasi 382 tonnani tashkil etdi.