Sarimsoq piyozning asrlar osha sayohati: Markaziy Osiyodan jahon oshxonalariga

Xitoyda dalada sarimsoq terayotgan ayol.

Surat manbasi, Getty Images

Surat tagso‘zi, Hozirgi kunda Xitoy sarimsoq piyozning eng yirik yetishtiruvchisi sanaladi.
    • Author, VVS
    • Role, BBC World Service
  • O'qilish vaqti: 4 daq

Minglarcha yillardan beri sarimsoq piyoz nafaqat betakror mazasi balki shifobaxsh xislatlari bilan ma’lum.

Bakteriya va viruslarga qarshi ta’siri bilan tanilgan sarimsoq taomlarda ham, an’anaviy tabobatdagi dorilarda ham keng qo‘llanadi.

Kelib chiqishi Markaziy Osiyo mintaqasidan bo‘lgan sarimsoq piyoz aholi migratsiyasi jarayonlarida dastlab Yevropa va Janubi-Sharqiy Osiyoga qadar yetib borgan.

Olmaning ham kelib chiqishi Qozog‘iston ekanligini bilasizmi?

1929 yili rus olimi Nikolay Vavilov Olma Ota shahriga yaqin Alatau tog‘larida o‘suvchi yovvoyi olma hozirda hammamiz sevib iste’mol qiladigan xonaki olmaning umum ajdodi ekanligini taxmin qilgandi.

Olma terayotgan erkak

Surat manbasi, ЕРА

Surat tagso‘zi, Olmaning kelib chiqishi Qozog‘istonning Olma Ota shahri yaqinidagi tog‘lardan ekanligi tasdiqlangan.

O‘sha vaqtlarda Alatau yonbag‘irlarida yovvoyi olma juda mo‘l bo‘lgan.

Vavilov taxminiga ko‘ra, biron o‘simlikning "irsiy komponentlari" qaerda o‘ta zich mavjud bo‘lsa kelib chiqishi o‘sha yerdandir.

Vavilovning olmaning kelib chiqishi Olma Ota atrofidan degan taxmini keyinchalik tadqiqotlar natijasida tasdiqlangan.

Sarimsoqning foydasi

Hozirgi kunda Xitoy sarimsoq piyozning eng yirik yetishtiruvchisi sanaladi.

BBC Jahon Xizmati sarimsoq tarixini o‘rganib, u ne qadar foydali, degan savolga javob izlaydi.

Oshxonada eng kerakli masalliq

Oshtaxtadagi sarimsoq va tovuq go‘shti.

Surat manbasi, AFP via Getty Images

Surat tagso‘zi, Sarimsoqni bugungi kunda ko‘plab davlatlar va milliy oshxonalarda ishlatishadi.

Sarimsoq piyozdan juda ko‘plab millatlar taomlarida foydalaniladi.

Frantsiyadagi Oshpazlik maktabida dars beradigan daniyalik oshpaz Pol Erik Yensonning aytishicha, Amerika, Avstraliya va Osiyo davlatlari doxil yana ko‘plab yerlardan bo‘lgan talabalari orasida sarimsoq bilan tanish bo‘lmaganini uchratmagan.

Ammo uning o‘zi o‘sgan Daniyadagi qishloqda hatto 1970-yillarda ham sarimsoqdan deyarli hech kimning xabari yo‘q edi.

Саримсоқ ҳосили
ВВС
Саримсоқ -бу бир мўъжиза сабзавот
Баҳи Ван де Бор
Британиялик мутахассис

Polning aytishicha, sarimsoqni o‘tkir hidi tufayli yoqtirishmasdi.

Lekin keyinchalik Daniyaga turkiyalik muhojirlar kela boshlagan vaqtda taomlarda sarimsoqdan foydalanish anchayin ommalashdi.

Uning o‘zi esa sarimsoq bilan Italiya pitstsalari orqali oshno bo‘lgan. Hozirda qishda davo sifatida ham foydalanadi.

"Ertalablari rafiqam bilan birga har bir kosaga bir bosh sarimsoq piyoz solingan sho‘rva ichamiz. Na shamollash va na grippni bilamiz. Ishonchim komil bu sarimsoq tufaylidir", deydi u.

Uzoq yo‘l

Sarimsoq ushlab turgan odam.

Surat manbasi, Getty Images

Surat tagso‘zi, XX asrda asosan muhojirlar sarimsoqni yangi manzillarga olib borishdi.

Qadim Gretsiyada balo-qazodan saqlasin, deya sarimsoqni uy tashqarisiga qo‘yish odat bo‘lgan. Misrda fir’avn Tutanxamon maqbarasida ham sarimsoq topilgan. Xitoy va Filippin folklor qo‘shiqlarida jinlardan saqlovchi sarimsoq haqida kuylanadi.

"Sarimsoq ishlatilgan eng qadimiy taomlardan biri bundan 3 yarim ming yil avval tayyorlangan Mesopotamiya go‘sht dimlamasidir. Unda 2 bosh sarimsoq piyoz ishlatilgan", deydi "Yegulik sarimsoq piyoz biografiyasi" nomli kitob muallifi Robin Cherri.

"Sarimsoqning shifobaxsh xislati ham bundan 3 yarim ming yil avval Ebers Papyrus asarida tilga olingan", deydi u.

Robin Cherrining aytishicha, qadim yunon tabibi va faylasuf Gippokrat sarimsoq piyozdan qator muolajalarda foydalangan. Bundan tashqari Aristotel va Aristofanes kabi yozuvchi va mutafakkirlar ham sarimsoqning davolovchi xislatlarini aytib o‘tishgan.

Qullar taomidan qirollar oshxonasiga

Sarimsoq ishlatilgan pitstsa.
Surat tagso‘zi, Sarimsoq pitstsa kabi eng ommabop taomlarda ishlatiladi.

Rim saltanatida askarlar sarimsoq ularga kuch-quvvat va jasorat baxsh etishiga ishonishgan, Yevropa bo‘ylab harbiy yurishlarida o‘zlari bilan olib yurishgan.

Ammo bir vaqtlar sarimsoqni faqat past tabaqa insonlar iste’mol qilishardi.

"Sarimsoq qashshoq insonlar yeydigan narsa, deya ko‘rilardi", deydi Robin Cherri.

"Misrda piramidalarni qurayotgan qullar yoki Rim dengizchilariga kuch beradi, deya sarimsoq yedirishgan. Arzon narsa bo‘lgan, yomon ta’mli narsalarning mazasini yaxshilagan".

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Sarimsoq piyozning obro‘si Yevropa tarixida muhim ko‘rilgan 14-16 asrlar oralig‘idagi Renessans davrida, tarixiy bilimlar o‘rganila boshlagan vaqtda ko‘tarila boshladi.

"Frantsiya qiroli Genri IV ni sarimsoq bilan cho‘qintirishgan. U, shuningdek, sarimsoqni juda ko‘p iste’mol qilardi. Shu bilan sarimsoqning ommabopligi oshdi. Angliyada esa XIX asrda qirolicha Viktoriya davrida ommaga keng tarqaldi", deydi Robin Cherri.

AQShga esa sarimsoq anchayin kechroq yetib borgan. Uni 1950-60 yillarda muhojirlar o‘zlari bilan olib borishgan.

"Bir vaqtlar sarimsoq yahudiy, italiyalik va koreyaliklarga nisbatan haqoratlovchi ma’noda ham qo‘llangan. Ularni « sarimsoqxo‘rlar", deya kamsitishgan", deydi Robin Cherri.

Sarimsoq dori sifatida

Sarimsoqdan tayyorlangan darmon dorilar.

Surat manbasi, AFP via Getty Images

Surat tagso‘zi, Sarimsoqdan bugungi kunda davo sifatida ham foydalaniladi.

Hozirda jahon bo‘ylab sarimsoqning 600 dan ortiq turi bor. O‘zbekiston va Gurjistondan bo‘lgan turlari yaqindagina jahon bozorlariga chiqib borgan.

Taomlarda ishlatilishidan tashqari sarimsoqdan shamollash alomatlarini davolash yoki yengillatishda foydalaniladi. O‘tkazilgan tibbiy tadqiqotlarda, shuningdek, uning qon bosimi, yuqori xolesterin va hatto saratonga qarshi ta’siri o‘rganilgan. Ammo natijalar aniq-oydin emas.

Eronda o‘tkazilgan kichik bir tadqiqotda sarimsoqning limon bilan qorishmasi 6 hafta mobaynida iste’mol qilinsa, qon bosimi va xolesterin darajasini tushirishi aniqlangan. Ammo, AQShdagi Stenford Universitetida 200 sog‘lom inson ishtirokida 6 oy mobaynida o‘tkazilgan tadqiqot xolesterin darajasini tushirishda ko‘zga ko‘rinarli ta’siri bo‘lganligini ko‘rsatmagan.

Aloqador mavzular:
Sarimsoq

Surat manbasi, Press Association

Surat tagso‘zi, Sarimsoqni haddan tashqari ko‘p yeyish, ayniqsa och qoringa iste’mol qilish, ichak-oshqozon faoliyatining buzilishi va oshqozondagi tabiiy muhitning o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin.

2014 yili Sidney Universitetidagi tadqiqotlar sarimsoqning mikrob, virus va zamburug‘larga qarshi xislatlarini tasdiqlagan.

"Sarimsoqda ko‘p miqdorda potassium, fosfor, rux, shuningdek o‘rtacha miqdorda magniy va temir moddalari bor. Bu bir mo‘’jiza sabzavot", deydi Britaniyalik mutaxassis Bahi Van de Bor.

Unga ko‘ra, sarimsoq piyoz oshqozondagi foydali bakteriyalarni parvarishlash, qorin dam bo‘lishi va qabziyatga qarshi ham foyda beradi.

Kuniga 1-2 pishirilmagan sarimsoq donasini yeyish kattalar uchun xavfsiz ko‘riladi. Lekin AQSh chop etiladigan American Family Physician ilmiy jurnalidagi maqolada aytilishicha, haddan tashqari ko‘p yeyish, ayniqsa och qoringa iste’mol qilish, ichak-oshqozon faoliyatining buzilishi va oshqozondagi tabiiy muhitning o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin.