Turkiya: O‘zbek ayollari “fohisha” degan stereotip qayerdan keldi?

Turkiyalik qiziqchi Ummuxan O‘zdenning ayganlari bahsu munozalarni keltirdi

Surat manbasi, Ijtimoiy tarmoqdan

Surat tagso‘zi, Turkiyalik qiziqchi Ummuxan O‘zdenning ayganlari bahsu munozalarni keltirdi
    • Author, Sohiba Hayot
    • Role, Mustaqil jurnalist, Istanbul
  • O'qilish vaqti: 4 daq

“Ulama kiprik taqsam o‘zbek fohishalarga o‘xshayman”. O‘zbek va turk ijtimoiy mediasida turkiyalik qiziqchi Ummuxan O‘zdenning chiqishi keskin bahsu munozoralarni yuzaga keltirdi.

Ulama kiprik, o‘zbek fohishalari va tarmoqdagi janjal

Turk ijtimoiy mediasida turkiyalik stendapchi Ummuxan O‘zdenning sahna ko‘rinishidan qisqa bir lavha keng tarqaldi.

“Men oddiy bir bechorahol ko‘chmanchi qizman. Lekin ko‘chmanchi sifatida men qila olmaydigan ikki narsa bor: biri qurbonday ko‘rinish, ikkinchisi ulama kiprik, uni taqsam o‘zbek fohishalarga o‘xshayman” - deydi Ummuxan O‘zden “1-Mezat shou” dasturidagi chiqishida.

Ummuxan O‘zdenning aynan shu so‘zlari ijtimoiy media foydalanuvchilari tomonidan bahsli munozaralarga sabab bo‘ldi.

“Bu kim o‘zi? O‘zbeklarga qo‘yilgan bu o‘xshatish juda jirkanch!” - deya tvit qoldirdi Sevda Turkusev nomli akkaunt egasi.

O‘tkazib yuboring X post , 1
X контентига рухсат бериш

Ayni maqolada X tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz X havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas

Oxiri X post, 1

Mustafa Taneri nomli profil egasi esa “O‘zbek fohisha” so‘zini hazm qilolmadim. Bu qanday tarbiyasizlik? Qiziqchilik deganing pastkashlik, qardosh bir millatning insonlariga bu iborani qanday haqqing bor?” - deb yozdi.

Bu virusli videolavha turk mediasidan o‘zbekzabon tarmoqlarga o‘tdi.

“Turk stendapchisi Ummuxan O‘zden xazil asnosida "Sun’iy kipriklarda o‘zbek foxishalariga o‘xshab qolaman"-dedi Izohlash qiyin kimdan jaxling chiqishini bilmaysan kishi. O‘zbeklardi sha’nini yer qilaolayotgan foxishalardanmi yoki ulardi ustidan kulib millatga gap otayotgan qirchang‘idanmi?” deydi Sayid Malik o‘g‘li akkaunti egasi.

O‘tkazib yuboring X post , 2
X контентига рухсат бериш

Ayni maqolada X tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz X havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas

Oxiri X post, 2

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating

“Turkiyada o‘zbek ayollarini (erkaklarini ham) avvallari tilla tishlariga qarab tanib qolishardi.

Juda ko‘plab ayollar O‘zbekistonga qaytganida tilla tishlarini yechdirib, sadaf tishlar taqdirishga o‘tgandi. Ajomas endi ulama kiprikdanam voz kechishsa”, deya kinoyali post qildi bloger Farrux Samarqandiy.

“Elchi va konsullarimiz bunday chiqishlarga qarshi noroziligini bildirishi shart” deya fikr bildirdi Darvesh nomli akkaunt egasi.

Huquqiy baho beriladi

Ijtimoiy tarmoq
“O‘zbek fohisha” so‘zini hazm qilolmadim. Bu qanday tarbiyasizlik? Qiziqchilik deganing pastkashlik, qardosh bir millatning insonlariga bu iborani qanday haqqing bor?
Mustafa Taneri
Turkiya (Batafsil: bbc.com/uzbek)

Ijtimoiy mediadagi bu shov-shuvli postlar ortidan O‘zbekistonning Istnbuldagi bosh konsulligi rasmiy bayonot bilan chiqdi.

Unda Ummuxan O‘zden tomonidan bildirilgan salbiy fikrlar uning shaxsiy qarashlari bo‘lib, bu qardosh turk xalqining millatimizga nisbatan munosabatini anglatmasligi va bu holat ikki davlat munosabatlariga ta’sir o‘tkazmasligini bildirilgan.

Shuningdek, bu chiqish e’tiborsiz ham qoldirilmasligiga urg‘u berilgan.

“Qolaversa, har bir davlat o‘z xalqining sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqiga ega ekanligidan foydalanib, Turkiya Respublikasi vakolatli idoralari bilan U.O‘zdenning ushbu xatti-harakatiga huquqiy baho berish yuzasidan tegishli ishlar amalga oshirilayotganini ma’lum qilamiz”, deb yozdi konsullik Telegramdagi rasmiy sahifasida.

Konsullik ortidan Turkiyadagi o‘zbek ayollari huquqlarini himoya qilish jamiyati ham “sahna ko‘rinishi boshlovchisi va tashkilotchilaridan o‘zbek ayollari sha’niga ommaviy ravishda e’lon qilingan haqorat, uning ortidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan millatlararo nifoq soluvchi chiqish uchun izoh talab qilamiz” deya rasmiy bayonot berdi.

Jamiyat rahbari Ozoda Islomova qiziqchi Ummuxan O‘zdenning chiqishi bo‘yicha Turkiya bosh prokuraturasiga shikoyat yozilganini ma’lum qildi.

“Ummuxan sudga tortilsin”mi?

Turkiyaga ko‘plab o‘zbekistonliklar ishlash va sayohatga keladi

Surat manbasi, Sohiba Hayot

Surat tagso‘zi, Turkiyaga ko‘plab o‘zbekistonliklar ishlash va sayohatga keladi

Turkiyadagi bir guruh faollar esa https://www.change.org/ platformasida “UMMUXAN SUDGA TORTILSIN” degan petitsiyani boshladilar.

Petitsiya matnida qiziqchi ayolning shaxsiga e’tibor qaratilib, Ummuxan O‘zden oliy ma’lumotli psixolog sifatida bu chiqishning jamiyatda qanday munosabat va oqibatlarga olib kelishini hisobga olishi lozimligi ta’kidlangan.

“Markaziy Osiyodan to Anadolugacha bo‘lgan katta geografiyaga ega davlatlar ichida o‘zbek millati turkiylik tushunchasining ajralmas qismidir. Turkiya Respublikasidagi bir necha million fuqarolarning etnik kelib chiqishi va hatto familiyasi ham O‘zbekdir.

Shu bois, Ummuxan O‘zden tomonidan qilingan haqorat jamiyatning bir qismiga sifatida emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri turkiylarga qilingan haqorat sifatida ko‘rilishini so‘raymiz”

Petitsiya tashkilotchilari Ummuxan O‘zdenni qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortilishini talab qilganlar.

Avval ham aytilgandi

Turkiyaga kelgan o‘zbek ayollarining ayrimlari qiyin vaziyatlarga ham tushib qoladi

Surat manbasi, Sohiba Hayot

Surat tagso‘zi, Turkiyaga kelgan o‘zbek ayollarining ayrimlari qiyin vaziyatlarga ham tushib qoladi

Kichik bir shoudagi chiqishining jjtimoiy mediadagi katta bir aks sadolari ortidan Ummuxan O‘zden ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini yopib qo‘ydi. Hozircha matbuotda yoki mediada hech qanday izoh berganicha yo‘q.

Ummuxan O‘zden ishlatgan “yasama kiprik taqsa o‘zbek fohishaga o‘xshash” iborasi 6 oy oldin Tvitterda boshqa bir akkaunt nomidan yozilgan va keskin bahsu munozaralarga sabab bo‘lgandi.

“Rasvo kabi qilingan kiprik nima? Mana shudir. O‘zbek fohishalarga o‘xshab qoldim” deb yozib rasm qo‘ygandi “Avrupali Zengin Dul” akkaunti egasi.

23 aprelda qo‘ygan bu posti bugungacha 3.7 mln marta ko‘rilgan, yuz minglab ulashilgan.

Bu tvit aprel oyida qattiq noroziliklarga sabab bo‘lgan, post ustidan ommaviy shikoyatlar tashlangan, natijada akkaunt egasi bu posti hazil ekanligini yozib, o‘zbek ayollaridan uzr so‘ragan edi.

Salbiy qarash kuchayyaptimi?

Turkiyadagi o‘zbekistonliklar

Surat manbasi, Sohiba Hayot

Surat tagso‘zi, Turkiyadagi o‘zbekistonliklar

Turkiya o‘zbekistonliklarning mehnat muhojirligiga eng ko‘p chiquvchi 3 davlatdan biridir. Bu davlatda ish imkoniyati ayollar uchun nisbatan ko‘pligi bois, o‘zbek migrantlarning katta qismi xotin-qizlarni tashkil etadi.

O‘zbekistonda Turkiyada ishlaydigan ayollarga nisbatan salbiy qarashlar ko‘p yillardan beri yuzaga kelgan bo‘lsa, bunday stereotip Turkiyada so‘nggi yillarda shakllanib bormoqda.

Turkiya matbuotida “Odam savdosi bo‘yicha jinoiy guruhning qo‘lga olingani va ular orasida O‘zbekiston fuqarolarining borligi haqidagi xabarlar, O‘zbekistonning Istanbuldagi konsulligi Telegramdagi rasmiy sahifasida esa “fohishalikka majburlangan o‘zbek ayollarining qutqarilgani va vatanga qaytarilgani” haqidagi ma’lumotlar bot-bot nashr etiladi.

Turkiyadagi o‘zbek xotin-qizlarning katta qismi xizmat ko‘rsatish sohalarida (enaga, uy xizmatchisi, sotuvchilik, tikuvchilik) band va ish haqlari o‘rtacha hisobda 800 AQSh dollari miqdorini tashkil qiladi.

Telegram kanalimiz: