O‘zbekiston fuqarolari Birlashgan Arab Amirliklarida ravvinni o‘ldirishda gumonlanmoqda

Tsvi Kogan

Surat manbasi, Reuters

Surat tagso‘zi, Ravvin Tsvi Kogan Dubayda do‘kon yuritgan.
O'qilish vaqti: 2 daq

Birlashgan Arab Amirliklarida uch nafar O‘zbekiston fuqarosi isroillik ravvin Tsvi Koganni o‘ldirishda gumonlab hibsga olingani aytiladi.

BAA Ichki ishlar vazirligi bayonotida hibsga olinganlarning ikki nafari 28 yoshda, uchinchisi esa 33 yoshda ekani xabar qilindi.

O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari gumonlanuvchilarning ismlari Olimboy Davlatyorov, Mahmudjon Kenjaboev va Azizbek Ismoilov ekanini yozmoqda.

Mamlakat rasmiylari gumondorlarning kishanlangan va yuzlari yopilgan suratlarini chop etdi. Suratlarda gumonlanuvchilarning otalari ismlari ham ko‘rsatilgan.

Reyters agentligining qayd etishicha, huquq-tartibot idoralari hozircha bu shaxslarga nisbatan rasmiy ayblovlar qo‘yilgani haqida xabar bermagan.

28 yoshli ultra-ortodoks ravvin Zvi Kogan o‘tgan hafta payshanba kuni bedarak yo‘qolgan edi. Uning jasadi yakshanba kuni topilgan.

BAA qo‘lga olinganlarning suratlarini chop qildi.

Surat manbasi, БАА Ташқи ишлар вазирлиги

Kogan bir necha yil Dubayda yashagan va u yerda kosher oziq-ovqat do‘konini yuritgan, deya xabar beradi Assoshieyted Press.

Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi Koganning g‘oyib bo‘lishi bo‘yicha tergov haqida gapira turib, uni faqat Moldova fuqarosi deb atashgan.

Skip Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating: and continue readingBizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:

End of Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu qotillikni “antisemit terrorchilik harakati” deb atadi.

BAAning bir necha ming kishidan iborat yahudiy jamiyati a’zolari qotillikdan chuqur xavotirga tushgan.

BBC O‘zbek xizmati bu borada O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligiga so‘rov yubordi va vazirlik unga mamlakat Tashqi ishlar vazirligi bilan bog‘lanishni tavsiya qildi.

O‘zbekistonning BAAdagi elchixonasi VVS so‘roviga keyinroq javob berishga va’da berdi, biroq Kogonni o‘ldirishda gumon qilinib hibsga olingan mamlakat fuqarolari haqidagi ma’lumotlarni inkor etmadi yoki tasdiqlamadi.