Frantsiya nega Islomdan qo‘rqyapti? Hukumat o‘z safiga islomchilar o‘rnashayotganidan ogohlantirdi

Parij Jome’ masjididagi va’z

Surat manbasi, EPA

Surat tagso‘zi, Parij Jome’ masjididagi va’z
O'qilish vaqti: 3 daq

Islomchilar Frantsiyaning respublika muassasalariga xufyona kirib olib, milliy uyg‘unlikka tahdid solmoqda, deyiladi Prezident Emmanuel Makronga chorshanba kuni taqdim qilingan hisobotda.

Ikki yuqori darajali hukumat xizmatchisi tomonidan yozilgan hisobotda «Musulmon birodarlar» o‘z a’zolarini maktablar va mahalliy hokimliklar kabi jamoatchilik muassasalariga kiritish siyosatini olib borayotganiga dalil-isbot borligi da’vo qilinadi.

Xavfsizlik rahbarlari bilan majlisi ortidan, Makron ushbu hisobot xulosalari jiddiyligi sabab, o‘z hukumatidan "yangi tavsiyalar"ni taqdim qilishni so‘radi.

Dunyoviylik Frantsiya milliy o‘zligining asosida yotuvchi aqidadir.

Frantsiya hukumatining anonim gapirgan bir a’zosiga ko‘ra, «yangi fenomen – entrizm» yuzaga kelgan va bu separatizmdan farqli. (Entrer frantsuz tilida «kirish»ni anglatadi.)

Separatizm musulmonlarning Frantsiyada parallel jamiyatda yashashlarini anglatsa, «entrizm respublika infratizilmasiga jalb bo‘lishni anglatadi… maqsad – uni ichidan o‘zgartirish. Buning uchun ayyorlik talab qilinadi… va u pastdan yuqoriga qarab ishlaydi", - deydi rasmiy.

Fransiyalik musulmon
Reuters
[FMF] mahalliy hokimliklar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yadi. Niqob, soqol, ko‘ylak, ro‘za tutish kabi ijtimoiy normalar bosqichma-bosqich o'rnatiladi.
Fransiya hukumati hisoboti
bbc.com/uzbek

Le Figaro gazetasida chop qilingan hisobotda 100 yil avval Islomiy qadriyatlarni targ‘ib qilish uchun tuzilgan "Musulmon birodarlar" tarixiy tashkilotining Frantsiyadagi asosiy vakili deya "Frantsiya musulmonlari federatsiyasi" (FMF) ko‘rsatilgan.

Mualliflarga ko‘ra. FMF Frantsiyada 139 ta masjidlarni nazorat qiladi va yana 68 tasiga aloqador. Bu mamlakatdagi masjidlar sonining 7 foiziga teng. Tashkilot, shuningdek, sport, ta’lim, xayriya va boshqa sohalarda 280 ta uyushmaga, hamda 21 ta maktabga boshchilik qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

FMF ga asos solinganida, uning maqsadi Frantsiyadagi «musulmonlarning tug‘ilganidan vafotigacha hayotlarini tizimlashtirish» harakatini mahalliy darajada yo‘lga qo‘yish bo‘lgan.

[FMF ning] ashaddiy aktivistlar bo‘lgan rasmiylari mahalliy hokimliklar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yadilar… Niqob, soqol, ko‘ylak, ro‘za tutish kabi ijtimoiy normalar bosqichma-bosqich yuklanib boradi va ekotizim o‘rnatiladi», deyiladi hisobotda.

«So‘ng diniy talablar qattiqqo‘llashadi, ko‘proq qizlar abayya (uzun ko‘ylak) kiyadi, hijob o‘ragan yosh qizlar soni o‘ta katta va ko‘zga ko‘rinarli ko‘lamda oshadi. Bu qizlarning ba’zilari 5 yo 6 yoshda.»

Frantsiya musulmonlari federatsiyasi o‘zlarini "xorijiy siyosiy dastur yoki entrizm strategiyasi»ga aloqador deb ko‘ruvchi har qanday aybovlarni g‘azab bilan rad etti.

Makron o‘z vazirlar mahkamasiga ushbu hisobot asosida tavsiya va takliflar bilan chiqishni buyurdi.

Surat manbasi, Getty Images

Surat tagso‘zi, Makron o‘z vazirlar mahkamasiga ushbu hisobot asosida tavsiya va takliflar bilan chiqishni buyurdi.

"Islomni siyosiy Islomizm va radikallik deb tushunishning o‘zi nafaqat xavfli, balki Respublika qadriyatlariga teskari. Bu asossiz ayblovlar ortida Islomni va musulmonlarni qora otliq qilish rejasi yotibdi», - dedi FMF.

Barcha dinlarni davlatdan ajratishni nazarda tutuvchi Frantsiya dunyoviy qonunlarining tarafdorlari hisobotni qo‘llab chiqishdi.

Yakshanba kuni an’anador Les Républicains (Respublikachilar) partiyasiga rahbar etib saylangan Frantsiya Ichki ishlar vaziri Bruno Retayo «Butun frantsuz jamiyatini shariat qonunlariga bo‘ysundirishni maqsad qiluvchi radar ostidagi Islomizm muassasalari» xavfidan ogohlantirdi.

Aloqador maqolalar

Frantsiyada kelgusi yil mahalliy saylovlar bo‘lib o‘tishi kutiladi, qattiqqo‘l siyosatchi deya nom olgan Retayo bu saylovlarda Islomiy nomzodlar ro‘yxati bo‘lishidan xavotirda ekanini aytdi.

O‘ta-so‘ngchilar rahbari Jan-Luk Melenshonga ko‘ra esa, «Islomofobiya haddidan oshib ketti». U prezidentning xavfsizlik rasmiylarini Retayo va "Milliy Ralli" lideri Marin Le Penning «hayolparast nazariyalari»ni o‘zlariga qabul qilishda aybladi.

Frantsiyaning 10 viloyati va Yevropaning to‘rtta davlati bo‘ylab o‘z tadqiqotlarini olib borgan hisobot mualliflari xulosa qilishicha, «Musulmon birodarlar» Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada o‘z ta’sirini yo‘qotayotgani tufayli, Turkiya va Qatar moliyasi bilan Yevropani nishonga olmoqda.

"Yevropada qattiq o‘rnashib olish uchun o‘z mafkurasiga G‘arbona imij berib, [Musulmon birodarlar] yashirincha qo‘poruvchi fundamentalizm bilan Yaqin Sharq an’analarini tarqatadi», deyiladi xulosada.