Putin jonli efirda nimalar haqida gapirdi?

Surat manbasi, Reuters
Eng birinchi savol - Ukraina haqida bo‘ldi. Undan keyin ham frontdagi vaziyat va urush bilan bog‘liq savollar berildi.
Frontdagi vaziyat

Surat manbasi, Reuters
Vladimir Putinning aytishicha, Rossiya frontda barcha yo‘nalishlarda hujum qilmoqda. Shuningdek, u bir nechta shaharlar, jumladan Kupyansk va Volchanskni egallab olganini e’lon qildi, bu mustaqil manbalar tomonidan tasdiqlanmagan.
"Ishonchim komilki, joriy yil oxirigacha biz yana front chizig‘idagi jangchilarimiz muvaffaqiyatlariga guvoh bo‘lamiz", — dedi Putin.
Urush

Surat manbasi, Reuters
Vladimir Putin Rossiya Ukrainada saylovlar o‘tkaziladigan kunda Ukraina hududining chuqur qismiga zarba bermaslik haqida «o‘ylab ko‘rishga tayyor» ekanini bildirdi. Ukrainada saylov o‘tkazish taklifi bilan avval Donald Tramp chiqish qilgan edi.
Amerikalik NBC telekanali korrespondenti Vladimir Putinga Donald Tramp bilan munosabatlari va Putinning Ukraina tomonidan katta murosalarni nazarda tutuvchi tinchlik rejasi haqida savol berdi.
"Ammo siz hali ham urush haqida gapiryapsiz", — deb qo‘shimcha qildi jurnalist va Putindan 2026 yilda ukrainaliklar va rossiyaliklar o‘limi uchun o‘zini mas’ul his qiladimi, deb so‘radi.
"Biz odamlar halok bo‘lishida o‘zimizni mas’ul deb hisoblamaymiz, chunki urushni biz boshlamaganmiz", — deb javob berdi Putin va yana 2014 yilda Ukrainadagi "antikonstitutsiyaviy to‘ntarish" haqida gapirdi.
Tinchlik jarayoni
Rossiya muzokaralarga tayyor — faqat Ukrainaga qo‘yilgan barcha talablar bajarilsa. Biroz vaqt o‘tgach, Rossiya prezidenti Ankoridj sammitida Rossiya murosaga borishga rozi bo‘lganini qo‘shimcha qildi.
Yevropa bilan munosabatlar

Surat manbasi, t.me/vesti
Rossiya Yevropaga hujum qilishni rejalashtirmayapti. Putin bu haqdagi da’volarni "bema’ni" deb atadi. Keyin u aniqlik kiritdi: agar Rossiyaga hurmat bilan munosabatda bo‘lishsa va «aldamasalar», hech qanday yangi maxsus harbiy operatsiyalar bo‘lmaydi.
Iqtisodiyot

Surat manbasi, Reuters
Putinning aytishicha, iqtisodiyotda barcha narsa yaxshi — sekinlashish hukumat nazoratida. Uning so‘zlariga ko‘ra, NDSni 22% gacha oshirish — vaqtinchalik chora. To‘g‘ridan-to‘g‘ri efir paytida Markaziy bank asosiy stavkani pasaytirganini e’lon qildi, Putin esa SB ishiga aralashmasligini ta’kidladi.
Rossiyaning muzlatilgan aktivlari
Putin Markaziy bankning muzlatilgan aktivlarini Ukrainani tiklash uchun ishlatish imkoniyatini "talonchilik" deb atadi. Rossiya aktivlari musodara qilinsa, sudlarda kurashadi va "mos yurisdiktsiyani topadi".
Internet
Putinning aytishicha, aloqa cheklovlari xavfsizlikni ta’minlash uchun joriy etilgan. Shu bilan birga, Max messenjeri tufayli Rossiya to‘liq raqamli suverenitetga erishganini hisoblaydi.












