Putinning keyingi qadami nima bo‘ladi yoki endi Rossiyadan qo‘rqish kerakmi? Video

Surat manbasi, Reuters
- Author, Katya Adler
- Role, Yevropa bo‘yicha muharrir, Narva, Estoniya
- O'qilish vaqti: 3 daq
Shu kunlarda Polsha va Estoniya piyodalarga qarshi minalarni taqiqlovchi yirik xalqaro bitimdan chiqish rejasini e’lon qildi.
Mazkur kelishuv dunyoning 160 davlati tomonidan imzolangan.
Voqealarning bu kabi rivoji xavfsizlik strategiyasidagi keskin o‘zgarishni anglatadi.
Polsha ham, Estoniya ham Rossiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chegaradosh.
Ikkovlon ham NATOga kiradi.
Ular o‘z rejalari sababini Putin tomonidan kuchayib borayotgan tahdid bilan izohlashdi.
Moskva bilan keskinlashib borayotgan tanglik manzarasida Estoniyaning Rossiya bilan shimoliy chegarasida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.
Uzoq vaqt davomida Rossiyaga yaqin davlatlar uchun NATOga a’zolik va mazkur alyans tomonidan o‘tkazib kelinayotgan mashqlar xavfsizlik kafolati bo‘lib keldi.
Lekin Donald Tramp bularning barchasini o‘zgartirmoqda.
Tramp Moskvaga ko‘proq ochiq, Yevropaga esa, AQShning qo‘llab-quvatlovini ortiq kafolatlangan deb tushunmasliklarini ochiq aytdi.
Bu Boltiqbo‘yidagi NATOga a’zo davlatlarni xavotirga solmay qo‘ymadi.
Kichikkina Estoniya janubidan tortib, qorli shimoligacha Rossiya bilan chegaradosh.
Bu yerda siz Yevropaning Rossiyaga hali ham ochiq bo‘lgan so‘nggi piyodalar o‘tish joylariga guvoh bo‘lasiz.
Estoniyaning bu qismida yana asosan etnik ruslar istiqomat qilishadi.
Ular chegaraning nariga tomonidagi yaqinlarini ko‘rib kelish uchun, odatda, bu yerda soatlab navbatda turishadi.
Biz kamdan-kam ommaviy axborot vositalariga berilishi mumkin bo‘lgan imkoniyatga ega bo‘ldik, vaziyatga yaqindan nazar tashladik.
Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.
Oxiri YouTube post
Bu yerdagi xavfsizlik xizmatlari Rossiya o‘zlarini tinimsiz sinovdan o‘tkazayotganini aytishadi.
"Chegarada doimiy provokatsiyalar va taranglik mavjud. Tinimsiz GPS signalini to‘sib qo‘yuvchi dronlar uchirilmoqda. Vertolyotlar, samolyotlar GPS signalidan foydalanadi. Shunday ekan, bu jiddiy oqibatlarga olib keladi, vazifamizni risoladagidek bajarishimizga to‘sqinlik qiladi", - deydi Estoniya Chegara Qo‘riqchi kuchlari rahbari Egert Belichev.
Rossiya bu yerdagi ko‘prik orqali ko‘plab tank yuborish bilan tavakkal qilishiga ko‘pchilik ishonmaydi, ammo butun mintaqadagi vaziyatni beqarorlashtirish uchun uncha katta sondagi qo‘shin kerak bo‘lmaydi.
Rossiyaning qanchalik yaqin ekanini ko‘rganingizda, Estoniya nega o‘zini bunchalik himoyasiz his qilayotgani va ularni himoya qilish uchun NATOdagi ittifoqchilari yadroviy Rossiya bilan urushishga borishi-bormasligidan xavotirda ekani sababini tushunasiz.
Biz buning urushga olib kelishini xohlamaymiz, lekin, agar urush bo‘lsa, biz butkul bahamjihatmiz, halokatli javob qaytarishga to‘la tayyormiz...
AQSh uzoq vaqtdan beri Yevropada joylashgan qo‘shinlarini chiqarib olishi yoki ularning sonini kamaytirishiga oid gap-so‘zlar manzarasida NATO atrofidagi bu kabi ikkilanish Rossiyaning jasoratini oshirmoqda.
"Biz o‘z ittifoqchilarimizga, shu jumladan, amerikaliklarga ham ishonishimiz kerak", - deydi Estoniya Mudofaa vaziri Hanno Pevkur.
Prezident Tramp NATO haqida har xil gaplarni gapirayapti-ku, degan savolimga esa, u, "Estoniyaning hatto bir bo‘lagiga hujum qilish ham NATOga qarshi hujum ekanligiga ishonaman va bu keyin barcha ittifoqchilar, 32 a’zo davlat uchun biz birgamizmi yoki yo‘qmi, degan savolni tug‘diradi", - deydi.
Vashingtondan olinayotgan qorishiq xabarlar manzarasida Estoniya Buyuk Britaniyaga o‘xshash Yevropadagi ittifoqchilariga ko‘proq orqa qilayapti.
U qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarda qatnashyapti va bu yerda doimiy joylashtirilgan qo‘shinlari sonini ko‘paytirmoqda.
"Menimcha, NATO umuman olganda o‘zini himoyasiz his qilmoqda. Biz buning urushga olib kelishini xohlamaymiz, lekin, agar urush bo‘lsa, biz butkul bahamjihatmiz, halokatli javob qaytarishga to‘la tayyormiz", - deydi Estoniyadagi Royal Dragoon Guards kuchlari mayori Aleks Hampreys.
Estoniya, hatto shunda ham, hech narsaga ishonmay, Rossiya bilan chegarasida yangi bunkerlar qurishga kirishgan va minalar o‘rnatishga imkonli bo‘lishi uchun xalqaro kelishuvlardan ham chiqmoqda.
Ukraina ishg‘olidan saboq chiqargan Estoniya o‘zining boshiga ham shunday taqdir tushmasligiga umid qilayotir.












