Amerika saylovida erkak va ayol: uning tub mohiyati nimada? Video

Harris va Tramp
    • Author, Ketti Key
    • Role, BBC
  • O'qilish vaqti: 5 daq

Donald Tramp erkaklar orasida katta ustunlikka ega. Ayollar esa shunga o‘xshash katta farq bilan Kamala Harrisni afzal ko‘rishlarini aytishmoqda. Siyosatda ayol va erkak orasidagi farq ijtimoiy to‘ntarishlarning o‘n yillik ko‘lamini aks ettiradi va AQSh saylovlarini hal qilishda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.

Prezidentlik nominatsiyasini qo‘lga kiritgan birinchi qora tanli ayol va umuman g‘oliblikka bu qadar yaqin kelgan birinchi ayol nomzor sifatida Kamala Harris o‘z identifikatsiyasi haqida iloji boricha gapirmaslikka harakat qiladi.

“Men o‘zimni — irq va jinsdan qat’i nazar — barcha amerikaliklar uchun ushbu mas’uliyatni ayni paytda eng yaxshi qilib bajara oladigan odam deb o‘ylayman,” deydi vitse-prezident o‘tgan oy CNN intervyusida.

Biroq, mavzuni neytrallashtirishga bo‘lgan urinishlarga qaramasdan, jins bu saylov kampaniyasidagi hal qiluvchi masala bo‘lib qolmoqda.

“Madame President” Amerika uchun yangi narsa bo‘lib tuyilishi va ko‘plab saylovchilar bu g‘oyani yaxshi ko‘rishlari mumkin, biroq, ba’zilar uchun bu hanuz biroz g‘ayritabiiy jarayondek qolmoqda.

Harris kampaniyasi buni jamoatchilik oldida aytishni istamaydi, lekin yaqinda bir rasmiy, ayolni prezident sifatida saylashda ayrim insonlarda hali ham unga nisbatan “yashirin jinsiy kamsitish” borligini tan oldi.

2024 yil va kamdan-kam odam “Men ayol zoti Oval ofisga mos keladi, deb o‘ylamayman” deb ochiq aytishga jur’at etoladi (garchi ko‘plab odamlar ijtimoiy tarmoqlarda misoginistik (ayollarga qarshi) memlar bilan bo‘lishishga allaqachon shay turgan bo‘lsada). Saylovchilar so‘rov o‘tkazuvchilarga Harris “tayyor emas” yoki “to‘g‘ri shaxsiyatga ega emas” yoki “zarur talablarni bajara olmaydi” deyishganida, aslida, ularning ko‘pchilgi Harris ayol ekanligiga sha’ma qilyotgan bo‘ladi, deydi Demokrat strategiyachilardan biri.

O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

Trampni “misoginist” deb atagan kongress a’zosi Liz Cheyni Harrisga respublikachi ayollarga o‘zini ko‘rsatishda yordam bermoqda.

Surat manbasi, Getty Images

Surat tagso‘zi, Trampni “misoginist” deb atagan kongress a’zosi Liz Cheyni Harrisga respublikachi ayollarga o‘zini ko‘rsatishda yordam bermoqda.

Tramp kampaniyasi mavzuning jinsga hech qanday aloqasi yo‘qligini aytadi.

“Kamala zaif, samimiy emas va xavfli darajada liberal. Shuning uchun amerikaliklar uni 5 noyabrda rad etadi,” deya ta’kidlashdi ular shu hafta.

Tashqivot kampaniyasining yuqori maslahatchisi Bryan Lanza menga Tramp g‘alaba qozonishiga ishonchi komil ekanini yozdi, chunki “erkaklar o‘rtasidagi farq bizga ustunlik beradi”, deydi u.

Oxirgi marta ayol siyosatchi prezidentlikka da’vogar bo‘lganida, uning jinsiga nisbatan salbiy munosabatlar ko‘zga aniq tashlanuvchi omil edi.

Sakkiz yil oldin, Hillari Klinton o‘zini asosiy partiyaning birinchi ayol nomzodi sifatida ko‘rsatgan edi. “Men u(ayol) bilanman” kampaniya shiori uning qutblashgan siyosiy qiyofasini tasvirlovchi yaqqol eslatma edi.

Pensilvaniya Kongressmeni Madlen Din Klintonning nomzodi haqida saylovchilar bilan muhokama qilganini eslaydi. Men bu hafta Din bilan ko‘risharkanman, 2016 yilda u o‘z okrugida kampaniya olib borgan vaqtida odamlar unga “Unda shunchaki nimadir bor,” deb aytishganini ta’kidlaydi.

U buni tezda tushundi: “Bu ʻuʼ haqida edi. Bu shunday edi. Bu uning [Hillarining] ayol ekanligi edi.”

Din bu kabi qarash hozir avvalgidan ko‘ra kamroq ommalashganiga ishonsa-da, biroq hali ham “qudratli ayol? Yo‘q, bu ehtimolda juda uzoq,” deb o‘ylaydigan ma’lum qatlam borligini tan oladi.

2016 yildan beri ayollar bilan bog‘liq ko‘p narsalar o‘zgardi. 2017 yildagi #MeToo harakati ayollar ish joyida duch keladigan engil va og‘ir kamsitishlar haqida ogohlikni oshirdi. Bu biz ayollar haqida professional sifatida qanday gapirishimizga ta’sir qildi. MeToo Harris kabi ayol nomzod uchun nominatsiyani olishni osonlashtirgan bo‘lishi mumkin.

Biroq, xilma-xillik, tenglik va inklyuzivlik masalalaridagi katta qadamlarni ayrimlar orqaga qadam sifatida talqin qildi. Bu trend ayniqsa o‘zlarini ortda qolgandek his qilishni boshlagan yosh erkaklar orasida ommalashdi. Yana bir tomondan, o‘zgarishlar an’anaviy jinsiy rollarni afzal ko‘ruvchi konservativ amerikaliklar uchun juda og‘ir qadam bo‘ldi.

Saylovda jinslar o‘rtasidagi tafovut ochildi. AQShda ijtimoiy rollar haqidagi keng qamrovli munosabatlarni aks ettiradi CBC News so‘rov natijalari yakshanba kuni e’lon qilindi.

CBC, BBCning AQShdagi yangiliklar hamkori, erkaklar AQShdagi jinsiy tenglikni targ‘ib qiluvchi harakatlar maqsaddan chetlashgan, deb aytishga moyilroq ekanligini ma’lum qildi; ular Trampning tarafdorlari bo‘lishi ehtimoli yuqori.

Ayollar esa, aksincha, bu harakatlar hali ham etarli emas deb o‘ylashadi va ular Harrisni qo‘llab-quvvatlashadi. CBC xabariga ko‘ra, erkaklar Harrisning kuchli lider bo‘la olishiga ayollarga nisbatan kamroq ishonishadi va erkaklarning ko‘pchiligi Tramp kuchli lider bo‘lolishiga umid qilishadi.

Shunday qilib, ba’zi saylovchilar uchun, noyabrdagi saylov jinsiy normativlar va so‘nggi yillardagi ijtimoiy to‘ntarishlar ustida yuz beruvchi referendumga aylandi. Bu, xususan, Kamala Harrisni saylashda og‘ir tanlov bilan kurashayotgan saylovchilar bilan — yuqori sur’atda o‘zgarayotgan dunyoda yashayotgan yosh erkaklar bilan — kuzatilayotgan ayni holatdir.

"Yosh yigitlar ko‘pincha savol berishsa, ularni (misoginist) ayollarga qarshi, gomofobik yoki irqchi deb atashlaridan qo‘rqishadi", deydi Garvard siyosat institutida so‘rovlar direktori Jon Della Volpe.

“Hech kim ularni tushunmayotganidan xafsalasi pir bo‘lgan ko‘pchilik Donald Tramp yoki Elon Maskning "bro culture" (jo‘ravozlik madaniyati)ga kirib ketishadi. Ular demokratlar kimni ustun qo‘yyotganiga qarashadi — ayollar, abort huquqlari, LGBTQ+ madaniyati — va ʻbizchi?ʼ deb so‘rashadi.”

EPA-EFE/REX/Shutterstock
Yosh yigitlar ko‘pincha savol berishsa, ularni (misoginist) ayollarga qarshi, gomofobik yoki irqchi deb atashlaridan qo‘rqishadi — va 'bizchi?' deb so‘rashadi.
Jon Della Volpe
Garvard siyosat institutida so‘rovlar direktori (Batafsil: bbc.com/uzbek)

Della Volpe yosh saylovchilarni so‘rov qilishga ixtisoslashgan. U nazarda tutayotgan yosh erkaklar biron-bir radikal o‘ngchi guruh vakillari emasligini aytadi. Ular sizning o‘g‘ilingiz yoki qo‘shningizning o‘g‘illari. Aslida, ko‘pchilik ayollar uchun tenglikni qo‘llab-quvvatlaydi, lekin shu bilan birga o‘z muammolarining e’tiborsiz qolayotganidan shikoyat qiladi, deya qo‘shimcha qiladi u.

Della Volpe bugungi kunda ayollar bilan solishtirganda yosh erkaklar qanday qilib ancha yomonroq sharoitda yashayotganini ko‘rsatuvchi statistikalarni sanab o‘tadi: ularning ayollar bilan munosabatda bo‘lishga ishtiyoqlari sust, avvalgi davrlarga nisbatan kollejga o‘qishga yozilishlari kamaygan, va ayol tengdoshlari bilan solishtirganda suitsidga bo‘lgan moyilliklari ancha yuqori.

Yosh amerikalik ayollar esa, aksincha, keskin rivojlanish ko‘rsatkichlariga ega. Ular erkaklardan yaxshiroq ta’limga ega, o‘sayotgan xizmat ko‘rsatish sohalarida ishlamoqda va tobora erkaklardan ko‘proq daromad topishmoqda. Gallup so‘rovlar guruhi ma’lumotlariga ko‘ra, Donald Tramp prezidentlikka saylanganidan buyon, yosh ayollar yosh erkaklarga nisbatan sezilarli darajada liberal bo‘lib bormoqda.

Tramp

Surat manbasi, Getty Images

Bu esa katta jinsiy tafovutni yaratmoqda. Amerika Tadbirkorlik Instituti ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan etti yil ichida AQShda jinsiy tenglikni ilgari surish targ‘ibotlari maqsaddan “juda chetlashganini” ta’kidlovchi yosh erkaklarning soni ikki baravardan ortiqqa ko‘paygan.

Odamlardagi norozilikni intuitiv tarzda anglagan Tramp erkaklarning noroziligidan foydalandi va kampaniyasining oxirgi haftalarida erkaklik mavzusiga ko‘proq urg‘u bera boshaldi. U Truth Socialʼda “Erkaklik xavf ostida” ogohlantirishlarini qayta joylashtirdi. Yaqinda u mashhur golf o‘yinchisining jinsiy a’zolari haqida hazil qilgan edi.

“Bu haqiqatan ham erkak edi,” deydi Trump, golf o‘yinchisi Arnold Palmerga ishora qilib. “U boshqa professional o‘yinchilar bilan dushda bo‘lganida. Ular tashqariga chiqishlari bilanoq, Oh, Xudoyim, bu aqlga sig‘maydi!ʼ deb aytishdi.”

Trump dush ichidagi suhbatni undan tashqariga olib chiqdi — va uning tomoshabinlari buni ijobiy qarshi olishdi. Siyosiy mitingda jinsiy a’zolar hajmi haqida gapirish esa bu siyosiy to‘siqlarga qarshi eng kuchli qarshilik bo‘ldi.

Bu mitinglarida va efirda, demokratlarning noroziligidan aziyat chekayotgan erkaklarga javobi qattiq bo‘lgan sevgi dozasiga o‘xshaydi. Barak Obama ayrim erkaklar “ayolni prezident sifatida qabul qilish g‘oyasini anglamayotganini va turli sabablarni o‘ylab topyotganini” tanqid ostiga oldi. Yangi TV reklamalarida, aktyor Ed O‘Neill biroz o‘ziga xos, lekin aniq mulohaza qiladi “Erkak bo‘ling: Ayol uchun ovoz bering.”

Ushbu kampaniyaning oxirgi kunlarida, jins mavzusi bir vaqtning o‘zida har qaerda va hech qaerda.

Donald Tramp bu saylovda erkaklikni kun tartibing asosiga chiqarishni xohlaydi. Kamala Harris esa, lavozimga da’vogarligini juda kam tilga oladi. New York Times so‘rovida Tramp erkak saylovchilar o‘rtasida 14%, Harris esa ayollar orasida 12% ustunlikka ega.

Xonimlar va janoblar, o‘g‘il va qizlar — ular ushbu saylovni hal qilishlari mumkin.

BBC.COM/UZBEK

Telegramda bog'lanish raqami +44 7858860002