Yangiliklar. Janubiy Koreya: ‘It yeysanmi?’ - O‘zbeklar va dunyo O‘zbekiston Dunyo Yangiliklar

It go'shti tanavvuli

Сурат манбаси, Getty Images

Сурат тагсўзи, Seuldagi 2019 yilgi miting chog'ida fermerlar it go'shti taqdim etishdi
    • Author, Yuna Ku
    • Role, BBC Koreya xizmati
  • Ўқилиш вақти: 4 дақ

Odamlarning fig'oni falakda...

Aloqador mavzular:

Ўтказиб юборинг YouTube пост
Google YouTube контентига рухсат бериш

Айни мақолада Google YouTube томонидан тақдим қилинган контент мавжуд. Биз бу контент юкланмасидан аввал сизнинг розилигингизни сўраймиз, чунки улар куки ва бошқа технологиялардан фойдаланган бўлиши мумкин. Сиз Google YouTube ҳаволасида кукиларга доир ва шахсий маълумотларга оид қоидалар ҳақида аввал ўқиб, кейин қабул қилишга рози бўлишингиз мумкин. Кўриш учун “қабул қилиш ва давом этиш”ни танланг.

Огоҳлантириш:Учинчи манба материалида реклама бўлиши мумкин

Охири YouTube пост

"It yeysanmi?"

Bu chet ellik kishi Janubiy Koreyada berishi mumkin bo'lgan eng nozik savollardan biridir. Bunga kim qanday javob qaytarishi uning yoshiga bog'liq.

"Bunday savollar shunday jonga tegdiki, it yemasligimni har safar tushuntirishim kerak. Janubiy Koreyada itni asosan keksalar yeydi, ammo xorijliklar hamma koreys it yeydi deb o'ylaydi", deydi hozirda Germaniyada ishlayotgan 30 yoshlardagi Park Eun-Kyung. U bu savolni ba'zida haqoratli deb hisoblaydi.

"Bunday savol salbiy ma'noga ega, koreyslar mutlaqo qabul qilib bo'lmaydigan narsalarni iste'mol qilishi va madaniyati vahshiylik ekanligiga ishora qiladi."

Ammo bunday savollarning ham kuni bityapti: shu hafta boshida Janubiy Koreya hukumati 2027 yilgacha itlarni go'shti uchun ko'paytirish, so'yish, tarqatish va sotishni taqiqlovchi yangi qonunni qabul qildi.

Bu ko'p asrlik amaliyotga barham beradi. Koreyada tarixan sigirlar juda qadrlangan. Koreyashunoslik Oliy maktabi antropologiya professori doktor Ju Yon Xa aytishicha, sigirlar shunchalar qadrlanganki, ularni 19-asr oxirigacha so'yish uchun hukumat ruxsati kerak edi.

Shunday qilib, boshqa oqsil manbalari kerak edi. Koreya yarim oroli aholisi uchun it go'shti eng yaxshi variantlardan biri bo'lib, uni barcha toifadagi odamlar yoqtirardi. Ammo it yeyishni istamaydiganlar doim bo'lgan.

It go'shtidan qilingan sho'rva

Сурат манбаси, Getty Images

Сурат тагсўзи, Keksa Janubiy Koreyaliklar bilan suhbatlashsangiz, ko'pchilik hali ham it go'shti hazmga oson va energiyani oshiradigan taom, ayniqsa, issiq yozda kerak deydi.

Ammo har qanday masalliq bilan bo'lgani kabi, it go'shti qo'shib tayyorlanadigan taomlar ham paydo bo'ldi, masalan, "bosintan" deb ataladigan it sho'rva va qaynatilgan it go'shti bo'laklari. Keksa Janubiy Koreyaliklar bilan suhbatlashsangiz, ko'pchilik hali ham it go'shti hazmga oson va energiyani oshiradigan taom, ayniqsa, issiq yozda kerak deydi.

Shunday qilib, 1988-yilgi Seul Olimpiadasida - Janubiy Koreyada o'tkazilgan eng yirik xalqaro tadbirda - it iste'mol qilish masalasi butun dunyo bo'ylab matbuot sarlavhalariga chiqdi.

"Dastlab ko'pchilik, ayniqsa, ijtimoiy elita vakillari bundan g'azablandi, buni boshqa madaniyatlarga hurmatsizlik sifatida qabul qildi. Biroq vaqt o'tishi bilan ko'proq odamlar bu holdan uyaldi va tanqidiyroq qaray boshladi", dedi doktor Ju.

O'ttiz yildan ko'proq vaqt o'tdi va Janubiy Koreyada it go'shti yeydiganlar soni ancha kamaydi.

O'tgan yili "Gallup" o'tkazgan so'rovga ko'ra, so'nggi 12 oy ichida odamlarning atigi 8 foizi it go'shti yegan, bu 2015 yildagi 27 foizdan sezilarli darajada pastdir. "Koreya yeyiladigan itlar uyushmasi" bergan raqamlar ham pasayishdan dalolat beradi.

Unda aytilishicha, hozirda Janubiy Koreyada 3000 ga yaqin it yetishtiruvchi ferma mavjud boʻlib, 2010-yillar boshidagi 10000 tadan sezilarli darajada kamaygan, lekin hukumat statistikasiga ko'ra esa 110 ta.

Janubiy koreyalik

Сурат манбаси, Getty Images

Сурат тагсўзи, So'nggi yillarda it boqayotgan janubiy koreyaliklarning soni sezilarli darajada ortgan

Shu bilan birga, uy hayvonlariga egalik keskin oshdi. Qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, 2022 yilgi so'rov ma'lumotlari ko'rsatdiki, har to'rtinchi janubiy koreyalikda uy hayvoni bor.

Dekabr oyida uy hayvonlari uchun aravachalar sotuvi o'tgan yili birinchi marta bolalar aravachalari sotuvidan oshib ketgani xabar qilingan edi. Bu Janubiy Koreyada tug'ilish darajasi kamayib borayotgani va hayvonlarga bo'lgan muhabbatini ham ko'rsatishi mumkin.

Prezident Yun Sok-Yol va birinchi xonim Kim Keon Xi oltita it va beshta mushuk boqadi.

Bu qonun loyihasi o'nlab yillar avval ilgari surilganidan beri avvalgi ma'muriyatlar qabul qila olmagan qonunlarni qabul qilish uchun hozirgi hukumatga ikki yildan kamroq vaqt kerak bo'ldi. Yunning o'tmishdoshi davrida uni qayta ko'rib chiqish taklifi kuchli tanqidlar ostida bloklangandi.

Ushbu yangi qonunga ko'ra, uch yildan so'ng it go'shti bilan savdo qilganlar o'z biznesini davom ettirsa, jarimaga tortilishi yoki qamalishi mumkin. Biroq it go'shtini iste'mol qilish taqiqlanmaydi.

Shunga qaramay, faollar, jumladan, 1990-yillar oxiridan beri bu borada kampaniya olib borayotgan Koreya hayvonlarni himoya qilish uyushmasi rahbari Jo Xi Kyung bu o'zgarishni iliq kutib oldi.

Uning aytishicha, taqiq itlarga nisbatan shafqatsizlikni to'xtatishning "yagona yo'li"dir: "Umid qilamanki, dunyo an'analar va madaniyat bahonasida hayvonlarga beshavqat munosabatda bo'lishni to'xtatadi".

Lekin hamma ham bunga ishonmaydi, ayniqsa it go'shti savdosidan kun ko'rayotganlar.

Iqtibos

"Bilamizki, it go'shtini haqiqatda iste'mol qiladiganlar ko'p emas. Bozor qisqarayotganini bilamiz... lekin shunga qaramay, bu bizning biznes qilish huquqimizdir", dedi tajribali it boquvchi va fermer Ju Yon Bon, Koreya yeyiladigan itlar uyushmasi prezidenti.

Uning ta'kidlashicha, ushbu sanoatni yaxshiroq tartibga solish hayvonlar huquqlari bilan bog'liq ko'plab muammolarni hal qilishi mumkin.

Chungnam Milliy universitetining oziq-ovqat muhandisligi bo'yicha sobiq professori doktor An Yon-gin ham bor.

U Janubiy Koreyada it go'shti bo'yicha juda kam sonli tadqiqotchilardan biri bo'lib, 1988 yilgi Olimpiada o'yinlari vaqtida tadqiqotni boshlagan. Doktor hukumat va ilmiy hamjamiyatning xorijiy tanqidlarga passiv munosabatidan hafsalasi pir bo'lgan va hozirda it go'shtini iste'mol qilishning afzalliklarini himoya qilmoqda.

Unda to'yinmagan yog' kam va mol go'shti yoki cho'chqa go'shti uchun sog'lom o'rinbosar bo'lishi mumkin, deydi doktor An.

U bu taqiq mamlakat konstitutsiyasida belgilangan asosiy erkinliklarga zid deydi.

"Odamlar nima qilib, nima qilmasligini ko'rsatib bera olmaysiz", deydi it boquvchi janob Ju.

It go'shtini iste'mol qilishga qarshi bo'lgan va yangi qonunni olqishlagan 30 yoshli itboqar Li Bora ham uning oqibatlaridan "biroz xavotirda" ekanligini qo'shimcha qildi.

"Odamlar oziq-ovqat uchun itlarni ko'paytirmasliklarini istardim", deydi u.

"Ammo, prinsipial jihatdan, menimcha, itlar sigir yoki cho'chqalardan unchalik farq qilmaydi".

https://t.me/bbcuzbek

BBC.COM/UZBEK

Telegramda bog'lanish raqami +44 7858860002