Iqlim isishi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga qanday ta‘sir qilishi mumkin?

Ўқилиш вақти: 1 дақ

Jahon banki oxirgi hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston va unga qo‘shni mamlakatlar qishloq xo‘jaligi borasidagi bashoratlar ancha xavotirli.

Iqlim o‘zgarishlarining ziroatga ta‘siri tadqiq qilingan hisobotda Markaziy Osiyodagi harorat 50 yildan so‘ng 2-3 gradusga oshishi, sahro hududlarida yog‘ingarchilik yiliga o‘rtacha hisobda 50 millimetrga kamayishi aytiladi.

Hisobotga ko‘ra, agar suv disbalansi muammosi hal qilinmasa, ko‘plab ziroat turlari hosildorligi 20-50 foizgacha kamayib ketishi mumkin.

Toshkentlik ekolog olim Ahmadqul Ergashev esa, haroratning bu darajada ko‘tarilishi juda xavotirli emasligini aytadi.

"Bizdagi iqlimshunos olimlarning aytishlari bo‘yicha ham 1.5, 1.8 darajani ko‘rsatgan. 2020-2050 yillarda dunyo bo‘ylab harorat 1.5-1.8 gradusga ko‘tarilishi aytiladi. Bu unchalik xavfli emas", deydi ekolog olim.

Ammo, bu holatga ham hozirlik ko‘rish uchun, olimning aytishicha, suv zahiralaridan o‘ta tejamkorlik bilan foydalanish lozim bo‘ladi.