Oʻzbekistonda millionlab odam iqlim oʻzgarishidan qiynaladi (video)

iqlim
Ўқилиш вақти: 5 дақ

Iqlim oʻzgarishi Tojikistonda allaqachon oʻn minglab odamni oʻz uyini tashlab chiqishga majbur qilgan. Oʻzbekistonda vaziyat qanday?

Jahon Bankining ogohlantirishicha, 2030-yilga borib kamida 8 million oʻzbekistonlik iqlim oʻzgarishidan eng koʻp jabr chekishi mumkin boʻlgan hududlarda yashay boshlaydi. Mamlakatda vaziyat shu qadar jiddiymi? Oʻzbekiston hukumati bu tahdidga qarshi kurashishga qanchalik qodir? Biz bu savolni oʻzbekistonlik mutaxassislarga berdik.

Dasturni Bi-bi-si Oʻzbekning YouTube kanalida tomosha qiling.

Iqlim oʻzgarishi Markaziy Osiyoda ichki migratsiyaga allaqachon sabab boʻla boshlagan.

Tojikistonlik Jaloliddin Mahmaliyev koʻchki sabab uyidan ayrilganlardan biri.

Aloqador mavzular:

"2020-yil may oyida kuchli qor va yomgʻir tufayli koʻchki yuz berib, uyimizni loyqa bosib qoldi. Bir haftani loyga botgan narsalarimizni qazib olish bilan oʻtkazdik, bu vaqtda chodirda yashab turdik. Shundan keyin davlat bizga bergan xavfsiz yerda yangi uy qurishni boshladik", deydi u.

Tojikiston tabiiy ofatlar tufayli oʻz yashash joyidan ayrilganlarga yangi uylar qurmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Tojikiston Markaziy Osiyoda iqlim oʻzgarishidan eng koʻp jabr koʻrishi mumkin boʻlgan davlat ekanini aytadi. Mamlakatga xavf soluvchi eng asosiy ofatlar, geografik joylashuvidan kelib chiqqan holda - bu sellar, koʻchkilar, toshqinlar va yer qimirlashi.

Iqlim isib borayotgani sababli bu ofatlar koʻproq sodir boʻla boshlagan. Tojikiston oʻtgan yillar davomida 45 ming fuqarosini xavfsiz hududga koʻchirgan, yana oʻn minglab inson iqlim migrantiga aylanish xavfi bilan yashamoqda.

iqtibos

Oʻtgan yilning oʻzida mamlakatda qariyb 600 ta favqulodda holat roʻyxatga olingan. Shu yil yanvarida prezident Emomali Rahmon, iqlim oʻzgarishini ham oʻz ichiga olgan xatarli vaziyat yuzaga kelayotganini taʼkidlab, Tojikistondagi har bir oilani ikki yilga yetadigan oziq-ovqat gʻamlab qoʻyishga chaqirgandi.

Rasmiylar mamlakat boʻylab 1000 dan ortiq aholi yashash manzili xavfli hududda qolayotganini tilga oladi. Uyini koʻchki vayron qilgan Yodgoroy Mahmaliyeva esa xavfsiz joyga koʻchib olganidan xursandligini yashirmaydi.

"Bu yerda yashay boshlaganimizga toʻrt yil boʻldi. Yaxshi hayot kechirish uchun hamma sharoit bor: yoʻllar asfaltlangan, ichimlik suvi oqib turibdi, yaqinimizda shifoxona va maktab ham bor", deydi u.

Oʻzbekistonda vaziyat qanday?

ayollar

Mutaxassislarga koʻra, iqlim oʻzgarishi Oʻzbekistonda choʻllashish va qurgʻoqchilik xavfini kuchaytirmoqda.

"Buning ortida asosan chang bilan bogʻliq xavf koʻproq", deydi oʻzbekistonlik taniqli iqlimshunos Erkin Abdullahatov.

Uning aytishicha, bundan tashqari sel kelish xavfi mavjud boʻlgan hududlarda ularning soni ortgan. Rasmiy raqamlarda ushbu tabiiy ofatlar bilan bogʻliq oʻlimlar soni ortib bormoqda.

Mutaxassis Oʻzbekiston hukumati ham tabiiy ofatlardan zarar koʻrishi ehtimoli yuqori aholi manzillari, xonadonlar hisobini olib borishi haqida gapiradi

Bu borada tegishli idoralar har yili xatlovlar oʻtkazib, mahalliy hokimliklarga taqdim qiladi.

Iqlimshunos Oʻzbekistonda global iqlim oʻzgarishi asoratlarining 3 turi aholini xavfsizroq joylarga koʻchishga majbur qilishi mumkin haqida gapiradi.

Ўтказиб юборинг YouTube пост
Google YouTube контентига рухсат бериш

Айни мақолада Google YouTube томонидан тақдим қилинган контент мавжуд. Биз бу контент юкланмасидан аввал сизнинг розилигингизни сўраймиз, чунки улар куки ва бошқа технологиялардан фойдаланган бўлиши мумкин. Сиз Google YouTube ҳаволасида кукиларга доир ва шахсий маълумотларга оид қоидалар ҳақида аввал ўқиб, кейин қабул қилишга рози бўлишингиз мумкин. Кўриш учун “қабул қилиш ва давом этиш”ни танланг.

Огоҳлантириш:Учинчи манба материалида реклама бўлиши мумкин

Охири YouTube пост

"Oʻzbekistonda birinchi oʻrinda suv bilan bogʻliq masala, qurgʻoqchilik bilan bogʻliq masalalar va uchinchi masalada, bioiqlimiy sharoit deyiladi. Bu haddan tashqari issiq stresslarni qabul qilish va tanasi haddan tashqari fizik massalarni qabul qilish. Estetik zavq olsa boʻladigan maskan Moʻynoq hozir ekologik halokat ostida turibdi. U yerga borgan inson qachonlardir bu yerda katta infrastruktura boʻlganligini koʻz oldiga keltirolmaydi. Hayot gullab-yashnaganini koʻz oldingizga keltirolmaysiz", deydi Erkin Abdulahatov.

Uning aytishicha, bu kabi maskanlardan aholi koʻchib keta boshlagan.

"Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo va Qoraqalpogʻiston Respublikasining ayrim hududlarida iqlim oʻzgarishi sabab koʻchib ketayotganlar bor. Bu 100 foiz darajaga chiqqani yoʻq. 40%-50% boshqa hududlarga muhojirlik amaliyotlarini amalga oshirish boʻyicha statistik maʼlumotlar bor. Lekin 100 foiz holatda qaysidir hududni tashlab ketish haqidagi maʼlumotlarga ega emasman".

Mutaxassisga koʻra, Oʻzbekistonda ilk navbatda suv yetishmovchiligi yuzaga kelayotgan hududlarda asta-sekin iqlim muhojirlari paydo boʻlishiga sharoit yetilmoqda.

"Gap Xorazm va Qoraqalpoq hududlari haqida ketmoqda. Chunki mana shu hudud suv bilan bogʻliq real muammo yuzaga kelishi mumkin boʻlgan mintaqalarimizdan hisoblanadi".

Sovet davrida choʻllari oʻzlashtirilgan Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro, Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida suv yetishmovchiligi bilan bogʻliq muammolar mavjud ikkinchi darajali hududlar hisoblashi aytiladi.

Agar hukumat iqlim oʻzgarishiga oid chora-tadbirlarni vaqtida koʻrmasa iqlim qochqinlari bilan bogʻliq muammolar 20, 30-yildan soʻng uchinchi darajali hududlarda ham paydo boʻladi.

Jahon banki kelayotgan yetti yilda kamida 8 million oʻzbekistonlik iqlim oʻzgarishini oʻz tanida koʻproq his qila boshlashini aytgan. Mutaxassislarga koʻra, hozirning oʻzida ham millionlab oʻzbekistonlik iqlim oʻzgarishidan aziyat cheka boshlagan.

"Kelgusida iqlim muhojirlari 2050-yilda bizning mintaqada 5 million aholi oʻzi yashayotgan hududni tashlab ketish mumkin boʻlgan senariylar ham mavjud. Yaʼni bu 5 million juda katta. Buncha odam qayerga tashlab ketadi. Uni ham oʻylab koʻrish kerak. Oʻzbekistonda asta-sekin markaziy shaharlar va togʻ etaklariga koʻchib borish yuzaga keladi. Bu ijtimoiy muammolarni keltirib chiqaradi. Chunki bizda togʻ etaklarida oʻzining urf-odatlariga ega boʻlgan aholi qatlamlari yashaydi", deydi Erkin Abdulahatov.

Odatda, biror hududda yaxshi yashash uchun sharoit qolmaganda, avvalo, imkoniyati borlar u joydan koʻchib ketadi. Moliyaviy ahvoli haminqadar odamlar esa ogʻir sharoitda yashashga mahkumligicha qolaveradi.

Oʻzbekistonda esa bunday qatlam aholining anchagina qismini tashkil etadi.

Jahon Bankining oʻtgan yildagi hisobotida aytilishicha, Oʻzbekistonda qashshoqlik suv, hosildor yer va tabiiy zaxiralardan qanchalik foydalana olishga bogʻliq.

2022-yilda esa qashshoqlar qatoriga kiritilgan har besh oʻzbekistonlikning uch nafari aynan suv taqchilligi kuchayayotgan, ekin yerlari choʻlga aylanayotgan yo shoʻr bosayotgan qishloqlarda yashagan. Shu sababdan Jahon banki iqlim oʻzgarishini avvalo kambagʻal insonlar oʻz tanida his qilishi, ammo tashqi yordamsiz ular boshqa joyga koʻcha olmasligi yoki yangi sharoitga moslasholmasligidan ogohlantiradi.

Orol atrofiga yashillik qayta boshlagan

Сурат манбаси, Ekologiya vazirligi

Сурат тагсўзи, Orol atrofiga yashillik qayta boshlagan

Bu xavotirli vaziyat iqlimshunosga koʻra, ijtimoiy muammolarni yanada murakkablashtirib yuboradi.

"Iqtisodiy oʻsishning ham oldini oladi. Oʻzi shundoq ham iqlim oʻzgarishi choʻl hududlarida yashayotgan aholining maksimal foyda olishini qiyinlashtiryapti. Vaziyat shunchalik ogʻirlashadiki, oʻsha hududni biz 10-yil yo besh yil davomida avvalo oʻsha yerda yashash uchun sharoitlar yaratib berishimiz kerak. Masalan, ekstremal turizm, chorva yoki boshqa formatdagi iqtisodiy tendensiyalar yuzaga keladi".

Mutaxassisning taʼkidlashicha, hukumat aholi koʻchishi mumkin boʻlgan hududlarning lokatsiyasini chuqur oʻrganishi kerak va rasmiylar iqlim muhojirlari koʻchishi mumkin boʻlgan optimal lokatsiyalarni taqdim qilishi lozim.

"Biz yaxshi hududda joylashganmiz. Qaysidir mamlakatlarga oʻxshab bizda 100 foiz tekislik yoki bir xil landshaftdan iborat emas. Bizning togʻ etaklarimizda hali inson oʻzlashtirmagan yerlar mavjud. Uni hukumat amalga oshirsa ham oshirmasa ham yuz beradi. Faqat turli muammolarni keltirib chiqarib yuz berishi mumkin. Shuning uchun hukumat ham iqlim muhojirlarining paydo boʻlishini oldini olish uchun harakatlarni kuchaytiraverish kerak va shu bilan birgalikda iqlim muhojirlari uchun lokatsiyalarni koʻrsatishi kerak".

Iqlim oʻzgarishi qarshi kurash yoki uning asoratlarini yumshatish juda katta mehnat, mablagʻ, resurs talab qiladi. Jahon tajribasidan kelib chiqilsa, hatto boy davlatlar ham tabiat oldida ojiz qolishi mumkinligi koʻrinadi.

Quyi oʻrta daromadli mamlakatlar qatoriga kiruvchi Oʻzbekiston esa bu borada nimaga qodir? Iqlimshunos mutaxassis muammo har doim ham mablagʻga borib taqalavermasligini taʼkidlaydi.

Jahon moliyaviy tashkilotlari, Jahon banki, BMT va turli donor shirkatlar Orol dengizining suvini asrab qolish uchun har xil loyihalarni amalga oshirishdi.

"Milliard-milliard dollar pullar shunchaki havoga uchib ketdi, deb oʻylayman. Chunki biz buni toʻgʻri sarflamadik. Yaʼni hozirgi holatda ham bizning mintaqa iqlim qurgʻoqchiligidan aziyat chekayotgan, Orol dengizi akvatoriyasidagi, Orol bilan bogʻliq ekologik ofatning oldida turganimiz uchun jahon moliyaviy banklari yoki turli xalqaro kompaniyalar tomonidan juda ham katta pullar ajratiladi. Hozir ham ajratilyapti. Ammo muammo tomoni, pullar bizda toʻgʻri taqsimlanmayapti, joyiga yetib bormayapti. Mana hozir saksovul ekilyapti, turli oʻsimliklar ekilyapti, bu ishlar hashar yoʻli bilan qilinyapti. Katta xalqaro koʻmak asosida qilinmayapti. Yaʼni hukumatning shu hashar yoʻli bilan saksovul ekishi, milliard-milliard pul ajratilgan loyihalardan koʻra oʻzining yaxshiroq mevasini beryapti".

Mutaxassisga koʻra, 2018-yilda boshlangan ushbu loyiha natijasida juda katta maydonda saksovullar oʻsib boryapti. Ular juda katta miqdorda tuproq, qum zarralarini ushlab qolmoqda.

"2018-yildan oldin bilan solishtirganda Nukusdagi asosiy aholi yashash punktlarida chang massasi kamaydi. Bu bizning meteorologik stansiyalarda ham koʻrinyapti. Yashil fitomassa oʻzini oqlagani uchun kamayyapti", deydi Erkin Abdulahatov.

Oʻzbekistonlik ekofaol Nargis Qosimovaning fikriga koʻra esa, iqlim oʻzgarishi oid odamlarning bilimlarini oshirish ham muhim masala.

Tabiat, iqlim chegara tanlamaydi. Tabiiy imkoniyatlari bir-biri bilan chambarchas bogʻlanib ketgan Markaziy Osiyo davlatlari kelajakda hayot barqarorligini taʼminlash yoʻlida birlashishi, harakatlarni muvofiqlashtirishi kerakligi taʼkidlanadi.

BBC.COM/UZBEK

Telegramda bog'lanish raqami +44 7858860002