Prezident rafiqasini jinsiy kamsitganlar sud qilinadi

Brijit Makron

Surat manbasi, Getty Images

Surat tagso‘zi, Brijit Makron
    • Author, BBC Yangiliklar bo‘limi
  • O'qilish vaqti: 2 daq

Frantsiya prezidentining rafiqasi Brijit Makronni internet orqali haqorat qilishda ayblanayotgan o‘n kishi shu hafta Parijda sudga tortilmoqda.

Ayblanuvchilar Makron xonimning jinsi va jinsiy orientatsiyasi haqida asoslanmagan iddaolar tarqatish, shuningdek, u bilan turmush o‘rtog‘i Emmanuel Makron o‘rtasidagi 24 yoshlik farq haqida "haqoratomuz izohlar" qoldirishda ayblanmoqda.

Agar ularning aybi isbotlansa, ikki yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Frantsuz matbuotining xabar qilishicha, dushanba va seshanba kunlari mahkama oldiga chiqadigan o‘n kishi orasida saylangan bir amaldor, bir galereya egasi va bir o‘qituvchi ham bor.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

O‘tgan yil ikki kishi - o‘zini mustaqil jurnalist deb atagan Natasha Rey va internet orqali folbinlik bilan shug‘ullanadigan Amandin Ruay tuhmat qilishda aybdor topilgandilar.

Ular Frantsiyaning birinchi xonimi hech qachon mavjud bo‘lmagani, balki uning akasi Jan-Mishel Tronyo jinsini o‘zgartirib, uning ismini qo‘llay boshlagani haqidagi da’volari sud qilingan edi.

Biroq apellyatsiya sudi Rey va Ruayning bayonotlari tuhmat darajasiga yetmaganini aytib, oqlagandi.

Brijit Makron va uning akasi ushbu mahkama qaroriga qarshi shikoyat arizasi topshirgan.

Brijit Makron transgender ayol degan tushunchaga asoslangan fitna nazariyasi uning eri Emmanuel Makron 2017-yil prezidentlik saylovlarida ilk marta g‘alaba qozonganidan beri aylanib yuradi.

"Og‘riqli" iddaolar

Brijit Makronning jinsi haqidagi asossiz iddaolar so‘nggi vaqtlarda AQShda ham keng yoyildi.

Ular, ko‘pincha, o‘ng qanot inflyuenser Kendas Ouens tomonidan targ‘ib qilinadi.

O‘tgan yil iyul oyida Makronlar Ouens ustidan mahkamaga murojaat qilishgan.

Ular Ouensni "o‘z iddaosini rad etuvchi barcha ishonchli dalillarni inkor etib, ma’lum tuhmatchilar va soxta nazariya tarafdorlariga minbar bergan"likda ayblashgan.

Aloqador mavzular
Iqtibos

Surat manbasi, .

BBC'ning Fame Under Fire podkastiga bergan intervyusida Makronlarning himoyachilari Tom Kler Brijit Makron bu iddaolarni "juda og‘riqli" deb topgani va ular Frantsiya prezidenti uchun ham "chalg‘ituvchi omil"ga aylanganini aytdi.

"Odam dalillar bilan o‘zingni isbotlashga majbur bo‘lishing juda alamli," - dedi u.

Emmanuel Makronning aytishicha, Ouensga qarshi sudga murojaat qilishi "o‘z sha’nini himoya qilish" bilan bog‘liq.

Brijit Makron turmush o‘rtog‘i bilan u o‘qigan maktabda o‘qituvchi bo‘lgan vaqtda tanishgan.

Juftlik 2007 yilda turmush qurgan. O‘shanda Emmanuel 29 yoshda, Brijit esa 54 yoshda bo‘lishgan.