Og‘zi bor, keti yo‘q maxluq odamzodning ajdodi bo‘lganmi?

Sakkoritning tikanlari, og‘zi bor, ammo keti yo‘q

Surat manbasi, University of Bristol

Surat tagso‘zi, Sakkoritning tikanlari, og‘zi bor, ammo keti yo‘q
O'qilish vaqti: 3 daq

Olimlar yarim milliard yillik keti yo‘q - orqa chiqaruv teshigisiz maxluqning sirini va nihoyat ochishdi.

Ketsiz jonivor...

Cambridge university
Bu qadimiy jonzot o‘z evolyutsiyasi paytida ketini yo‘qotgan. U bir joyda o‘tirvolib, hamma narsa uchun bitta teshikka qanoat qila olgan bo‘lishi mumkin.
Emili Karlayl
Tadqiqotchi (Batafsil: bbc.com/uzbek)

Bu qadimiy jonzot Saccorhytus coronarius, deb nomlanadi.

Uning tikanlari, og‘zi bor, ammo keti yo‘q.

Qopga o‘xshash ushbu dengiz hayvonining qoldiqlari 2017 yilda topilgan.

U odamlarning eng qadimgi ajdodlari bo‘lishi mumkin, deya taxmin qilingan.

Lotin tilida Saccorhytos coronarius, deya nomlangan.

Bu qadimiy jonzot avval deuterostomes lar - og‘zidan avval keti (anusi) shakllanuvchi jonzotlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Mazkur guruhdagilar umurtqali hayvonlar, jumladan, odamlarning ham ibtidoiy ajdodlari sanalishadi.

Yangi tadqiqot esa, bu mitti jonzot butunlay boshqa hayvonlar guruhiga kiritilishi kerakligini ko‘rsatmoqda.

Evolyutsion chalkashlik

Sakkoritning qoldiqlari asosida ishlangan to‘qima qiyofasi. Haqiqiy mavjudotning o‘lchami bir millimetrdan oshmagan

Surat manbasi, Cambridge University

Surat tagso‘zi, Sakkoritning qoldiqlari asosida ishlangan to‘qima qiyofasi. Haqiqiy mavjudotning o‘lchami bir millimetrdan oshmagan

Tadqiqotni Xitoy va britaniyalik tadqiqotchilar olib borishgan.

Ular bu jonzot qoldiqlarini mufassal rentgenologik tahlildan o‘tkazishgan.

Olimlar ana shu tahlillari ortidan Sakkorit o‘rgimchak va hasharotlarning ajdodlari, deb ko‘riluvchi ecdysozoans lar guruhiga taalluqli, degan xulosaga kelishgan.

Mazkur evolyutsion chalkashlikka jonzot orqa chiqaruv teshigining yo‘qligi ham asos bergan.

Sabablar

Sakkoritni batafsil o‘rgangan tadqiqotchi Emili Karlayl BBC Radio 4 ning Science dasturiga xuddi shu nuqtai nazarni izhor etgan.

Buning sababini izohlashda "qiziq farazlar"dan biri o‘laroq bu guruhdagi barcha jonzotning anussiz ekani, Sakkoritning ulardan keyin paydo bo‘lganini tilga olgan.

"U o‘z evolyutsiyasi paytida ketini yo‘qotgan"ligini taxmin etgan.

Olimaga ko‘ra, bu qadimiy jonzot "bir joyda o‘tirvolib, hamma narsa uchun bitta teshikka qanoat qila olgan bo‘lishi mumkin".

Skip Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating: and continue readingBizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:

End of Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:

Biroq Kembriy daraxtida Sakkorit o‘rnini o‘zgartirishning asosiy sababi boshqa.

Ya’ni, dastlabki tekshiruvlar chog‘ida uning og‘zini o‘rab turgan teshiklar deuterostomes larning ibtidoiy xususiyati bo‘lgan jabra g‘ovaklari, deya talqin etilgan.

Olimlar 1 mm lik bu jonzotni kuchli rentgen nurlari yormida o‘ta sinchkovlik bilan tekshirishganida esa, ular Sakkorit singan tikanlarining asosi bo‘lib chiqqan.

Hayot daraxti...

Ushbu qoldiqlarni o‘rganayotgan olimlar har bir jonzotni oila daraxtiga o‘xshash hayot daraxtiga joylashtirib chiqishmoqda.

Bu ularning qayerdan kelib chiqqanligi va qanday shakllanganligini tasavvur qilishga imkon beradi.

"Sakkorit ummonlarda - tikanlari uni bir joyda ushlab turadigan cho‘kindilarda yashagan bo‘lishi mumkin", - deydi Briston universitetidan tadqiqotchi Emili Karlayl.

"Bizningcha, u hozir ham tirik bo‘lgan ayrim mavjudotlarning ba’zilariga o‘xshab ketuvchi, lekin umuman boshqacha qiyofadagi juda ko‘p jonzotlar bilan birga o‘sha yerda bo‘lardi".

Kembriy davri qoldiqlarini o‘z ichiga olgan ushbu jinslar hanuz tadqiq qilinayotir.

Olimaning aytishicha, ular mavjud bo‘lgan muhit haqida hali ko‘p narsani o‘rganishlari lozim.

"Paleontoligiyani qancha ko‘p o‘rgansam, bilimim shunchalik kamlik qilayotganini sezaman. Bu jonzot va u yashagan muhit haqida ham xuddi shunday degan bo‘lardim. Biz hozircha faqat buning sirtida yuribmiz", - deya e’tirof etgan u.

Sakkoritni endi odamlar ajdodi sanaluvchi guruhdan olib, hasharotlarnikiga kiritishmoqchi

Surat manbasi, University of Bristol

Surat tagso‘zi, Sakkoritni endi odamlar ajdodi sanaluvchi guruhdan olib, hasharotlarnikiga kiritishmoqchi