Amerikani larzaga solgan Xitoy sun’iy aqli DeepSeek shunchalik zo‘rmi?

DeepSeek logo

Surat manbasi, Reuters

    • Author, Zoi Klyaynman
    • Role, Texnologiya muharriri
  • O'qilish vaqti: 3 daq

O‘tgan hafta ishga tushgan Xitoyning DeepSeek sun’iy aql ilovasi AQSh bozorlarini larza soldi. Hodisa Amerikaning sun’iy aqldagi ustunlik kelajagini shubhaga qo‘ydi.

Xitoy chat-boti ishga tushish ortidan AQShning bu sohada yetakchi shirkati bo‘lmish Nvidia kabi yirik texnologiya kompaniyalarining aktsiyalari keskin tushib ketdi.

Chip ishlab chiqaruvchi gigant deyarli 600 milliard dollar bozor qiymatini yo‘qotdi.

DeepSeek R1 modelini raqiblari xarajatlarining bir qismiga yaratganini da’vo qilishi sanoatni larzaga soldi.

Bu AQShning Sun’iy aql sohasidagi ustunligi va AQSh kompaniyalari rejalashtirayotgan sarmoyalar miqyosi borasida savollar paydo qildi.

DeepSeek ishga tushirilganidan atigi bir hafta o‘tib, AQShda eng ko‘p yuklab olingan bepul dasturga aylandi.

Reuters
Menimcha, bu (DeepSeek) AQSHning yetakchi Sun’iy aql kompaniyalariga xos pul topish strategiyasi g‘oyalariga mutlaqo muammo tug'diradi.
Kayla Blomkvist
Oksford Internet instituti tadqiqotchisi (Batafsil: bbc.com/uzbek)

BBC ushbu ilova qanday ishlashini ko‘rib chiqdi.

DeepSeek har qanday boshqa chat-botlarga o‘xshaydi. Lekin u haddan tashqari ko‘p gapirishga moyil.

Xuddi OpenAI ning ChatGPT yoki Google ning Gemini sida bo‘lgani kabi, siz ilovani (yoki veb-saytni) ochasiz va unga biror narsa haqida savol berasiz. U sizga javob berish uchun qo‘lidan kelganini qiladi.

U uzun javoblar beradi va har qanday yo‘l bilan so‘rasangiz ham o‘z fikrini aytishdan qochadi.

Chat-bot ko‘pincha o‘z javobini mavzu "o‘ta sub’ektiv" deb boshlaydi - bu siyosiy mavzu ham bo‘lishi mumkin (Donald Tramp AQShning yaxshi prezidentimi?) yoki alkogolsiz ichimliklar haqida ham shu yo‘sinda javob beradi (qaysi biri mazaliroq, Pepsimi yoki kola?).

Chat-bot hatto u raqobatchisi OpenAIning sun’iy aqli bo‘lmish ChatGPT dan yaxshi yoki yomonligi borasida ham hech narsa demadi. Ammo u ChatGPTning afzalligi va kamchiliklarini sanab o‘tdi. ChatGPT ham xuddi shunday qildi, hatto o‘xshash til uslubidan foydalandi.

DeepSeek 2023 yil oktyabrgacha bo‘lgan ma’lumotlar asosida o‘rgatilganini aytgan bo‘lsa-da, ilova bugungi sanaga oid informatsiyaga ega ekanligini ko‘rish mumkin edi. Veb sahifada bunday emasdi.

U ChatGPTning ilk versiyalaridan uncha farq qilmaydi va real vaqt rejimida internetga chiqib ketgan dezinformatsiya tarqalishini to‘xtatish uchun xavfsizlik choralari ham o‘xshash bo‘lishi mumkin.

U tez javob berishi mumkin, ammo hozirda ommaviy tarqalayotgani sababli ko‘plab odamlar uni sinab ko‘rishga shoshilayotgani yuki ostida qiynalmoqda.

Biroq, bir sohada u o‘zining AQShldagi raqibiga mutlaqo o‘xshamaydi – DeepSeek Xitoyda taqiqlangan mavzular bo‘yicha savollarga javob berishda o‘z-o‘zini senzura qiladi.

Video tagso‘zi, DeepSeek dan Tyananmen maydonidagi hodisalar so‘ralgan onlarni tomosha qiling

Ba’zan u javob berishni boshlaydi, ammo keyin javoblari ekrandan yo‘qolib, o‘rniga "keling, boshqa narsa haqida gaplashamiz" degan yozuv paydo bo‘ladi.

Taqiqlangani aniq ko‘rinib turgan mavzu – 1989 yilda Tyananmen maydonidagi namoyishlardir. Xitoy hukumatiga ko‘ra, namoyishlar harbiylar tomonidan 200 fuqaroning o‘ldirilishi bilan yakunlangan – boshqa manbalar esa yuzlabdan tortib, minglabgacha bo‘lgan raqamni ko‘rsatadi.

Biroq, DeepSeek bu haqda yoki o‘sha kun Xitoyda nimalar bo‘lgani haqidagi savollarga hech qanday javob bermaydi.

AQShda yaratilgan ChatGPT esa Tyananmen maydoni haqida javob berishda cheklovlar qo‘ymaydi.

Oksford Internet instituti tadqiqotchisi va Oksford Xitoy siyosati laboratoriyasi direktori Kayla Blomkvistning aytishicha, "nisbiy aytganda", Xitoy hukumati dasturga "aralashmagan".

"Menimcha, bu o‘zgarish bor, chunki o‘tgan hafta markaziy hukumat tomonidan katta sarmoya e’lon qilinganini ko‘rdik – bu kelajakda o‘zgarish bo‘lishini anglatadi", dedi u.

screenshot

Surat manbasi, DeepSeek

BBC O‘zbek xizmati DeepSeek dan Xitoydagi uyg‘urlar haqida ham so‘rab ko‘rdi.

Bunga DeepSeek «mening imkoniyatlarim doirasidan tashqarida, keling, boshqa narsalar haqida gaplashamiz", deb javob berdi.

DeepSeek har qanday boshqa chat-botlar kabi aniqlik borasida ayni ogohlantirishlar bilan keladi va u allaqachon millionlab foydalanuvchilar tomonidan qo‘llanilayotgan AQSh sun’iy aql yordamchilariga o‘xshaydi.

Ko‘pchilik uchun – ayniqsa yuqori darajadagi xizmatlarga obuna bo‘lmaganlar uchun – bu deyarli bir xil sezilishi mumkin.

Daqiq javobi verguldan keyin 32 belgi bo‘ladigan, qisqartirilgan ko‘rinishi esa 8 belgili matematik masalani tasavvur qiling.

Skip Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating: and continue readingBizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:

End of Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:

Bu unchalik yaxshi emas – ammo ko‘pchilik uchun buning ahamiyati yo‘q.

Ehtimol, u xarajatlarni va hisoblash jarayonini qisqartirishga muvaffaq bo‘lgandir. Ammo biz bilamizki, u eng kamida qisman "gigantlarning yelkalariga" suyanadi: Garchi eskiroq va arzonroq bo‘lsa ham Nvidia chiplaridan foydalanadi. Meta'ning ochiq manbadagi Llama arxitekturasi, shuningdek, AliBaba'ning ekvivalenti Qwendan foydalanadi.

"Menimcha, bu AQShning yetakchi Sun’iy aql kompaniyalariga xos pul topish strategiyasi g‘oyalariga mutlaqo muammo tug‘diradi", dedi Blomkvist xonim.

"Bu xarajat va resurs talablari kamroq bo‘lgan modellarni rivojlantirishning potentsial usullarini ko‘rsatmoqda. Garchi tasdiqlanmagan va hali o‘rganilishi kerak bo‘lsa-da, bu paradigma o‘zgarishini bildirishi mumkin.

"Kelgusi bir necha oyda nima bo‘lishini ko‘ramiz."