Jizelni 10 yil davomida jinsiy zo‘rlagan sobiq eri va 50 hamtovog‘i qamaldi

Jizel Peliko shaxsini sir saqlamaslikka qaror qilgan

Surat manbasi, Getty Images

Surat tagso‘zi, Jizel Peliko shaxsini sir saqlamaslikka qaror qilgan
O'qilish vaqti: 3 daq

10 yil davomida sobiq eri va o‘nlab erkak tomonidan jinsiy zo‘rlab kelingan Jizel Peliko ishi Frantsiyani larzaga keltirdi. Ayolga eri yashirin tarzda giyohvand moddalar bergan, xotini uning ta’siri ostiga tushib qolgach, uni zo‘rlagan va kamiga o‘nlab erkaklarni ham taklif qilgan.

Uning sobiq eri Dominik Peliko ushbu jinoyat uchun 20 yil qamoq jazosiga hukm qilindi.

Er-xotinning farzandlari Frantsiya sudi tomonidan chiqarilgan hukm o‘ta yumshoqligini aytishgan.

Aloqador mavzular:
O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

Sud hukmdan shikoyat qilish uchun 10 kun muhlat bergan.

Peliko shartli ravishda muddatidan oldin ozodlikka chiqish arizasini qamoq muddatining uchdan ikki qismini o‘tab bo‘lganidan keyin topshirishi mumkin.

10 yil davomida xotinini narkotiklar bilan bulg‘ab, notanish erkaklarga zo‘rlash uchun taklif qilgan Dominik Peliko ishi butun dunyo matbuotida shov-shuv keltirib chiqardi.

Frantsiyani larzaga solgan hodisa qurboni Jizel Peliko mahkama davomida anonim qolish huquqini bekor qilishga qaror qildi.

sud binosi yonidagi odamlar

Surat manbasi, Reuters

Sud hukmidan so‘ng tarafdorlari qarshisida nutq so‘zlagan ayol ushbu qarorini boshqa shu kabi holatlarda qurbon bo‘layotganlarni o‘ylab kelganini aytdi.

"Ushbu fojiadan zarar ko‘rgan boshqa oilalarni ham o‘yladim. Tan olinmagan qurbonlarni ham o‘yladim. Men 2 sentyabrda jamiyat nima bo‘lganini ko‘rishi uchun sud eshiklarini ochishni istadim. Qarorimdan hech ham afsuslanmayman", degan u.

Ayol sud hukmi va qarorini hurmat qilishini aytgan.

Reuters
Ushbu fojiadan zarar ko‘rgan boshqa oilalarni ham o‘yladim. Men 2 sentyabrda jamiyat nima bo‘lganini ko‘rishi uchun sud eshiklarini ochishni istadim. Qarorimdan afsuslanmayman.
Jizel Peliko
10 yil davomida eri va o'nlab erkak tomonidan zo'rlangan ayol (Batafsil: bbc.com/uzbek)

Jabrlanuvchining advokatlari sudda zo‘rlash davomida olingan tasvirlarni namoyish qilishga erishgan.

Ular shu bilan himoya tomonining "erkaklar Jizelning hushi joyida emasligini bilmaganligi uchun uni zo‘rlashi mumkin emas", degan qarashni oldinga surib, "tasodifiy zo‘rlash" himoya liniyasini rad qilishgan.

Ushbu videolar sabab erkaklarning birortasi ham Pelikoning uyida bo‘lganini rad qilolmagan. Biroq ularning aksari qattiq jazoga sabab bo‘lgan og‘ir holatlarda zo‘rlash aybiga keskin qarshilik ko‘rsatishdi.

Dominik Pelikoning kompyuterida topilgan fayllarga ko‘ra, zo‘rlashda taxminan 70 erkak ishtirok etgan. Ularning 51 nafarini aniqlash va mahkamaga tortishga muvaffaq bo‘lindi (bir kishi sirtdan sud qilindi).

Sud binosiga politsiya furgonlari yetib kelgan

Surat manbasi, Reuters

Surat tagso‘zi, Sud binosiga politsiya furgonlari yetib kelgan

50 erkak 3 yildan 15 yilgacha qamoq jazosi oldi. Dominik Peliko maksimum qamoq jazosi - 20 yilga kesildi.

Ushbu ish Frantsiyada zo‘rlashga bo‘lgan munosabatni larzaga soldi.

Hozir 72 yoshda bo‘lgan Dominik va Jizel 1973 yilda turmush qurishgan. 4 oy davom etgan sud jarayonida Dominik "men zo‘ravonman" dedi.

Juftlik Frantsiya janubidagi sokin Mazan qishlog‘ida yashagan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:

Dominik Jizelga bildirmasdan narkotik beradi va hushsiz yotgan xotinini zo‘rlash uchun, yotog‘iga mahalliy erkaklarni taklif qiladi.

2020 yil xotin-qizlarning yubka ostini tasvirga olgani uchun uni politsiya hibsga oladi.

Dominikning musodara qilingan qo‘l telefoni va laptopidan narkotik ta’siri ostida zo‘rlangan Jizelning 20 ming tasviri chiqib keladi.

Ayolni zo‘rlashda ayblanib sudga tortilganlar ichida yoshi, qarisi, oqi va qora tanlisi ham bor edi.

Ular o‘t o‘chiruvchilar, jurnalist, yuk mashinasi haydovchilari, askarlar va qo‘riqchilar bo‘lishgan.

Hikoyasini sud va dunyoga aytish orqali Jizel Peliko jasorat va bardosh ramziga aylandi.