Erdo‘g‘an konstitutsiyani o‘zgartirmoqchi. O‘zi yana prezident bo‘lishi uchunmi?

Erdo‘g‘an konstitutsiyani o‘zi uchun o‘zgartirishni istayotganini rad etti.

Surat manbasi, Reuters

Surat tagso‘zi, Erdo‘g‘an konstitutsiyani o‘zi uchun o‘zgartirishni istayotganini rad etti.
O'qilish vaqti: 2 daq

Rajab Toyyib Erdo‘g‘an uch yildan keyin muddati tugaganida yana o‘z nomzodligini ilgari sura olishi uchun konstitutsiyani o‘zgartirishga harakat qilayotganini rad etti.

Erdo‘g‘an Turkiyani 22 yildan beri boshqaradi – 2003 yildan bosh vazir bo‘lib, 2014 yildan beri esa prezident bo‘lib. Lekin, qoidalar o‘zgarmaguncha yoki barvaqt saylovlar chaqirilmaguncha, u boshqa o‘z nomzodini qo‘ya olmaydi.

«Biz o‘zimiz uchun emas, yurtimiz uchun yangi konstitutsiyani istayapmiz. Menda qayta saylanish yoki yana nomzodimni qo‘yish niyati yo‘q», - dedi u payshanba kuni jurnalistlarga.

Ammo, Erdo‘g‘anning yaqinda qilgan bayonotlari va ishlari u 2028 yilda muddati tugagach, yana nomzodligini qo‘yishga intilayotgani haqida mish-mishlarni urchitgan.

Yanvar oyida bir qo‘shiqchi undan yana prezidentlik uchun bellashishi yo yo‘qligi haqida so‘raganida, Erdo‘g‘an: "Sen qilsang, ha", deya javob berdi. Ertasiga esa uning partiyasi voizi bu masala kun tartibida ekanini aytti: «Muhimi shuki, millatimiz shuni istaydi».

Erdog'an
Getty images
Bu kabi tez o‘zgarayotgan zamonda, davlat to‘ntarilishi shartlari asosida yozilgan konstitutsiya bilan yashab bo‘ladimi?
Rajab Toyyib Erdog'an
Turkiya prezidenti (bbc.com/uzbek)

Ko‘plab turklar Erdo‘g‘an prezident bo‘lib qolishiga xayrixoh bo‘lsalar-da, ommaviy fikr so‘rovlarida u mart oyida hibsga olinib qamoqda saqlanayotgan Istanbul hokimi Akram Imomo‘g‘lidan ortda qolyapti.

Imomo‘g‘lining korruptsiyada ayblanib qo‘lga olinishini uning tarafdorlari siyosiy chora deb ko‘rishadi va bu Turkiyada oxirgi 10 yil ichidagi eng yirik namoyishlarga sabab bo‘ldi. Imomo‘g‘li barcha ayblarni rad qilgan.

U Istanbul g‘arbidagi Silivri turmasiga tashlanganidan beri unga bo‘lgan dastak oshgani ommaviy fikr so‘rovlarida namoyon bo‘lmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Hukumat uning X platformasidagi sahifasini Turkiya ichida bloklashga muvaffaq bo‘ldi va uning hokimlikdagi tarafdorlarini nishonga olishda davom etmoqda. Oxirgi kunlarda kamida 18 xodim korruptsiyada ayblanib hibsga olindi.

Imomo‘g‘lining hibsi xalqaro sahnada keng tanqid qilingan bo‘lsa ham, Prezident Erdo‘g‘an yakkalab qo‘yilmadi, chunki G‘arbdagi ittifoqchilari uni muhim NATO ittifoqchisi deb ko‘radilar.

Aloqador maqolalar

Chorshanba kuni jurnalistlarga gapirganida, Erdo‘g‘an Turkiyaning konstitutsiyasi asosan 1980 yilgi harbiy davlat to‘ntarilishi arafasida yozilgani uchun fuqarolarning manfaatlarini aks ettirmasligini aytti. Ammo, undan beri Konstitutsiya o‘zgartirilgan.

"Bu kabi tez o‘zgarayotgan zamonda, davlat to‘ntarilishi shartlari asosida yozilgan konstitutsiya bilan yashab bo‘ladimi», - deya savol qo‘ydi u.

Amaldagi konstitutsiyaga binoan, fuqaro faqat 2 marta 5 yillik muddatga prezidentlikka saylanishi mumkin. Erdo‘g‘an alldaqachon uchinchi muddatni o‘tayapti, lekin uning da’vo qilishicha, o‘zining birinchi muddati Turkiya parlament boshqaruvidan prezident boshqaruviga o‘tishidan avval o‘talgandi.

U 2017 yilda o‘tkazgan konstitutsion referendumda Erdo‘g‘anga keng prezidentlik vakolatlari berilgandi, ammo faqat ikki muddatga.