O‘zbekiston davlat va jamoat arbobi Ismoil Jo‘rabekov vafot etdi

O‘zbekiston prezidenti marhum Islom Karimov va marhum Ismoil Jo‘rabekov

Surat manbasi, Islomkarimov.uz

O'qilish vaqti: 1 daq

O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vazirining maslahatchisi, davlat va jamoat arbobi Ismoil Jo‘rabekov 94 yoshida vafot etdi.

Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

1931 yili Samarqand shahrida tug‘ilgan Ismoil Jo‘rabekov 1970 yillardan O‘zbekiston melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligini, so‘ng hukumatini boshqargan.

O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, Prezident Islom Karimovning maslahatchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2004 yil nafaqaga chiqarilgan.

Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelganidan keyin ko‘plab keksa siyosatchilar qatori Ismoil Jo‘rabekovga ham ish taklif qilindi.

U 2021 yildan buyon O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vazirining maslatahchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

2023 yili O‘zbekistondagi "Favvora TV" Ismoil Jo‘rabekov haqida hujjatli film e’lon qilgan edi.