Markaziy Osiyo: O‘zbekiston yana bir Rossiyaning Ukrainadagi urushida jang qilgan fuqarosini jazoladi, AQSh maxsus vakilining tashrifi va Qirg‘izistonda sanksiya bahsi

Surat manbasi, Getty Images
Yana bir o‘zbekistonlik Rossiyaning Ukrainadagi urushida ishtiroki uchun jazoga tortildi
Rossiyada yollanma askar bo‘lib xizmat qilgan 57 yoshli Namanganlik erkak O‘zbekistonda sud tomonidan aybdor deb topildi. U O‘zbekiston Jinoyat kodeksining xorijiy qurolli tuzilmalar safiga qo‘shilish bilan bog‘liq moddasi asosida yanvar oyining oxirida javobgarlikka tortildi. Rossiyaga ketishdan oldin u Pop tumanida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan.
Sud materiallariga ko‘ra, erkak bir necha yil avval qarzlari va moddiy ahvoli sabab Rossiyaga ishlash maqsadida borgan. U yerda og‘ir mehnat sharoitlari va past daromad sabab Rossiya Mudofaa vazirligi bilan bir yillik harbiy shartnoma imzolagan. Sud hujjatlarida qayd etilishicha, unga oddiy askar harbiy unvoni berilgan.

Surat manbasi, Getty Images
Shartnoma asosida u Rossiya armiyasi tarkibida Ukrainadagi harbiy harakatlar hududiga yuborilgan. Xususan, u Xarkov viloyatida bo‘lib o‘tgan janglarda qatnashgan va xizmat davomida jarohat olib, shifoxonada davolangan.
Sud hujjatlariga ko‘ra, u jangovar xizmatlari uchun Rossiyaning «Jukov» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. Shuningdek, 2025-yil unga Rossiya fuqaroligi va fuqarolik pasporti berilgan. Harbiy xizmat muddati tugagach, erkak O‘zbekistonga qaytgan. Shu yerda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tekshiruv boshlangan va uning xorijiy qurolli mojaroda ishtirok etgani aniqlangan.
Sud moliyaviy qiyinchiliklar va oilaviy holatni yengillashtiruvchi omil sifatida inobatga olib mahkama qarorida yengilroq jazo tayinlashni qo‘llagan holda, erkakka uch yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jazo umumiy tartibli koloniyalarda o‘talishi belgilandi. Bu haqda gazaeta.uz nashriyoti xabar berdi.

Surat manbasi, Getty Images
Bundan tashqari, mahalliy xabarlarda qayd etishicha, O‘zbekistonda Rossiya armiyasiga qo‘shilib urushda qatnashgan boshqa bir qator fuqarolar ham jazoga tortilgan. Lekin thediplomat.com nashriga ko‘ra sudlar ko‘pincha nisbatan yengil jazo qo‘llamoqda. Mamlakatga qaytib kelgan ayrimlar "cheklangan erkinlik" bilan jazolanmoqda. Shuningdek, nashrga ko‘ra, hech bir shov-shuvsiz O‘zbekistonga Rossiyadan tobutlar kelayotgani va o‘lganlar hamda yaralanganlar sonini bilish qiyinligi aytiladi.
O‘zbekistondan har yili Rossiyaga yuz minglab muhojirlar ish uchun safar qilishadi, so‘nggi yillarda ularga nisbatan Rossiya kuch ishlatar tizimlarining munosabati bir necha bor rasmiy Toshkent xavotirlariga sabab bo‘lgandi.
Sanksiyalar Qirg‘izistonning milliy rivojlanish siyosatiga zarar yetkazmasligi kerak
Rossiyadagi ko‘plab o‘zbek muhojirlari dastlab qurilish, qo‘l mehnatlari yoki boshqa kam maoshli ish uchun Rossiyaga borishadi. Rossiyada oddiy muhojirlarning ish haqi ko‘pincha past va o‘zgaruvchan bo‘lib, yashash narxi esa yuqori ekanligi aytiladi. Kuzatuvchilarga ko‘ra, ba’zilar uchun, harbiy shartnomalar sezilarli darajada yuqori maosh yoki oldindan mukofotlar va’da qiladi, bu fuqarolik ishlarida yetarlicha pul topish ilinjidagi kishilar uchun kuchli rag‘batlantiruvchi omil bo‘lishi mumkin.
Serjio Gor kim va Markaziy Osiyoga nima uchun kelgan?

Surat manbasi, IGOR KOVALENKO/EPA/Shutterstock
AQShning Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, elchi Serjio Gor 3-7 fevral kunlari Qirg‘iziston va O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘ladi. Bu haqda mahalliy nashriyorlar yozishmoqda. AQSh Davlat departamenti axborot xizmati bayonotida aytilishicha, ushbu tashrif Markaziy Osiyo bilan ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va yangi investitsiya imkoniyatlarini muhokama qilish maqsadida tashkil etilgan.
Serjio Gor Bishkek shahrida o‘tadigan "B5+1" biznes forumida ishtirok etmoqda. Bu forumda Markaziy Osiyo mamlakatlari - Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston hamda AQShning yetakchi biznes va siyosat vakillari ishtirok etadi. Forum doirasida u mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik va xususiy sektorning roli haqida fikr almashishi aytiladi.

Surat manbasi, IGOR KOVALENKO/EPA/Shutterstock
Bishkekdagi marosimalardan keyin maxsus vakilning Toshkentga tashrifi kutilmoqda. O‘zbekiston poytaxtida Gor yuqori darajadagi davlat rasmiylari bilan uchrashib, ikki tomonlama munosabatlarni yanada kengaytirish, savdo, investitsiya va strategik sheriklikni mustahkamlash bo‘yicha suhbatlar olib boradi.
Gorning o‘z shaxsiy tarixi ham e’tiborga molik: u 30-noyabr 1986-yil Toshkentda tavallud topgan (tug‘ilganda: Sergey Goroxovskiy) bo‘lib, keyinchalik oilasi bilan boshqa mamlakatlarga ko‘chib o‘tganligi aytiladi.
End of Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Qirg‘iziston bosh vazir o‘rinbosari Yevropa Ittifoqi mamlakatga sanksiyalar qo‘yish rejalariga munosabat bildirdi

Surat manbasi, Rasmiy
Qirg‘iziston Bosh vazir o‘rinbosari Edil Baysalov Yevropa Ittifoqi (YeI) mamlakatga cheklovlar joriy etishni rejalashtirayotgani haqidagi xabarlarni tanqid qildi. Ushbu cheklovlar Qirg‘iziston Rossiyaga yordam berish orqali G‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tishga ko‘maklashgani haqidagi ayblovlar bilan bog‘liq. U Nomad TVga bergan intervyusida YeI hukumatlariga Qirg‘iziston bilan aloqalarni shikastlamaslik uchun sabr, aql va tushunish borligiga ishonishini aytdi.
Baysalovning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston YeI bilan muzokara o‘tkazishni rejalashtirmoqda va zarur tushuntirishlarni berishga tayyor. U mamlakatning hozirda iqtisodiy rivojlanish yo‘lida ekanini, IT va aviatsiya sanoati uchun zamonaviy texnika kerakligini ta’kidladi. Shuningdek, sanksiyalar Qirg‘izistonning milliy rivojlanish siyosatiga zarar yetkazmasligi kerakligini bildirdi.
31-yanvar kuni Bloomberg nashriyotiga tayangan 24.kg xabarida, Qirg‘izistonga nisbatan Rossiyaga G‘arb malakatlari sanksiyalarini chetlab o‘tishga yordam berganligi uchun sanksiyalar joriy etishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi.





























