Afg‘on O‘zbek rahbarlari Tolibonni shimolda "zaminni musodara qilish"da aybladi

Yuk mashinalari yonida o‘tirgan Afg‘onlar

Surat manbasi, Getty Images

Surat tagso‘zi, 2021 yili Tolibon hokimiyatga kelganidan keyin xorijdan millionlab Afg‘onlar Afg‘onistonga qaytdilar
O'qilish vaqti: 3 daq

Turkiyadagi afg‘onistonlik O‘zbeklar Tolibonni shimoliy Afg‘onistonda "zaminni musodara qilish"da aybladilar.

Afg‘onistonning sobiq vitse-prezidenti Abdul Rashid Do‘stum Tolibonni shimoliy Afg‘onistondagi O‘zbek aholi istiqomat qiladigan hududlarga Pokistondan asli afg‘onistonliklarni olib kelib joylashtirishni rejalayotganlikda aybladi.

Ushbu bayonot Turkiy Davlatlar tashkilotining Tolibonni adolatli etnik vakillardan iborat inklyuziv hukumat shakllantirishga chaqirgani bayonoti yangragan kunlarga to‘g‘ri keldi.

Aloqador mavzular

Yaqinda Turkiyaning Anqara shahrida "Afg‘oniston Turklari "seminari deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Afg‘onistondagi qudratli etnik O‘zbek rahbar, Afg‘oniston sobiq vitse-prezidenti Abdul Rashid Do‘stumning o‘g‘li Botir Do‘stum Tolibonni "zaminni musodara qilish" siyosatini yuritayotganlikda, mahalliy bo‘lmagan aholini Afg‘oniston shimoliga olib kelib joylashtirayotganlikda aybladi.

Bu haqda Afg‘onistonni yoritadigan qator ommaviy axborot vositalari xabar tarqatdilar.

O‘tkazib yuboring Facebook post , 1
Facebook контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Facebook tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Facebook havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas

Oxiri Facebook post, 1

Do‘stum Jamg‘armasi tashkil etgan va Afg‘onistondagi o‘nlab O‘zbek namoyandalari qatnashgan so‘nggi seminar shu yil fevralida Istanbul shahrida o‘tkazilgan o‘xshash tadbirning ikkinchisi bo‘ldi.

Seminarda ma’ruza qilgan Botir Do‘stum aytishicha, Tolibon guruhi "shimoldagi etnik tarkibni o‘zgartirayapti".

U bunday amallar mamlakatda milliy bo‘linishni chuqurlashtirishi tahdididan ogohlantirdi, Tolibon guruhini davom etayotgan mojaroni muzokaralar davrasiga qaytish bilan hal etishga chaqirdi.

Anqaradagi "Afg‘oniston Turklari seminari"

Surat manbasi, AFGHANISTAN INTERNATIONAL

Surat tagso‘zi, Anqaradagi "Afg‘oniston Turklari seminari"

Afg‘oniston O‘zbek siyosatchilari va fuqarolik jamiyati vakillari qatnashgan Anqaradagi boshqa bir uchrashuvda Abdul Rashid Do‘stumning o‘zi ham ushbu xavotirlarni bildirdi, Tolibonni Afg‘onistondagi turkiy xalqlar vakillari istiqomat qiladigan hududlarga Pushtunlarni joylashtirish rejasini ado etayotganlikda, Markaziy Osiyo hukumatlarini bunga sukut saqlab turishda aybladi.

Muxbirlarning yozishicha, ushbu bayonotlar Qo‘sh Tepa kanalini barpo etish va Pokiston hamda Erondan deportatsiya qilingan Afg‘onlarga shaharchalar qurib berish bahonasida "Tolibon demografik muhandislik maqsadini ko‘zlayapti" degan xavotirlar ortib borayotgan vaqtga to‘g‘ri kelayapti.

Tolibon hukumati Bosh vaziri o‘rinbosari, etnik O‘zbek Abdusalom Hanafiy, xorijdan qaytgan insonlar ilgari o‘zlari istiqomat qilgan hududlarga qaytarilayapti, deb aytgan, Tolibon deportatsiya qilingan Afg‘onlarga yashash sharoitini yaratish uchun nimalar qilayotganini batafsil tushuntirgan.

O‘tkazib yuboring Facebook post , 2
Facebook контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Facebook tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Facebook havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas

Oxiri Facebook post, 2

Shu yil aprel oyida janob Hanafiy Afg‘onistonning shimoldagi to‘rt viloyat, xususan, asosan O‘zbeklar yashaydigan Faryob viloyatida Pokiston va Erondan deportatsiya qilingan Afg‘onlar uchun shaharchalar loyihalarini taqdimotlarini o‘tkazgan, Faryobga 26000 dan ortiq xonadon joylashtirilishi xabar qilingan edi.

Tolibon qaytayotganlar uchun 46 ta shaharcha barpo etish rejasi borligini e’lon qilgan.

Mart oyida Tolibonning Adliya vazirligi Qunduz, Balx, G‘o‘r va Hirot viloyatlarida 15000 gektar zamin musodara qilinganini va bundan keyin davlat nazoratida bo‘lishini e’lon qilgan, ushbu e’lon ham "bu joylar qaytayotganlarga beriladi" degan gap-so‘zlarni yuzaga keltirgan.

Shu kunlarda Vengriya poytaxti Budapeshtda bo‘lib o‘tgan Turkiy Davlatlar tashkiloti sammitida Tolibonga inson huquqlarini hurmat qiladigan va mamlakatdagi barcha etnik guruhlarga adolatli taqdimot berilgan inklyuziv hukumatni barpo etish chaqirig‘i yangradi.

Afg‘on siyosiy tahlilchisi Aminulloh Habibiy fikricha, Turkiy Davlatlar tashkiloti bayonoti muhojirotdagi Afg‘on Turkiy rahbarlar faoliyatiga bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Abdul Rashid Do‘stum va oilasi Tolibon qudratga kelganidan beri o‘tgan so‘nggi yillari muhojirotda yashab keladi.

Ular aytayotgan da’volarning aynan qanday manbalarga asoslangani ma’lum emas.

Bi-bi-si bu iddaolarni mustaqil manbalardan tasdiqlay olgani yo‘q.

"Zararkunanda mish-mishlar"

Tolibon 285 kilometrlik Qo‘sh Tepa kanalini qurish uchun Balx, Juzjon va Faryob viloyatlarida zaminni davlat tasarrufiga olishni boshlaganda xavotirlar paydo bo‘lgan.

Tolibon yangi kanal minglab gektar maydonda dehqonchilik imkoniyatini paydo qiladi, deydi.

O‘tgan yili bu zaminni Tolibon Pushtunlarga beradi degan gap-so‘zlar yuzaga kelgan.

"Independent Persian" nashri manbalari aytishicha, hatto Tolibonning millati Pushtun bo‘lmagan a’zolariga ham qochqinlarni olib kelib joylashtirish strategiyasi yoqmayapti, ammo ular bu rejaga qarshi ta’sir o‘tkazish qudratiga ega emasliklarini aytishgan.

Biroq Tolibon hukumati ilgari surilayotgan ushbu iddaolarni "zararkunanda mish-mishlar" deb rad etadi.

Xususan, Bosh vazir o‘rinbosari Abdusalom Hanafiyning yordamchisi Mavlaviy Abdul Boriy 25 aprel kuni Afghan Voice News axborot agentligiga, qaytayotganlar o‘zlari tug‘ilgan viloyatlarga qaytayaptilar, deb aytgan.

"Zararkunanda mish-mishlarning maqsadi Afg‘onistonda milliy va hududiy kayfiyatlarni gijgijlash", deb aytgan Mavlaviy Abdul Boriy.

Tolibon 2021 yili qudratga kelganidan keyin xorijdagi millionlab Afg‘onlar vataniga qaytdilar.

Xalqaro Migratsiya tashkiloti(IOM) ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil sentyabridan 2025 yil apreligacha qo‘shni mamlakatlardan 2,43 million Afg‘on qochqini Afg‘onistonga qaytgan.

BMTning Qochqinlar agentligi birgina 2025 yil aprelida Pokiston va Erondan 250000 kishi deportatsiya qilindi deydi.