Tolibon "Islomga zid" kiyim kiygan afg‘on yigitlarni nima qildi?

To‘rtta Afg‘onistonlik yigit kostyum-shim va kepka kiyib, sigar ushlab turishibdi

Surat manbasi, @tomasshelby.0093

Surat tagso‘zi, Ularga Tolibonning "axloq politsiyasi" ga murojaat qilish buyurilgan va ertasi kuni ular Hirotga so‘roq qilish jarayonida ishtirok etish uchun kelishgan
    • Author, Mahfuz Zubayde
    • Role, BBC News, Afg‘oniston
    • Author, Mattea Bubalo
  • O'qilish vaqti: 2 daq

To‘rt nafar afg‘onistonlik yigitga "Peaky Blinders" teleserialidan ilhomlanib kiygan kostyumlari uchun Tolibon hukumatining Amri ma’ruf va nahiy munkar vazirligiga murojaat qilish buyurildi.

Tolibon mas’uli BBCga yigitlarga ularning kiyimlari "Afg‘oniston va Islom qadriyatlariga zid" ekanligi aytilganini, hamda "Peaky Blinders"teleserialidagi qadriyatlar Afg‘on madaniyatiga zid ekanligi ta’kidlaganini ham qo‘shimcha qildi.

Internetga joylashtirilgan videolarda, ozodlikka chiqqan yigitlar, Birinchi jahon urushidan ko‘p o‘tmay Angliyada tayyorlangan serialdagi kabi kepkalar va kostyum-shimlarda tasvirlangan.

2021 yilda hokimiyatni qo‘lga kiritganidan beri, Tolibon Islom shariat qonunining talqinlariga muvofiq aholining kundalik hayotiga bir qator cheklovlar qo‘ydi.

O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

"Hatto jinsi shimni ham qabul qilish mumkin edi, lekin "Peaky Blinders" serialidagi qadriyatlar afg‘on madaniyatiga zid", - dedi Tolibon hukumatining Hirot shahridagi Amri ma’ruf va nahiy munkar vazirligining vakili Saiful Islom Xaybar.

Ularning barchasi yigirma yoshli yigitlar bo‘lib, Hirot viloyatidagi Jabroil shahridan.

Ularga yakshanba kuni Tolibonning "axloq politsiyasi" ga murojaat qilish buyurildi va ertasi kuni ular Hirotdga so‘roq qilish jarayonida ishtirok etish uchun kelishgan.

Xaybar ijtimoiy tarmoqda: "Ular chet el madaniyatini targ‘ib qilishdi va Hirotda kino aktyorlariga taqlid qilishdi", deya yozib, ular "reabilitatsiya dasturidan" o‘tganini haqida qo‘shimcha qildi.

Ular rasman hibsga olinmagan, "faqat chaqirilgan, nasihat berilgan va qo‘yib yuborilgan", deydi Xaybar BBCning AQShdagi hamkori CBS Newsga.

@tomasshelby.0093
Hatto jinsi shimni ham qabul qilinish mumkin edi, lekin "Peaky Blinders" serialidagi qadriyatlar afg‘on madaniyatiga zid
Saiful Islom Xaybar
Tolibon mas’uli (Batafsil: bbc.com/uzbek)

"Bizning o‘z diniy va madaniy qadriyatlarimiz bor, ayniqsa jamiyatimizda an’anaviy kiyinish qabul qilingan", dedi u.

"Ularning kiyimlari afg‘onlarga xos emas va bizning madaniyatimizga mos kelmaydi. Ikkinchidan, ularning harakatlari ingliz filmidagi aktyorlarni taqlid qilish edi. Biz musulmon jamiyatimiz. Biz kimgadir ergashish yoki taqlid qilishni istasak, islomga solih bo‘lgan ajdodlarimiz, diniy ulamolarimizga ergashishimiz kerak".

Yigitlar nasihatlar uchun rasmiylarga minnatdorchilik bildirgan va vazirlik tomonidan so‘roq qilinganidan so‘ng qo‘yib yuborilgan.

Suhbat qanday sharoitlarda yozib olinganligi noma’lum bo‘lsa-da, ular videoda qonunlarni buzganliklarini bilmaganligini aytishgan.

"Men bilmagan holda juda ko‘p tomoshabinlar ko‘rgan, Shariatga zid bo‘lgan video bilan bo‘lishganman", - deydi yigitlardan biri.

Uning aytishicha, u "nasihat berilib, qo‘yib yuborilgan" va bundan keyin u "shunday ish qilmaydi". Noyabr oyining oxirida Herat-Mic YouTube kanali yuklangan intervyuda, ular chaqirilishidan oldin, serialda namoyish etilgan modaga hayron bo‘lishlarini aytishdi va mahalliy aholidan ijobiy javob olishlarini qo‘shimcha qilishdi.

CBS Newsga ko‘ra, yigitlardan biri shunday degan: "Dastlab biz ikkilanardik, lekin tashqariga chiqqach, odamlar bizning kiyinish uslubimizni yoqtirishdi, bizni ko‘chada to‘xtatishib, biz bilan suratga tushishni xohlashdi".