Toshma paydo bo‘ldimi? Maymunchechakmi yoki boshqa narsa? O‘zbekiston va dunyo, Salomatlik, yangiliklar

Сурат манбаси, Getty Images
- Author, Mishel Roberts
- Role, BBC
- Ўқилиш вақти: 4 дақ
Toshma ko'p sabablarga ko'ra yuzaga kelishi mumkin, shu jumladan, juda kamdan-kam hollarda uchrasa ham, maymunchechak virusi sababli.
Nimalarni tekshirish va e'tiborga olish kerak?
Bu haqiqatan ham maymunchechak bo'lishi mumkinmi?
O'zingizdan so'rashingiz kerak bo'lgan ilk savol: kasal odam bilan kontakt qilgan bo'lishingiz mumkinmi? Buning uchun infektsiyalangan odam bilan yaqin, uzoq muddatli aloqa - ko'pincha teridan teriga kontakt kerak bo'ladi. Hozirgi vaqtda dunyoda bunchalik kontakt qiladigan odamlar ko'p emas, ya'ni yuqtirib olish imkoniyatlari katta emas.
Hatto ba'zi Afrika davlatlarining chekka hududlarida ham bu kasallik vaqti-vaqti bilan tarqaladigan joylarda bolalar kamdan-kam hollarda u bilan kasallanadi.
Agar siz maymunchechak bilan kasallangan bo'lsangiz, birinchi navbatda gripp belgilarini sezasiz: charchoq, o'zingizni yomon his qilish va isitma. Buni shifokorlar kasallikning "bosqin davri" deb atashadi, ya'ni virus hujayralaringizga kirgan vaqt.
Bezlaringiz shishgandek ko'rinadi, chunki bu vaqtda immunitetingiz infektsiyaga qarshi safarbar qilinadi.
Keyin terida toshma paydo bo'lib, u turli bosqichlardan o'tadi. U dastlab tekis va qizil rangda keyinroq qoraqo'tirlar paydo bo'lishidan oldin bo'rtma va qabariq shaklda.

Сурат манбаси, UKHSA
Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining Favqulodda vaziyatlar dasturidan doktor Rosamund Lyuis tushuntiradi: "Hammasi biz «makula» deb ataydigan narsadan boshlanadi. Bu shunchaki qizil dog'lar. Keyin ular papulalarga o'tadi. Bu siz his qilishingiz mumkin bo'lgan, bo'rtiqroq narsadir.
Keyin bu qizil dog'lar va bo'rtmalarda pufakchalar paydo bo'lib, oq, yiringli suyuqlik bilan to'la boshlaydi.
Keyin bu pustulalar quriy boshlaydi va parchalanadi. Oxir-oqibat, qoraqo'tirlar tuzalib, tushib ketadi.
"Shuning uchun uni suvchechak bilan chalkashtirish mumkin", deydi doktor Lyuis.
Maymunchechak toshmasi odatda yuzda, ba'zan og'izda, so'ng qo'l va oyoqlarda, badanda boshlanadi.
So'nggi paytlarda ba'zi hollarda toshma ko'pincha genital hududda tarqalgani kuzatildi. Doktor Lyuis shunday deydi: "Toshma ko'rinmasligi, ya'ni usti qoplangan bo'lishi ham mumkin".
Turli xil teri ranglarida bir oz boshqacha ko'rinishi mumkin bo'lgan toshma choyshab va kiyimlarni zararlashi mumkin.
Buyuk Britaniya Sog'liqni saqlash xavfsizligi agentligining maslahati shuki, terining har qanday noodatiy o'zgarishi yoki shikastlanishi, ayniqsa, jinsiy a'zolar atrofida bo'lishidan xabardor bo'lish va agar tashvishli bo'lsa, Milliy sog'liq xizmati 111 yoki Jinsiy salomatlik xizmatlariga murojaat qilish kerak.
Britaniya dermatologlar assotsiatsiyasi prezidenti doktor Tanya Bleyker shunday deydi: "Toshmalarning har xil turlarini farqlash qiyin. Shuning uchun, agar shubhangiz bo'lsa, maslahatga amal qiling va tekshiruvdan o'ting."
Toshma yana nima bo'lishi mumkin?
Ko'p ehtimollar mavjud, ammo ba'zi umumiylari quyidagilardan iborat:
Suvchechak

Сурат манбаси, Getty Images
Bu toshma odatda juda qichishadi va shunga o'xshash bosqichlardan o'tadi, qoraqo'tir bilan tugaydi. Siz hayotingizda bir necha marta suvchechak bilan kasallanishingiz mumkin - kattalar bolaligida bo'lsa ham, uni yana yuqtirishlari mumkin. Suvchechak virusining qayta faollashishi ham toshma paydo bo'lishiga olib keladi. U dog' shaklida ko'rinishi mumkin va odatda og'riqli bo'ladi.

Qo'tir

Сурат манбаси, SPL
Qo'tir teriga tuxum qo'yadigan, kuchli qichishish va qizarishni keltirib chiqaradigan kanalar tufayli yuzaga keladi. Toshma tananing har qanday joyida paydo bo'lishi mumkin, lekin ko'pincha barmoqlar orasidan boshlanadi. Siz teridagi chiziqlar yoki belgilarni, shuningdek nuqtalarni ko'rishingiz mumkin. Jiddiy bo'lmasa da, u juda yuqumli va davolanishni talab qiladi.

Qandala yoki hasharotlar chaqishi

Сурат манбаси, Getty Images
Agar siz uxlayotgan to'shakda qandala bo'lsa, ular sizni chaqishi mumkin. Qandalalarning o'zi juda kichik, shuning uchun siz ularni sezmasligingiz mumkin. Boshqa hasharotlar chaqishi kabi, jarohat o'rni qichishadi va qizaradi, ko'pincha ular bir chiziq yoki bir joyda to'p bo'lib turadi.

Jinsiy yo'l bilan yuqadigan infektsiyalar, masalan, sifilis yoki genital gerpes.

Сурат манбаси, Getty Images
Sifilis bakterial infektsiya bo'lib, odatda kasal odam bilan jinsiy aloqada yuqadi, genital gerpes esa jinsiy yo'l bilan yuqadigan virusdir. Ikkalasi ham pufakchalarga sabab bo'lishi mumkin. Agar sizda jinsiy kasallik borligiga shubha qilsangiz, imkon qadar tezroq tekshiruvdan o'tish va davolanish kerak.

Eshak emi / Allergiya

Сурат манбаси, Getty Images
Bu qichiydigan qizil toshma - bu tana tahdid sifatida qabul qiladigan narsaga terining reaktsiyasi. Ba'zida sababchisi umuman, lekin ko'p uchraydigan sabablar ma'lum oziq-ovqatlar iste'mol qilish yoki ma'lum o'simliklar, kimyoviy moddalar yoki dorilar bo'lishi mumkin.

Mollyusk

Сурат манбаси, Getty Images
Ko'pincha bolalarda uchraydigan bu virusli infektsiya zararsizdir, lekin butun tanaga tarqalib, o'rtada kichik chuqurchali qichima, qattiq, shishgan dog'larni keltirib chiqarishi mumkin. Ular odatda qo'ltiq ostida, tizzalar orqasida yoki chotda to'planadi. Uni teri kontakti yoki sochiq kabi ifloslangan narsalarga tegib yuqtirishingiz mumkin.

Qo'llar, oyoq va og'iz kasalliklari

Сурат манбаси, Getty Images
Ushbu virusli infektsiya yo'tal va aksirish orqali, shuningdek, vilkalar, pichoq kabi qirus bilan ifloslangan uy-ro'zg'or buyumlari orqali tarqaladi. Bu grippga o'xshash alomatlarga olib kelishi mumkin, shuningdek, og'izda yaralar va kaftlar va oyoq tagida qizil toshmalar paydo bo'lishi mumkin. Odatda o'z-o'zidan yaxshilanadi.

Impetigo

Сурат манбаси, Getty Images
Bu yuqumli bakteriyalar odatda allaqachon shikastlangan teriga yuqib, qizil yaralar va oqish, qobiqli pufakchalarni keltirib chiqaradi - ko'pincha yuzada. Bu jiddiy ko'rinishi mumkin bo'lsa da, uni antibiotik krem bilan davolash mumkin.
BBCUZBEK.COM bilan Telegram orqali +44 7858860002 nomeri bilan bog'laning.
Telegram kanalimiz: https://t.me/bbcuzbek















