E’lon: Bi-bi-si O‘zbek Xizmati bilan hamkorlik qilishni istaysizmi? O‘zbekiston Dunyo Yangiliklar

Лого
Сурат тагсўзи, Bi-bi-si O'zbek xizmati o'zbekzabon jurnalistlarni frilanserlik asosida hamkorlikka da'vat qiladi.

Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan ishlashni istaysizmi?

Bi-bi-si O'zbek xizmati O'zbekistondan o'zbekzabon jurnalistlarni frilanserlik asosida hamkorlikka da'vat qiladi.

Bi-bi-si O'zbek xizmati o'z veb sahifasi, TV va raqamli platformalari orqali o'zbek tilida kundalik yangiliklar, dolzarb mavzulardagi dasturlar va hujjatli filmlarni berib bormoqda.

Bi-bi-si O'zbek xizmati murakkablashib borayotgan dunyoni anglashni istagan har bir kishiga g'oya va axborot yetkazadi. O'zining yangiliklarni xalqaro yetkazish tajribasiga tayangan holda, Bi-bi-si O'zbek xizmati kundalik voqea-hodisalar, san'at, fan, sport, siyosat va biznes bo'yicha turfa dasturlarni taqdim qiladi. Yuqori sur'at va qisqa muddatlarda yuqori saviyadagi tahliliy, to'g'ri va xolis reportajlar tayyorlash bizning jurnalistik faoliyatimiz o'zagini tashkil qiladi.

Bi-bi-si O'zbek xizmati yanada kengayish va o'sishni ko'zlar ekan, yangi iste'dodlarni jalb qilish niyatimiz bor va ular qatorida siz ham bo'lishingiz mumkin.

Belgilanajak vazifalar

Dunyoning eng mashhur tashkilotining bir qismi bo'lishni istaysizmi?

Ishtiyoqmand, iste'dodli va moslashuvchan o'zbekzabon frilanser jurnalistlarni hamkorlikka da'vat qilamiz.

Muvaffaqiyatli nomzodlar sohadagi eng yaxshi jurnalistlar bilan birga ishlash, turli-tuman iste'dodlar, e'tiborli shaxslar bilan uchrashish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Biz istagan nomzod

O'zbekchada yozish, tahrirlash, so'zlash malakasi qatori inglizchani ham tushunishi kerak. Bu tilda so'zlay olish va yoza bilish tabiiyki ayni muddao bo'lur edi. Shuningdek, biroz jurnalistik tajriba ham kerak bo'ladi. O'z vazifalaringizni reja asosida va belgilangan muddatda, ko'pincha bosim ostida bajara olishingiz, mayda tafsilot va xatolarga nisbatan ziyrak bo'lishingiz kerak. Tahririyat kun tartibidan yaxshi boxabar bo'lish va tezkor yangiliklar muhitiga javob bera olish ham lozim. Barcha platformalarimizda ishlay olishingiz, auditoriyaning ehtiyojini chuqur his etib, materiallarni tayyorlash texnikasidan boxabar bo'lishingiz darkor. Texnologiya va ijtimoiy tarmoqlar bilan o'zingizni qulay his qilishingiz, malakangizni oshira borishingiz va oddiy g'oyalarni qiziqarli material shaklida taqdim eta olishingiz kerak. Shuning uchun nomzodlardan keng malaka va ko'nikmalarni kutamiz.

Тошкент
Сурат тагсўзи, Би-би-си Ўзбек хизмати ўзбекзабон фрилансер журналистларни ҳамкорликка даъват қилади

Quyidagi ishlarda tajribaga ega bo'lganingiz ma'qul:

Veb sahifa, TV, radio, raqamli va ijtimoiy media va interaktiv kontent uchun g'oyalaringizni taklif qilib tushuntirib bera olish

  • Yangi kontent yaratish
  • Materiallarimizga qiziqishi mumkin bo'lgan ehtimoliy auditoriyani topish va mavjudlarini yanada qiziqtirish
  • Efirga uzatish va tahrirlash (montaj) kompyuter dasturlari bilan ishlay olish
  • Qisqa va tushunarli tilda yozish
  • Jurnalistik muhitda ishlash
  • Ma'muriy masalalarda yordamchi bo'lish.

Sinovdan o'tgan nomzodlar nimaga erishadi?

Agar frilanserlarimiz ro'yxatiga qo'shilsangiz, zarur vaqtlarda bir kundan 24 haftagacha muddatda bajarilishi mumkin bo'lgan ishlar bo'yicha buyurtmalar berishimiz mumkin. Ish doimiy bo'lishiga kafolat berilmaydi va davomli bo'lmacligi mumkin.

Diqqat, bu imkoniyatlar muayyan lavozimlarga tegishli emas: muvaffaqiyatli nomzodlar kelgusi oylarda bo'sh ish o'rinlari paydo bo'lganda smenalar/shartnomalar uchun ko'rib chiqilishi mumkin.

Frilanserlarga nima taklif qilinadi?

Barcha berilajak imkoniyatlar frilanserlikni hisobga olib beriladi.

Frilanserlarimiz safiga qo'shilganlar Bi-bi-si bilan doimiy ish yuzasidan shartnoma imzolamaydi. Ammo odatiy shaklda doimiy ishga ariza berishlari mumkin, biroq bu ishga joylashishni kafolatlamaydi.

Tashkilot haqida

Biz nafaqat bajarilajak ishga, uning qanday bajarilishiga ham e'tiborlimiz. Bizning qadriyatlarimiz va o'z ish tarzimiz biz uchun muhim. Quyida ilova qilingan hujjatda bayon qilingan qadriyatlarimiz va xulq atvor me'yorlari bilan tanishib chiqing.

Bi-bi-si uchun turfa xillik muhim qadriyat sanaladi. Biz har bir shaxsning hissasi qadrlanadigan muhitda ishlaymiz, bu esa har bir xodim va hamkorimizning imkoniyatlarini namoyon qilishi uchun sharoit yaratadi.

Biz imkon qadar turfa iste'dodli odamlarni ijodiy va noijodiy ishlarda hissa qo'shishi uchun Bi-bi-siga jalb qilishga harakat qilamiz. Xodim va frilanserlarimizning turfa xil bo'lishi turfa xil auditoriyaga moslashish imkonini beradi.

Biz imkoniyatlar tengligiga sodiqmiz va yoshi, jinsi, millati, jismoniy imkoniyati, ijtimoiy kelib chiqishi va diniy e'tiqodidan qat'i nazar, barchaga ochiqmiz. Biz operatsion talablar imkon beradigan darajada barchaga vazifalarini imkoniyatiga qarab belgilaymiz.

Bi-bi-sidagi turfa xillik va inklyuzivlik haqida to'laroq ma'lumot olish uchun bu saytimizga boring.

Mavzularni tadqiq qilish, ular haqida yozish, tahrir qilish va mahsulotni tegishli vositalar orqali yuqori sifatda yetkazib berish uchun video, audio va raqamli qurilmalar va axborot texnologiyalaridan foydala olish.

  • O'zbek tilini mukammal bilish, to'g'ri gapirish va yozish.
  • Materialni TV yoki raqamli platformalarda taqdim qilish talab etilishi mumkin. Bular jonli yoki avvaldan yozib olingan shaklda bo'lishi mumkin.
  • Veb sahifada materiallarni e'lon qila olish.
  • Dasturlarni tayyorlash va taqdim qilish ham talab qilinishi mumkin. Bu jonli yoki avvaldan yozib olingan bo'lishi mumkin.
  • Turli hikoyalar bo'yicha g'oyalarni tahririy ko'rib chiqish, to'g'ri va xolis jurnalistik talablarga muvofiq shaklda material tayyorlash.
  • Materialni tayyorlash va undan keyin bo'ladigan studiyadagi jonli va avvaldan yozib olingan ishlarni bajarish.
  • Mavzularni tadqiq qilish, ular haqida yozish, tahrir qilish va mahsulotni tegishli vositalar orqali yuqori sifatda yetkazib berish uchun video, audio va raqamli qurilmalar va axborot texnologiyalaridan foydala olish.
  • Jamoaning boshqa a'zolari va Bi-bi-sidagi boshqa bo'limlar bilan yaqindan ishlash, material baham ko'rilishini ta'minlash, nusxa ko'chirishlardan tiyilish, yuqori sifatda ishlash.
  • Muayyan loyihani amalga oshirish uchun jamoa ichida tashabbuskor bo'lish.
  • Turli toifadagi auditoriya uchun mos keladigan yangiliklar tayyorlash.
  • Resurslar va muddatlarni hisobga olgan holda ishlarni rejalashtirish va prioritetlarni belgilash.
  • Turli ijodiy va texnik ko'nikmalardan foydalangan holda kontent yaratish.
  • Yuksak saviyadagi tahririy standartlarni mahkam ushlagan holda tig'iz muddatlarda ishlash.
  • Bi-bi-sining Sog'liq va xavfsizlik siyosatiga muvofiq shaklda vazifalarni bajarish.

Muhim

  • O'zbek tilidagi materiallarni mukammal tayyorlash va texnikasini yaxshi bilish, bu boradagi tajriba.
  • O'zbekiston va Markaziy Osiyodagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni mukammal tushunish.
  • O'zbekiston, Afg'oniston, Markaziy Osiyo va butun dunyodagi o'zbek diasporasiga mansub auditoriyamiz ehtiyojlarini mukammal tushunish.
  • Bi-bi-sining yangiliklar bo'yicha kun tartibi, yangiliklar va dolzarb voqealar haqidagi reportaj talablari, dasturlar bo'limlari va auditoriyani to'g'ri tushungan holda qarorlar qabul qilish.
  • Dasturlar bo'yicha material to'plash uchun texnologiyadan samarali foydalanish qobiliyati.

ISH TAVSIFI

  • Jamoa qanday samarali ishlashini tushunish va kerakli vazifani bajarish.
  • Keng doiradagi odamlar bilan samarali munosabatlar o'rnatish va uni davom ettirish.
  • Bi-bi-si ichidagi xilma-xillikni ta'minlashga sodiqlik va individual farqlar Bi-bi-siga qanchalik naf keltirishini tushunish.
  • Ishni samarali rejalash va tashkilotchilik qobiliyati, bir vaqtning o'zida ishning turli jihatlariga e'tibor qaratish, ustuvorliklarni belgilash, muddatida bajarish, o'zgarishlar va qarama-qarshi prioritetlarga moslasha olish.
  • Turli auditoriyalar va multimediya shakllari uchun, shu jumladan, veb-sayt uchun mos keladigan aniq, ravshan va qiziqarli tarzda ijodiy yozish, moslashtirish va tarjima qilish.
  • Belgilangan muddatlar va o'zgaruvchan prioritetlar va sharoitlarda ish sifatini saqlab qolish uchun moslashuvchan va qayishqoq bo'lish.
  • Sog'liqni saqlash va xavfsizlik qoidalarini tushunish va ularni amalda qo'llash.

Ishga ta'sir va qaror qabul qilish

Yuqori darajadagi mas'uliyat va qaror qabul qila olish; yolg'iz ishlay olish. Menejerlik mas'uliyati yo'qligi. Kichik xodimlar, ya'ni tadqiqotchilar, koordinatorlar va assistentlar norasmiy ravishda ko'mak berishi mumkin. Yordam yangiliklar kontentini yaratishdan dasturlar tayyorlash va ularning taqdimotini qamrab oladi.

Taklifimiz siz uchun qiziq bo'lsa, [email protected] manziliga 25 iyulga qadar rezyume va maktubingizni yuboring.