O‘zbekiston: Bloger nega vazir iste'fosini talab qilib piketga chiqdi? Dunyo Yangiliklar

Bloger va publitsist Shokir Sharipov ichki ishlar vaziri Po'lat Bobojonov iste'fosini talab etib, Toshkentda bir kishilik piket uyushtirdi.
Ichki ishlar tizimidan norozilik shaxsiy sabablar emas, fuqarolik pozitsiyasi bilan bog'liq, deydi Sharipov.
Tizimni isloh qilish yo'lidagi ishlar bir joyda depsinib turgani, ayniqsa, ichki ishlar binolaridan insonlarning murdasi chiqayotgani Sharipovni fuqaro o'laroq tashvishga solgan.
Qo'qon shahar Ichki ishlar boshqarmasiga qarashli markazda 15 yashar bolaning urib o'ldirilgani esa blogerni piket o'tkazishga undagan asosiy omil bo'lgan.
Sharipov bunday holatlarda ichki ishlar vaziri shaxsan xalq bilan muloqot qilmayotgani sababli ham uning iste'fosini talab etayotgani haqida gapiradi.
Айни мақолада Google YouTube томонидан тақдим қилинган контент мавжуд. Биз бу контент юкланмасидан аввал сизнинг розилигингизни сўраймиз, чунки улар куки ва бошқа технологиялардан фойдаланган бўлиши мумкин. Сиз Google YouTube ҳаволасида кукиларга доир ва шахсий маълумотларга оид қоидалар ҳақида аввал ўқиб, кейин қабул қилишга рози бўлишингиз мумкин. Кўриш учун “қабул қилиш ва давом этиш”ни танланг.
Охири YouTube пост
Biz Sharipovdan vazirning iste'fosi blogerni tashvishga solayotgan xavotirli vaziyatga qanday ta'sir o'tkazishi mumkinligini so'raymiz.
Mahalliy jurnalistlar ichki ishlar vaziri Po'lat Bobojonovni hukumatdagi matbuot uchun eng yopiq bo'lgan amaldorlardan biri o'laroq ko'radilar. Shokir Sharipov esa nafaqat vazir, balki u boshchilik qilayotgan butun boshli tizim ham matbuotdan, jamoatchilikdan uzoqlashib ketganini ta'kidlaydi.
Publitsist ichki ishlar tizimi bilan bog'liq holatlar sodir bo'lishda davom etayotgani, bu tizim rahbarlarining xalqdan xayiqmayotgani, jamoatchilik oldida o'zini javobgar his qilmayotganining asosiy sabablaridan biri - bu odamlarning befarqligi ekanini tilga oladi.
Aloqador mavzular:
- Ўзбекистон: Қўқон ИИБда ўлган 15 яшар бола иши бўйича ходимлар ҳибсга олинди ва 12 ноябрдан свет ўчиши кўпаядими?
- Ўзбекистон: ИИВ эркакларнинг соқолини олишни қачон тўхтатади, соқолли британиялик нима қилган бўларди?
- Ўзбекистон, ОАВ: ИИВ ходими мухбирга электрошокер қўллади. Матбуот ходимларига зўравонлик учун жазо бериладими?
Biz uning gaplarida qanchalik jon borligini tekshirib ko'rish maqsadida Sharipovni qo'lidagi yozuvi bilan biroz holi qoldiramiz. Negadir O'zbekistonda plakat ko'tarib, piket o'tkazish kamyob holat bo'lsada, Sharipovning noroziligi atrofdagi odamlar e'tiborini o'ziga tortmadi.
Bloger bunday befarqlik fonida ichki ishlar tizimining o'zini himoya qilish instinkti kuchayib borayotgani, odamlar talab qilmagani tufayli ham tizim rahbarlari noqonuniy xatti-harakat qilgan xodimlarni jazoga tortishni paysalga solayotganini ta'kidlaydi.
O'zbekistonda so'nggi yillarda ichki ishlar tizimi sezilarli isloh qilinib, xodimlarning fuqarolar bilan muloqoti anchayin yaxshilangani, tergov hibsxonalaridagi qiynoqlar kamaygani e'tirof etilgan bo'lsada, tizim haqiqatan xalq manfaatiga xizmat qiladigan darajaga chiqa olmagani aytiladi.
Ichki ishlar xodimlari fuqarolar huquq-erkinliklarini hamon toptaydigan, ayniqsa, tizim bilan bog'liq holatlarda insonlar shubhali o'lim topayotgan holatlar hamon uchrab turmoqda. Shokir Sharipov bu sohadagi islohotlar tizimli bo'lishi shartligi haqida gapiradi.
BBC.COM/UZBEK билан Telegram орқали +44 7858860002 номери билан боғланинг.












