"Kamolot" xavotiri yoshlardanmi?

Ўқилиш вақти: 1 дақ

O‘zbekistondagi "Kamolot" harakati Internet ijtimoiy tarmoqlarini yopish taklifini ilgari surgan.

Xabarlarda aytilishicha, "Kamolot" ijtimoiy tarmoqlarning yoshlarga salbiy ta‘siridan xavotirda va Facebook, Telegram va Odnoklassniki tarmoqlarining mamlakatda faoliyatini to‘xtatish yo‘llarini izlamoqda.

Bu ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbekistonliklarga salbiy ta‘siri borasida bildirilayotgan ilk xavotir emas.

"Kamolot" faollari ijtimoiy tarmoqlarning terrorchilik targ‘iboti manbasiga aylanganidan tashvishlanayotganini aytmoqdalar.

Ayni paytda Internet ijtimoiy tarmoqlari matbuot qattiq nazorat ostiga olingan O‘zbekistonda insonlar erkin axborotdan xabardor bo‘lishining kam sonli yo‘llaridan bo‘lib qolmoqda.

Rossiyada millionlab o‘zbekistonlik mehnat muhojiriga aylanganidan Rossiyaning "Odnoklassniki" tarmog‘i o‘zbekistonliklar orasida ommalashgan.

2016 yil boshida "Odnoklassniki" bir kecha-kunduzda foydalanuvchilar soni 51 million kishiga yetgani haqida e‘lon qildi.

"Odnoklassniki"ning mobil versiyasi tarmoqning O‘zbekiston fuqarolari orasida yanada keng tarqalishiga olib kelgan, tobora ko‘p kishi yaqinlari bilan muloqotda undan foydalanmoqda.

Uzoqdagi qarindoshlarining ahvolidan boxabar bo‘lib turish uchun qulay bo‘lgan Skype va boshqa messenjerlar 2015 yil yozidan O‘zbekiston hududida ishlamay qolgan.

Dastlab rasmiylar buni profilaktika tadbirlari bilan izohlashdi.

Biroq kuzatuvchilar bu tadbirlarni ham O‘zbekiston hukumatining jamiyatni tobora yopiq jamiyatga aylantirish istagi bilan bog‘laydilar.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio